Научная статья на тему 'TUPROQNING ENG DOLZARB EKOLOGIK MUOAMMOLARI'

TUPROQNING ENG DOLZARB EKOLOGIK MUOAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
1168
109
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tuproq / unumdorlik / degradatsiya / eroziya / sho’rlanish / ifloslanish ekotizim / qurg‘oqchilik.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Abduraxmonova Yulduz Mamarajabovna

Dunyo miqyosidagi keng maydonlarga ta'sir qiladigan asosiy ekologik muammolardan biri bu tuproqning degradatsiyasi hisoblanadi. Tuproqlarning degradatsiyasi turli shakllarda vujudga kelib, ularning unumdorligi yomonlashuviga, hosildorligining sifat va miqdor jihatdan pasayishiga hamda ekosistema bilan bogʼliq muammolarni shakllanishiga olib kelmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TUPROQNING ENG DOLZARB EKOLOGIK MUOAMMOLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

TUPROQNING ENG DOLZARB EKOLOGIK MUOAMMOLARI Abduraxmonova Yulduz Mamarajabovna

Tuproqshunoslik yo'nalishi 1-kurs magistri Tabiiy fanlar fakulteti Termiz davlat

universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.8004044

Annotatsiya. Dunyo miqyosidagi keng maydonlarga ta'sir qiladigan asosiy ekologik muammolardan biri bu tuproqning degradatsiyasi hisoblanadi. Tuproqlarning degradatsiyasi turli shakllarda vujudga kelib, ularning unumdorligi yomonlashuviga, hosildorligining sifat va miqdor jihatdan pasayishiga hamda ekosistema bilan bog'liq muammolarni shakllanishiga olib kelmoqda.

Kalit so'zlar: tuproq, unumdorlik, degradatsiya, eroziya, sho'rlanish, ifloslanish ekotizim, qurg'oqchilik.

Hozirgi vaqtda sayyoramizga zarar yetkazadigan ko'plab ekologik muammolar mavjud, ulardan biri tuproq ekotizimlarini qo'llab-quvvatlashga salbiy ta'sir ko'rsatadigan tuproq degradatsiyasidir. Har yili dunyo bo'yicha 6-7 million gektarga yaqin yer maydonlari qishloq xo'jalik aylanmasidan chiqib ketmoqda. Ya'ni ulardan foydalanilmaydi. Bundan tashqari global, mintaqaviy miqyosda ham asosiy xavf antropogen degradatsiya bo'lib turibdi. Bugun mamlakatimizda ham unumdor yerlarning soni cheklangan. Ba'zi hududlarda e'tiborsizlik oqibatida yerlar degradatsiyaga uchrash holatiga kelib qolgan. Ana shunday salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2022-yil 10-iyunda "Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi [1]. Unga asosan, O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi tizimida alohida yangi departament tashkil etildi. Respublikamizdagi yerlar degradatsiyasi, ularning oldini olish, bu borada amalga oshiriladigan ishlar bo'yicha vazifalar bilan shug'ullanish departamentning zimmasiga yuklatildi. Bugungi global iqlim o'zgarishi davrida yerlar degradatsiyasi, tuproqlarning holatini saqlash, qishloq xo'jaligidan unumli foydalanishga doir muammolar butun dunyo ahlini tashvishga solmoqda.Tuproqning eng dolzarb ekologik muammolaridan degradatsiya omillariga sho'rlanish, ifloslanish, eroziya va boshqa shu kabi muammolarni misol qilib keltirish mumkun. [2] Bu muammolar oziq - ovqat xavfsizligiga salbiy ta'sir qilmoqda, shuning uchun bu sohada keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.Tuproqning ekologik muammolari sho'rlanish eroziya, cho'llanish, botqoqlanish, turli sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi va boshqa omillar ro'y berishi natijasida yerlarini degradatsiyalanish muammolari nafaqat O'zbekistonda, balki chet el mamlakatlarida ham dolzarbdir.

Bugungi kunda dunyoda tuproqlar tabiiy va antropogen omillar ta'sirida degradatsiyalanmoqda va ularning xossa-xususiyatlarini o'zgarishi hamda unumdorligining pasayishi kuzatilmoqda. Tuproq unumdorligi sifatli va to'yimli oziq-ovqat yetishtirish hamda egiluvchan va barqaror hayot kechirishga zamin yaratadi, ammo tuproqning bu xususiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi jarayon tuproqlar degradatsiyasi hisoblanadi [Zachary P Stewart and others].

Tuproqlar eng muhim tabiiy resurslardan biridir va ularni sog'lom saqlash qishloq xo'jaligini rivojlantirish va ekologik barqarorlikni ta'minlash uchun juda muhim ekotizim xizmatlarini taqdim etadi.Iqlim o'zgarishi va antropogen ta'sirlar natijasida tuproq degradatsiyasi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

global muammoga aylandi va atrof-muhit va oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi. [Jingzhe Wang and others].

Tuproq degradatsiyasining asosiy sababi o'sib borayotgan aholini oziqlantirish uchun qishloq xo'jaligini kengaytirish va intensivlashtirishdir. Samarali yechimlar barqaror tizimlarni qo'llab-quvvatlaydi va qishloq xo'jaligi, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishi kerak. Garchi ko'plab tadqiqotlar turli xil boshqaruv usullarining tuproq xususiyatlariga ta'sirini taqqoslash va solishtirishga qaramasdan, tuproq degradatsiyasini faqat bir nechta ko'rsatkichlar yordamida ma'lum vaqt va fazoviy kontekstda baholash mumkin. Tuproq degradatsiyasining darajasi va tezligi hali ham muhokama qilinmoqda, chunki ishonchli ma'lumotlar yo'q, faqat taxminiy hisob-kitoblar. Biroq, ba'zi tuproqlar oziq-ovqat va asosiy ekotizim xizmatlarini ta'minlash qobiliyatini yo'qotmoqda va biz bilamizki, buning asosiy sababi tuproq unumdorligining pasayishi hisoblanadi. [ Katherine Tully and others].

Tuproq degradatsiyasi oziq - ovqat xavsizligiga tahdid soladi, chunki degradatsiya omillari ta'sirida tuproq unumdorligi keskin pasayib, qishloq xo'jaligi ekinlari hosildorligining sifat va unimi foizining pasyishiga olib kelmoqda. Natijada dehqon va fermer xo'jaliklarining sarf xarajatlari ortib, yerdan voz kechishiga olib kelishi mumkin [Tiziano Gomiero]. Tuproqning degradatsiyasi jarayoni - tuproq unumdorligini yo'qotish atmosfera havosi va suv havzalarining ifloslanishidan farqli o'laroq, unumdorlikning yo'qolishi hayvonlar va o'simliklarning turlariga keskin salbiy tasir qiladi. [Mishenko A.V.]. So'nggi paytlarda tuproq unumdorligining pasayishi muammosi mamlakat oziq - ovqat xavfsizligiga tahdid solishi yanada jiddiylashdi. Asosiy sabab aqilli dehqonchilik texnologiyalarining buzilishi bo'lib, tuproqlarning sifat holatini yomonlashuviga, ularning degradatsiyaga olib keladi. Shuning uchun tuproqlarni degradatsiya jarayonlariga qarshi himoya choralarini ishlab chiqish bugungi kunda dolzarb muammo bo'lib, tuproqlarni saqlab qolish va ularning holatini yaxshilash uchun zarur chora - tadbirlarni qo'llashni taqoza etmoqda. [Vasyl O. Fesyuk and others]. Qariyb 2 milliard gektar degradatsiyaga uchragan yer ekotizim xizmatlarini kamaytirib, dunyo aholisining 2,7 milliard nafari hayotiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Tuproq degradatsiyasi bo'yicha tadqiqotlar atrof-muhitni asrash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Global tuproqlarning deyarli 30% degradatsiyaga uchragani uchun ularni boshqarish va ulardan foydalanishni yaxshilash uchun ularni tadqiq qilish va xaritaga tushirish muhim ahamiyatga ega [Claudia Maria Nascimento and others]. [M. Iftikhar Hussain and others]. Bugungi kunda barqaror rivojlanish doirasida yerdan foydalanish o'zgarishi bilan bog'liq tuproq degradatsiyasi jiddiy global muammo hisoblanadi [Lu, M. and others]. Tuproqlarning degradatsiyasiga uchrashiga asosiy sabablardan yana biri bu tuproq organik moddasining kamayishi hisoblanadi. [S.E. Obalum and others]. Tuproqning degradatsiya omillari tuproqdagi bioxilma - xillikni keskin kamaytirib, undagi kechayotgan jarayonlarni pasayishiga olib kelmoqda. Bu esa o'z navbatida tuproq unumdorlik xossasining yomonlashuviga olib keladi. [FAO]. Tuproq unumdorligi qishloq xo'jaligi samaradorligi, oziq-ovqat sifati, ekologik chidamlilik va ekotizim barqarorligida muhim rol o'ynaydi, biroq bugungi kundagi global muammolardan biri tuproqlar degradatsiyasi jarayoni dunyo mamlakatlarining iqtisodiyotiga jiddiy xavf solmoqda [Idris W.Stevens]. Tuproqning degradatsiyasi hozirgi kunda dunyodagi eng muhim ekologik muammolardan biri bo'lib, yerdan voz kechish uning asosiy sabablaridan biridir. So'nggi o'n yilliklarda tadqiqotchilar yerlardan voz kechish va tuproqning degradatsiyasi o'rtasidagi o'zaro ta'sirlarni o'rganishdi. Bunda tog'li hududlar va yarim quruq muhit eng ko'p tashlandiq yerlarga ega bo'lgan hududlarni tashkil qiladi, bu yerda tuproqning

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2G23

degradatsiyasi jarayonlari eng samarali harakat qiladi [ Teodoro Lasanta and others]. Tog'li hududlarda tabiiy o'rmonlarning ayovsiz darajada kesilishi va qishloq xo'jaligi yerlaridan noaqilona foydalanish tuproqning qattiq degradatsiyasiga olib keldi. Bu esa tuproqning organik uglerodi (C) va umumiy azot (N) miqdorining keskin kamayishiga olib keladi, natijada tuproq sifati juda yomonlashadi [ Tian Wang and others]. Degradatsiya omillarining yanada jadal rivojlanishida tuproq tarkibidagi organik moddalarning kamligi hisoblanadi. Chunki tuproq tarkibidagi organik modda miqdori ozgina pasayishi, bu tuproq uchun juda katta zararli omil bo'lmish degradatsiyaning jadal rivojlanishiga olib keladi [ Jozef Kobza and others]. Bundan tashqari tuproq degradatsiyasining yana bir sababi o'rmonlarda sodir bo'layotgan yong'inlar hisoblanadi. Yong'inlar natijasida tuproqning yuza qatlamidagi ozuqa elementlar kuyib, mikroorganizmlar nobud bo'ladi [ M. Alcañiz and others]. Tuproq qoplamining degradatsiya omillari tasirida bir qancha global muammolar kelib chiqmoqda. Bularga misol qilib tuproq degradatsiyasi natijasida biosferada karbonizatsiya jarayoni jadallashib bormoqda. Bu esa o'z navbatida issiqxona gazlarining ko'payishiga va global iqlim o'zgarishiga sabab bo'lmoqda [ Joachim von Braun and others]. ]. Qishloq xo'jaligi ekinlarining almashlab ekilishi noto'g'ri tashkil etilishi ham tuproq degradatsiyasining rivojlanishiga olib keladi [ Zdeйka Gebeltová and others]. Tuproqning degradatsiyalanishi oqibatida qishloq xo'jaligi ekinlarining hosildorligi keskin pasayib bormoqda. Bu esa oziq - ovqat xavfsizligiga putur yetkazib, iqtisodiy o'sishning cheklovchi omili bo'lib qolmoqda [ Анатолий В. Кучер и другие]. Yevropa ittifoqi mamlakatlarida degradatsiyaga uchragan tuproqlarning holatini aniqlashda va o'rganishda hozirgi kunda degradatsiya omillarini modellashtirish orqali amalga oshirilmoqda hamda undan hosildorlikning o'zgarishlarini kuzatilmoqda [ Panos Panagos and others]. Agrofirma va suv yig'ish amaliyotidan qo'shimcha foydalanish tuproqning degradatsiyasi jarayonlariga qarshi kurashishning mumkin bo'lgan strategiyasidir. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, butun dunyo bo'ylab yerlarni barqaror boshqarish texnologiyalarini joriy etish ekinlar hosildorligini 30-170% ga, tuproqdagi organik uglerod sekvestratsiyasini 3% gacha va suvdan foydalanish samaradorligini 100% gacha oshirish imkoniyatiga ega [ Manuel Casanova and others]. Bugungi kunda degradatsiya xavfi yuqori hududlar geografik axborot tizimlar (GAT) yordamida masoffadan zondlash orqali relyefning raqamli modeli yaratilmoqda. Bunda yaratilgan malumotlar bazasidan foydalanib degradatsiyalangan tuproqlarni holatini yaxshilash chora tadbirlari ko'riladi [Kadirova, Dilrabo and others].

Xulosa. Umuman olganda tuproqlar degradatsiyasi butun dunyo bo'yicha muammodir.Dunyo bo'yicha ekologik holati buzilgan yani degradatsiyaga uchragan tuproqlarni tadqiq qilish, xossalarining o'zgarishini asoslash, mos inovatsion texnologiyalarni yaratish bo'yicha adabiyotlarda yetarlicha ma lumotlar berilgan. Hududning iqlim sharoitlari, tuproq xossalari, degradatsiya omillarining turlari muayyan mintaqa uchun yaratilgan chora - tadbirlarni istalgan tuproqlarda qo'llash imkoniyatini cheklaydi. Shu nuqtai nazardan, tadqiqot hududi tuproq iqlim sharoitiga mos inovatsion texnologiyalarni yaratish uchun uning xossalarini kompleks o'rganish lozim. Adabiyotlar tahlili asosida aytish mukinki, degradatsiyaga uchragan tuproqlarni umumiy holatini yaxshilashda inovatsion texnologiyalar foydalanish tuproq unumdorligini saqlashda va iqtisodiy jihatdan ancha samarali hisoblanadi.

REFERENCES

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. "Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to'g'risida" 10.06.2022 yildagi 277-son

2. Abdurahmonov T. Jabborov Z. Nikadambayev X. "Tuproqlarni kimyoviy iflaslanish muommlari va muhofaza qilish tadbirlari maxsus kursini o'qitish pedagogic texnologiyalar" T.. Universitet 2017.

3. O'zbekiston Respublikasi tuproq qatlami Atlasi, O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davat qo'mitasi. T:2020

4. Zachary P Stewart, Zachary P Stewart, B Jan Middendorf, P V Vara Prasad. Approaches to improve soil fertility in sub-Saharan Africa. Journal of Experimental Botany , Volume 71, Issue 2, 7 January 2020, Pages 632-641, https://doi.org/10.1093/jxb/erz446

5. Jingzhe Wang a, b, * , Jianing Zhen c , Weifang Hu d , Songchao Chen e , Ivan Lizaga f , Mojtaba Zeraatpisheh g, h , Xiaodong Yangi. Remote sensing of soil degradation: Progress and perspective. International Soil and Water Conservation Research, d 7 March 2023.

6. Katherine Tully, Clare Sullivan, Ray Weil, Pedro Sanchez. The State of Soil Degradation in Sub-Saharan Africa: Baselines, Trajectories, and Solutions. Sustainability 2015 , 7 (6), 6523-6552; https://doi.org/10.3390/su7066523

7. Tiziano Gomiero. Soil Degradation, Land Scarcity and Food Security: Reviewing a Complex Challenge. Sustainability 2016 , 8 (3), 281; https://doi.org/10.3390/su8030281

8. Mishenko A.V. EROZIYA POCHV: SOVREMENNOYE SOSTOYANIYE PROBLEMLI. V E S T N I K. №4 (26.1), 2017. 71 - 77. 5

9. Vasyl O. Fesyuk , Iryna A. Moroz , Ruslan V. Kirchuk, Serhii V. Polianskyi, Mykola A. Fedoniuk. Soil degradation in Volyn region: current state, dynamics, ways of reduction. Journal of Geology, Geography and Geoecology, 30 (2), 239-249. https://doi .org/https://doi.org/10.15421/112121

10. Claudia Maria Nascimento, Wanderson de Sousa Mendes, Nélida Elizabet Quiñonez Silvero, Raúl Roberto Poppiel, Veridiana Maria Sayâo, André Carnieletto Dotto, Natasha Valadares dos Santos, Merilyn Taynara Accorsi Amorim, José A.M. Demattê. Soil degradation index developed by multitemporal remote sensing images, climate variables, terrain and soil atributes. Journal of Environmental Management. https://doi .org/10.1016/j.jenvman.2020.111316

11. .M. Iftikhar Hussain, Zainul Abideen, Asad Sarwar Qureshi. Soil Degradation, Resilience, Restoration and Sustainable Use. Sustainable Agriculture Reviews 52 pp 335-365. First Online: 03 August 2021.

12. Lu, M., Powlson, D. S. , Liang, Y., Chadwick, D. R. , Long, S., Liu, D. and Chen, X. Significant soil degradation is associated with intensive vegetable cropping in a subtropical area: a case study in southwestern China. Soil. 7, pp. 333- 346. https://doi.org/10.5194/soil-7-333-2021

13. S.E. Obalum & G.U. Chibuike & S. Peth & Y. Ouyang. Soil organic matter as sole indicator

of soil degradation. Environ Monit Assess (2017) 189: 176. DOI 10.1007/s10661-017-5881-

y

14. FAO. State of Knowledge of Soil Biodiversity - Status, Challenges and Potentialities, Report 2020. 10.4060/cb1928en

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

15. Idris W.Stevens. The economics of soil health. Food Policy. https://doi.Org/10.1016/j.foodpol.2018.08.005

16. Teodoro Lasanta, José Arnâez, Estela Nadal-Romero, Chapter Three - Soil degradation, restoration and management in abandoned and afforested lands. Advances in Chemical Pollution, Environmental Management and Protection. 2019 , Pages 71-117. https://doi.org/10.1016/bs.apmp.2019.07.002

17. Tian Wang, Fengfeng Kang, Xiaoqin Cheng, Hairong Han, Wenjing Ji. Soil organic carbon and total nitrogen stocks under different land uses in a hilly ecological restoration area of North China. Soil and Tillage Research. Volume 163, 2016, Pages 176-184. https://doi.org/10.1016/j.still.2016.05.015

18. Jozef Kobza, Gabriela Barancikovâ, Jarmila Makovnikovâ, Boris Pâlka, Jân Styk, Milos Sirân. Current state and development of land degradation processes based on soil monitoring in Slovakia. Agriculture (Pol'nohospodarstvo), 63, 2017 (2): 74-85. DOI: 10.1515/agri-2017-0007

19. M. Alcaniz, L. Outeiro, M. Francos, X. Ubeda. Effects of prescribed fires on soil properties: A review. Science of The Total Environment. Volumes 613- 614, 1 February 2018, Pages 944-957. https://doi.org/10.1016/j.scitotenv.2017.09.144

20. Joachim von Braun & Nicolas Gerber. The Economics of Land and Soil Degradation-Toward an Assessment of the Costs of Inaction. Recarbonization of the Biosphere - 2012. pp 493-516. https://doi.org/10.1007/978-94-007-4159-1_23

21. Zdenka Gebeltovâ, Karel Malec, Mansoor Maitah, Lubos Smutka, Seth Nana Kwame Appiah-Kubi, Kamil Maitah, Jeta Sahatqija, Jitka Sirohi. The Impact of Crop Mix on Decreasing Soil Price and Soil Degradation: A Case Study of Selected Regions in Czechia (2002-2019). Sustainability 2020 , 12 (2), 444; https://doi.org/10.3390/su12020444 6

22. Анатолий В. Кучер, Леся Ю. Кучер. Экспертная оценка экономических убытков от деградации почв на аграрных предприятиях. Економша та управлшня тдприемствами. 2015 - irbis-nbuv.gov.ua. pp 165 - 169

23. Panos Panagos, Gabriele Standardi, Pasquale Borrelli, Emanuele Lugato, Luca Montanarella, Francesco Bosello. Cost of agricultural productivity loss due to soil erosion in the European Union: From direct cost evaluation approaches to the use of macroeconomic models. Land Degrad Dev. 2018;29:471-484. https://doi.org/10.1002/ldr.2879

24. Manuel Casanova, Osvaldo Salazar, Oscar Seguel, Yasna Topia, Marco Pfeiffer, Saied Eslamian. Combined Agroforestry and Rainwater Harvesting to Reduce Soil Degradation in Mediterranean Zones. Wiley online library. First published: 30 April 2021. https://doi.org/10.1002/9781119776017.ch6

25. Kadirova, Dilrabo; Usmanova, Matlyuba; Saidova, Munisa; Djalilova, Gulnora; Namozov, Normamat. Creating a digital model of regional relief using GIS technologies to evaluate degradation processes. E3S Web of Conferences; Les Ulis, Vol. 258, (2021). D0I:10.1051/e3sconf/202125803025

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.