TRANSPORT VOSITALARI HARAKAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLOVCHI UZEL VA TIZIMLARNI TEXNIK DIAGNOZLASH VOSITALARI
Fazliddin Ismoiljonovich Begboyev
Andijon mashinasozlik instituti Transport va logistika fakulteti Yo'l harakatini tashkil
etish yo'nalishi 2-kurs talabasi
ANNOTASIYA
Ushbu maqola transport vositalarida harakatlanish vaqtida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish, transport vositasidagi nosozliklar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari xususida.
Kalit so'zlar: Tormoz tizimi, transport vositasi, tormozlanish yo'li, ekspluatatsiya, harakat xavfsizligi, tormoz kuchi, diagnostikalash texnologiyasi.
VEHICLES TECHNICAL DIAGNOSIS MEASURES FOR TRAFFIC SAFETY
KNOTS AND SYSTEMS
ABSTRACT
This article deals with the observance of safety rules while driving, malfunctions of the vehicle and measures to eliminate them.
Keywords: Brake system, vehicle, braking distance, operation, traffic safety, brake force, diagnostic technology.
Ekspluatatsiyadagi transport vositalari texnik holatiga harakat xavfsizligi bo'yicha qo'yiladigan me'yoriy talablar GOST 25478-91 da keltirilgan.
Statistik ma'lumotlarga qaraganda, texnik sabablarga ko'ra sodir bo'ladigan falokatlarning 40-45 foizi transport vositalari tormoz tizimining nosozliklari natijasida kelib chiqar ekan. Tormoz tizimi bo'yicha vujudga keladigan nosozliklar asosan diagnostikalash orqali aniqlanadi. Tormoz tizimini diagnostikalash jarayoni ekspluatatsiya sharoitlari va xarakterli nosozliklar ro'yxati asosida amalga oshiriladi, unda tegishli ravishda diagnostik parametrlar tanlanadi, me'yoriy ko'rsatkichlar aniqlanadi, diagnostikalash texnologiyasi ishlab chiqiladi.
Diagnostik parametrlar tormoz tizimining nosozliklari ro'yxati asosida tuzilgan tuzilmaviy-sababiy shakllarni tahlil qilish bilan aniqlanadi. Diagnostik-me'yoriy ko'rsatkichlar esa, ekspluatatsiya sharoitlaridan qat'iy nazar, tormoz tizimining buzilmasdan ishlashi, berilgan tormozlanish yo'li va transport vositasi sekinlashishini ta'minlashi kerak.
Transport vositalarining tormoz tizimiga quyidagi asosiy ekspluatatsion talablar qo'yiladi:
• berilgan tezlikdagi eng kiska tormozlanish yo'li;
• tormozning hamma giddiraklarda bir vaqtda ishlashi;
• tormoz tizimi yuritmasining kiska vaqtda ishga tushishi;
• chap va ung g'ildiraklardagi tormoz kuchlarining tengligi.
Nosozliklarning kelib chiqishi va tuzilmaviy parametr ko'rsatkichlariga asoslangan holda tormoz tizimining diagnostik parametrlarini ikki turga bo'lish mumkin: umumiy va elementar diagnostik parametrlar.
Umumiy diagnostik parametrlarga transport vositasining tormozlanish yo'li va sekinlashishi, tormoz kuchlari va ularning g'ildiraklardagi qiymatlari farqi kiradi.
Elementar diagnostik parametrlarga tepkini bosish kuchi, tormoz kuchining oshishi yoki kamayishi, tormoz mexanizmining ishga tushish vaqti, tormoz kamera shtogining yo'li, tepkining erkin yo'li, kompressorning ish unumdorligi va boshqalar kiradi. Tormoz tizimining diagnostik parametrlari quyidagi hollarda o'lchanadi:
> transport vositasining harakati jarayonida;
> transport vositasiga doimiy o'rnatilgan diagnostik vositalar yordamida;
> qo'zg'almas sharoitda tormoz stendlari yordamida.
Transport vositasi ekspluatatsion xususiyatlarining tormoz tizimi bo'yicha asosiy diagnostik parametrlari quyidagilar:
$t—tormozlanish yo'li, m; R— tormoz kuchlari, N; Sc—sekinlashish yo'li, m ; tc — sekinlashish vaqti, sek; jc — sekinlashish miqdori, m/sek2.
Transport vositasi texnik holatini baholashda uning harakat xavfsizligiga bevosita yoki bilvosita ta'sir etuvchi agregat va mexanizmlar texnik holatini aniqlash asosiy tadbirlardan hisoblanadi. Transport vositasi tormoz tizimining texnik holati va uning ishlash samaradorligi GOST 25478-91 bo'yicha harakatda sinash va stendda sinash usullari bilan aniqdanadi.
Harakatda sinash. Transport vositasini harakatda sinash asosan tormoz tizimi sifatini umumiy baholash uchun qo'llaniladi. Tormoz tizimini diagnostikalash tekis, quruq, gorizontal va transport harakatidan holi bo'lgan yo'lda o'tkaziladi.
Ilashish koefftsienti 0,6 dan kam bo'lmagan quruq asfalt yo'lda transport vositasi tezligi 40 km/soatga yetkazilib, so'ng tormozlanadi va tormozlanish yo'li hamda sekinlashishni aniqlash bilan o'tkaziladi. Sekinlashish deselerometr asbobi yordamida aniqlanadi.
Stendda sinash. Avtotransport korxonalari va texnik xizmat ko'rsatish stantsiyalarida diagnostikalash asosan stendlarda bajariladi. Stend shunday qurilmaki, unda transport vositasining yo'ldagi harakati shakllantiriladi.
Diagnostikalash texnologiyasi: stendga transport vositasi o'rnatilganidan so'ng g'ildirak tezligi 50-70 km/soatga yetkaziladi va birdan tormozlanadi, stenddagi hamma muftalar uziladi. Bunda g'ildirak bilan barabanlar o'rtasida tormoz kuchlariga qarshi inertsiya kuchi paydo bo'lib, biroz vaqtdan keyin barabanlar va g'iddiraklar aylanishdan to'xtaydi Tormozlanish yo'li
barabanlar aylanishi soni yoki ulaming aylanish davomiyligi bo'yicha, sekinlashish esa burchak deselerometri bilan o'lchanadi.
Deselerometr — sekinlashishni o'lchash asbobi. Asbobning ishlash printsipi undagi ko'chma inertsiya massasining korpusga nisbatan siljishini qayd etishga asoslangan. Bu siljish inertsiya kuchi ta'siri ostida ro'y beradi va transport vositasi sekinlanishiga proportsionaldir.
Transport vositasining harakat xavfsizligiga shina va g'ildiraklarning ta'siri kattadir. Shinadagi bosimning miqdori me'yoriy miqdorlardan kam bo'lmasligi va oshib ham ketmasligi shart. Shina protektorining qoldiq, balandliklari quyidagilardan kam bo'lmasligi kerak:
❖ yengil avtomobillarda — 1,6 mm;
❖ yuk avtomobilla-rida — 1,0 mm;
❖ avtobuslarda—2,0 mm.
Yirtilgan, kordlari chiqib qolgan va protektorlari qatlamlarga ajralgan shinalarni eksplua-tatsiya qilish hamda transport vositasining bir o'qiga (ko'prigiga) har xil turdagi shinalarni qo'yish man etiladi.
REFERENCES
1. Автомобиллар техник эксплуатацияси. ^айта ишланган ва тулдирилган русча 4-нашридан (проф. Кузнецов Е.С. тахрири остида. М.:Наука 2004й. 535 б.) таржима проф. Сидикназаров ^.М. умумий тахрири остида, Тошкент "VORIS-NASHRIYOT", 2006. - 670 б.
2. Автомобиллар техник эксплуатацияси. Узбекистон Республикаси Олий ва урта махсус таълим вазирлиги автотранспорт олий укув юртлари талабалари учун дарслик сифатида тавсия этган. Проф. Сидикназаров К.М. умумий тахрири остида, Тошкент "VORIS-NASHRIYOT", 2008. - 560 б.
3. Техническая эксплуатация автомобилей. Учебник для Вузов. Под ред. проф. Е.С. Кузнецова. М: Наука, 2001 г.
4. Кузнецов Е.С. Автомобилларнинг техник эксплуатацияси. (Магдиев Ш.П. таржимаси), ТАЙИ, 2003 й.
5. Баровских Ю.И. и др. Автомобилларнинг тузилиши, техник хизмат курсатиш ва таъмирлаш. Тошкент: «Мехнат», 2001 й.
6. O.Hamraqulov, Sh.Magdiyev. Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi. Toshkent, 2005 yil.