Научная статья на тему 'TRANSFORMATSION JARAYONLAR VA UNING IQTISODIY KONSTITUTSION ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH'

TRANSFORMATSION JARAYONLAR VA UNING IQTISODIY KONSTITUTSION ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
36
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
QAYTA TARKIBLANISH / DIVERSIFIKATSIYA / RENTABELLIK / BALANS / TEXNOLOGIK TIZIM / AUDITORLIK TEKSHIRUVI / STRATEGIYA / ASOSIY FONDLAR / POTENSIAL IMKONIYATLAR / MARKETING

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — O‘Razaliyev F.B.

Maqolada sanoat korxonalarini diversifikatsiyalash maqsadida uning asosiy usullari va bosqichlari keltirilgan, shuningdek, mazkur jarayonni differensial ravishda boshqaruv organlari tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVEMENT OF TRANSFORMATION PROCESSES AND ITS ECONOMIC CONSTITUTIONAL BASIS

The article describes the main methods and stages of diversification of industrial enterprises, as well as the mechanisms of differentiated support of this process by the authorities.

Текст научной работы на тему «TRANSFORMATSION JARAYONLAR VA UNING IQTISODIY KONSTITUTSION ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH»

O'Razaliyev F.B.

Jizzax Politexnika instituti "Muhandislik va kompyuter grafikasi" kafedrasi assistenti

TRANSFORMATSION JARAYONLAR VA UNING IQTISODIY KONSTITUTSION ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Annotatsiya. Maqolada sanoat korxonalarini diversifikatsiyalash maqsadida uning asosiy usullari va bosqichlari keltirilgan, shuningdek, mazkur jarayonni differensial ravishda boshqaruv organlari tomonidan qo 'llab-quvvatlash mexanizmlari bayon qilingan.

Kalit so'zlar: Qayta tarkiblanish, diversifikatsiya, rentabellik,balans, texnologik tizim, auditorlik tekshiruvi, strategiya, asosiy fondlar, potensial imkoniyatlar, marketing.

O'Razaliyev F.B. assistant

"Engineering and Computer Graphics" department

Jizzakh Polytechnic Institute

IMPROVEMENT OF TRANSFORMATION PROCESSES AND ITS ECONOMIC CONSTITUTIONAL BASIS

Annotation. The article describes the main methods and stages of diversification of industrial enterprises, as well as the mechanisms of differentiated support of this process by the authorities.

Keywords: Restructuring, diversification, profitability, balance sheet, technological system, audit, strategy, fixed assets, potential opportunities, marketing.

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, havfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik muhitini ta'minlash uchun muhim poydevor bo'ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro'yobga chiqarishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratdi. Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo'yicha ustuvor yo'nalishlarni amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni bilan "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi

bo'yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI" qabul qilindi. Unga ko'ra III ustuvoг yo'nalish qilib iqtisodiyotni rivojlantirish va libeгallashtiгishning ustuvor yo'nalishlaгida, ya'ni taгkibiy o'zgaгishlaгni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish belgilandi.[1]

Tuгli xo'jalik yuгituvchi sub'ektlarning strategik rivojlanishini inobatga olgan holda, uning faoliyatini diversifikatsiyalashni amalga oshirishga quyidagicha yondashish mumkin:

Birinchi bosqich. Korxonani kompleks tadqiq etish, u quyidagilami o'z ichiga oladi:

- korxona, uning tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv tizimining umumiy tavsifi;

- korxonaning mol-mulkini aniqlash, korxona asosiy fondlarining ahvolini inventarizatsiya qilish, ulardan foydalanish samaradorligi;

- korxonaning moliyaviy ahvolini tahlil qilish;

- ishlab chiqarish faoliyati xaгajatlaгini o'гganish (tovaгlaг, isЫar va xizmatlarning foyda keltirish darajasini tahlil qilish);

- uning zahiraviy, shuningdek, mehnat potensiali bo'yicha iqtidorli imkoniyatlaгini o'rganib chiqish.

Ikkinchi bosqich. Raqobat muhiti va korxonaning tovar bozorlaridagi mavqeini tahlil qilish va baholash, u quyidagilami o'z ichiga oladi:

- tovaming maгketing tadqiqotini o'tkazish;

- korxona marketingi sohasidagi tadqiqotlar.

Uchinchi bosqich. Korxonani rivojlantirish strategiyasi va uni moliyaviy sog'lomlashtirish biznes-rejasini ishlab chiqish, u quyidagilami o'z ichiga oladi:

- korxonani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish;

- korxona faoliyati strategiyasini shakllantirish (ishlab chiqarish turlari, ta'minot-sotish, ishlab chiqarish-texnologik, narx-navo, moliyaviy, investitsion, kadrlar va boshqa siyosatlar);

- tashkiliy-boshqaruv tizimini shakllantirish;

- islohotlar jarayonini rejalashtirish va uni boshqarish.

Yuqorida ko'rsatilgan masalalami turli yo'nalishlaгdagi konsalting firmalari yordamida hal etish kutilgan natijalarni beradi.

Ushbu ishlarning birinchi bosqichini amalga oshirishda asosiy ijrochilar sifatida auditorlar ishtirok etadi. Ularning vazifasi korxonaning moliyaviy hisobotlari undagi haqiqiy holatni qanchalik aniq aks ettirishini aniqlashdan iborat bo'ladi. Gap shundaki, ko'pincha korxonaning hisob yuritish siyosati noaniq aks ettiriladi, buning natijasida mahsulot tannarxi va foyda noto'g'ri hisob-kitob qilinadi va barcha moliyaviy ko'гsatkichlarni aniq hisoblab chiqishning imkoni bo'lmaydi. Bunday vaziyatdan chiqishning ikkita yo'li mavjud: yo auditor hisobotlarni to'liq tiklashni amalga oshiradi (lekin bu jarayon uzoq vaqt va ko'p mablag' talab qiladi, bunga korxonaning imkoniyati bo'lmasligi mumkin), yoki auditorlar hisobotlarga o'zgartishlar kiritish bo'yicha

tavsiyalar beradi, bu tavsiyalarni esa, korxonaning o'zi bajaradi. Birinchi bosqichning asosiy vazifasi iqtisodiy va moliyaviy ko'rsatkichlar asosida tovarlar, ishlar va xizmatlarga narxlar belgilashga sezilarli ta'sir ko'rsatuvchi alohida ishlab chiqarish uchastkalarini aniqlashdan iborat.

Korxona faoliyatini divesifikatsiyalash (qayta tarkiblash) ishlarining ikkinchi bosqichini amalga oshirishda menejment va marketing bo'yicha mutaxassislarga muhim rol beriladi. Bunda korxona materiallari va tegishli bozor tuzilmalarining ma'lumotlari o'rganib chiqilishi lozim. Aynan ushbu bosqichda ishlab chiqarish (xizmat ko'rsatish)ning muayyan texnologik jarayonlarida ishtirok etuvchi korxonaning rentabelsiz va past rentabelli bo'linmalariga alohida e'tibor qaratiladi, buning sabablari va ushbu bo'linmalar faoliyati samaradorligini oshirish yo'llari tahlil qilinadi.

Bu boradagi ishlarning uchinchi bosqichi eng murakkab jarayon bo'lib, u tashkiliy tadbirlar majmuining ishlab chiqilishini o'z ichiga oladi. Mazkur bosqichda korxona aktivlarining samarasiz qismini sotish, korxona tarkibidan rentabelsiz va past rentabelli ishlab chiqarishlarni ajratish, ularni davlatning imtiyozlariga ko'ra kichik toifadagi sub'ektlarga berish orqaliishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirish bo'yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Yuqorida ta'kidlanganidek, divesifikatsiyalash (qayta tarkiblash) ishlab chiqarish (xizmat ko'rsatish) samaradorligini oshirish asosida korxona biznesining qiymatini oshirishga yo'naltirilgan chora-tadbirlar majmuini o'zida namoyon qiladi. Ushbu konsepsiyaga muvofiq divesifikatsiyalash (qayta tarkiblash) tadbirini boshlash uchun mazkur korxonaning biznesini baholash zarur. Har qanday sog'lomlashtirish ishida muvaffaqiyatning yarmi to'g'ri tashxis qo'yilishiga bog'liq. Shu munosabat bilan baholash, birinchi navbatda, korxonaning tashxisi hisoblanadi.[3]

Sanoat korxonalarini diversifikatsiyalash mehnat taqsimoti va ishlab chiqarishning ixtisoslashuvini ta'minlagan holda, tovarlar, ishlar va xizmatlar ishlab chiqaruvchilari va ularni iste'mol qiluvchilarning manfaatlarini inobatga oluvchi yagona konsepsiya doirasida amalga oshirilishi lozim. Mintaqalarda diversifikatsion jarayonlarni rivojlantirish "Diversifikatsiya rivojini qo'llab-quvvatlash dasturi" tarkibiga kiruvchi maxsus ishlanmalarga asoslanishi kerak.[4]

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI" to'g'risidagiO'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7- fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. "Jizzax haqiqati" 2020-yil 25-yanvar.

3. B.B.Berkinov, M.A.Aynaqulov. "Kichik tadbirkorlik korxonalarining yirik korxonalar bilan ishlab chiqarish kooperatsiyasi " Jizzax.: 2004-114 b.

4. М.А.Айнакулов, Э.М.Абдухамидов Нормативно-правовая база интеграционных отношений хозяйствующих субъектов.//«Молодой ученый». Международный научный журнал. Спецвыпуск Джизакский политехнический институт. 2016. № 7.2 (111.2) С. 48-50.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.