Научная статья на тему 'TUPROQ BIOLOGIK FAOLLIGINING UMUMIY TUSHUNCHASI'

TUPROQ BIOLOGIK FAOLLIGINING UMUMIY TUSHUNCHASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
biologik faollik / biogenlik / fermentlar / siderat ekinlari / bakteriyalar / biomassa.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Qodirova Dilrabo Abdukarimovna, Rahimov Zarqum Zafarjonzoda

Ushbu maqolada tuproq biologik faolligining umumiy tushunchasi va biologik faollik haqida zamonaviy tadqiqotchilarning fikri, tuproq biologik faolligining umumiy tavsifi hamda biologik faollikning umumiy ko‘rinishi kabi malumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TUPROQ BIOLOGIK FAOLLIGINING UMUMIY TUSHUNCHASI»

TUPROQ BIOLOGIK FAOLLIGINING UMUMIY

TUSHUNCHASI

1Qodirova Dilrabo Abdukarimovna, 2Rahimov Zarqum Zafarjonzoda

1ToshDAU, Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi mudiri, biologiya fanlari doktori professor 2GulDU, Tuproqshunoslik ixtisosligi tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11401266

Annotatsiya. Ushbu maqolada tuproq biologik faolligining umumiy tushunchasi va biologik faollik haqida zamonaviy tadqiqotchilarning fikri, tuproq biologik faolligining umumiy tavsif hamda biologik faollikning umumiy ko'rinishi kabi malumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: biologik faollik, biogenlik, fermentlar, siderat ekinlari, bakteriyalar, biomassa.

Biologik faollik deganda, zamonaviy tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, barcha biologik jarayonlarning intensivligi tushuniladi. Demak, biologik faollikni tuproqning biogenligidan farqlash kerak, unda turli organizmlarning populatsiyasi hisobga olinadi, ikki tushuncha ko'pincha bir-biriga mos kelmaydi [9].

Tadqiqotchilar an'anaviy ravishda tuproqlarning faolligini haqiqiy va potentsial biologik faollikka ajratgan, uni aniqlash usullarini tafsiflagan (Bezkorovaynaya I.N, Pruntova O.V) [11].

Potensial biologik faollik ma'lum bir sinov jarayoni uchun maqbul bo'lgan sun'iy ravishda yaratilgan sharoitlarda o'lchanadigan biologik jarayon. Haqiqiy (tabiiy, dala) biologik faollikni faqat dala sharoitida o'lchash mumkin, bu tuproqning daladagi haqiqiy faolligini tavsiflaydi (Segi.

I) [10].

Tuproq qoplami mikroorganizmlarning turli guruhlari tarkibi, ularning ko'pligi va umumiy aktivligi, xususan, tuproqda ular tomonidan ishlab chiqarilgan fermentlarning ma'lum zaxirasi mavjudligi bilan belgilanadigan biokimyoviy jarayonlarning faolligi bilan tavsiflanadi. Fitosenozlar va mikrobiotsenotlar faoliyati davomida tuproqda to'plangan biologik moddalar va boshqa sanab o'tilgan barcha jarayonlar tuproq biologik faolligini umumiy ko'rinishining bir qismidir [9].

Biologik faollik tuproq unumdorligi va agrotsenozlarning hosildorligining asosiy ko'rsatkichlaridan biridir. Tuproqlarning biologik faolligini oshirishning samarali omillari bo'lib o'simliklarni yetishtirishning agroekologik sharoitlari (almashlab ekish, tuproqni o'stirish usullari, o'g'itlar, mikroorganizmlarning metabolizm mahsulotlari) hisoblanadi.

Biologik faollik tuproqning ko'p funksiyali tavsifi sifatida tashqi muhitning bir qator omillari (namlik, harorat, eroziya jarayonlari) hamda tuproqning xossalari (gumus va oziqa moddalari, mikroelementlar, tuproq pH muhiti, fizik loy, g'ovaklik va b.) ta'sirida o'zgaradi. Ularning barchasini o'rganish tuproq hosil bo'lish va unumdorligini shakllanish jarayonlarini borish mexanizmini anglashda asos bo'lib xizmat qiladi. Agrokimyoviy xossalarning optimal ko'rsatkichlarda bo'lishi fermentlar faoliyati uchun qulay sharoit yaratib beradi, bu esa o'z navbatida tuproq biomassasining hosil bo'lishiga va biologik faollikning oshishiga sabab bo'ladi [1].

Qishloq xo'jaligida hosildorlikni oshirishning asosiy yo'li tuproq unumdorligini oshirishdan iborat. Tuproq unumdorligi va undan qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida oqilona foydalanish ko'p jihatdan mikroorganizmlarning biokimyoviy faolligining intensivligi va yo'nalishi bilan belgilanadi. Ikkinchisi turli birikmalarning transformatsiya tezligini, o'simlik

qoldiqlarining parchalanishini, o'simlik ozuqa moddalarining to'planishini va pirovardida, tuproq unumdorligini belgilaydi [2].

Tirik organizmlar tuproqning muhim tarkibiy qismidir. Tuproq organizmlarining normal faoliyat yuritishi uchun birinchi navbatda energiya va ozuqa moddalari zarur. Aksariyat mikroorganizmlar uchun bunday energiya manbai tuproqning organik moddasidir. Shuning uchun tuproq mikroflorasining faolligi asosan harorat, namlik va zichlikning qulay kombinatsiyasi bilan tuproqda organik moddalar mavjudligiga bog'liq. Tuproq biotasining faolligini baholash uchun "tuproqning biologik faolligi" ko'rsatkichi qo'llaniladi [3].

Zamonaviy agronomiyada tuproqning biologik faolligi odatda tuproq mikroorganizmlarining faolligi bilan belgilanadi. Uning umumiy biogenligi ularning umumiy soni, shuningdek, mikrofloraning sifatli tahlili bilan aniqlanadi. Bunda biokimyoviy usullar ham qo'llaniladi: tuproqning nitrifikatsion va ammonifikatsion qobiliyatini, fermentativ faolligini va sellulozani parchalash qobiliyatini aniqlash kabilar [3].

Turli tuproqlardagi mikroorganizmlarning soni turlichadir. Mikroorganizmlar tuproq hosil bo'lishi va tuproq unumdorligida muhim rol o'ynaydi, shuningdek, tuproq strukturasini shakllantirishda, chirindi hosil bo'lishida va tuproqlarda sodir bo'ladigan boshqa muhim jarayonlarda ishtirok etadi. Tuproq organizmlari hayotiy faoliyati davomida turli xil fiziologik faol birikmalarni ajratib chiqaradi, ayrim elementlarning harakatchan shaklga aylanishiga yordam beradi [7-8].

Mirzacho'l vohasi tuproqlar unumdorligini oshirishda turli oraliq, dukkakli-don, yem-xashak va siderat ekinlaridan foydalanish bo'yicha ilmiy ishlar olib borilgan. Ushbu ishlarning aksariyatida tuproq organik moddaga boyishi, tuproqning biologik faolligining ortishi, agrofizikaviy va agrokimyoviy xossalari yaxshilanishi ta'kidlangan [4-5-6].

ADABIYOTLAR

1. Qodirova D.A., Shadieva N.I., Yuldasheva M. Tog' va tog' oldi tuproqlari fermentativ faolligini gumus moddalari shakllanishidagi ahamiyati. O'zbekiston agrar fani xabarnomasi. 2020 № 6. B. 105-106.

2. Zarqum, R. (2023). TUPROQLAR BIOLOGIK FAOLLIGIGA ORGANIK O'G'ITLARNING TA'SIRI. UNIVERSAL JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES, 1(6), 3-7.

3. Zarqum, R. (2023). TUPROQNING BIOLOGIK FAOLLIGI HAMDA UNGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR. Innovations in Technology and Science Education, 2(14), 450-453.

4. Batirov X.A., Turdimetov Sh., Nurillaeva R.B. Ecological Role of Different Siderate Crops in Improving Soil Properties. American Journal Of Agriculture And Horticulture Innovations. Volume 03 Issue 011-2023. pp 01-06.

5. Zafarjonzoda, R. Z. (2022, October). ANTROPOGEN OMILLAR TA' SIRIDA TUPROQ BIOLOGIK FAOLLIGINING O'ZGARISHI. In E Conference Zone (pp. 80-82).

6. Turdimetov, S., & Rakhimov, Z. (2021, April). EVOLUTION OF PROPERTIES OF IRRIGATED GRASSLAND SOILS. In International Scientific and Current Research Conferences (pp. 65-69).

7. Qodirova D., Rahimov Z. Tuproqning biologik faolligi hamda uning o'zgarishi. O'zbekiston agrar fani xabarnomasi №1 (13) 2024. 33-36 b.

8. Segi, I. Metodi pochvennoy mikrobiologi / I. Segi. - M.: Nauka, 1983.- 182 s.

9. Bezkorovaynaya, I.N. Biologicheskaya diagnostika i indikatsiya pochv: Kratkiy kurs lektsiy G' I.N. Bezkorovaynaya. - Krasnoyarsk: Krasnoyar. gos. agrar. un-t, 2001. - S. 12- 17.

10. Khojaeva, N. D., Urazbaev, I. U., Ruzikulova, Z. U., & Gaziev, U. L. (2021). Some Agrotechnical Properties of Local Durum Wheat Variety "Istiklol". Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 6191-6197.

11. Gaziyev, U. L. (2024). TURLI XIL QATOR ORALIG 'IDA EKILADIGAN G 'O 'ZA NAVLARINING SUG 'ORISH TARTIBINI BELIGILASHNING AHAMIYATI. Science and innovation, ^(Special Issue 21), 155-157.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.