Научная статья на тему 'TURKISTONDA YEVROPACHA MUSIQIY TA’LIM TIZIMI TARAQQIYOTI'

TURKISTONDA YEVROPACHA MUSIQIY TA’LIM TIZIMI TARAQQIYOTI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
5
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
pedagogika / anʼana / sanʼat / konservatoriya / shashmaqom

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Muzaffar Fayzullayevich Tashpulatov

Ushbu maqolada Turkistonda musiqa taʼlimi, taraqqiyoti va tadqiqotlari yuzasidan maʼlumotlar o‘rin olgan. Bundan tashqari uning yaqin o‘tmishi va bugungi ahvoli haqidagi ayrim fikrlar ham keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TURKISTONDA YEVROPACHA MUSIQIY TA’LIM TIZIMI TARAQQIYOTI»

TURKISTONDA YEVROPACHA MUSIQIY TA'LIM TIZIMI

TARAQQIYOTI

Muzaffar Fayzullayevich Tashpulatov muzaffar-tashpulatov@mail.ru

Аnnotatsiya: Ushbu maqolada Turkistonda musiqa ta'limi, taraqqiyoti va tadqiqotlari yuzasidan ma'lumotlar o'rin olgan. Bundan tashqari uning yaqin o'tmishi va bugungi ahvoli haqidagi ayrim fikrlar ham keltirilgan.

Kalit so'zlar: pedagogika, an'ana, san'at, konservatoriya, shashmaqom

DEVELOPMENT OF THE EUROPEAN SYSTEM OF MUSIC EDUCATION

IN TURKESTAN

Muzaffar Fayzullayevich Tashpulatov muzaffar-tashpulatov@mail.ru

Abstract: This article contains valuable information about music, education, devolopment and research in Turkisran. There are also some notions of its recent past and present state of affairs

Keywords: pedagogy, tradition, art, conservatory, shashmakom

Ma'lumki, Turkistonda XX asrning 20-yillarning oxiri 30-yillarga kelib, madaniy-ma'naviy o'zgarishlar hayotning barcha sohasini o'z ta'siriga ola boshladi.Turkiston Xalq Universiteti (Hozirgi Milliy Universitet) tarkibida Turkistonda ham birinchi konservatoriya - Turkiston Xalq konservatoriyasi 1918-yildan e'tiboran o'z faoliyatini boshladi. Mazkur Xalq konservatoriyasining asosiy vazifasi xalqqa musiqadan boshlang'ich ma'lumot berish, birorta cholg'u-sozda chalishni o'rgatish va xonandalik mutaxassisligidan saboq berishdan iborat edi. O'qish muddati va dasturi aniq belgilanmaganligi uchun har bir ustoz-pedagog o'quvchi-talabani qobiliyati va imkoniyatini nazarga olgan holda dars berganlar.

XX asr boshlarida Turkistonda yangi maktablar vujudga kelib, toliblar diniy bilimlar bilan birgalikda dunyoviy ilimlardan ham izchil saboq ola boshladilar. Mazkur milliy uyg'onish mintaqamizda jadidchilik shaklida namoyon bo'ldi va u 20-yillarning o'rtalarigacha davom etdi. 1926-yildan Sho'rolar unga qarshi keng ko'lamda kurash boshladilar.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev: "Ming afsuski, jadid bobolarimiz o'z oldiga qo'ygan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga mavjud vaziyat, ijtimoiy tuzum yo'l bermadi. Ma'rifat fidoyilari o'sha davrning turli johil kimsalarining tuhmat-

malomatlariga duchor bo'ldilar. Avval chor hukumati, keyinchalik sovet hukumati ulami ayovsiz quvg'in va qatag'on qildi. Shu tariqa milliy uyg'onish va taraqqiyot harakati el-yurtimiz uchun armon bo'lib qoldi.

Vatanimiz ozodligi va xalqimiz baxt-saodati yo'lida jonini fido qilgan jadidlarning ilmiy-ma'rifiy, adabiy-badiiy merosi biz uchun bugun ham beqiyos ahamiyatga ega" deganda naqadar haq edi.

Aytish joizki, aynan XX asr boshlarida Markaziy Osiyo xalqlarining musiqiy ijodiyoti yangi kesimda, zamonaviy tamoyillar asosida o'rganila boshlandi. Ya'ni, bu davrga kelib, milliy musiqani umumiy tarzda yevropacha yozuvda notalashtirish va uning ilmiy-nazariy asoslarini yaratish masalalariga yo'l ochildi. Bu borada ilk qaldirg'ochlar sifatida Mulla Bekjon Rahmon o'g'li, Muhammad Yusuf Devonzoda va ayniqsa, A.Fitrat, G'.Zafariy, A.Cho'lpon kabi ma'rifatparvarlar, shuningdek, V.Uspenskiy, V.Belyayev, N.Mironov va A.Semyonovdek fidoyi rusiyzabon ziyolilari alohida jonbozlik ko'rsatdilar.

Respublikada yevropacha tizimda xonanda, sozanda, kompozitor va musiqashunoslarni tayyorlash uchun shaharlarda 3 bosqichli maxsus davlat musiqa maktablari, texnikumlar konservatoriya va san'at institutlari birin-ketin tashkil qilina boshlandi.

1924-25-o'quv yilida Turkiston Xalq konservatoriyasi qoshida, "Toshkent davlat musiqa texnikumi" internati (kelajakdagi Hamza nomidagi musiqa o'quv yurti), so'ngra V.Uspenskiy nomidagi iqtidorli bolalar akademik litseyi tashkil topdi. Mazkur o'quv dargohi rasmiy ravishda tasdiqlangan o'quv rejasi va yevropacha uslubda tuzilgan dasturlar bilan barcha cholg'u-sozlar va xonandalik bo'yicha malakali o'qituvchilar bilan ta'minlandilar.

XX asr boshlarida Turkiston Avtonom Respublikasi Maorif komissarligi tuzilib, uning «Ilmiy Kengash»i huzurida «Muzika-etnografik bilim hay'ati» tashkil topdi. "G'.Yunusov, K.K.Yudaxin, Ye.D.Polivanov, G'.Zafariy kabi olim va yozuvchilar bo'lib, ularning asosiy vazifasi yangi maktablar uchun o'zbek tilida darsliklar, o'quv-metodik qo'llanmalar va ilmiy-ommabop asarlar yaratish edi"[1; 276]

Yangi Buxoro hukumatining ijtimoiy-madaniy hayotida faol ishtirok etib kelayotgan A.Fitrat tashabbusi bilan 1921-yilda "Sharq musiqa maktabi" tashkil qilinishi muhim madaniy hodisa bo'ldi. O'quv dargohi uchun A.Fitrat dastlab o'z uyini ajratib berishi va uning faoliyatiga bevosita mutassadilik qilishi, shuningdeq maktabga Ota Jalol, Ota G'iyos, Levicha, Domla Halim Ibodov, Shohnazar Sohibov, Boboqul Fayzullayev, Ma'rufjon Toshpo'latov kabi mashhur hofizu maqomshunoslarni jalb etishi, Buxoro ziyolilarining musiqa maktabidan ko'zlayotgan maqsadlari yuksakligidan dalolat beradi.

1925-yilda Xivada ham asriy an'analar zamirida Xiva bolalar musiqa maktabi ochildi va birinchi direktori Matyusuf Xarratov etib tayinlangan edi.

Shu tariqa 1920-yilning boshidan O'zbekistonda milliy musiqa cholg'ularida chalishni o'rgatadigan maxsus maktablar ochildi. Biroq bu maktablar yevropacha uslubda bo'lib, o'quvchilarga nota tizimi, hamda yevropa musiqa nazariyasi o'qitilar edi.

1921-1924 yillarda Turkistondagi maorif institutlarida ham musiqa darsi majburiy predmet sifatida o'qitish boshlandi. Biroq bu institutlarda o'quv rejalari asosan rus bilim yurtlari uchun mo'ljallangan tarzda tuzilgan bo'lib, asosiy predmetlar nota savodi, rus musiqa nazariyasi va tarixi, inqilobiy mazmundagi rus xoridan iborat edi. "Farg'onada 1921-1922-o'quv yilida faoliyat ko'rsatgan milliy professional musiqachilar tayyorlash musiqa maktabida 7 ta sinf bulib, ular: fortepiano, skripka va albt, violonchel, kontrabas, damli asboblar, xor sinfi va xalq kuylaridan iborat edi. [2;16]

1925-o'quv yilidan boshlab Buxoroda "Sharq musiqa maktabi"ni o'quv dasturiga ham Yevropa nota yozuvi, solfedjio, musiqa nazariyasi, tarixi fanlari bilan Yevropa cholg'u sozlarini barcha turlari kiritildi. Shu davrdan boshlab musiqa maktabda o'quv jarayoni ikki -milliy va yevropacha uslubiy yo'nalishlarida olib borildi.

Musiqa madaniyati sohasidagi say'-harakatlarning mutassil davomi sifatida yana bir tarixiy tadbir amalga oshirildi. U ham bo'lsa, A.Fitrat tashabbusi bilan rus etnograf va musiqashunosi V.Uspenskiy Shashmaqomni notaga olish uchun Buxoroga taklif qilindi. A.Fitrat homiyligi va V.Uspenskiyning zahmatli mehnatlari samarasi sifatida 1924-yilda "Shashmaqom" "Shest muzikalnix poem" ("Olti musiqiy doston") nomi ostida Moskvada nashr etildi.

Turkistonga kelgan rusiyzabon tadqiqotchilar uchun uning iqlimi, tabiati, aholining ijtimoiy ahvoli, etnografiyasi, madaniy hayoti bilan birgalikda milliy cholg'ulari, mumtoz va xalq musiqa (folklor) ijodiyoti ulkan tadqiqot manbaiga aylandi. Bu davrda, dastlab siyosiy maqsadlarda olib borilgan kuzatuv ishlari keyinchalik jiddiy ilmiy darajaga ko'tarila boshladi.

1928-yilda Samarqand musiqa va xoreografiya instituti o'z faoliyatini boshladi. Institutning rahbar etib N.Mironov tayinlandi. Institut o'z oldiga xalq ijodiyotini tadqiq etish, milliy ashula va raqs san'atlarini o'rgatish, musiqa tarixiga oid ma'lumotlari to'plash hamda nota namunalarini yaratishdek ma'rifiy vazifalarni maqsad qilib qo'ydi.

1932-yilda San'atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti tashkil qilindi. Shu yilning avgust oyida uning san'at bo'limi ham o'z faoliyatini boshladi.

1930-yili O'zbekistonning poytaxti Samarqanddan Toshkentga ko'chib o'tishi tufayli Samarqand musiqa va raqs instituti ham 1932-yili Toshkentga ko'chib o'tdi. O'rta Osiyoda eng yirik ilmiy-tadqiqot intitutida musiqa va boshqa san'at sohalari xodimlari ilmiy ish bilan birga aspirantlar tayyorlandi.

1934-yilda Toshkentda Oliy musiqa maktabi tashkil qilindi. 1936-yildan e'tiboran u Toshkent Davlat konservatoriyasi maqomini oldi. "Toshkent davlat konservatoriyasi"da o'quv jarayonidan tashqari, dastlabki yillardanoq, V.Uspenskiy rahbarligida ilmiy-metodik kabinet ochildi.

1939-yili Toshkent davlat konservatoriyasi qoshida maxsus o'n yillik musiqa maktabi tashkil etilgan edi. 1949-yili O'zbekiston va Turkmaniston Xalq artisti kompozitor, musiqashunos-olim V.Uspenskiy vafotidan so'ng, maktabga uning nomi berildi va uning nomidagi maktab akademik litsey-internati maqomini oldi.

Turli yillar shu maktabni bitirgan o'quvchilar kelgusida musiqa texnikumi va konservatoriyalarda o'qib, yuqori malakali mutaxassislar bo'lib yetishib chiqdilar va o'zlarining ish faoliyatlari bilan zamonaviy o'zbek musiqa san'atini rivojlantirish jarayoniga o'z hissalarini qo'shdilar. Milliy o'zbek ma'rifatchi olimlarimizning musiqaga oid ilk darslik va qo'llanmalari nashr etildi

1927 yilda A.Fitrat ning "O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi" risolasi hamda V.Uspenskiyning "Klassicheskaya muzika uzbekov" maqolalari nashrdan chiqadi. A.Fitrat "O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi" risolasi bilan XX asr o'zbek musiqani o'rganishda ilk sahifa ochdi.

N.Mironovning o'zbek va tatar tillarida «Musiqa savodi» qo'llanmasi, rus tilida «Muzika uzbekov» (1929), «Muzika tadjikov» (1930) aspirantlar bilan hamkorlikda yozilgan M.Ashrafiy "Buxoro xalq qo'shiqlari", T.Sodiqov "Farg'ona xalq qo'shiqlari", Sh.Ramazonovlarning "Xorazm xalq qo'shiqlari" nomli to'plamni 1931 N.Mironov tahririda hamda 1931-yilda bevosita o'zining qalamiga mansub "Obzor muzikalnix kultur uzbekov i drugix narodov Vostoka" nomli kitoblari nashr etildi. ..."Barcha ta'lim dargohlarining milliy cholg'ular bo'limida yevropalik kompozitorlarning skripka, alt, violonchelga mo'ljallangan asarlari o'quv programmasiga kiritilgan edi.[3; 81 ]

Bu davrda ..."Aksincha, milliy musiqa sozlari uchun dars soatlari umumiy dars yuklamasining atigi 5 foizini tashkil etar, san'at maktablarida o'zbek milliy raqs san'ati sirlarini o'rganish uchun haftada atigi 2 soat vaqt ajratilgan edi" [4; 24]

O'zbekiston bastakorlar uyushmasi O'zbekiston bastakorlar uyushmasi (Mustaqillikdan avvalgi nomi "O'zbekiston kompozitorlar soyuzi" ) nodavlat ijodiy tashkilot sifatida O'zbekiston xalq komissarlari kengashining 1938-yildagi Qaroriga binoan 1939-yilda tashkil topdi.

1930-40 yillar musiqashunosligini bir butun tizim sifatida ko'radigan bo'lsaq ularda aks ettirilgan muammolarning aksariyati bugungi kun ehtiyojlariga naqadar hamohang ekanligini kuzatish qiyin emas. Shuning uchun ham bu ajoyib merosga milliy qadriyatlarimizning ajralmas tarixiy qismi deb qarab, ularni zamonaviy ilm-fan yutuqlariga tayangan holda izchil o'rganish - davr talabi bo'lib maydonga chiqmoqda. Mustaqillik sharofati bilan haqiqat ro'yobga chiqib, sho'ro siyosatining

qurboniga aylangan chinakam ma'naviy qadriyatlarimiz yana qaytadan millat istiqboliga xizmat qilajak.

Buning uchun 1920-40 yillarda milliy ma'rifatparvarlar hamda rusiyzabon ziyolilar boshlagan sa'y harakatlarni chuqur va atroflicha o'rganib, ular ko'zlagan g'oyalar mohiyatini tushunib, ibratli jihatlarini bugungi ehtiyojlar xizmatiga qaratish borasidagi ishlarni uzluksiz davom ettirish lozim. Milliy ma'rifatparvar va rusiyzabon olimlarning bugungi kun talablariga mos keladigan asarlarini tanqidiy nuqtayi nazardan hamda Mustaqillik mafkurasi talablariga muvofiq izohli nashrlarni yaratish ustida keng va atroflicha izlanishlar olib borish lozim.

Mustaqillik yillarida O'zbekistonda Yevropa musiqa tamoyillari bilan mushtaraklikda milliy musiqiy an'analar ham barqaror rivojlandi. Bu borada bir qator qaror va farmonlar imzolanib, o'zbek musiqa madaniyati taraqqiyotida muhim omil bo'lib xizmat qildi. Xususan, Toshkent davlat konservatoriyasi (kelgusida O'zbekiston davlat konservatoriyasi) nafaqat respublikada balki mintaqada ham eng yuksak va salohiyatli dargoh sifatida shuhrat qozonib kelmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"[5; 3] 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son Farmoniga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida O'zbekiston davlat konservatoriyasining "O'zbek maqom san'ati fakulteti" hamda O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining tegishli ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari negizida maqom ijrochiligi, baxshichilik va katta ashula yo'nalishlari bo'yicha kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta'lim muassasasi — Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti tashkil etilganligi ham zamonaviy ta'lim tizimida milliy an'analarga bo'lgan yuksak e'tibor sifatida belgilanadi.

Chunonchi, "ustoz-shogird" an'analarini keng joriy etish kabi ustivor vazifalarni bajarishni maqsad qilib qo'ygan mazkur oliy dargoh 2021-o'quv yilidan boshlab samarali faoliyatini boshladi. Bugungi kunda O'zbekiston zaminida vujudga kelgan musiqiy ta'lim dargohlari faoliyatini kuzatar ekanmiz bunda sharq va g'arb mushtarakligi, milliy va yevropacha tamoyillarga asoslangan ulkan tajriba maktabi qaror topganligiga guvoh bo'lamiz.

O'zbek musiqa madaniyati, ta'limi va musiqashunosligi o'tmishini bir butun tizim sifatida ko'radigan bo'lsak ularda aks ettirilgan muammolarning aksariyati bugungi kunga naqadar hamohang ekanligini kuzatish qiyin emas. Shuning uchun ham bu merosga milliy qadriyatlarimizning ajralmas tarixiy qismi deb qarab, ularni zamonaviy ilm-fan yutuqlariga tayangan holda izchil o'rganish - davr talabi bo'lib maydonga chiqmoqda.

XX asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan yangi, yevropacha shakldagi musiqiy tafakkur va milliy musiqiy qadriyatlar O'zbekiston zaminida rivojlanib,

ijodiy yutuqlarga erishilmoqda. Yevropa musiqiy tafakkur hisoblanmish turli musiqiy shakl va janrlarning, o'zbek mumtoz musiqasi bilan chambarchaslik kasb etishi, musiqiy merosimizni qadr-qimmatini, dunyoviy salohiyatini yanada yuksaltirdi. Ta'kidlash joizki, yurtimizda ushbu zamonaviy tamoyillarning joriy etilishi, ayniqsa o'tgan asrning 20-40 yillari orasida jadal sur'atlarda amalga oshirila boshlangan edi. Mazkur, katta tarixga nisbatan qisqa yigirma yillik davr, o'zining yangiliklarga boyligi, yangicha g'oyalar negizida hur fikrlarning yuzaga kelshi va musiqiy merosni zamonaviy kesimda tadqiq etilishi kabi jihatlari bilan tom ma'noda Mustaqillik davriga hamohangdir. Har ikki davrda ham millatparvar, ziyolilir ijtimoiy hayotning barcha qatlamlari singari musiqa madaniyati sohasida ham alohida jonbozlik ko'rsatilar.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'qituvchi va murabbiylar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan

2. Tuzuvchilar: M.Jo'raev,R.Nurullin,S.Kamolov,R.Rajabova va boshq O'zbekistonning yangi tarixiToshkent 2000 y.

3. O'zbekiston milliy davlat arxivi, 34-fond,1-ruyxat,716-yig'ma jild, 16-v

4. Irzaev B.O'zbek musiqa madaniyati tarixi sahifalaridan Toshkent 2017 y

5. Ijrochilik san'ati yuksalishi kerak // Sovet O'zbekistoni san'ati. 1985.

6. 2020 yil 31 may №PF-6000. "Xalq so'zi" gazetasi 27 may.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.