Научная статья на тему 'TURIZM HUDUDLARINI TANLASH USULLARI BO‘YICHA BAZAVIY OBYEKTLARNI SXЕMA KO‘RINISHIDA ANIQLASH'

TURIZM HUDUDLARINI TANLASH USULLARI BO‘YICHA BAZAVIY OBYEKTLARNI SXЕMA KO‘RINISHIDA ANIQLASH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
32
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turizm / jarayon / algoritm / baholash / obyekt / hudud / koeffisiyent / konsettual / model / matematik model / yarim qiymat / axborot. / tourism / process / algorithm / assessment / object / area / coefficient / conceptual / model / mathematical model / half value / information.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — M. Xoliqova

Ushbu maqolada turizm sohasi uchun turizm hududlarini tanlash,usullari bo’yicha bazaviy ob’yektlarni sxema ko’rinishda aniqlash ko’rsatib o’tilgan . Shu bilan bir qatorda zamonaviy axborot tеxnologiyasining qo‘llanilishi sayyohlik xizmatlarining sifati va xafvsizligini oshirish bo’yicha alohida ma’lumotlar keltirilgan. Sayyohlik jarayonlarida turizm hududlarini aniqlash turli usullarining asosiy kamchiliklari va ularni optimal qo‘llash sohalariga doir jadval algoritm va tuzilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DETERMINATION OF BASIC FACILITIES IN SCHEME VIEW BY METHODS OF SELECTING TOURISM AREAS

This article shows the selection of tourism areas for the tourism industry, the methods of determining the basic objects in the form of a scheme. In addition, special information on the use of modern information technology to increase the quality and safety of tourist services is provided. A table of the main shortcomings of various methods of identifying tourism areas in tourism processes and the areas of their optimal application is compiled by algorithm.

Текст научной работы на тему «TURIZM HUDUDLARINI TANLASH USULLARI BO‘YICHA BAZAVIY OBYEKTLARNI SXЕMA KO‘RINISHIDA ANIQLASH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

TURIZM HUDUDLARINI TANLASH USULLARI BO'YICHA BAZAVIY OBYEKTLARNI SXEMA KO'RINISHIDA ANIQLASH Xoliqova Manzura Qoyirovna

"Muxandislik grafikasi va raqamli texnologiyalar" kafedrasi assistenti, TIQXMMI MTU Buxoro

tabiiy resurslarni boshqarish instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.7294934

Annotatsiya. Ushbu maqolada turizm sohasi uchun turizm hududlarini tanlash,usullari bo 'yicha bazaviy ob 'yektlarni sxema ko 'rinishda aniqlash ko 'rsatib o 'tilgan . Shu bilan bir qatorda zamonaviy axborot texnologiyasining qo'llanilishi sayyohlik xizmatlarining sifati va xafvsizligini oshirish bo 'yicha alohida ma 'lumotlar keltirilgan. Sayyohlik jarayonlarida turizm hududlarini aniqlash turli usullarining asosiy kamchiliklari va ularni optimal qo'llash sohalariga doir jadval algoritm va tuzilgan.

Kalit so'zlar: turizm, jarayon, algoritm, baholash, obyekt, hudud, koeffisiyent, konsettual, model, matematik model, yarim qiymat ,axborot.

ОПРЕДЕЛЕНИЕ ОСНОВНЫХ ОБЪЕКТОВ НА СХЕМЕ СПОСОБОВ ВЫБОРА

ТУРИСТСКИХ ТЕРРИТОРИЙ

Аннотация. В данной статье показаны выбор туристских направлений для индустрии туризма, методы определения основных объектов в виде схемы. Кроме того, приводится специальная информация об использовании современных информационных технологий для повышения качества и безопасности туристических услуг. По алгоритму составлена таблица основных недостатков различных методов выделения направлений туризма в туристских процессах и направлений их оптимального применения.

Ключевые слова: туризм, процесс, алгоритм, оценка, объект, площадь, коэффициент, понятийный, модель, математическая модель, полуцена, информация.

DETERMINATION OF BASIC FACILITIES IN SCHEME VIEW BY METHODS OF

SELECTING TOURISM AREAS

Abstract. This article shows the selection of tourism areas for the tourism industry, the methods of determining the basic objects in the form of a scheme. In addition, special information on the use of modern information technology to increase the quality and safety of tourist services is provided. A table of the main shortcomings of various methods of identifying tourism areas in tourism processes and the areas of their optimal application is compiled by algorithm.

Keywords: tourism, process, algorithm, assessment, object, area, coefficient, conceptual, model, mathematical model, half value, information.

KIRISH

Sayyohlik hududlari obyektlarining qiymatini baholashning maqsadli yo'nalishi va bunda turli yondashuvlar va usullardan foydalanish ushbu resurslar qiymatini aniqlashning turli bazaviy algoritmlari va matеmatik modеllarini bеlgilab bеradi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Sayyohlik jarayonlari baholashning bazaviy algoritmlarining barcha xillarini, bizningcha, ikkita asosiy guruhga guruhlash mumkin (1.1-rasm).

1.1-rasm.

Sayyohlik jarayonlarini baholashning bazaviy algoritmlarining asosiy guruhlari.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Yalpi baholash ishlarini otkazishda hududlanji vakka tartibda baholash

Xiw.Eflj spUas.i okveMiaci resurslarining qiymat babosiui auiqlasbuiug tea^aviy JÜgasjiilllari

Turli maqsadlar uchuti tur-hududlami yakka tartibda baholash

Bazaviy algorilmlarni qiymatni baholashning as.os.iy omillari bo'yicha tabaqalash

Bazaviy iügodtmlarni baholash yondashuvlari va usullari bo'yicha tabaqalash

Bazaviy algoritrnlarni baholashning maqsadliyo'nalishi bo^yich^ tabaqalash

Bazaviy ajsoritin] arni baholash yondashuvlari va usullari bo'yicha tabaqalash

Quyidagi ifoda umumiy ko'rinishda birinchi guruh algoritmlari uchun tur-hududlar salohiyatini baholashning matematik ta'minoti bo'ladi:

Such. = Sb* Ki* K2 * K3 *....Kn , bu yerda:

Such. muayyan tu-hududning qiymati;

Sb - bazaviy sayyohlik jarayoni obyektining qiymati;

Ki* K2 * K3 - Sayyohlik jarayonlarini baholashda alohida ko'rsatkichlar

bo'yicha tuzatuvchi koeffisientlar.

Yalpi baholash ishlarini o'tkazish sharoitida tur-hudud obyektlari qiymatini yakka tartibda baholashning bazaviy algoritmlarini ko'rib chiqayotib, yalpi baholash ishlarining yagona maqsadli yo'nalishi doirasida baholash ishlarini o'tkazishda foydalaniladigan yondashuvlari va usullarning yagonaligiga amal qilish zarurligini alohida ta'kidlash lozim.

Bunda turli maqsadlarga mo'ljallangan muayyan hududlar qiymat baholarining o'zaro bog'liqligini chuqurroq o'rganish ob'ektiv tarzda tuzatuvchi koeffitsientlarning kengayuvchi tizimini shakllantirishga va undan yalpi qiymatni baholash sharoitida yakka tartibdagi qiymat baholarini hisoblab chiqishda foydalanishga ko'maklashadi. Bu shuni anglatadiki, bazaviy qiymat bahoga nisbatan tuzatuvchi koeffitsientlarning oshishi uning kamayishiga xizmat qiladi. Tuzatuvchi koeffitsientlar miqdori va muayyan yer uchastkalari bazaviy qiymati o'zgarishining dinamikasi sxema ko'rinishida 1.2-rasmda aks ettirilgan.

1.2-rasm.

Turizm hududlarini bazaviy qiymati va tuzatuvchi qiymatining dinamikasi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

TADQIQOT NATIJALARI

Sayyohlik jarayonlari tashkil etuvchi qiymatini baholash omillarining o'zaro bog'liqliklarini yanada o'rganish natijasida shuni asosli tarzda ta'kidlash mumkinki, yer uchastkasining bazaviy qiymat bahosini shakllantirish yer uchastkalarining baholash guruhlari, ularning ixtisoslashuvi, ulardan foydalanishdan qat'i nazar yanada umumiy xususiyatga ega bo'ladi. Shu bilan birga yer uchastkasinig ushbu bazaviy qiymat bahosining pasayishi muayyan yer uchastkasining umumiy qiymatida tuzatuvchi qiymat ulushining ortishi bilan kuzatiladi.

Bunda turizm hududlari yakka tartibdagi qiymat bahosini hisoblab chiqishning umumiy matematik ko'rinishi quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi:

Ryakk. = K1 * K2 *... Kn * Rbaz * K1 * K2 *.....Kn,

bu yerda

K1 * k2 *... Kn - baholash guruhlarining farqlarini hisobga oluvchi koeffitsientlar;

K1 * K2 *.....Kn - turizm hududlarini baholash guruhida uning o'ziga xos xususiyatlarini

hisobga oluvchi koeffitsientlar;

Rbaz. - qator baholash guruhlari yig'indisining baholash jarayoniga kiritilgan hududning bazaviy qiymati.

Baholash ishlarini yoppasiga o'tkazishda yer uchastkasining yakka tartibdagi qiymat bahosini aniqlashning yuqorida keltirilgan matematik modelining umumlashtiruvchi algoritmi quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi:

I bosqich - tayyorgarlik ishlari, baholash ishlarini yoppasiga o'tkazishda sayyohlik jarayonlarini rivojlantirishga mo'ljallangan yakka tartibdagi hududlarni baholashni o'tkazish uchun zarur axborotni yig'ish va unga ishlov berish;

II bosqich - yalpi qiymatni baholash bilan qamrab olingan hududni baholash zonalari va uchastkalariga taqsimlash;

III bosqich - Turizm hududlarining qiymatini shakllantiruvchi omillar tarkibini va baholash zonasi yoki baholash hududiga tatbiqan ushbu omillarning miqdoriy ko'rsatkichlarini belgilash;

IV bosqich - har bir baholash guruhi uchun hudud qiymatini shakllantiruvchi har bir omilga tatbiqan ushbu resurslar nisbiy qiymatining guruhlararo va guruh ichi koeffitsientlarining qiymatlarini hisoblab chiqish;

V bosqich - tanlangan test tur-hududning bazaviy qiymatini aniqlash;

VI bosqich - yakka tartibdagi sayyohlik obyektlarining qiymatini test tur-hududlarning qiymati va ushbu yakka tartibdagi sayyohlik zonasi hududi nisbiy qiymatining maxsus ishlab chiqilgan tuzatuvchi koeffitsientlari bo'yicha aniqlash;

VII bosqich - Sayyohlik jarayonlarini baholash materiallarini rasmiylashtirish.

Baholash ishlarini amalga oshirishning yuqoridagi bosqichlarini batafsil bayon etish

mazkur tadqiqot vazifasiga kirmaydi, chunki u baholash faoliyatiga doir zamonaviy uslubiy materiallarda yetarlicha aks ettirilgan. Shu bilan birga, bizningcha, yakka tartibdagi hududlar nisbiy qiymatining tuzatuvchi koeffitsientlarini ishlab chiqish masalasini ko'rib chiqishga to'xtalib o'tish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Shu munosabat bilan yakka tartibdagi tur-hududlar qiymatini hisoblashda tuzatuvchi nisbiy koeffitsientlar ko'rsatkichlari quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi:

Ki .otn. i.abs ,

K baz. abs.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Bu yerda Ki.nisb. - yakka tartibdagi sayyohlik obyektlari qiymat bahosini

shakllantiruvchi muayyan omil bo'yicha nisbiy tuzatuvchi koeffitsient;

Ki.abs. - yakka tartibdagi sayyohlik obyektlari qiymat bahosini shakllantiruvchi muayyan omil bo'yicha absolyut tuzatuvchi koeffitsient;

Kbaz.abs. - test (bazaviy) tur-hududlar qiymat bahosini shakllantiruvchi muayyan omil bo'yicha absolyut tuzatuvchi koeffitsient. Ushbu koeffitsient yuqorida ko'rib chiqilgan bazaviy (test) uchastkani tanlash usuliga qarab aniqlanadi. Bunda yakka tartibdagi yer uchastkasining qiymatini quyidagi formula bo'yicha aniqlash mumkin:

Syakk. = Sbaz. * Ki.nisb

Yuqorida keltirilgan yakka tartibdagi sayyohlik zonalari qiymatini aniqlash formulasi qiymat bahosiga faqat bitta omilning ta'sirini tavsiflovchi koeffitsientning qo'llanishini hisobga oladi. Bu bazaviy (test) va yakka tartibdagi yer uchastkasining qiymat bahosiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar nisbiy va absolyut xususiyatlarining o'zaro bog'liqligini tushunishni soddalashtirish uchun qilingan. Yalpi baholash ishlarini o'tkazishda yakka tartibdagi yer uchastkasining qiymat bahosini shakllantiruvchi «n» omillarning ta'sirini hisrbga oluvchi formula umumlashtirilgan tarzda quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi:

Syakk. = Sbaz. * K 1 i.nisb. * K 2 i. nisb. .....K n i. nisb.

MUHOKAMA

Yakka tartibdagi tur-hududlarining qiymat bahosini aniqlash bazaviy algoritmlarining ikkinchi guruhi ularning mavjud bo'lishi baholash ob'ektining o'ziga xos xususiyatlari bilan ham, baholash ishlarining maqsadli yo'nalishi bilan ham belgilanadigan qator kichik guruhlarni o'z ichiga oladi. Shunday qilib sayyohlik obyektlarini baholashda turli bazaviy algoritmlardan foydalanish mumkin, (1.3-rasm).

1.3-rasm.

Sayyohlik jarayonlarida tur-hududlarini baholashning turli bazaviy algoritmlarini

shakllantirish sabablari.

Sayyohlik jarayonlarini baholashning yuqorida keltirilgan asosiy maqsadli yo'nalishi va bunda foydalaniladigan baholash yondashuvlari barcha bazaviy algoritmlarni sakkizta asosiy guruhga birlashtirish imkonini beradi, (1-jadval).

1-jadval

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Sayyohlik jarayonlarini tur-hududlar bo'yicha baholashning umumlashtirilgan bazaviy

algoritmlari.

Tur-hududlarni baholashning asosiy bazaviy algoritmlari Optimal qo'llash sohasi Qiymatni baholash konsepsiyasi

Daromadli yondashuvdan foydalan-gan holda tur-hududni ijaraga olish huquqlarining qiymatini aniqlash (1-son bazaviy algoritm) Bir xil yuqori daromadli tur-hududlar Sayyohlik zonalarni tizimli tartibga solish uchun bo'lgan huquqlar qiymatining funksiyasi sifatida undan olinadigan daromad

Qiyosiy yondashuvdan foydalangan holda tur-hududni ijaraga olish huquqlarining qiymatini aniqlash (2-son bazaviy algoritm) Tur-hududlar ijara bozorining rivojlanganligiga erishish Ijaraga olish qiymati bozor tomonidan belgilangan tur-hududlar qiyosiy ko'rsat-kichlarining funksiyasi sifatida yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarining qiymati.

Xarajatli yondashuvdan foydalangan holda tur-hududlarni ijaraga olish huquqlarining qiymatini aniqlash (3-son bazaviy algoritm) Yangidan o'zlashtirilgan past rentabelli yer uchastkalari Undan foydalanish xara-jatlarining funksiyasi sifa-tida yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarining qiymati.

Daromadli yondashuvdan foydalan-gan holda tur-hududlarni ijaraga olish huquqilari garovining qiymatini aniqlash (4-son bazaviy algoritm) Yuqori talabga ega bo'lgan bir xil yuqori daromadli tur-hududlar Ular daromadliligining funksiyasi sifatida tur-hududlarni ijaraga olish huquqlari garovining qiymati.

Qiyosiy yondashuvdan foydalangan holda tur-hududlarni ijaraga olish huquqilari garovining qiymatini aniqlash (5-son bazaviy algoritm) Tur-hududlarni ijarasi va kreditlar bozorining yuksak rivojlanishi Ijara va garov kreditlari qiyosiy ko'rsatkichlarining funksiyasi sifatida tur-hududlarni ijaraga olish huquq-lari garovining qiymati

Daromadli yondashuvdan foydalan-gan holda yer uchastkasini ijaraga olish huquqilarini olib qo'yishda ko'rilgan zararning qiymatini baholash (6-son bazaviy algoritm) Yuqori daromadli mumtoz qadimiy tu-hududlar sharoitida Ijaraga olinadigan tur-hududlardan olinadigan daromad yo'qotilishining funksiyasi sifatida zarar qiymati

Qiyosiy yondashuvdan foydalangan holda tur-hududlarni ijaraga olish huquqilarini olib qo'yishda ko'rilgan zararning qiymatini baholash (7-son bazaviy algoritm) Turizm-sayyohlik bozorining yuksak rivojlanishi Zararga qarab qiymatning pasayishi qiyosiy ko'rsatkichlarining funksiyasi sifatida zarar qiymati

XULOSA

Asosiy bazaviy algoritmlarda qo'llaniladigan konseptual qoidalar baholash ishlari uchun maxsus axborot bazasini yig'ish va uni qayta ishlashning o'ziga xos xususiyatlarini, yer resurslaridan foydalanishga doir moliyaviy hujjatlami normal holatga keltirish, yerlardan foydalanishning amaliy va qiyosiy ko'rsatkichlarini, ularning shakllanayotgan bozor qiymatini aniqlash zaruratini, yer resurslarining bahosini aniqlashga nisbatan turli matematik yondashuvlarni qo'llashning asosliligini belgilab beradi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. Xolmogorov V.L. Web - masterstva. M.:Piter 2GGI g.

2. Bbikov V. A. Elektronnbiy biznes i bezopasnost. — M.: Radio i svyaz, 2GGG g.

3. Butunjahon Turizm Tashkilotining 2GIG - yil turizm sohasi rivojlanishi va uning kelajakdagi prognozi bo'yicha hisoboti. // www.unwto.org, 2GIG

4. ,,O'zbekturizm" MKning 2005 - 2GI2 - yillarda xizmat ko'rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish dasturi

5. Дурович АР. Организация туризма - СП.: «ПИТЕР» 2009. 320 b

6. Турковский M. Маркетинг гостиничных услуг. Учебное пособие - М.: «ФиС» 2008. 29б b

7. Бутко И.И. и другие. Туристический бизнес: Основы организации - М.: «ФиС» 2008. 384

8. Биржаков М.В. Введение в туризме. - СП.: «ПИТЕР» 2008. 230 b

9. Уолкер Дж.Р. Введение гостеприимство. Зарубежной учебник. - M.: «ЮНИТИ -ДАНА» 2008. 86b

IG. Севастянов Д.В. Основы странаведение и международного туризма. Учебное пособие. - М.: «Академия». 2008. 84 b

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

11. Ефимова О.П. Экономика гостиниц и ресторанов. Учебник. - М.: «Новое знание» 2GG8. I42b

12. http://www.gov.uz - O'zbekiston hukumatining rasmiy sayti

13. http://www.stat.uz - O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo'mitasi rasmiy sayti

14. http://www.uzbektourism.uz - ,,O'zbekturizm" MK rasmiy sayti

15. http://www.unwto.uz - BMTning Butunjahon turizm tashkiloti rasmiy sayti

16. http://www.worldtravel.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.