Научная статья на тему 'TURARJOY BINOLARINI QAYTA TIKLASH VA SHAKLLANTIRISH MUAMMOLARI'

TURARJOY BINOLARINI QAYTA TIKLASH VA SHAKLLANTIRISH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
340
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tarixiy / markaziy / shahar / tarkibiy / qurilish / tarixi / O’rta Osiyo / Samarqand.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Jamoliddin To’lqinovich O’sarov

Tarixiy shaharlarning markazlarida bizgacha saqlangan piyoda ko’chalar, savdo inshootlari, minoralar, arxitektura yodgorliklaridan tashqari an’anaviy turarjoylar, mahalla va guzarlar ham borki, ular o’sha tarixiy shaharlar me’moriy muhitining ajralmas va chambarchas tarkibiy qismlaridar. Ayrim tarixiy shaharlar markaziy qismi bilan yonma–yon va tutash joylashgan bu an’anaviy tarixiy turarjoylar binolari ushbu shuhurlar me’moriy shakllari va muhitining uyg’unlashgan strukturaviy tizimini tashkil qilinsh yuzasidan olib borilgan ishlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TURARJOY BINOLARINI QAYTA TIKLASH VA SHAKLLANTIRISH MUAMMOLARI»

TURARJOY BINOLARINI QAYTA TIKLASH VA SHAKLLANTIRISH

MUAMMOLARI

Jamoliddin To'lqinovich O'sarov

Jizzax politexnika instituti, Arxitekturaviy loyixalash kafedrasi katta o'qituvchisi

[email protected]

ANNOTATSIYA

Tarixiy shaharlarning markazlarida bizgacha saqlangan piyoda ko'chalar, savdo inshootlari, minoralar, arxitektura yodgorliklaridan tashqari an'anaviy turarjoylar, mahalla va guzarlar ham borki, ular o'sha tarixiy shaharlar me'moriy muhitining ajralmas va chambarchas tarkibiy qismlaridar. Ayrim tarixiy shaharlar markaziy qismi bilan yonma-yon va tutash joylashgan bu an'anaviy tarixiy turarjoylar binolari ushbu shuhurlar me'moriy shakllari va muhitining uyg'unlashgan strukturaviy tizimini tashkil qilinsh yuzasidan olib borilgan ishlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: Tarixiy, markaziy, shahar, tarkibiy, qurilish, tarixi, O'rta Osiyo, Samarqand.

O'zbekistonni dunyoga ko'z-ko'z qiluvchi, turistlar aqlini shoshtiruvchi, ularni xis-hayajonlarga soluvchi go'zal tarixiy shaharlarimiz, arxitektura yodgorliklari va majmualari borki, bugungi kunda ularning mavqyei dunyoga mashhurdir. Ular qatoriga Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz, Toshkent, Qo'qon, Nurota kabi shaharlar kiradi.

Bunday shaharlarimizning mavqyei, ayniqsa, Mustaqilligimiz shukuhining dunyoga taralayotgan, O'zbekiston degan go'zal diyorni jahon taniyotgan va unga olam xalqining, nafaqat sayyohlarning, balki ishbilarmonlarning ham intilayotgan bir davrida yanada oshib borishi shubhasizdir.

Bunday tarixiy shaharlarning markazlarida bizgacha saqlangan dunyoga mashhur me'moriy komplekslar, tarixiy ark-qal'alar, ansambllar, piyoda ko'chalar, savdo inshootlari, minoralar, arxitektura yodgorliklaridan tashqari an'anaviy turarjoylar, mahalla va guzarlar ham borki, ular o'sha tarixiy shaharlar me'moriy muhitining ajralmas va chambarchas tarkibiy qismlaridar. Ayrim tarixiy shaharlar markaziy qismi bilan yonma-yon va tutash joylashgan bu an'anaviy tarixiy turarjoy binolari ushbu shaharlar me'moriy shakllari va muhitining uyg'unlashgan strukturaviy tizimini tashkil qiladi.

Biroq ming afsuski, hayot tarzi, tezkor taraqqiyot, halqaro turistik ehtiyojlar va zamonaviy talablar bunday an'anaviy va tarixiy turarjoylarning saqlanib qolishiga xavf solmoqda. Ularning o'rniga tarixiy shaharlarimiz muhitiga mos kelmaydigan yangi binolar, savdo va boshqa maishiy xizmatlar ko'rsatish binolari qurilmoqda. Bunday holatlarni Samarqand, Shaxrisabz, Qo'qon va boshqa tarixiy shaharlarda uchratish

mumkin. Jumladan, Samarqand shahridagi mashhur Registon maydoni atrofidagi tarixiy turarjoylar o'rnini 4 qavatlik o'rta maktab va zamonaviy ko'p seksiyali baland uylar egallagan. Ko'pgina shaxarlarning bosh tarxlarida an'anaviy turarjoy hududlarining sezilarli qismini ko'p qavatli binolar bilan almashtirish ko'zda tutilgan. Bunday shaharsozlik dissonanslari va noxushliklar boshqa tarixiy shaharlarda ham uchraydi.

O'zbekistonning boy tarixiy me'moriy-madaniy merosi va shaharlariga dunyoviy qiziqishning oshib borayotgan bir davrida bunday shaharsozlik xatoliklarining bartaraf etilishi zarur.

Muammoni yechishning eng ishonchli yo'nalishlaridan biri-bu ushbu tarixiy shaharlar markazlari atrofidagi zamonaviy, tarixiy muhit talablariga javob bermaydigan imoratlar o'rniga an'anaviy turarjoylar arxitekturasi va tarixiy shaharlar muhitiga mos keluvchi yangi turarjoylarni tiklash va joylashtirishdir [1-12].

Xo'sh, bunday turarjoylarni tiklash loyihalarini yaratish va ularni tarixiy shaharlar markazlari arxitekturasi va muhitiga moslashtirish bo'yicha Respublikamizda biron-bir ilmiy, ijodiy yoki amaliy ishlar bajarilganmi? Bunday ishlar Buxoro shahrining tarixiy markaziy qismida, Toshkentda Navoiy shoh ko'chasida va boshqa shaharlarda qisman, zamonaviy hayot ehtiyojlari asosida bajarilib kelinmoqda. Biroq bu sohadagi xorijiy tajribalarni o'rganish, tahlil qilish, o'zaro taqqoslash va ilmiy umumlashtirish asosida ilmiy asoslangan taklif va mulohazalar, loyihalar ishlab chiqilmagan. Mazkur tadqiqot ana shu zamonaviy muammo va ijtimoiy vazifalarni hal qilishga, ularni magistrlik dissertasiyasi doirasida yechishga qaratilgan dolzarb mavzuga yo'naltirilgan.

Tadqiqot obyektini O'zbekiston tarixiy shaharlarida o'tmishda qurilgan va bizgacha saqlangan an'anaviy turarjoy binolari tashkil qiladi [13-22].

Tadqiqot predmeti esa O'zbekiston tarixiy shaharlaridagi an'anaviy turarjoylar arxitekturasi va ularni o'sha tarixiy shaharlar muhitiga mos tarzda qayta tiklash va shakllantirish tamoyillarini o'rganishdir.

Tadqiqot maqsadi va vazifalari. bu sohadagi Vatanimiz va xorijiy tajribalarni o'rganish, ilmiy tahlil qilish va umumlashtirish asosida O'zbekiston tarixiy shaharlari markazlari muhitiga mos keluvchi an'anaviy turarjoylar arxitekturasini tiklash va loyihalashning ilmiy asoslari va tamoyillarini shakllantirish, aniqlash va bu sohadagi dolzarb muammolarni yechishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqishdir.

Mazkur maqsadga erishish uchun tadqiqotda quyidagi ilmiy vazifalar qo'yilgan:

- O'zbekiston tarixiy shaharlariga xos an'anaviy turarjoy binolarining arxitekturasini o'rganish;

- Tarixiy shaharlar markazlari doirasida amalga oshirilayotgan Vatanimiz shaharsozlik tajribalarini tahlil qilish;

- Tarixiy shaharlar misolidagi xorijiy shaharsozlik amaliyotining qayti tiklash taj ribalarini o ' rganish;

- O'tkazilgan tadqiqotlar asosida tarixiy shaharlar markazlariga xos an'anaviy binolarining zamonaviy loyihalarini yaratish va ularni tarixiy muhitga mos holda shakllantirish tamoyillarini ishlab chiqish.

O'zbekiston shaharlarining markazlari-eng nufuzli turistik ehtiyojlar va kelajak avlodlar uchun xizmat qiladigan merosiy obyektlardir. Bunday nufuzli joylar arxitekturasi tarixiy muhit va davrga mos va xos bo'lishligini ta'minlash davr talabidir.

Bugungi kunda tarixiy shaharlarimiz markazlarini qayta tiklash ishlarida ro'y berilayotgan xatoliklarni bartaraf etish bo'yicha Respublikamizda biron-bir ilmiy-amaliy asoslangan takliflarning yo'qligi va ularni yaratish zarurligi mazkur tadqiqot shakllanishining ilmiy farazi hisoblanadi.

Tadqiqot uslubiyati va uslublariga. O'zbekiston tarixiy shaharlarida bizgacha saqlangan an'anaviy turarjoylarni natural va grafoanalitik o'rganish, tarixiy shaharlar markazlarida bunday turarjoylarni qayta tiklash bo'yicha erishilgan Vatanimiz va xorijiy tajribalarni tahlil qilish, ilmiy taqqoslash va umumlashtirish asosida ularni qayta tiklash va shakllantirish tamoyillarini ishlab chiqish kiradi.

Tadqiqot natijalarining nazariy ahamiyati shundaki, ular O'zbekiston arxitekturashunoslik fanini dissertasiya mavzusi bo'yicha ko'tarilgan muammolar yechimiga bag'ishlangan ilmiy asar yohud ishlanma sifatida to'ldiradi, boyitadi, bu sohada kelgusida bajariladigan yanada chuqurroq va kengroq ilmiy ishlarni bajarishga asos bo'lib xizmat qiladi. Arxitektura ta'lim tizimidagi arxitektura yodgorliklarini tiklash, tarixiy shaharlar markazini zamonaviy shakllantirish bilan bog'liq fanlarni o'qitish va ularga tegishi o'quv adabiyotlarini yaratish bo'yicha zarur materiallar bo'lib xizmat qiladi [23-32].

Tadqiqotning amaliy ahamiyati esa tarixiy shaharlarimiz markazlarining me'moriy-shaharsozlik qiyofasi va me'moriy masshtab-ko'lamlarini shakllantirish bo'yicha bajariladigan me'moriy-shaharsozlik loyihalarini ishlab chiqishda tayanch ilmiy-amaliy material sifatida zarurligidir.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundaki, unda O'zbekiston arxitekturashunoslik fanida birinchilardan bo'lib tarixiy shaharlar markazlarini qayta tiklash, xususan ularda an'anaviy xalq turarjoylarini shakllantirish bo'yicha ilmiy asoslangan nazariy va amaliy takliflarning ishlab chiqilishidir.

REFERENCES

[1] Самандарова, Г. (2021). O'zbekistonda byudjet ochiqligini ta'minlashni takomillashtirish. Общество и инновации, 2(5/S), 77-82.

[2] Samandarova, G. (2021). IMPROVING THE TRANSPARENCY OF THE STATE BUDGET IN UZBEKISTAN. Зб1рник наукових праць SCIENTIA.

[3] Samandarova, G. M. K. (2021). Advanced experiences of budget transparency and opportunities for their application in Uzbekistan. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(8), 190-198.

[4] Samandarova, G. M. K. (2021). Analysis of the practice of transparency in budget policy in Uzbekistan. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(9), 317-327.

[5] Inomovich, A. N. (2021). CHARACTERISTICS OF HISTORICAL SAMARKAND CITY CENTERS. International Journal of Discoveries and Innovations in Applied Sciences, 1(5), 155-158.

[6] Inomovich, A. N. (2021). Principles of Reconstruction and Formation of Residential Buildings Typical of Historical City Centers. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION,, 1(2), 29-40.

[7] Tolqinovich, O. J. (2022). Architecture of Traditional Residential Buildings in Historical Cities of Uzbekistan. EUROPEAN JOURNAL OF BUSINESS STARTUPS AND OPEN SOCIETY, 2(1), 65-69.

[8] Tolqinovich, O. J. (2022). Modern Residential Buildings in the Historical Part of Samarkand Formation of Modern Typology. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 13, 87-92.

[9] Tolqinovich, O. J., & Ravshanovich, K. S. (2022). Principles of Formation of Architectural and Design Solutions of Modern Residential Buildings in Samarkand. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(1), 52-56.

[10] Рахмангулов, А. Н., & Мирсагдиев, О. А. (2015). Имитационная модель оценки качества передачи речи в сетях оперативно-технологической связи на железнодорожном транспорте. Вестник Магнитогорского государственного технического университета им. ГИ Носова, (2 (50)), 12-20.

[11] Polatjonogli, T. M. A., & Abdulajonovich, S. M. (2022). HUNTING A SUITABLE TYPE OF LEGAL ENTITYFOR CENTRAL ASIAN BUSINESSMEN IN CHINA. Ижтимоий Фанларда Инновация онлайн илмий журнали, 2(1), 75-77.

[12] Садиков, М. А. (2019). Нормативно-правовые аспекты привлечения иностранных инвестиций в Республику Узбекистан. Молодой ученый, (23), 539541.

[13] Садиков, М. А. (2020). ЗАМОНАВИЙ ЮРИДИК АМАЛИЁТДА "LEGAL TECH" НИНГ УРНИ ВА РОЛИ. ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, 5(6).

[14] Shermukhamedov, R. S., Luxmanov, D. B., & Matyakubov, K. K. (2021). Problems of Improving the Methodology of Students' Use of National Traditions through Labor Education. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 3243-3248.

[15] Чориев, Д. (2021). Планирование подготовки футболистов и организация тренировочной работы. Общество и инновации, 2(6/S), 126-131.

[16] Чориев, Д. И. (2021). Анализ динамики объема и качества технико-тактических действий юных футболистов. Общество и инновации, 2(3/S), 216-225.

[17] G'afurovich, K. O., Abdurashidovich, U. A., & Ogli, B. A. O. (2020). Small Torch Progress In Prospects Gold Mining In Improving Countries. The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research, 2(09), 65-72.

[18] G'OFUROVICH, H. O., ABDURASHIDOVICH, U. A., O'G'LI, I. J. R., & RAVSHANOVICH, S. F. (2020). Prospects for the industrial use of coal in the world and its process of reproducing. Prospects, 6(5).

[19] G'ofurovich, K. O., & Abdurashidovich, U. A. (2021). Justification of rational parameters of transshipment points from automobile conveyor to railway transport. World Economics and Finance Bulletin, 1(1), 20-25.

[20] Nasirov, U. F., Ochilov, S. A., & Umirzoqov, A. A. (2020). Theoretical calculation of the optimal distance between parallel-close charges in the explosion of high ledges. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(1 Special Issue), 2251-2257.

[21] G'ofurovich, K. O., Abdurashidovich, U. A., Ugli, M. U. F., & Ugli, A. A. X. (2020). Justification Of The Need For Selective Development Of The Phosphorite Reservoir By Horizontal Milling Combines. The American Journal of Engineering and Technology, 2(11), 159-165.

[22] Fatidinovich, N. U., Atoevich, O. S., & Abdurashidovich, U. A. (2020). The Analysis Of Influence Of Productions Of Open Mountain Works On Environment At Formation Of Various Zones On Deep Open-Cast Mines. The American Journal of Applied sciences, 2(12), 177-185.

[23] Umirzoqov, A. A. (2020). Karamanov A.. N., Radjabov Sh. K. Study of the feasibility of using intermediate buffer temporary warehouses inside the working area of the Muruntau quarry. International Journal of Engineering and Information Systems (IJEAIS), 4(8).

[24] Abdurashidovich, U. A. (2020). The Condition Of General Development Of The Mineral Resource Base In Uzbekistan. The American Journal of Applied Sciences, 2(12), 1-6.

[25] Kazakov, A. N., Umirzoqov, A. A., Radjabov Sh, K., & Miltiqov, Z. D. (2020). Assessment of the Stress-Strain State of a Mountain Range. International Journal of Academic and Applied Research (IJAAR), 4(6), 17-21.

[26] Abdurashidovich, U. A. (2020). Prospects for the Development of Small-Scale Gold Mining in Developing Countries. Prospects, 4(6), 38-42.

[27] Nasirov, U. F. (2020). Ochilov Sh. A., UmirzoqovA. A. Analysis of Development of Low-Power and Man-Made Gold Deposits. International Journal of Academic and Applied Research (IJAAR) ISSN, 2643-9603.

[28] Shukurovna, N. R., Yunusovna, N. X., Jumaboyevich, J. S., & Abdurashidovich, U. A. (2021). Perspective Of Using Muruntau Career's Overburden As Back Up Sources Of Raw Materials. The American Journal of Applied sciences, 3(01), 170-175.

[29] Ochilov, S. H. (2017). A., Umirzoqov AA, Determining the optimal distance between parallel-converged borehole charges when blasting high ledges. Bulletin TSTU-Tashkent, 3, 167-174.

[30] Khayitov, O. G. O., Ziyodov, N. R., Fatkhiddinov, A. O. T. O., & Umirzoqov, A. A. (2021). THE INTENSITY OF THE EFFECT OF THE EXPLOSION OF BOREHOLE CHARGES OF EXPLOSIVES IN MULTI-STRENGTH ROCKS OF DEEP QUARRIES. Scientific progress, 2(1), 625-630.

[31] Nasirov, U., Umirzoqov, A., & Fathiddinov, A. (2021). ANALYSIS OF THE MODERN DEVELOPMENT OF MINING AND PROCESSING COMPLEXES IN UZBEKISTAN. Збгрник наукових працъ AOrOZ.

[32] Samadov, A. U., Nosirov, N. I., & Umirzoqov, A. A. (2022). OVERVIEW OF THE CONCEPTS OF GOLD RECOVERY FROM STALE TAILINGS OF A GOLD RECOVERY PLANT. Барцарорлик ва Етакчи Тадцицотлар онлайн илмий журнали, 2(1), 3-8.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.