Научная статья на тему 'TURIZM TARMOQLARI VA MADANIY MEROS: ZAMON TALABLARIGA UYG’UNLASHUVI'

TURIZM TARMOQLARI VA MADANIY MEROS: ZAMON TALABLARIGA UYG’UNLASHUVI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
turizm / urf – odat / an’ana / madaniy meros / kulolchilik / sharbat / ayron / ziyorat / sayyoh.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Ochilova Aziza

Ushbu maqolada O’zbekistonda turizmni rivojlantirish hamda madaniy merosni tadqiq va taqdim qilish borasida tushunchalar tahlil qilinadi. Bunda madaniy meros zamonaviy talablar asosida uyg’unlashtiriladigan jihatlar ko’rib chiqilgan. Turizmning tarmoqlari, ularning ahamiyati keng izohlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TURIZM TARMOQLARI VA MADANIY MEROS: ZAMON TALABLARIGA UYG’UNLASHUVI»

TURIZM TARMOQLARI VA MADANIY MEROS: ZAMON TALABLARIGA

UYG'UNLASHUVI Ochilova Aziza

Navoiy innovatsiyalar universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11097087

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekistonda turizmni rivojlantirish hamda madaniy merosni tadqiq va taqdim qilish borasida tushunchalar tahlil qilinadi. Bunda madaniy meros zamonaviy talablar asosida uyg'unlashtiriladigan jihatlar ko'rib chiqilgan. Turizmning tarmoqlari, ularning ahamiyati keng izohlangan.

Kalit So'zlar: turizm, urf - odat, an'ana, madaniy meros, kulolchilik, sharbat, ayron, ziyorat, sayyoh.

Аннотация. В данной статье рассматривается развитие туризма в Узбекистане и шалив концепций создания и презентации культурного наследия. В этом случае культурное наследие основывается на современных требованиях. Адаптационные аспекты рассматриваются в секторах туризма их важность широко объяснена.

Ключевые слова: туризм, традиция, культурное наследие, гончарное дело, сок, пахта, паломничество, турист.

Abstract. In this article, the development of tourism in Uzbekistan and analysis of concepts regarding the creation and presentation of cultural heritage. In this case, cultural heritage is based on modern requirements. Adaptable aspects are considered in the sectors of tourism their importance is widely explained.

Keywords: tourism culture anana, cultural heritage, pottery, sharbat, ayron zlyorat,

tourist.

Albatta, har qaysi xalq yoki millatning tarixi, o'ziga xos urf - odat va an'analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo'lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma'naviy meros, madaniy boyliklar,ko'hna tarixiy yodgorliklar eng muhum omillardan biri bo'lib xizmat qiladi. Bu ko'hna tuproqda milodgacha bo'lgan va undan kiyin qurilgan inshoatlar, hali - hanuz o'zining ko'rkini saqlab kelayotgan osori atiqalarimiz, qdim - qadimdan o'lkamizda dehqonchilik va hunarmandchilik madaniyati, me'morchilik va shaharsozlik san'ati, yuksak darajada rivojlanganligidan dalolat beradi. Mamlakatimiz hududida mavjud bo'lgan to'rt mingdan ziyod madaniy - ma'naviy obidalar umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YUNESKO ro'yxatiga kiritilgan [ 2 ].

O'zbekistonning turizim sohasidagi salohiyati ulkan, undan oqilona foydalanish uchun shart - sharoitlar mavjud. Mamlakatimiz iqtisodiyotida muhum o'rin tutadigan bu sohani yanada rivojlantirish uchun istiqbolli chora tadbirlar belgilangan.

2022 - 2026 yillarga mo'ljallangan "Yangi O'zbekiston Taraqqiyot Strategiyasi" da mahalliy sayyohlar sonini 12 ming nafardan oshirish hamda Respublikaga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini 9 mln nafarga yetkazish vazifasi qo'yilgan edi. Bunda turizm sohasining davlat iqtisodiyotidagi muhum o'rni inobatga olindi. Zero, turizm sohasida yaratilgan bitta ish o'rni turdosh tarmoqlarda qo'shimcha ikkita ish o'rnini paydo bo'lishiga turtki beradi [1]. Sohaga jahon brendlarini jalb etgan holda, ziyorat turizmi, davolash - sog'lomlashtirish, ekologik, ma'rifiy, etnografik, gastranomik turizm va bu sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga e'tibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda xalqaro turizmning eng muhim tarmoqlaridan biri diniy yani ziyoratchilik turizmi bo'lib, uning shakillanish tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Diniy

ziyoratchilar kam mablag' hisobiga katta daromad manbaiga aylanishi shubhasizdir. Mamlakatimizning viloyatlarida o'nlab, yuzlab diniy qadamjolar mavjud bo'lib, Markaziy Osiyoda qolaversa jonajon O'zbekistonimizda ham aziz avliyolar yashab, dafn etilgan qadamjolar, ziyorat maskanlari beqiyos va ko'pdir. Ulardan Toshkent viloyatida " Zangiota " majmuasi, shahrida esa " Shayx Xivanda Taxur" maqbarasi, Samarqand viloyatida " Imom Al - Buxoriy " majmuasi, Dabus qal'a ziyoratgohida " Imom Bahra ota " maqbarasi, Samarqand shahrida " Shohi Zinda, Amir Temur, Xo'ja Doniyor ota, Moturidiy " maqbaralari va yana bir qancha qadamjolarni misol qilish mumkin [5]. Davlatimiz rahbari " Agar biz turizm hisobiga ish o'rinlari ochamiz desak , sayyohga shart qo'yish emas, balki sharoit yaratishimiz kerak " deb uqtiradi [3].

Turizm sohasida sayyohlarning bir qancha ehtiyojlari inobatga olinadi. Masalan, ishga aloqador, davolash - sog'lomlashtirishga aloqador, ko'ngilochar - dam olishga aloqador va eng muhimi ovqatlanishga aloqador ehtiyojlari inobatga olinadi. Sayyohlarning ovqatlanishga bo'lgan ehtiyojlarini umumiy ovqatlanish korxonalari qondiradi. Odatda sayyohlar qaysi mamlakatlarda bo'lsalar, o'sha mamlakatning milliy oshxonasi bilan tanishishga qiziqadilar. Masalan Myunxenda sayyohlarni " Xofbrayhaus "ga, yani eng katta pivo zaliga olib borishadi. Italiyada esa hech qaysi tishligi pastasiz ( makaronli taom ) o'tmaydi. Milliy oshxona restorantlarda esa (etnik yoki etnografik oshxonalar deb ham atashadi ) shu o'lkaga xos bo'lgan milliy ruhdagi taomlar takilf qilinadi [4 ]. Albatta turizmni rivojlantirishning muhim bo'g'inlaridan biri bu turli ommaviy va milliy oshxonalar hisoblanadi. Ayniqsa mavsumiy sayyohlikda bu juda sezilarli darajada ahamiyat kasb etgan. Masalan kuzgi va qishgi mavsumda quyuq va issiq taomlarga, bahorgi va yozgi mavsumda esa suyuq va salqin taomlarga bo'lgan ehtiyojlar ortadi. Birgina ziyorat turizmi misolida qaraydigan bo'lsak asosan bahorgi va yozgi mavsumlarga ko'proq talab ortadi. Tabiiyki kunning issiq pallasida sayyohlar salqin ichimliklarga ehtiyoj sezadilar va bu ehtiyojlarini har qadamda uchraydigan muzlatgichlarda savlat to'kib turgan muzdek gazli hamda gazsiz ichimliklar orqali chanqog'ini qondirishadi. Bu yaxshi albatta ammo masalaga boshqa tamonlama yondashib ko'rilsa natija qanday bo'ladi ?

Ayni bahor va yoz mavsumida birin ketin sarxil mevalar pishib yetilgan pallada ulardan tabiiy holda qayta ishlovlarsiz sof sharbat olinib, madaniy meroslarimizdan sanalmish kulolchilik buyumlari ( sopol xumlarda ) saqlanib, istemol qilinsa kutiladigan natijalari ko'rib chiqiladi.

BIRINCHIDAN - yosh bolalar va Yoshi kattalar uchun o'ta salqinlik qilmaydigan haroratda bo'ladi. Bu esa muzlatgichga qaraganda ancha qulay .

IKKINCHIDAN - inson organizmidagi bir qancha kasalliklarni oldini olib bartaraf qilishga yordam beradi.

UCHINCHIDAN - madaniy meroslarimizdan bejirim sopol idishlar sayyohlarda o'zgacha qiziqish, tasurot qoldiradi. Yana shuni ham aytib o'tish joizki, tabiiy sutdan tayyorlangan ayronlar ham taklif qilinsa yaxshigina chanqoqbosdi ichimlik bo'libgina qolmay jgar, o't qopi, oshqozon, meda va yurak faoliyatiga ham ijobiy tasir ko'rsatadi. SHuningdek Sayyohlarni qabul qiladigan maxmonxonalarda, oshxonalarda va dam olish maskanlarida maxsus ichimliklar zali tashkil qilinsa, bu zall sayyohlarga nafaqat ichimlik balki bizning buyuk o'tmishimiz, qadriyat an'analarimiz, madaniy meroslarimizdan bahramand etuvchi zall bo'lsa, sayyohlarni jalb etishni yana bir yo'li o'z yechimini topadi.

Yuqorida tahlil qilib ko'rganlarimizdan xulosa qiladigan bo'lsak, O'rta Osiyo jumladan O'zbekistonimiz dunyo tamaddunida Qadim obidalari, buyuk madaniy merosi bilan olimu allomalari bilan mashhurdir. Qolaversa tabiiy iqlim jihatdan ham yaxshi joylashgan shu o'rinda " Toshkentni donini yegan chumcuq yana qaytib keladi " degan ibora misolida yurtimiz mevalarini,

sharbatlarini ichgan sayyoh yana albatta qaytib keladi diydigan sharoit yaratilsa maqsadga

muvofiq ekani ko'rib chiqildi.

REFERENCES

1. IQTISODIY SHARH. Afzalxon. Artiqov, Asror. Nigmatov (iqtisodiy tadqiqodlar va islohatlar markazi) Turizm 2022 yil natijalari va rivojlanish istiqbollari. Toshkent - 2023 y N- 1 ( 13 ).

2. " YUKSAK MA'NAVIYAT - YENGILMAS KUCH ". I. Karimov. Toshkent : " Ma'naviyat " - 2010 y.

3. TURIZMDA RASMIYATCHILIK. Raximov. Z. O, Norqulova. D. Z, Qulnazarova. Z. B, Daminova. M. I, Karimov. A. A. Samarqand - 2020 y.

4. XALQARO TURIZM. Mamatqulov. X. M, Bektemirov. A. B, Tuxleyv. I. S, Norchayev. A. N. Toshkent - 2009 y

5. MINTAQAVIY TURIZM. Ibadullayev. N. E, Xamitov. M. X, Abduhamidov. S. A, Daminov. M. I. Samarqand - 2018 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.