ТЕХНИКА ФАНЛАРИ ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ TECHNICAL SCIENCE
ft
Я
UDC: 677.075.027.623.11
TRIKOTAJ MATOLARIGA YUMSHOQLIK BERISH TEXNOLOGIYASI
Usmanova Feruza Sandjarovna,
assistent,
e-mail: [email protected], ORCID: ID 0000-0002-7236-9881;
Nabiyev Nabijon Donyorovich,
PhD, dotsent, e-mail: [email protected], ORCID: ID 0000-0002-4728-1060;
Ergashova Jamila Jaloliddinovna,
o'quv ishlab chiqarish ta'limi ustasi, e-mail: [email protected], ORCID: ID 0000-0001-7270-2368;
Sultaniyazov Husan Ulug'bek o'g'li,
magistr,
e-mail: [email protected], ORCID: ID 0000-0002-9269-063X
Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti
Annotatsiya. Trikotaj polotnolaridan tayyor kiyim tikish jarayonida matoning teshilishi muammoli holatlardan sanaladi. Bu holat, odatda, trikotaj polotnosidagi iplar uzilishi natijasida vujudga keladi. To'qimachilik materiallarida iplarning uzilishi esa tikish jarayonida matodagi alohida iplarning to'liq yoki qisman buzilishi orqali ifodalanadi. Matoning teshiluvchanligi yaqqol ko'rinadigan va ko'rinmaydigan turlarga bo'linib, ularni turli kompozitsiyalar yordamida ishlov berish orqali bartaraf etish mumkin. Ushbu ilmiy ishda trikotaj matolariga kationaktiv sirtfaol modda, amino modifikatsiyalangan silikon yog'i - 350, amino modifikatsiyalangan silikon yog'i - 200, DMC li amino modifikatsiyalangan silikon yog'i - 350 va silikon asosidagiyumshatgichlarni qo'llash imkoniyatlari o'rganilgan. Trikotaj matosini tikish jarayonidagi teshiluvchanligiga turli yumshatgichlar bilan ishlov berishning o'zgaruvchan omillari ta'sirini o'rganish bo'yicha olingan tajriba natijalariga ko'ra, chet eldan keltirilgan silikon asosidagi yumshatgich va mahalliy amino modifikatsiyalangan silikon yog'i - 350 danfoydalanish tavsiya etilgan. Tajriba natijalari bo'yicha trikotajpolotnolariga tanlanganyumshatgichlar bilan "yumshatish"yakuniypardoz berish jarayonining texnologik tartib va tarkibi ishlab chiqilgan. Unga asosan, yumshatgich eritmasiga shimdirilgan matoga 140 0C haroratda 5 daqiqa davomida termik ishlov berish maqsadga muvofiq ekanligi ko'rsatilgan.
Kalit so'zlar: yumshatish, qattiqlik, teshiluvchanlik, ipning uzilishi, pardoz, termik ishlov, trikotaj, sirt faol modda.
ТЕХНИКА ФАНЛАРИ ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ TECHNICAL SCIENCE
ТЕХНОЛОГИЯ ПРИДАНИЯ МЯГКОСТИ ТРИКОТАЖНЫМ ТКАНЯМ
Усманова Феруза Санджаровна,
ассистент;
Набиев Набижон Дониёрович,
доктор философии по техническим наукам (PhD), доцент;
Эргашова Жамила Жамолиддиновна,
мастер производственного обучения;
Султаниязов Хусан Улугбек угли,
магистр
Ташкентский институт текстильной и легкой промышленности
Аннотация. Прорубка ткани при пошиве готовой одежды из трикотажа - один из самых проблемных дефектов. Этот дефект возникает при обрыве ниток на трикотажном полотне. Прорубаемость текстильного материала характеризуется частичным или полным разрушением отдельных нитей материала иглой в процессе пошива. Прорубка ткани разделяется на явную и скрытую, устранить которую можно обработкой разными составами. В этой статье исследуется применение мягких катионных поверхностно-активных веществ, аминомодифицированного силиконового масла - 350, аминомодифицирован-ного силиконового масла - 200, аминомодифицированного силиконового масла DMC - 350 и смягчителей на основе силикона для трикотажных тканей. По результатам экспериментов по влиянию переменных факторов процесса на перфорацию трикотажного полотна в процессе шитья рекомендуется использовать импортный пластификатор на основе силикона и местное аминомодифицированное силиконовое масло - 350. По результатам эксперимента разработан состав и технологический порядок процесса окончательной отделки - «умягчения» трикотажного полотна выбранными пластификаторами. Было показано, что ткань, смоченную в растворе смягчителя, целесообразно подвергать термообработке в течение 5 минут при температуре 140 оС.
Ключевые слова: размягчение, твердость, проницаемость, обрывания нити, термообработка, трикотаж, ПАВ.
TECHNOLOGY OF GIVING SOFTNESS TO KNITTED FABRICS
Usmanova Feruza Sandjarovna,
Assistant;
Nabiyev Nabijon Donyorovich,
PhD, Associate Professor;
Ergashova Jamila Jaloliddinovna,
Production Course Trainer;
Sultaniyazov Khusan Ulugbek ugli,
Master Course Student
Tashkent Institute of Textile and Light Industry
ТЕХНИКА ФАНЛАРИ ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ TECHNICAL SCIENCE
«
Я
Abstract. Perforation of a fabric during sewing of garments made from knitted fabrics is one of the problematic issues. This defect occurs when threads on the knitted fabric break. In textile materials, thread breakage is characterized by complete or partial breakage of individual threads in the fabric during sewing. The porosity of fabrics can be divided into visible and invisible types, which can be eliminated by processing using different compositions. This paper explores application of soft cationic surfactants, amino modified silicone oil - 350, amino modified silicone oil - 200, DMC amino modified silicone oil - 350 and silicone-based softeners to knittedfabrics. Based on findings from experiments on the effects of variable process factors on perforation of knittedfabrics in sewing processes, it has been recommended to use imported silicone-based softener and local amino-modified silicone oil-350. The experiment findings helped to develop a technological sequence and composition of the final finishing process of «softening» of knitted fabrics using selected softeners. The experiment showed that it is expedient to heat-treat a fabric soaked in a softener solution for 5 minutes at a temperature of 140 0 C.
Keywords: softening, hardness, permeability, threads breakage, heat treatment, jersey, Surface active substance (SAS).
Kirish
Respublikamizda yetishtirilayotgan paxta xomashyosini qayta ishlab, uni tayyor mah-sulot ko'rinishiga keltirish, sifatini xalqaro standartlarga moslashtirish va uni realizatsi-ya qilish mamlakat iqtisodiyoti rivojiga katta hissa qo'shadi. Bu borada paxta tolali mato va boshqa turdagi to'qimachilik materiallarini kimyoviy pardozlash, jumladan, ularga max-sus pardoz berish texnologiyalarini shakl-lantirish, qo'llaniladigan to'qimachilik yor-damchi moddalarini mahalliylashtirish asosiy hal qilinishi lozim bo'lgan masalalardandir.
Nazariy tadqiqotlar. Trikotaj polotnolari-dan tayyor kiyim tikish jarayonida matoning teshilishi muammoli holatlardan sanaladi. Mato teshiluvchanligining asosiy sabablari-dan biri bu uning qattiqligidir. Qator olim-lar tomonidan [1; 2] matoga yumshoq xossa berib, uning yumshoqligini oshirish nafaqat ishlab chiqarish jarayoni, balki iste'molda ham ijobiy natijalar ko'rsatgan. Tikuv ignasi ta'sirida mato ipining uzilishi hisobiga polot-no yuzasida teshiklar hosil bo'ladi. Bu esa, o'z navbatida, halqaning ochilib ketishiga asosiy sababdir [3]. Pardozlash korxonalarida matoning teshilib qolishini kamaytirish va uni yumshatish maqsadida polotnoga turli yum-shatgichlar bilan ishlov beriladi [4], polotno tarkibiga elastik iplar qo'shiladi [5; 6], polot-noni to'qish usuli o'zgartiriladi. [7] Shuning-dek, yumshatgichlar sifatida sirt faol modda-lar, tarkibida mineral yog' bo'lgan emulsiyalar
[8], kremniy organik birikmalar [9], silikon polimerlar [10], glitserin kabi gidrotrop mod-dalar qo'llaniladi [11].
Darko va Dubravkolar tomonidan polotnoga yakuniy pardoz berish, ya'ni yumshatish jarayoni omillari o'rganilgan. Tad-qiqot natijalariga ko'ra, tikuv ignasining matoga kirish kuchi polotnoning pardozlan-ganligi, qo'llanilgan yumshatgich turi va miqdori, igna o'lchami, tikilgan mato qavat-lari soniga bog'liqligi aniqlangan. Tadqiqot-larda yog' kislotalari qo'llanilganda, igna-ning urilish kuchi eng katta qiymatga, yog' kislotalar bilan emulsiyalar qo'llanilganda esa eng kichik qiymatga teng bo'lishi kuza-tilgan [12].
Tikish jarayonida iplarning uzilish daraja-si bir qancha omillar, ya'ni mato to'qilishida ishlatiladigan ip va mato tuzilishi, zichligi, qattiqligi, pardozlash turiga bog'liq. Shu-ningdek, iplarning uzilishi va matoning teshi-luvchanligiga tikish jarayonida ishlatilgan igna o'lchami [13], tikuv ipining tortilishi va choklar uzunligi ham ta'sir qiladi. Tikuv ignasini to'g'ri tanlamaslik, tikuv mashinasi lapkasining katta bosim bilan mato yuzasiga tushishi, ignaning o'tmas bo'lib qolishi, tikuv iplari raqamini to'g'ri tanlamaslik, bir vaqtda tikiladigan mato qatlamlari sonining haddan ziyod ko'pligi ham matoda teshiklar paydo bo'lishiga olib keladi [14].
Trikotaj matolarini qaynatish-oqartirish jarayonida mato strukturasidan turli yog'si-
mon-moysimon moddalar chiqib ketadi, elas-tikligi kamayadi, iplarning o'zaro ishqalanish koeffitsiyenti ortadi. Bunday hollarda tikuv ignasining mato bo'yicha harakatlanishida iplar buzilishi yoki uzilishi kuzatiladi. Ishqalanish koeffitsiyentini kamaytirish maqsadida trikotaj matosini bo'yash jarayonidan so'ng oxirgi yuvish eritmasida yoki quritish va ken-gaytirish jihozlarida polotnoga turli emulsi-yalar bilan ishlov beriladi. Har bir mato uchun uni tashkil etuvchi iplarning tabiatiga ko'ra namligi belgilab olinadi. Trikotaj matolaridan kiyim-kechak tikishda agar ular paxta tola-li bo'lsa, namlik 5-10%, viskoza tolalaridan tayyorlansa, 6-12%, atsetat iplaridan tayyor-langan matolar uchun 5-8% namlik bo'lishi tavsiya etiladi [15].
Material va metodlar
Tadqiqotlarda obyekt sifatida "Suprem" va "Futer" assortimentlaridagi aktiv bo'yovchi modda bilan bo'yalgan mato olingan. Bizning tajribalari-mizda trikotaj polotnolariga yumshoqlik berish orqali ularning teshiluvchanligini kamaytirish maqsadida 5 turdagi, ya'ni uchta mahalliy va ikki-ta respublikaga import qilingan yumshatgichlarni qo'llab, appretlash jarayoni olib borildi:
1. Kationaktiv SAM;
2. Amino modifikatsiyalangan silikon yog'i
- 350;
3. Amino modifikatsiyalangan silikon yog'i
- 200;
4. DMC li amino modifikatsiyalangan silikon yog'i - 350;
5. Silikon asosidagi yumshatgich.
Polotnoning yumshoqligi GOST 10550-93
"Материалы текстильные. Полотна, методы определения жесткости при изгибе" bo'yicha matoning qattiqligi orqali aniqlan-di. Trikotaj polotnolarida yaqqol va yashirin holatdagi teshiluvchanlik "GOST 26006-83. Полотна и изделия трикотажные. Методы определения явной и скрытой прорубки" bo'yicha aniqlanadi. Namunalarning mikros-kopik tahlili "NIKON" mikroskopida amalga oshirildi.
Tadqiqot natijalari tahlili
Kiyimning qulayligi iste'molchilik tas-nifi sifatida aksariyat holatda uni tayyor-lash uchun ishlatilgan mato yumshoqli-
gi orqali belgilanadi. Matoning yumshoqligi uning qattiqligiga teskari xusu-siyat bo'lib, qattiqlikni ma'lum qiymatlar-da ifodalash mumkin. "NUMERI" tizimi-da matoning yumshoqligi uning silliqligi va elastikligi orqali baholansa, "FUKURAMI" tizimida matoning hajmiy va to'yinganlik xu-susiyati bilan baholanadi [16]. Hozirgi kunga qadar matoning yumshoqligi subyektiv ba-holansa-da, oxirgi 35 yillikda mato yumshoq-ligini miqdoriy jihatdan obyektiv baholash usullarini taklif etish borasida qator izlanish-lar olib borilgan. Ammo barcha ko'rsatkichlar inobatga olinadigan baholash tizimi hali ham qabul qilinmagan [17]. Shuning uchun maz-kur tadqiqotlarda mato qattiqligi uning teshi-luvchanligi orqali ifodalanadi. Polotno teshi-luvchanligiga tola qattiqligi, elektrlanishi, nozikligini oshiruvchi va elastikligini kamay-tiruvchi moddalar bilan ishlov berish sabab bo'ladi. Teshiluvchanlik hosil bo'lishining oldini olishning asosiy yo'llaridan biri bu polotno iplari va igna o'rtasidagi ishqala-nishni kamaytirishdir. To'qimachilik mate-riallarini pardozlash korxonalarida polotno teshiluvchanligi hosil bo'lishini kamaytirish va uning yumshoqligini oshirish maqsadida turli yumshatgichlardan foydalaniladi. Ayrim hollarda polotno namligini oshiruvchi va elektrlanishini kamaytiruvchi gidrotrop moddalar qo'llaniladi. Davriy usulda ishlaydigan jihozlarda yakuniy pardoz berish jarayonlari-da appret konsentratsiyasi, odatda, 0,5-2 g/l, uzluksiz ishlaydigan tizimlarda esa 5-10 g/l ni tashkil etadi. Jarayon haroratini 40-45 0C ushlab turish tavsiya etiladi. Yumshatgichlar mato yuzasida uning qattiqligi va yuzaviy ish-qalanishini kamaytiruvchi yupqa himoya parda hosil qiladi.
Mazkur ish doirasida obyekt uchun olingan 5x5 sm2 o'lchamdagi namunalar appret eritmasida 3 daqiqa shimdirildi. Siqish da-rajasi 100%. Namuna 90-100 0C haroratda 10 daqiqa quritildi. 150 0C haroratda 2-3 daqiqa termik ishlov berildi [18]. Tajri-ba natijalari 1-jadvalda keltirilgan. Tajriba natijalari faqat kationaktiv SAM yumshatgich ishlatilganda, matoning qattiqligi ortganini ko'rsatmoqda.
ft
О7
1-jadval
Mato qattiqligining yumshatgich turiga bog'liqligi
Yumshatgichlar*
Mato turi Ishlov berilmagan mato 1 2 3 4 5
Mato qattiqligi, mkN sm2
Suprem 3.79 4.06 5.66 5.06 4.19 5.66
Futer 8.56 8.24 9.66 11.55 8.50 10.08
* 1. Kationaktiv SAM; 2. Amino modifikatsiyalangan silikon yog'i - 350; 3. Amino modifikatsiyalangan silikon yog'i - 200; 4. DMC li amino modifikatsiyalangan silikon yog'i - 350; 5. Silikon asosidagi yumshatgich.
Kationaktiv SAM - "Clariant" firmasining yog' kislota va polietilen plastifikatori asosidagi mahsuloti (Uni soft NCS); silikon asosidagi yumshatgich - "Yeksoy" kompaniyasining polisiloksan polimeri asosidagi yumshatgich (Knit soft wa-et); amino modifikatsiyalangan silikon yog'i - 200, amino modifikatsiyalangan silikon yog'i - 350, DMC li amino modifika. tsiyalangan silikon yog'i - 350 mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan taklif etilgan yum-shatgichlar sanaladi.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan taklif etilgan har uchala yumshatgichlar, shuningdek, chet eldan keltirilgan silikon asosidagi yumshatgich bilan ishlov berilgan-da, matoda qattiqlik deyarli kuzatilmaydi. Bunga sabab ular bilan ishlov berish jara-yonining ishqoriy muhitda olib borilishidir.
Ma'lumki, kuchsiz ishqoriy muhitda paxta tolalari bo'kuvchanligi ortadi. Bu esa, o'z navbatida, appretlash eritmasi komponent-larining tola ichiga diffuziyalanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Tola g'ovaklari va yoriqlari-ga yumshatgichlarning ko'p miqdorda dif-fuziyalanishi qo'shimcha funksional guruhlar paydo bo'lishiga olib keladi. Natijada tola-ning gigroskopikligi ortadi, polotnoda nam-lik saqlanishi oshadi. Bular esa mato iplari va igna o'rtasidagi ishqalanish kamayishi, ya'ni polotnoning teshiluvchanligi kamayishiga sabab bo'ladi. Tikish jarayonida matoning teshiluvchanligi 150 mm uzunlikdagi ikki qavatli matoni ipsiz har 1 sm da 7 ta chok tikish orqali aniqlanadi [19]. Matoning teshi-luvchanligi yaqqol va yashirin ko'rinishda bo'lishi mumkin (1- va 2-rasmlar) [20].
1-rasm. Turli yumshatgichlar bilan ishlov berilgan mato namligining uning yashirin
teshiluvchanligiga ta'siri
1. Amino modifikatsiyalangan silikon yog'i - 350; 2. Silikon asosidagi yumshatgich; 3. Amino modifikatsiyalangan silikon yog'i - 200; 4. DMC li amino modifikatsiyalangan silikon yog'i - 350; 5. Kationaktiv SAM.
«
2-rasm. Turli yumshatgichlar bilan ishlov berilgan mato namligining uning yaqqol
teshiluvchanligiga ta'siri
1. Amino modifikatsiyalangan silikon yog'i - 350; 2. Silikon asosidagi yumshatgich; 3. Amino modifikatsiyalangan silikon yog'i - 200; 4. DMC li amino modifikatsiyalangan silikon yog'i - 350; 5. Kationaktiv SAM.
Mato teshiluvchanligi bo'yicha olingan tadqiqot natijalari uning qattiqligi bo'yicha o'tkazilgan tajriba natijalarini takrorlamoqda, ya'ni silikon asosli barcha yumshatgichlardan olingan natijalar kationaktiv preparat bilan ishlov berilgan namunaning teshiluvchanligidan kichik qiymatga ega. Bunga sabab kationaktiv preparatlarning sellyuloza makromolekulasida-gi gidroksil guruhlar bilan reaksiyaga kirishib, ko'ndalang bog'larni hosil qilishi va natijada
makromolekulalar harakatchanligi kamayib, qayishqoqligi ortishidir. Trikotaj polotnolarida yaqqol teshiluvchanlik kuzatilganda, u nuqsonli hisoblanadi va ishlab chiqarishga qo'yilmaydi.
Suprem assortimentidagi 150 mm uzunlik-dagi trikotaj matosi ikki qavat taxlanib, ipsiz har 1 sm da 7 tadan chok tikildi. Choklar ikki tarafga yengil tortilib, igna o'rni mikroskop orqali kuzatildi. Olingan natijalar 2-jadvalga joylashtirilgan.
2-jadval
Matodagi igna hosil qilgan izlarning mikroskop ostidagi ko'rinishi
Ishlov berilmagan mato
-4- tt »
Kationaktiv SAM
DMC li amino modifikat-siyalangan silikon yog'i - 350
Amino modifikat-siyalangan silikon yog'i - 200
Amino modifikat-siyalangan silikon yog'i - 350
Silikon asosidagi yumshatgich
"Yumshatish" yakuniy pardoz berilgan namunalarning uzilishdan keyingi ko'rinishi "EOS 5DS" fotoapparatida olindi. Mato qan-cha mayin-yumshoq bo'lsa, tikuv ignasi ta'siri-
da matoni tashkil etuvchi iplar shikastlanishi shuncha kam bo'ladi. Laboratoriya qurilmasida turli yumshatgichlar bilan ishlov berilgan namunalarning uzilishga bo'lgan mustahkamligi
ТЕХНИКА ФАНЛАРИ ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ TECHNICAL SCIENCE
ft
Я
tekshirildi. Bunda matoning uzilishga bo'lgan mustahkamligi bilan bir qatorda igna hosil qil-
gan matodagi teshiklarning holati ham baho-landi. Olingan natijalar 3-jadvalga joylashtirildi.
3-jadval
Trikotaj matosining uzilishga bo'lgan mustahkamligining yumshatgich turiga bog'liqligi
Ishlov berilmagan mato Kationaktiv SAM DMC li amino modifikatsiyalangan silikon yog'i -350 Amino modifikatsiya-langan silikon yog'i - 200 Amino modifikatsiyalangan silikon yog'i - 350 Silikon asosidagi yumshatgich
да jtf » > i* л t * » # » * Я ■ - ' . ■ -
Uzilish kuchi, N
678.9 791.4 880.9 920.3 1070.3 1084.0
Trikotaj matolariga tikuv ignasi bilan chok yurgizilganda, igna izlari deyarli aniqlanmagan bo'lsa-da, ularning uzilishga bo'lgan mustah-kamligini aniqlash vaqtida tikuv jarayonida igna ta'sirida ayrim choklarning shikastlangani sababli uzilganligi kuzatildi. Shuning uchun ham yashirin teshiluvchanlik salbiy holat hi-soblanadi. Keltirilgan tajriba natijalari mato qanchalik yumshoq bo'lsa, uning deformatsion elastik xossalari saqlangan holda, uzish uchun ko'p kuch sarflanishini ko'rishimiz mumkin.
Shuning uchun keyingi tadqiqotlarda yaqqol va yashirin teshiluvchanlik eng kam kuzatilgan yumshatgichlar: amino modifikatsiyalangan silikon yog'i - 350, amino modifikatsiyalangan silikon yog'i - 200 va silikon asosidagi yum-
shatgichlar tanlab olindi. Keltirilgan natijalar tikish jarayonida mato namligi 6-8% bo'lgan-da, uning teshiluvchanligi kichik qiymatlarda bo'lishini ko'rsatmoqda. Tadqiqotlar matoning teshiluvchanligi ularni bo'yash va par-dozlash jarayonlarini to'g'ri tashkil etmaslik, polotno namligi o'ta yuqori yoki uning yetarli darajada bo'lmasligi natijasida kelib chiqishi tasdiqlandi.
Tanlab olingan yumshatgichlar konsen-tratsiyasi, termik ishlov berish harorati va davomiyligining mato teshiluvchanligiga ta'siri o'rganildi (4-jadval, 3- va 4- rasmlar) va olingan tajriba natijalari asosida trikotaj polotnolariga yumshatgichlar bilan ishlov berish jarayonining texnologik tartib va tarkibi ishlab chiqildi.
4-jadval
Termik ishlov berish haroratining mato teshiluvchanligiga bog'liqligi
Yumshatgich turi Mato teshiluvchanlik turi Termik ishlov berish harorati, 0С
80 100 120 140 160
Silikon asosidagi yumshatgich yashirin 1,5 0,12 0,09 0 0
yaqqol 3 2 1,5 0,5 0,7
Amino modifikatsiyalangan silikon yog'i - 200 yashirin 0,9 0,25 0,17 0,2 0,23
yaqqol 2,5 1 0,6 0,67 0,68
Amino modifikatsiyalangan silikon yog'i - 350 yashirin 1,4 0,17 0,05 0 0
yaqqol 2 0,5 0,1 0,1 0,1
Termik ishlov berish harorati chet eldan keltirilgan silikon asosidagi yumshatgich va mahalliy amino modifikatsiyalangan silikon yog'i - 350 uchun 140 0C, amino modifikatsiyalangan silikon yog'i - 200 uchun esa 120 0C
bo'lganda, namunalar teshiluvchanligi kichik qiymatlarga ega bo'lgan. Mato teshiluvchanligi amino modifikatsiyalangan silikon yog'i - 200 qo'llanilganda, kichik qiymatga ega bo'lsa-da, yashirin va yaqqol holda ham 0 ga teng bo'lma-
ТЕХНИКА ФАНЛАРИ ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ TECHNICAL SCIENCE
ganligi sababli keyingi tadqiqotlarda bu yum-shatgich bo'yicha tajribalar olib borilmadi.
Yumshatgich konsentratsiyasi ortib borishi bilan mato teshiluvchanligi kamayib, so'ngra uning ortishi, ya'ni yumshatgich konsentratsi-yasining mato qattiqligiga ekstremal xarakter-da ekanligi quyidagi rasmda o'z aksini topgan.
Yumshatgich konsentratsiyasi 2-3 g/l dan osh-ganda, mato namligining haddan ziyod ortgan-ligi sababli mato iplari uzilishi kuzatilmoqda. Bundan tashqari, bu konsentratsiyada mato yu-zasida yog'simon qatlam hosil bo'lganligi bois keyingi tadqiqotlar uchun yumshatgich kont-sentratsiyasi 2-3 g/l deb qabul qilindi.
3-rasm. Mato teshiluvchanligining yumshatgich konsentratsiyasiga bog'liqligi
1, 3 - amino modifikatsiyalangan silikon yog'i - 350; 2, 4 - silikon asosidagi yumshatgich; 1, 2 - yashirin teshiluvchanlik; 3, 4 - yaqqol teshiluvchanlik.
O'rganilayotgan har ikkala yumshatgich bilan ishlov berilganda, termik ishlov berish jarayoni davomiyligini belgilash bo'yicha olib borilgan tadqiqot natijalari 4-rasmda keltirilgan.
4-rasm. Termik ishlov berish jarayoni davomiyligining mato teshiluvchanligiga ta'siri
1, 3 - amino modifikatsiyalangan silikon yog'i - 350; 2, 4 - silikon asosidagi yumshatgich; 1, 2 - yashirin teshiluvchanlik; 3, 4 - yaqqol teshiluvchanlik.
ТЕХНИКА ФАНЛАРИ ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ TECHNICAL SCIENCE
ft
Я
Tajriba natijalari bo'yicha tanlangan yum- shatish" yakuniy pardoz berish jarayonining tex-shatgichlar bilan trikotaj polotnolariga "yum- nologik tartib va tarkibi 5-jadvalda keltirilgan.
5-jadval
Trikotaj polotnolarini appretlash texnologik tartibi va tarkibi
Yumshatgichlar
Texnologik jarayonlar Amino modifikatsiyalangan silikon Silikon asosidagi yumshatgich
yog'i - 350
Appretlash:
yumshatgich konsentratsiyasi, g/l 2,0 3,0
pH muhit 9 9
davomiylik, daq. 20 20
Siqish darajasi, % 90 90
Termik ishlov berish:
harorati, 0С 140 140
davomiylik, daq. 5 5
Xulosalar
Tajriba natijalari bo'yicha tanlangan yumshatgichlar bilan trikotaj polotnolariga "yumshatish" yakuniy pardoz berish jarayonining texnologik tartib va tarkibi
ishlab chiqilgan. Unga asosan, yumshat-gich eritmasiga shimdirilgan matoga 140 0C haroratda 5 daqiqa davomida termik ishlov berish maqsadga muvofiq ekanligi ko'rsa-tilgan.
REFERENCES
1. Kilinc-Balci F.S. 6-Testing, analyzing and predicting the comfort properties of textiles. Improving Comfort in Clothing. Woodhead Publishing Series in Textiles, 2011, pp. 138-162.
2. Alagirusamy A.D. 9-Improving tactile comfort in fabrics and clothing. Improving Comfort in Clothing. Woodhead Publishing Series in Textiles, 2011, pp. 216-244.
3. Ayca G., Binnaz M. Sewing needle penetration forces and elastane fiber damage during the sewing of cotton/elastane woven fabrics. Textile Research Journal, 2005, vol. 75, no. 8, pp. 628-633.
4. Gurarda A., Meric B. Effects of elastane yarn type and fabric density on sewing needle penetration forces and seam damage of pet/elastane woven fabrics. Fibres & Textiles in Eastern Europe, 2007, vol. 15, no. 4, pp. 73-76.
5. Min S.K., Tae J.K. Dimensional and surface properties of plasma and silicone treated wool fabric. Textile Research Journal, 2002, vol. 72, no. 2, pp. 113-120.
6. Cubric I.S., Cubric G. & Perry P. Assessment of Knitted Fabric Smoothness and Softness Based on Paired Comparison. Fibers Polym., 2019, no. 20, pp. 656-667.
7. Kopias K., Swiatek J., Janczyk R., Kossowski Z. A technology of soft weft-knitted fabrics manufactured from a fibre stream. Fibres and Textiles in Eastern Europe, 2007, no 15, pp. 62-66.
8. Kang T.J., Kim M.S. Effects of silicone treatments on the dimensional properties of wool fabric. Textile Research Journal, 2001, no. 71 (4), pp. 295-300.
9. Nihat C. Effect of nano-silicon softener on abrasion and pilling resistance and color fastness of knitted fabrics. Tekstile ve konfeksiyon, 2008, no. 20 (1), pp. 41-47.
10. Choudhury A.K.R. Principles of Textile Finishing. Woodhead Publishing Series in Textiles, 2007, 543 p.
11. Sadek R. Effect of fabric softener on properties of a single jersey knitted fabric made of cotton and spandex yarn. International journal of clothing science and technology, 2012, vol. 24, no. 4, pp. 251-272.
12. Darko U., Dubravko R. Influence of sewing needle penetration force on the quality of knitted garment. Fibres & Textiles in Eastern Europe, 2008, vol. 16, no. 4 (69), pp. 85-90.
13. Carvalho H., Rocha A.M., Monteiro, J.L. Measurement and analysis of needle penetration forces in industrial high-speed sewing machine. Journal of the Textile Institute, vol. 100, no. 4, pp. 319-329.
14. Available at: https:// uchebniki/02600_kroika_i_shitio/_mater_trikotajn_proizv.htm/.
15. Sherbakova N.I. Razvitie metodov ocenki tehnologicheskih svojstv sovremennih mate-rialov dlja celej proektirovanija i izgotovlenija odezhdy: monografija. 2-e izd., pererab. i dop. [Development of methods for assessing the technological properties of modern materials for the design and manufacture of clothing: monograph. 2nd ed., Rev. and add.]. Krasnoyarsk, Research and Innovation Center, 2020, 96 p.
16. Gupta D. Advances in the Dyeing and Finishing of Technical Textiles. Woodhead Publishing Limited, 2013, p. 25.
17. Usmanova F.S., Nabiev N.D., Nabieva I.A. Izuchenie vozmozhnosti primenenija mestnyh mjagchitelej dlja pridanija mjagkosti trikotazhnym polotnam [Study of the possibility of using local softeners to soften knitted fabric]. Republican Collection of Scientific-Practical Online Theses, Part I, November 18, pp. 262.
18. Tihonova V.Ju., Tihonova T.P., Fedotova I.V. Metody ocenok potrebitel'skih svojstv materi-alov i konstrukcij uzlov shvejnih izdelij pri inzhenernom konfekcionirovanii [Methods of measuring the useful properties of materials and constructing knots of seamless products during engineering configuration]. Moscow, Publishing House of the Academy of Natural Sciences, 2017, p. 144.
19. Garseva L.A. Otdelka trikotazhnih poloten. Ucheb. posobie [Finishing of knitted fabrics] . Ivanovo: IGTA, 2006, 112 p.
Taqrizchi: Ataxanov A., t.f.d., professor, bo'lim boshlig'i, O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti.