Научная статья на тему 'TRАNSFORMАTSIYA LINGVISTIK TUSHUNCHA SIFATIDA'

TRАNSFORMАTSIYA LINGVISTIK TUSHUNCHA SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
554
68
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Transformatsiya / Leonard Blumfild / strukturalizm / Z. Xerris / transforma / N. Xomskiy / transformatsion metod.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Eshboyeva Oysanam Soxatmurotovna

Ushbu maqolada transformatsiyaning tilshunoslikdagi o’rni uning oʼziga xos xususiyatlari haqida maʼlumot berilgan. Shu bilan bir qatorda transformatsiyaning vujudga kelishiga bevosita turtki boʼlg

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TRАNSFORMАTSIYA LINGVISTIK TUSHUNCHA SIFATIDA»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

TRANSFORMATSIYA LINGVISTIK TUSHUNCHA SIFATIDA

Eshboyeva Oysanam Soxatmurotovna,

SamDChTI "O 'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi o'qituvchisi

Annotatsiya. Ushbu maqolada transformatsiyaning tilshunoslikdagi o 'rni uning o'ziga xos xususiyatlari haqida ma'lumot berilgan. Shu bilan bir qatorda transformatsiyaning vujudga kelishiga bevosita turtki bo'lgan distributiv tahlil metodi va bevosita ishtirokchilar metodlari haqida ham to'xtab o'tilgan.

Kalit so'zlar. Transformatsiya, LeonardBlumfild, strukturalizm, Z. Xerris, transforma, N. Xomskiy, transformatsion metod.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7526111

Аннотация. В данной статье представлена информация о понятии трансформации и ее особенностях. Кроме того, были кратко рассмотрены метод дистрибутивного анализа и методы непосредственных участников, которые являются непосредственным толчком к трансформации.

Ключевые слова. Трансформация, Леонард Блумфилд, структурализм, З. Харрис, трансформация, Н. Хомский, трансформационный метод.

Annotation. This article provides information about the concept of transformation and its specific features. In addition, the method of distributive analysis and the methods of direct participants, which are the direct impetus for the transformation, were briefly discussed.

Key words. Transformation, Leonard Bloomfield, structuralism, Z. Harris, transform, N. Chomsky, transformational method.

Transformatsiya so'zi bir holatdan boshqa bir holatga aylantirishni anglatadi. Tilshunoslikda transformatsiya deb tilga xos tub, markaziy qurilmani til qonun-qoidalari asosida o'zgartirib, ikkilamchi qurilma hosil qilish usuliga aytiladi1.

Transformatsiya tushunchasi dastavval tilshunoslik tarixida amerikalik olimlar tomonidan o'tgan asrning 50-yillarida o'rganila boshlangan bo'lib, ushbu tushunchaning keng iste'molga kirishiga deskriptiv tilshunoslikning vakili va asoschisi Leonard Blumfildning "Til" nomli asarida keltirilgan strukturalizmning shakllanishiga asos bo'lgan g'oyalar sabab bo'lgan deyish mumkin . L.Blumfild garchi transformatsion metod haqida alohida tadqiqotlar olib bormagan bo'lsa ham, yuqoridagi asarida transformatsiya termini haqida fikr yuritganligini guvohi bo'lamiz. Transformatsiya tushunchasi strukturalistlar tomonidan tom ma'noda sintaktik strukturalarga nisbatan qo'llanilgan edi va bugungi kunda ham mazkur tushuncha, asosan, gapning sintaktik

1 Mamatqulov S. O'zbek tilida predikativ sintagmaning transformatsiyasi, T., Universitet. 1998

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

strukturasining tahlilida samarali qo'llanilmoqda. Fikrimiz dalili sifatida quyidagi nufuzli manba "Lingvistik entsiklopedik lug'at"da berilgan transformatsion metod ta'rifini keltiraylik: "Transformatsion metod - bu nisbatan kichik strukturalardan katta strukturalarni hosil qilishga asoslangan gapning sintaktik shaklini vujudga keltiruvchi metod sanaladi". Bu jarayonda muayyan sintaktik qurilma zamirida hosila vujudga keladi. Ammo transformatsiyaning shartiga ko'ra, hosila strukturaning ma'no ifodasi oldingi qurilmaning mazmuni bilan mushtarak bo'lmog'i kerak.

Transformatsion metod distributiv (qurshov) metodning zaif tomonlarini to'ldirish maqsadida joriy qilingan bo'lib, u bevosita ishtirokchilar metodini ham o'z ichiga oladi. Transformatsion metodning lingvistik mohiyati dastlab amerikalik olim Z.Xerris tomonidan mukammal yoritib berildi. Olim transformatsiya jarayonida hosila gap asoslanayotgan qurilmani yadroviy struktura deb ataydi. Z.Xerris hosila gap, ya'ni transforma bilan yadroviy gapning leksik birliklari bir xil bo'lishi lozimligini alohida ta'kidlaydi. Masalan: Talabalar kitobni o'qishdi. Kitob talabalar tomonidan o'qildi. Talabalarning kitobni o'qishi.

Ayni paytda oldingi gap asos, uning transformasi esa hosila gap sanaladi. Ko'rinib turibdiki, har bir gapda deyarli bir xil leksik vositalar qatnashmoqda. Bundan tashqari, mazkur gaplarda ma'no mushtarakligi to'liq saqlanmoqda. Ammo Z.Xerris transforma bilan asos gap o'rtasidagi mazmuniy munosabatni aniqlash oson emasligini ham alohida ta'kidlaydi. Olim transformatsiyaning qo'llanish doirasi faqat sintaktik qurilmalar ekanligini, chunki har bir birlikning o'ziga xos qurshovi muayyan qurilmaga munosabati nuqtai nazaridan xarakterlanishi lozimligini ta'kidlaydi. Boshqacha aytganda, asos gapdagi ba'zi so'zlar transformada sintaktik vositalar bilan almashtirilishi mumkinligi eslatib o'tiladi. Biroq mazkur jarayonda transforma bilan asos gapning ma'no salmoqlari bir xil bo'lmog'i lozim. Shu bois yuqorida aytib o'tilgan transformalarning leksik birliklari keskin farqlanmasligi haqidagi Z.Xerrisning fikrini nisbiy tushunamiz. Boshqacha aytganda, bu o'rinda olim transformalar leksik birliklarning bir qurshovda kela olishini ko'proq nazarda tutmoqda. Bu juda muhimdir, zotan, transformatsiya distributiv va BI metodlarining davomi sifatida shakllandi.

Transformatsion metodning joriy etilishi uning distributiv va BI metodlarining zaif tomonlarini bartaraf etdi va jahon tilshunosligida katta obro' qozondi. Lekin bu bilan transformatsion metod distributiv va BI tahlil metodlarini to'liq inkor etadi, degan xulosaga bormaslik kerak. Chunki transformatsion metod ularning barcha ijobiy tomonlarini to'liq qamrab oladi va amalda ularning mantiqiy davomi hisoblanadi. Buni ko'proq N.Xomskiyning transformatsion grammatikasida kuzatamiz. Bugungi kunda transformatsion grammatika qoidalari matematik lingvistika, kompyuter texnikasi kabi sohalarda qo'llanilayotganligi transformatsiyaning ayni paytda ham o'ta kerakli nazariya bo'lib qolayotganidan dalolat beradi. Buning asosiy sababi shundaki, transformatsiya jarayonida transformalar shakllanishi invariantlik tushunchasiga asoslanadi va har bir transforma grammatik jihatdan to'liq shakllangan bo'lishi asosiy shartlardan birini tashkil etadi.

Albatta, transformatsiya statik xarakterli emas, balki dinamik xarakterlidir. Dinamik xarakter tushunchasi statik xarakter tushunchasiga qaraganda ancha murakkabdir, zotan, u tilning taraqqiyotinigina emas, balki uning amalda qo'llanishini ham taqozo etadi. Bu juda muhimdir. Chunki tilning amalda qo'llanilishi jarayonida lingvistik va ekstralingvistik omillarning barchasi

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

o'zaro kesishadi. Aynan ana shu jarayonda yadroviy strukturalarning hosila strukturalarga aylanishi nutqning shakllanishi uchun samarali xizmat qiladi. Bu esa, o'z navbatida, transformatsiyaning yaratuvchilik xususiyatini ko'rsatadi.

N.Xomskiyning transformatsion grammatikasida hosila strukturaning shakllanishida yadroviy struktura asosida yuzaki sintaktik struktura voqelanishi masalasiga jiddiy e'tibor qaratiladi. Bu nuqtai nazardan N.Xomskiyning g'oyalari amerika strukturalizmi g'oyalaridan keskin farq qiladi. N.Xomskiyning transformatsion grammatikasining kuchi shundaki, uning yordamida har bir gapning, har bir so'z birikmasining strukturasi alohida vakuumda emas, balki shu doirada qo'llanilayotgan boshqa gaplar va so'z birikmalari bilan uzviy munosabatda olib tekshiriladi. Buning ahamiyati katta, chunki til sistemasining nutqda qo'llanilishi ana shunday vaziyat bilan o'ta bog'liqdir. Darhaqiqat, tilning dinamik xususiyatini birinchi navbatda gap vositasida ko'ra olamiz. Shuning uchun bo'lsa kerak, N.Xomskiy tilning asosiy birligini fonema yoxud morfemalarda emas, balki gapda ko'radi. Olim gap xususidagi mulohazalarini uning abstrakt birliklardan tashkil topib, hosila qurilmalarni shakllantirishi va bu jarayonda qat'iy qoidalarga asoslanishi lozimligini har safar o'z tadqiqotlari kun tartibiga qo'ygan. Boshqacha aytganda, N.Xomskiyning transformatsion grammatikasi matematik lingvistikaning asosida yotadi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Shuni ham aytish lozimki, transformalar paradigmasini tashkil etuvchi sintaktik strukturalar nafaqat elementar gaplarni, balki so'z birikmasini, murakkab sintaktik qurilmalarni taqozo etishi ham mumkin. Fikr isboti uchun quyidagi misolga murojaat etaylik: Insoniyat paydo bo'libdiki, shu savol ustida bosh qotiradi (O'.Hoshimov. Daftar hoshiyasidagi bitiklar).

Berilgan misol murakkab sintaktik qurilmani taqozo etmoqda (an'anaviy qo'shma gapni). Agar uni transformatsiyaga tortadigan bo'lsak, quyidagi paradigma shakllanadi:

1. Insoniyat paydo bo'ptiki, shu savol ustida bosh qotiradi.

2. Paydo bo'lganidan buyon insoniyat shu savol ustida bosh qotiradi.

3. Shu savolinsoniyatning boshini upaydo bo'lganidan beri qotiradi.

4.Paydo bo'lganidan beri insoniyatning shu savol ustida boshi qotishi.

Ko'rinadiki, berilgan murakkab sintaktik qurilma ayni paytda murakkab gap, so'z birikmasi va yana murakkab sintaktik qurilma maqomidagi sintaktik strukturalarga transformatsiya qilinmoqda. Albatta, mazkur transformalarning har biri ortida o'ziga xos situatsiya turmoqda. Boshqacha aytganda, har bir transforma muayyan til orti vaziyati bilan bog'lanmoqda. Biroq transformalar mazmuniy jihatdan mushtarak ekanligini ko'ramiz. Demak, ayni paytda transformalarning barchasi yagona situatsiya ifodasini bermoqda. Agar ularning har biri alohida situatsiyaga bog'lanadigan bo'lganida, transformalar paradigmasi vujudga kelmagan bo'lardi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Блумильд Л. Язык. - М., 2002.

2. Tatyana Bushuy, Shahriyor Safarov. Til qurilishi: tahlil metodlari va metodologiyasi. «Fan» nashriyoti. Toshkent. 2007 y. 191 bet.

5. N.Turniyozov. Xorijiy mamlakatlar Lingvistik nazariyalari. Samarqand - 2007. 59-b.

6. X.Xayrullayev. Umumiy tilshunoslik. Uslubiy tavsiyalar. - Samarqand: SamDChTI nashri, 2007, 48 bet.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

7. SHIRINBOYEVNA, M. D. Basic Features Of Advertising Language. JournalNX, 6(10), 325330.

8. Халова, М. (2020). Модерн шеърда метафорик тафаккур тарзи. Иностранная филология: язык, литература, образование, (1 (74)), 33-38.

9. Abdurakhimovna, A. H. (2018). ACQUIRING PROFICIENCY IN CREATING SYMBOLS AND LITERARY ART IN GADOI'S POETRY. Zbior artykulow naukowych recenzowanych., 274.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.