Научная статья на тему 'TURIZM SOHASI MILLIY IQTISODIYOTGA TA’SIRI'

TURIZM SOHASI MILLIY IQTISODIYOTGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
71
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Turizm / turistik xizmatlar / sayyohlar / turizm idustiriya / korxona / mehmonhona / ekskursiya.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Soatov Yusuf Xo’jayor O’g’li

Ushbu maqolada O'zbekistonda turizm sohasini milliy iqtisodiyotimizga qo‘shgan hissasi hududlarda turizm xizmatlarini rivojlantirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish,turistik resurslardan maqsadli foydalanish, turizm xizmatlarini raqamlashtirish, turizm xizmatlari bozorini tartibga solishning ilmiy-uslubiy yondoshuvlari to‘g‘risida fikr va mulohazalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TURIZM SOHASI MILLIY IQTISODIYOTGA TA’SIRI»

TURIZM SOHASI MILLIY IQTISODIYOTGA TA'SIRI Soatov Yusuf Xo'jayor o'g'li

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.1109702 7

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekistonda turizm sohasini milliy iqtisodiyotimizga qo'shgan hissasi hududlarda turizm xizmatlarini rivojlantirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish,turistik resurslardan maqsadli foydalanish, turizm xizmatlarini raqamlashtirish, turizm xizmatlari bozorini tartibga solishning ilmiy-uslubiy yondoshuvlari to'g'risida fikr va mulohazalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Turizm, turistik xizmatlar, sayyohlar, turizm idustiriya, korxona, mehmonhona, ekskursiya.

Abstract. In this article, the contribution of the tourism sector to our national economy, increasing the economic efficiency of the development of tourism services in the regions, targeted use of tourist resources, digitization of tourism services, scientific and methodological approaches to regulating the market of tourism services are presented.

Keywords: Tourism, tourist services, tourists, tourism industry, enterprise, hotel, excursion.

KIRISH

Turizm sohasi iqtisodiy samaradorligining oshishi turizm xizmatlarining har tomonlama rivojlanganligida ko'rinadi, ya'ni bunga turizmning mamlakatdagi boshqa ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlar bilan parallel ravishda va o'zaro aloqada rivojlanishi natijasida erishiladi. Turizm sohasi mahalliy aholi hamda xorijiy fuqarolar boradigan mintaqalarning tarixi, u yerdagi tarixiy arxitektura obyektlarlari, mahalliy aholining urf-odatlari, an'analari, marosimlari bo'yicha kishilar bilimlarini oshirish, ziyoratgoh joylarni ziyorat qilish, sog'lomlashtirish xizmatlaridan foydalanish bilan bir qatorda shu mamlakat yoki mintaqa iqtisodiyotiga bevosita valyutalar oqimini olib kelish, mahalliy aholining yashash sharoitini yaxshilash va ularni ish bilan ta'minlashga ko'maklashadi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI

Hududiy turizmni rivojlantirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish mamlakatizimning yetakchi olimlari A.M. Abduvoxidov "Turizm rivojlanishining tahlili va prognozi" nomli maqolasida turizm sohasini rivojlanishi bir qancha iqtisodiy-ijtimoiy omillar bilan bog'liq ekanligini ta'kidlab "Barcha sohalarda bo'lgani kabi turizmda ham hal qilinishi kerak bo'lgan qator muammo va kamchiliklar mavjud, albatta. Logistika, infratuzilma, mehmonxona va tezyurar poyezdlarda joy yetishmasligi, axborot-kommu- nikatsiya texnologiyalarini joriy etish, turizm tarmog'i kadrlari salohiyatini oshirish bilan bog'liq qator muammolar yechimi izlanmoqda" ekanini aytib o'tgan (Abduvoxidov A.M. 2019).

I.S.Tuxliyev, R.Hayitboyev, B.Sh.Safarov va G.R.Tursunovaning tadqiqotlari mamlakatimizda turizm sohasini va industriyasini rivojlantirish, turistik-rekreatsion xizmatlarni kengaytirishga qaratilgan bo'lib, ularda turizmda rekreatsion xizmatlarning shakllanishi masalalariga atroflicha e'tibor qaratilgan (I.S.Tuxliyev, R.Hayitboyev, B.Sh.Safarov va G.R.Tursunova 2014). Mazkur tadqiqotlarda turizm sohasini davlat tomonidan tartibga solish va uning infratuzilmasini rivojlantirish masalalari yoritilgan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Tadqiqot ishida jahonda yuz berayotgan turli iqtisodiy o'zgarishlar, turizm sohasini kompleks rivojlantirish, hududiy turizm rivojlanishining iqtisodiy samaradorligini oshirish, turizm

xizmatlarini rivojlantirishning asosiy tamoyillari va omillari o'rganilib, mazkur yo'nalish bo'yicha iqtisodchi olimlar va mutaxassislarning fikrlariga tayangan holda tahlil va sintiz, kuzatish, turizm industriyasi rivojlanishini qo'llab-quvvatlash darajalari bo'yicha omillarga oid aniq tavsiyalar ishlab chiqilgan.

TAHLIL VA NATIJ ALAR

Tadqiqotlarimiz shuni ko'rsatadiki, 2018-2023 yillarda mamlakatimizda turizmni sohasinida rivojlanish bosqichi 2-qisimga bo'linadi.2018-yildan pandemi davri gacha va 2021 yildan bugungi kungacha.Keyingi yillarda qilingan islohatlar natijasida turizm sohasi iqtisodiyotimizning drayverlaridan biriga aylandi. O'zbekiston respublikasi fuqorolari 2017 yildan 53 ta davlatga vizasiz chiqish imkoni yaratildi. 2022 yilga kelib vatandoshlarimiz dunyoning 58 mamlakatiga vizani oldindan rasmiylashtirmasdan tashrif buyurishlari mumkin. Shulardan: 24 ta davlat vizasiz, 34 ta -viza kelgandan keyin beriladi. 2018 yilning birinchi choragidan 39 mamlakat fuqarolari uchun turistik vizalarni soddalashtirilgan tartibi joriy qilindi.

Buning natijasida 2018-2023 yillarda 26 milliondan ortiq turistlar mamlakatimizga tashrif buyurdilar.Birgina 2023-yilda respublikamizga xorijdan kelgan sayyohlar 6 626,3 ming nafarni tashkil qilgan.2022 yila nisbatan 26,6% oshgan. 2023 yilda kelgan turistlarni transport hizmatiga qarasak havo transportida kelgan sayyohlar 1 116,8 ming kishini (16,9 %), temir yo'l orqali kelganlar - 95,7 ming kishini (1,4 %), avtomobil transportida kelganlar - 28,8 ming kishini (0,4 %) tashkil etgan. turistlarning eng ko'p qismi, ya'ni 5 386,4 ming nafari (81,3 %) qo'shni davlatlardan chegarani piyoda kesib o'tishganlar.

2023 yilda mamlakatimizga kelgan sayyohlarning safar maqsadini tahlil qilganimizda; O'qish uchun kelganlar soni 16,8 ming kishiga (umumiy kelganlarning 0,3 % i), tijorat maqsadida kelganlar - 70,4 ming kishi (1,1 %), davolanish uchun - 61,3 ming kishi (0,9 %), xizmat safari uchun -143,5 ming kishi (2,2 %), bo'sh vaqt va dam olish uchun 773,3 ming kishi (11,7 %)ga to'g'ri kelgan. Eng ko'p sayohatlarning maqsadlariga esa qarindoshlarni ko'rish maqsadida 2023 yilning o'zida 5 561,1 ming kishi (83,9 %)ga teng bo'lgan.

2023-yilni o'tgan 2022-yilga nisbatan qiyoslak qarindoshlarni ko'rish maqsadida amalga oshirilgan safarlar 19,4 % ga, xizmat safarlari 71,3 % ga va bo'sh vaqtini o'tkazish va dam olish uchun safarlar 97,2 % ga oshgan. O'qish maqsadidagi safarlar 91,5 % ga, va davolanish maqsadidagi safarlar 3,4 baravarga oshgan. Tijorat maqsadidagi sayohatlar esa, aksincha, 12,5 % ga kamaygan.

(O'zbekiston respublikasiga 2023-yilda tashrif buyurgan turistlar. 4.1 jadval)

Xorijiy turistlar soni

2023 yil

Hududlar ya nv

№ va ar-

davlatlar yanvar fevral mart aprel may iyun iyul avgust sentabr oktabr noyabr dekabr sen tab r

Jami 56 6 62 6,3

tashrif 423 447 617 531 9 525 565 639 587 638 590 0

buyurganl ar: 504 133 066 702 79 1 975 187 218 349 392 105

I. Qo'shni 361 384 526 412 44 414 444 501 442 501 499 0 4

davlatlard 940 998 039 482 0 270 528 464 660 974 772 93

an: 68 6 0 81 3

1 Qozog'ist on 116 596 124 783 193 531 123 895 97 71 1 107 838 114 687 118 931 79 984 96 353 87 147 1 26 1 45 6

2 Qirg'izisto n 103 168 108 015 147 840 128 702 16 1 80 3 136 919 126 363 146 584 169 596 191 179 188 246 1 60 8 41 5

3 Tojikiston 139 633 149 526 180 164 154 430 17 3 97 8 160 788 192 864 223 416 183 443 199 982 211 428 1 96 9 65 2

4 Turkmani ston 2 335 2 435 4 244 5 190 6 90 8 8 339 10 192 12 175 9 356 14 199 12 710 88 08 3

5 Afg'onisto n 208 239 260 265 28 6 386 422 358 281 261 241 3 20 7

II. MDH davlatlard an: 44 703 42 119 60 794 74 373 76 82 0 69 268 76 423 84 862 71 763 69 057 51 196 0 72 1 37 8

6 Ozarbayjo n 796 928 1 148 1 098 1 44 2 1 338 1 239 1 382 1 413 1 452 1 441 13 67 7

7 Armanisto n 87 119 141 164 24 2 148 128 171 224 236 144 1 80 4

8 Belarus 749 842 1 447 1 698 1 56 2 1 182 1 039 1 358 1 580 1 544 1 259 14 26 0

9 Moldova 269 254 392 280 29 7 270 291 226 291 256 256 3 08 2

10 Rossiya Federatsiy asi 41 924 39 125 56 557 70 044 72 08 6 65 253 72 461 80 434 66 881 64 146 46 892 67 5 80 3

11 Ukraina 878 851 1 109 1 089 1 19 1 1 077 1 265 1 291 1 374 1 423 1 204 12 75 2

III. Boshqa davlatlard an: 16 861 20 016 30 233 44 847 52 28 5 42 437 44 236 52 892 72 926 67 361 39 137 0 48 3 23 2

12 Buyuk Britaniya, Birlashga n Qirollik 384 466 952 1 555 2 12 4 1 194 1 439 1 521 2 629 2 355 947 15 56 6

13 Hindiston 1 117 1 304 2 679 3 199 3 98 5 4 398 3 291 4 614 6 910 6 504 3 506 41 50 7

14 Germaniy a Federativ Respublik asi 545 750 1 506 2 921 3 76 5 2 210 2 368 3 742 5 667 3 936 1 395 28 80 5

15 Ispaniya 137 186 534 1 503 1 62 9 1 318 1 027 1 744 2 498 2 850 1 221 14 64 7

16 Italiya 279 404 1 111 3 210 2 98 1 1 283 1 747 4 308 3 730 4 299 1 443 24 79 5

17 Janubiy Koreya 2 361 2 041 2 200 2 625 3 18 8 3 454 4 286 4 084 4 182 3 770 2 563 34 75 4

18 AQSH 579 839 1 482 1 694 2 69 8 2 155 1 959 2 559 3 531 3 077 1 327 21 90 0

19 Turkiya 6 702 6 668 8 318 7 999 9 77 4 8 866 9 683 9 484 10 587 11 164 9 999 99 24 4

20 Avstraliya 76 141 144 347 58 9 432 314 489 865 645 214 4 25 6

21 Avstriya 68 116 149 308 31 3 199 204 282 393 420 174 2 62 6

22 Kanada 125 152 287 412 51 9 419 453 452 767 618 300 4 50 4

23 Bahrayn 5 14 6 24 16 31 19 19 21 16 5 17 6

24 Banglades h 89 176 220 298 26 7 246 351 339 412 516 508 3 42 2

Turizm samaradorligi deganda quyidagilardan iqtisodiy natija o ish tushuniladi:

• turizm tashkilotlari;

• turistik xizmatlar;

• turistik korxonaning ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish jarayoni. Turizmning iqtisodiy samaradorligi ijtimoiy mehnatning umumiy samaradorligining

ajralmas ele- mentidir.

Mikrodarajada turizmni rivojlantirishning iqtisodiy samaradorligi turizm xizmatlarini amalga oshirishning miqdoriy hajmini va ularning sifat tomonlarini aks yettiruvchi iqtisodiy ko'rsatkichlar tizimi bilan tavsiflanadi:

• turistik oqim hajmi;

• turizm xarajatlari miqdori;

• moddiy-texnika bazasining holati va rivojlanishi;

• moliyaviy-xo'jalik faoliyati ko'rsatkichlari;

• xalqaro turizmni rivojlantirish ko'rsatkichlari. XULOSA

Xulosa qilib aytganda, turizm xizmatlari ishlab chiqarish iste'molida sifat va samaradorlik mas- alalari juda katta rol o'ynaydi. Ko'rsatilayotgan xizmatlar qancha jozibador va bozorga moslashu- vchan bo'lsa maxsulotning yashash davri uzayadi.

Turistik korxona oldida xizmat ko'rsatish sifatini kerakli darajada saqlab turish, kamchiliklarni o'z vaqtida bartaraf etish, xizmat ko'rsatish sifatini oshirish strategiyasini ishlab chiqish, xizmatlarni ist'emol-chilarning xoxishlariga moslashtirish kabi vazifalari turadi.

REFERENCES

1. Abduvoxidov A.M., Baxodirov M. Q.Turizm rivojlanishining tahlili va prognozi. -Maqolalar to'plami. -T.: "IQTIS0DIY0T",-2019.

2. Alimova M.T. Hududiy turizm bozorining rivojlanish xususiyatlari va tendensiyalari (Samarqand viloyati misolida) // I.f.d. diss. - Samarqand: -SamISI, -2017. -25-26-b.

3. Pardayev M.Q. va Musayev H.N. Xizmat ko'rsatish, servis va turizm sohalarini rivojlantirish: muammolar va ularning yechimlari. -"Iqtisodiyot va moliya", -2008.

4. Сабирова, Н. Э. (2021). ИЗ ИСТОРИИ ИЗУЧЕНИЯ ИСКУССТВА ХАЛФА ХОРЕЗМА. In АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ТЮРКОЛОГИИ: РОССИЯ И ТЮРКО-МУСУЛЬМАНСКИЙ МИР (pp. 387-390).

5. Turizm sayyohlik. T.Xoldarov , X.Tulenova Toshkent 2016 yil.

6. https://lex.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.