Научная статья на тему 'TURIZM INDUSTRIYASINI RIVOJLANTIRISHDA RESURSLARNING TURLARI VA ULARNING SALOHIYATI'

TURIZM INDUSTRIYASINI RIVOJLANTIRISHDA RESURSLARNING TURLARI VA ULARNING SALOHIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turizm resurslari / tabiiy resurslar / antropogen resurslar / geomorfologik resurslar / gidrografik resurslar / biogeografik resurslar / himoya qilinadigan tabiiy meros / etno-ijtimoiy resurslar.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Yunusova Sohiba Abdulmamidovna

Ushbu maqolada turizs sohasini elementlaridan tashkil topgan turizm resurslarini guruhlanishi va ularning tarkibi haqida yoritib berishga harakat qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TURIZM INDUSTRIYASINI RIVOJLANTIRISHDA RESURSLARNING TURLARI VA ULARNING SALOHIYATI»

TURIZM INDUSTRIYASINI RIVOJLANTIRISHDA RESURSLARNING TURLARI VA ULARNING SALOHIYATI

Yunusova Sohiba Abdulmamidovna

Namangan davlat universiteti o'qituvchisi ORCID: https://orcid.org/0009-0006-6710-7314 https://doi.org/10.5281/zenodo.13903240

Annotatsiya. Ushbu maqolada turizs sohasini elementlaridan tashkil topgan turizm resurslarini guruhlanishi va ularning tarkibi haqida yoritib berishga harakat qilingan.

Kalit so'zlar: turizm resurslari, tabiiy resurslar, antropogen resurslar, geomorfologik resurslar, gidrografik resurslar, biogeografik resurslar, himoya qilinadigan tabiiy meros, etno-ijtimoiy resurslar.

Аннотация. В данной статье предпринята попытка объяснить группировку туристических ресурсов и их состав, которые состоят из элементов туристической сферы.

Ключевые слова: Туристические ресурсы, природные ресурсы, антропогенные ресурсы, геоморфологические ресурсы, гидрографические ресурсы, биогеографические ресурсы, охраняемое природное наследие, этносоциальные ресурсы.

Abstract. In this article, an attempt was made to explain the grouping of tourism resources and their composition, which are made up of elements of the tourism sector.

Keywords: tourism resources, natural resources, anthropogenic resources, geomorphological resources, hydrographic resources, biogeographic resources, protected natural heritage, ethno-social resources.

Bilamizki bugungi kunda, turizm sohasi butun dunyo bo'ylab yetakchi sohalardan biriga aylanib bormoqda. Zamon shiddat bilan o'sib borayotgan bir paytda insonlarning turistik resurslarga bo'lgan extiyojlari va ularga bo'lgan qarashlari ham o'zgardi. Turistik resularni tasarruf etishdan avval, ushbu sohada faoliyat olib borayotgan mutahassislar va mutasaddilar mavjud resurslarni turlarini aniqlab olish va foydalanish hususiyatlaridan kelib chiqqan holda maqsadli ishlatish maqsadga muofiq deb hisoblaymiz. Turistik resurslarni guruxlanishi bo'yicha hozirgi kunga qadar ko'plab olimlar tomonidan o'rganilib kelinmoqda. Turizm sohasining resurslari - turizm maqsadlarida va turizm jarayonida insonning ehtiyojini qondirishga qodir tabiiy-iqlim, ijtimoiy-madaniy, tarixiy, me'moriy, ilmiy va xizmat ko'rsatishga doir, tomosha qilinuvchi obyektlar yoki hodisalar to'plamidan iborat.[3]

Turizm resurslari ma'lum bir joyga turistlarnio'ziga jalb qiluvchi tabiiy va antropogen elementlardir. Ushbu resurslar turizm sanoatini rivojlanishida juda muhim, chunki ular sayyohlar uchun noyob tajriba yaratishga yordam beradi va hududlarning iqtisodiyotini ko'tarishga o'z hissasini qo'shadi. Ushbu maqolada biz turizm resurslarining turlarini yana bir bor ko'rib chiqamiz.

Turizm resurslari turlari:

l.Tabiiy turistik resurslar;

a) geomorfologik resurslar

b) iqlim resurslar

c) gidrografik resurslar

d) biogeografik resurslar

e) himoya qilinadigan tabiiy meros

2.Antropogen turistik resurslar;

a) Madaniy boyliklar

b) etno-ijtimoiy resurslar

c) badiiy manbalar

d) atrof muhit resurslari

1.Tabiiy turistik resurslari: Tabiiy turizm resurslari turistlarni ma'lum bir joyga jalb qiluvchi tabiiy elementlardir. Bu resurslarga geomorfologik, iqlimiy, gidrografik, biogeografik va muhofaza qilinadigan tabiiy meros kiradi.

a) Geomorfologik resurslar: Geomorfologik resurslar bu- turistlarni ma'lum bir hududlarga jalb qiluvchi geologik tuzilmalar hisoblanadi. Ushbu resurslarga tog' tizmalari, g'orlar, vodiylar, yaylovlar, kanyonlar va plyajlar kiradi. Masalan, Meksikadagi Vulqonli plyaj bu plyaj o'zining chiroyi bilan butun dunyoga mashxur va har yili minglab sayyoxlarni o'z domiga tortadigan geomorfologik manba hisoblanadi.

Geomorfologik resurslarning boshqa misollariga Firefly g'ori - Yangi Zelandiyadagi eng mashhur joylardan biri. Minglab qo'ziqorin chivinlari bu g'orning arklarini qoplagan va ularga qaraganingizda, ustingizda yulduzli osmon yoyilgandek his qilasiz.

b) Iqlim resurslari: Iqlim resurslari bu - turistlarni ob-havosi bilan o'ziga ohangrabodek tortadigan manzillar tushuniladi. Bu resurslarga tropik, qurg'oqchil, kontinental, qutb va O'rta yer dengizi iqlimi kiradi. Misol uchun issiq mamlakatlarda yashovchi insonlar qish faslini his qilish uhun qutb mamlakatlariga tashrif buyuradilar.

Iqlim resurslarining boshqa misollariga Birlashgan Arab Amirliklarining cho'llari (Rub al-Xali) turistlarni o'ziga jalb qiladi

c) Gidrografik. Gidrografik resurslar bu - suv bilan bog'liq bo'lgan resurslar tushuniladi. Bu resurslarga okeanlar, dengizlar, daryolar, ko'llar va sharsharalar kiradi. Misol uchun, Kolumbiya tabiatining durdonasi Kano Kristales yoki Kamalak daryosi bu daryo o'zining betakrorligi bilan sayyohlarni doimiy chorlab kelgan.

d) Bio-geografik manbalar: Biogeografik resurslar bu - o'simlik va hayvonot olamini o'zida namoyon etadigan resurslar hisoblanadi. Ushbu resurslarga milliy bog'lar, yovvoyi tabiat qo'riqxonalari va botanika bog'lari kiradi.[2] Masalan, mamlakatimiz hududida joylashgan Hisor Davlat qo'riqxonasi, Chotqol Davlat biosfera qo'riqxonasi, Kitob geologik davlat qo'riqxonasi.

Biogeografik resurslarning boshqa misollari: Zomin Milliy tabiat bog'i, Ugam-chotqol milliy tabiat bog'I, Do'rmon milliy bog'i noyob flora va faunasini ko'rish imkoniyatini beradi.

e) Muhofaza qilinadigan tabiiy meros: Muhofaza qilinadigan tabiiy meros bu - o'zining madaniy qimmatdorligi bilan turistlarga hizmat qilib kelayotgan va alohida muhofaza muhtoj resurslar tushuniladi. Ushbu hududlarga YuNESKOning Jahon merosi ob'ektlari, milliy bog'lar va yovvoyi tabiat qo'riqxonalari kiradi. Masalan, sayyohlar Samarqandning Registon maydoni YUNESKOning Jahon merosi ro'yxatiga kiritilgan Registonga tashrif buyurib, mintaqaning noyob madaniy merosiga guvoh bo'lishadi.[1]

2. Antropogen turizm resurslari: Antropogen turizm resurslari - bu inson aql zazovati va qo'l mehnati orqali yaratilgan resurslar tushuniladi. Bu resurslarga madaniy boyliklar, etno-ijtimoiy resurslar, badiiy resurslar va atrof-muhit resurslari kiradi.

a) Madaniy boyliklar: Madaniy boyliklar turistlarni diqqatga sazovor joyga jalb qiladigan noyob madaniy xususiyatlar va diqqatga sazovor joylarni anglatadi. Bularga muzeylar, tarixiy diqqatga sazovor joylar va madaniy festivallar kiradi. Masalan, sayyohlar Misrdagi Ehromlarga tashrif buyurib, mintaqaning noyob madaniy merosiga guvoh bo'lishadi.

b) Etno-ijtimoiy manbalar: Etno-ijtimoiy resurslar turistlarni jalb qiladigan ma'lum bir hududlarning kelib chiqishi urf-odat va an'analari hisoblanadi . Bu resurslarga oziq-ovqat, musiqa, raqs va an'anaviy kiyimlar kiradi. Misol uchun, sayyohlar Surhandaryo viloyatiga tashrif buyurib Boysun madaniyati bilan o'rtoqlashishlari mumkin.

Etno-ijtimoiy resurslarning boshqa misollari: Doimiy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "Sharq taronalari" festivali ham bunga yaqqol misol bo'la oladi.

c) Badiiy manbalar: Badiiy manbalar deganda turistlarni ma'lum bir joyga jalb qiluvchi badiiy ijod va spektakllar tushuniladi. Bu manbalarga arxitektura, musiqa, raqs, teatr va tasviriy san'at kiradi. Masalan, sayyohlar Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga tashrif buyurib, mintaqaning betakror binolar arxitektura dizayniga guvoh bo'lishadi.

Badiiy resurslarning yana bir boshqa namunalari qatoriga Alisher Navoiyning "Xamsa" dostoni, rus shoiri Aleksandr Sergeyevich Pushkin ijodi, Nyu-Yorkdagi Brodvey teatri va Berlindagi ko'cha san'ati kiradi. Ushbu manbalar tashrif buyuruvchilarga mintaqaning noyob badiiy ijod namunalari va tomoshalarini tomosha qilish imkoniyatini beradi.

d) Atrof-muhit resurslari: Ushbu resurslarga hududlarning betakror takrorlanmas atrof-muhit va atmosfera xususiyatlarini anglatadi. Bu resurslarga toza havo, toza suv va xavfsiz muhit kiradi.[4] Masalan, sayyohlar Surxandaryoning Zomin tumaniga tashrif buyurib toza va yashil muhitdan bahramand bo'ladilar.

Atrof-muhit resurslarining boshqa misollariga Norvegiyaning tabiiy go'zalligi, Kosta-Rikadagi ekoturizm va Butandagi barqaror turizm kiradi. Ushbu manbalar tashrif buyuruvchilarga sayohat paytida xavfsiz va sog'lom muhitni his qilish imkoniyatini beradi.

Bundan ko'rinib turibdiki, turizm resurslari turistlarni o'ziga jalb qiluvchi tabiiy va antropogen elementlardir. Tabiat inom etgan va inson qo'l mehnati bilan yaratilgan turizm resurslarini turizm sanoatini yuksak darajada faoliyat olib borishi uchun baholi qudrat hizmat qiladi va turizm destinatsiyaning iqtisodiy o'sishiga hissa qo'shadi. Yuqorida keltirib o'tilgan resurslarni tushunish va ularni o'rni-o'rnida ishlatish mamlakatning iqtisodiy o'sishi va rivojlanishiga turtki bo'ladi.

REFERENCES

1. Abdulmamidovna Y.S.TURIZM SOHASINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MUAMMOLAR //Science and innovation. - 2024. - T. 3. - №. Special Issue 28. - C. 867871.

2. Buhalis, D. (2000). Marketing the competitive destination of the future. Tourism Management, 21(1), 97-116.

3. Kim, H. J., & Ritchie, J. R. (2014). Tourism destination development: A review of recent research. Tourism Management Perspectives, 10, 11-23.

4. Sharpley, R., & Telfer, D. J. (Eds.). (2014). Tourism and development: Concepts and issues (Vol. 1). Channel View Publications.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.