Научная статья на тему 'TUPROQ NAMLIGINING CALENDULA OFFICINALIS O’SISHI, RIVOJLANISHI HAMDA HOSILDORLIGIGA TA’SIRI'

TUPROQ NAMLIGINING CALENDULA OFFICINALIS O’SISHI, RIVOJLANISHI HAMDA HOSILDORLIGIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

28
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Calendula officinalis / tuproq namligi / gul hosili / o’sishi / fazalar / suv rejimi. / Calendula officinalis / soil moisture / flower production / growth phases / water regime.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — D. A. Abdullayeva

Ushbu maqola shuni ko’rsatadiki Calendula officinalis o’sishi, rivojlanishi va hosildorligiga tuproq namligini ta’sirini Samarqand viloyati Jomboy tumanining o’tloqli bo’z tuproqlarida dala nam sig’imiga nisbatan uch xil 65%, 75% va 85% variantlarda o’rganilganda , dala nam sig’imiga nisbatan 75% olgan variantimda o’simlikning ma’lum belgilarini o’sishini oshirdi ( ya’ni o’simlik balandligi(sm),barg maydoni(sm2), gul diametric(sm) va fazalar muddatiga).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article shows that the effect of soil moisture on the growth , development and yield of Calendula officinalis was studied in the soils of Samarkand Jomboy district in relation to the field moisture capacity in three different variants of 65%, 75% and 85% . 75% increased the growth of certain plant traits (i.e plant height(cm), leaf area(cm2), flower diametric (cm) and phase dyration)

Текст научной работы на тему «TUPROQ NAMLIGINING CALENDULA OFFICINALIS O’SISHI, RIVOJLANISHI HAMDA HOSILDORLIGIGA TA’SIRI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

TUPROQ NAMLIGINING CALENDULA OFFICINALIS O'SISHI, RIVOJLANISHI HAMDA HOSILDORLIGIGA TA'SIRI

D. A. Abdullayeva

Samarqand davlat universiteti talabasi abdullaevadilsoda8@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola shuni ko'rsatadiki Calendula officinalis o'sishi, rivojlanishi va hosildorligiga tuproq namligini ta'sirini Samarqand viloyati Jomboy tumanining o'tloqli bo'z tuproqlarida dala nam sig'imiga nisbatan uch xil 65%, 75% va 85% variantlarda o'rganilganda , dala nam sig'imiga nisbatan 75% olgan variantimda o'simlikning ma'lum belgilarini o'sishini oshirdi ( ya'ni o'simlik balandligi(sm),barg maydoni(sm ), gul diametric(sm) va fazalar muddatiga).

Kalit so'zlar: Calendula officinalis, tuproq namligi,gul hosili, o'sishi,fazalar,suv rejimi.

ABCTRACT

This article shows that the effect of soil moisture on the growth , development and yield of Calendula officinalis was studied in the soils of Samarkand Jomboy district in relation to the field moisture capacity in three different variants of 65%, 75% and 85% . 75% increased the growth of certain plant traits (i.e plant height(cm), leaf area(cm ), flower diametric (cm) and phase dyration)

Keywords: Calendula officinalis, soil moisture,flower production , growth phases, water regime.

KIRISH

Calendula officinalis vatani O'rta yer dengizi ko'p yillik dorivor va manzarali o'simlik. Qadimdan xalq tabobatida foydalanib kelingan , hozirda ilmiy tibbiyotda ham qo'llaniladi. Bugungi kunda dunyoning ko'plab mamlakatlarida yetishtiriladi, Yevropq, Xitoy va Hindistonda tibbiy maqsadlarda qo'llaniladi. Turli yaralarni va dermatologik kasalliklarni davolashda(Metyu J Lich 2008) qo'llaniladi,an'anaviy tibbiyoytda sariqlik, qonni tozalash , antispazmolitik(Xadabdi va Banaresa 2019) sifatida foydalaniladi. Tarkibida uglevodlar, aminokislotalar terpenoidlar, flavonoidlar, immuno-stimulyatorlar ,xinonlar

May 12-13

1059

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

saqlaydi , spazmolitik, gepatoprotektiv, geotoksik, antigenotoksik, antifungal,anti-OIV va saratonga qarshi ta'sir ko'rsatadi (Xurshid Iqbol Andrabi 2017).

O'zbekistonda dehqonchilik asosan sug'orma dehqonchilikka asoslanganini va suv tanqisligini hisobga olgan holda dorivor tirnoqgul o'simligini qurg'oqchil tuproqlarda yetishtirish texnikasini ishlab chiqish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Tajriba Samarqand viloyatining Jomboy tumani o'tloqli bo'z tuproqlarida o'tkazildi . Dastlab tirnoqgulni urug'laridan maxsus idishlarda ko'chat yetishtirildi. Jami 500 ta urug' mart oyining birinchi dekadasida ekildi, urug'lar hammasi unib chiqdi, uch haftadan so'ng dalaga ko'chirildi.

Tuproqning dala nam sig'imi 1x1 metr qilib ajratilgan maydonni suv bilan to'yintirib bir sutkadan so'ng tuproq namligini 105oC haroratda quritish shkafida namini bug'latish orqali aniqlandi. Tuproq namligi ham 105oC haroratda quritish shkafida aniqlandi va sug'orish muddatlari sanasi belgilab olindi.

May 12-13

1060

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

O'simlik ustida uchta variantda cheklangan dala nam sig'imiga nisbatan 85 %,75% va 65% larda sug'orish olib borildi hamda variantlarda o'simliklarning biologik ko'rsatkichlari va hosildorligini tadqiq qilindi.

OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI

Tajribamda shularni kuzatdimki Calendula officinalisni urug'larini yuza , tuproq harorati 20-22 gradusga yetganda namlik bilan yaxshi taminlanga tuproqqa ekish kerak. Ko'chat qilib ekilganda esa erta hosilga kiradi hamda uzoq gullashda davom etadi , tuproqqa ortiqcha ishlov berish va boshqa xarajatlar tejaladi. Sug'orish Calendulaning o'sishi rivojlanishi va hosildorligiga quyidagicha ta'sir qildi : tuproq namligining kamayishi 65% li sug'orish variantida fazalarga kirish muddati sekin va uzoq davom etdi,har gal sug'orish muddati yetguncha o'simliklarda so'lish va barglarning sarg'ayishi kuzatildi, gular soni kam, barg maydini qisqa ,hosildorlik past bo'ldi. 75% li variantda esa o'simliklar barqarorligini yo'qotmadi fazalarga

May 12-13

1061

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

kirish tez sodir bo'lib ,to'liq gullash bosqichini o'tadiva hosildorlik yuqoriligiga erishildi. 85% li variantda vegetative organlarning o'sishi uzoq muddat davom etib gullash fazasiga kech kirishi kuzatildi, hosildorlik nisbatan past bo'ldi.

XULOSALAR

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, suv stressi o'simlikning o'sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta'sir qilib, gul hosili, fazalarga kirishi va davomiyligiga, efir moyi tarkibiga hamda prolin miqdoriga salbiy ta'sir ko'rsatadi

REFERENCES

1.Abdulhamid AF, Kubota FA , Morokuma M. 1990 .Photosynthesis , transpiration, dry matter accumulation and yield performance of mungbean plant in response to water stress. J Fac Agric Kyushu Univ1(2):81-92

2.Abou El-Fadl,IA, Abd Ella MK , Hussein EH. 1990 Effect of irrigation by saline water on the growth and some principal compounds of peppermint and spearmint in two types of soil . J Agric Res Tanta Univ 16 276-296

3.Chalchat JC , Ph R Mechet AG . 1991. Chemical composition of essential oil of Calendula officinalis L. (pot marigold) . Flav Frag J 6: 189-192

4.Cromack H, Smith J. 1998 . Calendula officinalis production potential andcrop agronomy in southern England. Ind Crops Prod 7: 224-230

5.Metyu J Lich. 2008.Calendula officinalis va yaralarni davolash : tizimli ko'rib chiqish. Yaralar : klinik tadqiqotlar va amaliyot to'plami 20(8), 236-243

6.Nicoletta CB, Marongiu PA , Pivetta T, Procedda S. 2003. Extraction , separation and isolation of volatiles and dyes from Calendula officinalis L. And Aloysia tryphylla(L'her) britton by supercritical CO2. J Ess Oil Res 15: 271-278

7.Yusupova Z. A., O'g'li S. A. A., O'g'li S. F. B. SALVIA-L MARMARAK TURKUMI VAKILLARINING O'ZBEKISTONDA TARQALISHI, HAYOTIY SHAKLLARI VA ISHLATILISHI //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D6. - С. 13-19.

8.Белолипов И. В. Краткие итоги первичной интродукции растений природной флоры Средней Азии в Ботаническом саду // Интродукция и акклиматизация растений: Сб. науч. тр. - Ташкент

9.Xolmatov H.X, Ahmedov O'.A. Farmakognoziya. Toshkent

1995.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.