TRANSPORT TIZIMINI RIVOJLANTIRISHDA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNI TADBIQ ETISH
Sh. V. Ergashev N. U. Babahanova
Toshkent davlat transport universtiteti tayanch dokoranti
ANNOTATSIYA
Maqolada raqamli iqtisodiyotning asoslaridan biri bo'lgan blokchen texnologiyasi haqida asosiy tushunchalar, blokcheyn texnologiyasining transport sohasida joriy etilishi va qo'llanilishi , butun dunyo transport tizimida blokcheyn texnologiyasidan foydalanishga o'tishning istiqbollari, blokcheyn texnologiyasining asosi va bir qancha masalalarning yechimlari keltirilgan.
Kalit so'zlar: raqamli texnologiya, Blokcheyn, bloklar zanjiri, blok korpusi, xesh funksiyalar, kriptohujum.
IMPLEMENTATION OF THE USE OF BLOCKCHAIN TECHNOLOGY IN THE DEVELOPMENT OF THE TRANSPORT SYSTEM
ABSTRACT
This article introduces the basic concepts of blockchain technology, which is one of the foundations of the digital economy, the introduction and application of blockchain technology in the transport industry,the degree of use of blockchain technology in the global transportation system, the mathematical basis of blockchain technology, and solutions to a number of problems.
Keywords: Blockchain technology, blockchain, blockchain, hash functions, crypto attack, credit system.
KIRISH
Milliy iqtisodiyotning uchinchi eng muhim tarmoqlaridan biri - transportni, uning infratuzilmasini rivojlantirishda mavjud resurslardan oqilona va samarali foydalanish ob'ektiv zaruriyatdir. Chunki jahon iqtisodiyotini ham, mintaqa yoki mamlakat iqtisodiyotini ham transport tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas.
Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot va u bilan bog'liq bo'lgan bir qancha samarador texnologiyalar hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Shu sababli davlat va jamiyat taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida respublikamiz rahbariyati bir qancha muhim qarorlarni qabul qilib kelmoqda . Masalan, O'zbekiston Respublikasi prezidenti 2018 yil 28-dekabrdagi 2019-yil uchun eng muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Muroja'atnomasida ham mamlakatimizda raqamli iqtisodning rivojlanishi bo'yicha quyidagilarni aytib o'tdi: "Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli
texnologiyalar asosida yangilanishini ko'zda tutadigan " Raqamli iqtisodiyot milliy kontseptsitasi"ni ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda "Raqamli 0'zbekiston-2030" dasturini hayotga tadbiq etishimiz zarur. Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga o'stirish, korruptsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar o'tkazgan tahlillar ham buni tasdiqlamoqda. Shuning uchun Hukumatga ikki oy muddatda raqamli iqtisodiyotga o'tish bo'yicha "yo'l xaritasi"ni ishlab chiqish topshiriladi. Bu borada axborot xavfsizligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratish zarur"1. Shuning uchun ham uni qanday rivojlantirish masalalari jamiyat va xalq oldida ko'ndalang bo'lib turibdi. Shu bilan bir qatorda , ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi transport tizimida raqamli texnologiyalardan eng ko'p qo'llanilayotganlaridan biri, blokcheyn texnologiyasining transport sohasini rivojlantirish strategiyasining ba'zi bir yo'nalishlari mualliflar nuqtai-nazaridan muhokama qilinadi.
Hozirgi kunda, butun dunyoda blokcheyn texnologiyasi jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy sohalarida keng qo'llanilmoqda. Blokcheyn texnologiyasi transport sohasida katta burilish yasadi. Xususan bu sohada, Blokcheyn texnologiyasi quyidagi funksiya asosida ish olib boradi:
1.Blokcheyn- ma'lumotlar yoziladigan va saqlanadigan bloklardan tashkil topgan ma'lumotlar bazasi - bloklar;
2.Tarqatilgan ma'lumotlar ro'yxatga oluvchisi
Tashish jarayonining ishtirokchilari o'rtasidagi aloqani optimallashtirish
3.Xavfsizlik va ochiqlik -tarqatish va markazsizlashtirish
- yuqori darajadagi xavfsizlik
- mutlaq shaffoflik
- yozilgan ma'lumotlarni o'zgartirishning mumkin emasligi
4.Bloklar zanjiri
Mijozga xizmat ko'rsatishni so'rashdan to tovar mijozga kelguniga qadar bajarilgan operatsiyalar haqidagi barcha ma'lumotlarni saqlash.
5.Giperledger Blockchain platformasi
Ma'lumotlarning ishonchliligiga ta'sir qiladigan yo'qotishlar va ma'lumotlarning buzilishini kamaytirish, ularni uzatish va qayta ishlash jarayonini boshqarish
1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 dekabrdagi 2019 yil uchun eng muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi
1-rasm Transport tizimida blokcheyn texnologyasining qo'llanilishi- temir yo'l tizimi misolida.
Transport sohasi va barcha iqtisodiy tarmoqlarda xavfsizlikni ta'minlash uchun xuddi shunga o'xshash kriptografik algoritmlar va dasturlar ishlab chiqilmoqda. Kriptografik algoritmlarda hisoblash masalasi murakkabligi va kriptoanalitiklar tomonidan tahlil qilinishi natijasida algoritmlarga nisbatan shubhalar kelib chiqmoqda. Bu muammolarni yechish yangi zamonaviy konfedentsialligi va kriptomustahkamligi yuqori bo'lgan kriptoalgoritm yoki himoya tizimi zarurligi ko'pchilik mutahasislar tomonidan aytilmoqda. Bu turdagi masalalarni yechishda blokcheyn texnologiyasini
л
qo'llash bo'yicha ko'pgina mulohazalar keltirilmoqda. Endi, biz quyidagicha blokcheyn texnologiyasining ijtimoiy,iqtisodiy, siyosiy sohalarga qo'llashning asosiy bosqichlarini ko'rib chiqamiz. Masalan, blokcehyn texnologiyasidan keng foydalanishga o'tgan Rossiya misolida ko'radigan bo'lsak:
1. Yuk mashinlarini tashish va ularning ma'lumotlar bazasini raqamlashtirish va standartlarini yaratishda blokcheyndan foydalanish.
2. Ro'yhatga olishda "ro'ygat kitobi" sifatida tarixiy hujatklarni saqlashdagi afzaliklarga egaligi.
3. Rossiya amaliyoti "Platon tizimi" ni ishlab chiqdi va dastlab bu yuk mashinalari
"3
uchun qo'llanila boshlandi .Unda asosan mashinalarning yuk sig'imi, vaqt oralig'i va uning iqtisodiyotga ta'siri masalalari o'rganib chqila boshlandi.
2 Raximberdiyev Quvonchbek Baxtiyorovich Blokcheyn texnologiyasining ishlash printsipi va qo'llanilishi,maqola .
3 Григорьев М. Н., Уваров С. А. Система" Платон" как первый шаг в организации логистического управления дорожным движением на территории России //Инновационная наука. - 2016. - №. 3-1 (15).
2-rasm. Xalqaro transport tizimida tranzit yuk tashishni kuzatib borish uchun blokcheyn texnologiyasidan foydalanish.
Ilova (1) da ko'rsatilishicha , ushbu loyihaning maqsadi-kuzatuv va prognozni ta'minlash uchun Xitoy-Yevropa xalqaro yuk tashish ishtirokchilari o'rtasida yagona axborot makonini yaratish.
XULOSA
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, blokcheyn texnologiyasining qo'llanilishi bugungi kunda transport tizimida yuqori daraja himoyalanishga olib kelmoqda. Albatta bu yuqorida keltirilgan mulohazalarning qo'llanilishi natijasida amalga oshirilib kelinmoqda. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda, blokcheyn texnologiyasining qanchalik murakkab strukturaga ega ekanligining guvohi bo'ldik. Blokcheyn texnologiyasi transport iqtisodiyoti uchun eng so'nggi va eng ishonchli algoritm sifatida e'tirof etilmoqda .Blokchayn texnologiyasi transport sohasida turli xildagi ko'z bo'yamachiliklar, soxta hosob kitoblar va turli aldovlardan xolis bolgan sof iqtisodiy tizim ishlab chiqish uchun asos vazifasini bajaradi. Bu texnologiyaning eng yutuqli tomonlaridan biri shundaki undagi ma'lumotlar zanjirining mustahkam tuzilganligi va mustahkam himoyaga ega ekanligidadir. Bugubgi kunda ushbu texnologiyadan foydalanish rivojlangan mamalakatlar qatori O'zbekiston temir yo'l tarmog'i va logistika tizimida ishlab chiqarishga keng tadbiq etib kelinmoqda .
REFERENCES
1. Д.Е. Намиот, О.Н. Покусаев, В.П. Куприяновский, А.В. Акимов Приложения блокчейн на транспорте International Journal of Open Information Technologies ISSN: 2307-8162 vol. 5, no.12, 2017
2. Raximberdiyev Quvonchbek Baxtiyorovich Blokcheyn texnologiyasining ishlash printsipi va qo'llanilishi,maqola
3. Blockchain: The Futureof Supply Chain Operations. https://en.paperblog.com/blockchain-the-future-of-supply-chainoperations-1638444/ Retrieved: Oct, 2017
4. Григорьев М. Н., Уваров С. А. Система" Платон" как первый шаг в организации логистического управления дорожным движением на территории России //Инновационная наука. - 2016. - №. 3-1 (15).
5.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 dekabrdagi 2019 yil uchun eng muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi.