Научная статья на тему 'TURIZM FAOLIYATIDA ESTETIK MADANIYATNING O’RNI'

TURIZM FAOLIYATIDA ESTETIK MADANIYATNING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
270
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
uslubiy muammolar / asosiy yo'nalishlar / yo'llar / vositalar / xorijiy mamlakatlar / metodologiya / turizm / etika-estetika. / methodological problems / main directions / ways / means / foreign countries / methodology / tourism / ethics and aesthetics.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Xumoyunmirzo G’ayratjon O’g’li Poziljanov

Maqolada bozor iqtisodiyotining o'z tariximiz, tajribamiz saboqlariga asoslangan madaniyat turizm biznesi sohasidagi zamonaviy qarashlar xususida so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF AESTHETIC CULTURE IN TOURISM ACTIVITY

The article deals with modern views in the field of culture and tourism business, based on the lessons of our own history and experience of market economy.

Текст научной работы на тему «TURIZM FAOLIYATIDA ESTETIK MADANIYATNING O’RNI»

TURIZM FAOLIYATIDA ESTETIK MADANIYATNING O'RNI

Xumoyunmirzo G'ayratjon o'g'li Poziljanov

Andijon davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti 1-bosqich talabasi pozilj anovxumoyunmirzo @gmail .com

ANNOTATSIYA

Maqolada bozor iqtisodiyotining o'z tariximiz, tajribamiz saboqlariga asoslangan madaniyat turizm biznesi sohasidagi zamonaviy qarashlar xususida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: uslubiy muammolar, asosiy yo'nalishlar, yo'llar, vositalar, xorijiy mamlakatlar, metodologiya, turizm, etika-estetika.

THE ROLE OF AESTHETIC CULTURE IN TOURISM ACTIVITY

Khumoyunmirzo Gayratjon ugli Poziljanov

Andijan State University, Faculty of Socio-Economics, 1st year student pozilj anovxumoyunmirzo @gmail .com

ABSTRACT

The article deals with modern views in the field of culture and tourism business, based on the lessons of our own history and experience of market economy.

Keywords: methodological problems, main directions, ways, means, foreign countries, methodology, tourism, ethics and aesthetics.

KIRISH

Ta'kidlash lozimki, mamlakatimizda turizm sanoatini rivojlantirish, iqtisodiyotning tez o'sishini ta'minlashda uning rolini oshirish va shu orqali yangi ish o'rinlarini yaratish, dunyo bozorida milliy turistik mahsulot salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi tashkiliy sharoitlar yaratilmoqda. Mazkur faoliyat shak-shubhasiz milliy turizm sohasini axborot bilan ta'minlash, turistik operatorlar uchun zamonaviy axborot texnologiyalari yechimlari va kompyuter dasturlarini ishlab chiqish, axborot bozori subyektlariga uyg'unlashgan holda ishlash, jumladan, xalqaro miqyosda mamlakatimizning haqiqiy imijini shakllantirish bo'yicha ommaviy axborot vositalarida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi. Bu o'rinda, turizm sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi samarali me'yoriy-huquqiy maydon, sohani yaqin va o'rta istiqbolda rivojlantirishning strategik rejalari bo'yicha qabul qilingan hujjatlar mazkur faoliyatning asosini tashkil etishi lozim.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Har qanday ijtimoiy hodisa uning paydo bo'lishi tarixi, uni vujudga keltirgan ehtiyoj, uning rivojlanishini belgilaydigan geografik, siyosiy va iqtisodiy sharoitlar bilan bog'liq bo'lgan o'ziga xos xususiyatlarga ega. Zamonaviy shaklda turizm G'arbiy Evropada paydo bo'lgan.

Yangi ko'rinishdagi iqtisodiyotning estetik asoslariga, tadbirkorlik faoliyatiga estetik tus berishga, bunyodkorlikni namoyon etishga imkon beradigan funksiya bu yaratuvchanlikdir. Ayniqsa, go'zal qadriyatlarni dunyoga tanitish, xalqning boy va betakror estetik dunyosini aks ettiradigan personajlarni yaratish orqali insonni ma'naviy jihatdan yuksaltirishga xizmat qiladi. Estetikaning eng muhim funksiyalaridan yana biri, metodologik funksiya bo'lib, ushbu funksiya badiiy asarda aks ettirilgan voqea-hodisaning mohiyatini o'quvchiga to'laqonli yetkazish imkonini beradi, asarni bilish va uni xuddi hayotdagidek idrok qilinishini osonlashtiradi. Bundan tashqari, bu funksiya estetik masofani taqozo etadi: masofa tufayli badiiy reallik idrok etiladi.

MUHOKAMA

Shaxsning estetik kamolotini fan, ta'lim va madaniyatning, xususan estetik madaniyatning uyg'unligisiz tasavvur etish qiyin. Chunki, estetik madaniyat — bu inson ehtiyojlarining murakkab tizimi bo'lib, unda odamzod hissiyotlari, malakalari, ko'nikmalari, bilimlari, me'yorlari, maslaklari bir-biri bilan chambarchas bog'lanib ketganligi.

Estetik madaniyat murakkab ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat miqyosida tabiatni estetik o'zlashtirish jarayonlari va natijalari, mehnat faoliyati, turmush, ijtimoiy munosabatlarning estetik jihatlari, sinf va ijtimoiy qatlamlarning estetik qarashlari, did va manfaatlarining muayyan holati, estetik tarbiya nazariyasi va amaliyoti, kishilar ijtimoiy-estetik faolligining rang-barang namoyon bo'lishini anglatadi. Bunda estetik madaniyatning ko'proq insonning ehtiyojlariga bog'liq ekanligi nazarda tutiladi. U rang-barang faoliyat hamda estetik munosabatlar tizimi sifatida badiiy ijodning professional hamda havaskorlik turlari, moda, dizayn, ommaviy axborot vositalari, estetik idrok madaniyatining shakllanishi bilan bog'liq jarayonlarni ham qamrab oladi.

NATIJA

Ingliz nafosatshunosi E.Byork estetik go'zallikni ulug'vorlik bilan qiyoslaydi va ularni alohida tushunchalar sifatida tadqiq etadi. I.Kant esa go'zallik va ulug'vorlikni uyg'unlikda rivojlanuvchi tushunchalar deb hisoblaydi. Ulardan farqli

o'laroq, Xegel, ulug'vorlikni estetik go'zallikning bir ko'rinishi, ulug'vorlik - zohiriy go'zallikning botiniy go'zallikka aylanishi, deb tushuntiradi.

Ulug'vorlik - insonning narsa hodislarga estetik va axloqiy mezonlar bilan yondashishi va ulardan yuksak hayratlanish tuyg'usini hosil qiluvchi estetik hissiyot majmuidir. Ulug'vorlikning ko'lami go'zallik ko'lami kabi cheksizdir.

Tabiatdagi ulug'vorlik cheksiz osmon, purviqor tog'lar, yuksak cho'qqilar, moviy dengizlar, ming yillik chinorlar, shuningdek, vulqon va chaqmoq singari tabiat hodisalarida namoyon bo'ladi. Ular uzoqdan kishilarda hech qanday hayajonli taassurot qoldirmaydi. Biroq, ularga yaqinlashganimiz sari ruhiyatimizni hayajon, jo'shqinlik egallay boshlaydi, ularni butunligicha ko'z bilan qamrab ololmaslik darajsiga etganda esa bu hayajon yanada ortadi.

XULOSA

Tabiatdagi ulug'vorlik matematik va dinamik xususiyatga ega. Matematik xususiyatida xajm, dinamik xususiyatida kuch ustuvor ahamiyatga kasb etadi. Biroq, ikkala xususiyat ham insonda kuchli hayrat va hayratlanish tuyg'ularini paydo qiladi.

REFERENCES

1. Falsafa asoslari. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti Toshkent - 2018

2. Менеджмент туризма: Туризм как объект управления. Учебник Волошин Н.И., Исаева Н.В., Илина е.Н. 2004 г.

3. Bichkov V. V. Estetika. Moskva: Gardariki, 2004.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.