Научная статья на тему 'TRANPORT LOGISTIKASINING NAZARIY JIHATLARI'

TRANPORT LOGISTIKASINING NAZARIY JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
transport logistikasi / optimallashtirish / texniktransport / multimodal / texnologik / ekspluatatsiya / transport tariflari. / transport logistics / optimization / technical-transport / multimodal / technological / operational / transport tariffs.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ergashev Jahongir Baxodirovich

Logistikaning iqtisodiy faoliyat sifatidagi bir necha o‘nlab ta’riflari mavjud. Kengroq talqin qilinsa, logistika deganda iqtisodiy tizimlarda mavjud bo‘lgan barcha turdagi oqimlarni (moddiy, inson, energiya, moliyaviy, axborot va boshqalar) boshqarish tushuniladi. Har qanday ob’ektni boshqarish avval qaror qabul qilishni va keyin uni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. Transport logistika tizimining bo‘g‘inlari orasida joylashgan va ushbu bg‘inlarni o‘zaro bog‘lovchi element bo‘lib, u moddiy va boshqa turdagi oqimni ro‘yobga chiqaruvchi operatsiyalarning aksariyati undan foydalangan holda amalga oshiriladi. Logistikada transportning muhim rol o‘ynashi logistika tizimida alohida transport logistikasi sohasining paydo bo‘lishiga olib keldi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

There are several dozen definitions of logistics as an economic activity. Broadly interpreted, logistics refers to the management of all types of flows (material, human, energy, financial, information, etc.) that exist in economic systems. Management of any object involves first making a decision and then implementing it. Transportation is located between the branches of the logistics system and is a crosslinking element of these units, which is carried out using it most of the operations that realize material and other types of flow. The important role of transport in Logistics has led to the emergence of a separate field of Transport Logistics in the logistics system.

Текст научной работы на тему «TRANPORT LOGISTIKASINING NAZARIY JIHATLARI»

II. MENEJMENT VA MARKETING TRANPORT LOGISTIKASINING NAZARIY JIHATLARI

Ergashev Jahongir Baxodirovich

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "Marketing" kafedrasi assitent-stajyori e-mail: j axongirergashev727@gmail .com

Annotasiya: Logistikaning iqtisodiy faoliyat sifatidagi bir necha o'nlab ta'riflari mavjud. Kengroq talqin qilinsa, logistika deganda iqtisodiy tizimlarda mavjud bo'lgan barcha turdagi oqimlarni (moddiy, inson, energiya, moliyaviy, axborot va boshqalar) boshqarish tushuniladi. Har qanday ob'ektni boshqarish avval qaror qabul qilishni va keyin uni amalga oshirishni o'z ichiga oladi. Transport logistika tizimining bo'g'inlari orasida joylashgan va ushbu bg'inlarni o'zaro bog'lovchi element bo'lib, u moddiy va boshqa turdagi oqimni ro'yobga chiqaruvchi operatsiyalarning aksariyati undan foydalangan holda amalga oshiriladi. Logistikada transportning muhim rol o'ynashi logistika tizimida alohida transport logistikasi sohasining paydo bo'lishiga olib keldi.

Kalit so'zlar: transport logistikasi, optimallashtirish, texnik- transport, multimodal, texnologik, ekspluatatsiya, transport tariflari,

Annotation: There are several dozen definitions of logistics as an economic activity. Broadly interpreted, logistics refers to the management of all types of flows (material, human, energy, financial, information, etc.) that exist in economic systems. Management of any object involves first making a decision and then implementing it. Transportation is located between the branches of the logistics system and is a cross-linking element of these units, which is carried out using it most of the operations that realize material and other types of flow. The important role of transport in Logistics has led to the emergence of a separate field of Transport Logistics in the logistics system.

Key words: transport logistics, optimization, technical-transport, multimodal, technological, operational, transport tariffs.

Kirish. Transport logistikasidan foydalanish tovarlarni yuklash, tashish va tushirish harajatlarini optimallashtirish, hamda yuklarni jo'natuvchi va oluvchi bilan muayyan masalalarni kelishib olish imkoniyatini beradi. Transport logistikasi korxona samaradorligini oshirishni t'inlaydigan bir qator: qadoqlash; yuklarni qayta ishlash; omborxona; ekspeditorlik; bojxona rasmiylashtiruvi; xavflardan sug'urtalash kabi maxsus funksiyalarni o'z ichiga oladi.

Buyurtma qilingan tovarlarni kerakli vaqtda, minimal harajatlar bilan kerakli joyga optimal marshrut(yo'nalish-yo'l) orqali yetkazib berilishi(harakatlanishi)ga transport logistikasi deyiladi.

Jamoat (umumiy foydalanish) transportida tovarlar harakatini tashkil etish bilan bog'liq vazifalar to'plami transport logistikasining predmetini tashkil etadi.

Umumiy holda transport logistikasi uchta asosiy yo'nalishni qamrab oladi;

- zamonaviy axborot texnologiyalari va aloqa-kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda yukning harakat yo'nalishi bo'yicha tovarlar bilan bajariladigan operatsiyalarni nazorat qilish;

- minimal moliyaviy harajatlar bilan yuklarni yetkazib berishni rejalashtirish va tashkil etish;

- yuk egasiga barcha ma'lumotlarni tezkor taqdim yetish.

Yuk tashish sohasida logistikadan foydalanish bu-tovarlarni o'z joyiga samarali yetkazib berish bo'yicha, ya'ni maksimal tezlikda va xavf-xatarsiz yetkazib berish bo'yicha maqbul qaror qabul qilishdir. Transport logistikasining asosiy tamoyillari-bu transport faoliyati bilan bog'liq harajatlarni optimallashtirish va kamaytirishdir. Ushbu tamoyillar yuklarni keng miqyosda tashishda transportning maqbul turi va tipini tanlash, harakatning optimal marshrut(yo'nalish)ini tanlash yoki ishlab chiqish, kerakli hujjatlarni sifatli va tezkor tayyorlash va rasmiylashtirish masalalarini hal qilishga asoslanadi.Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, transport logistikasining ta'rifini quyidagi shaklda ifodalash mumkin.

Transport logistikasi-bu kerakli miqdordagi tovarlarni kerakli joyga, maqbul marshrut bo'yicha, kerakli vaqtda va eng kam harajat bilan yetkazib berish usul va yo'llarin o'rganadigan logistikaning maxsus sohasidir.

Transporot logistikasining vazifalari transport faoliyatini muvofiqlashtirishning quyidagi yo'nalishlarini o'z ichiga oladi:

■ texnik- transport va logistika zanjiridagi har xil tur va tipdagi transport vositalari parametrlarining o'zaro muvofiqligi (har xil transport tur va tiplarida tashiladigan yuklarning texnik parametrlari);

■ texnologik-transport-logistika zanjiridagi barcha transport turlari va tiplpri uchun moslashtirilgan yagona transport-tashish texnologiyasidan foydalanish (ortiqcha yuklash-tushirish operatsiyalaridan voz kechish);

■ iqtisodiy- transport-logistika zanjirida yagona samarali tarif tizimini yaratish.

Transporot logistikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

• transport vositasining turi va tipini tanlash;

• transport jarayonini ombor va ishlab chiqarish jarayonlari bilan birgalikda rejalashtirish;

• multimodal(aralash) tashishda turli xil transport jarayonlarini birgalikda rejalashtirish;

• transport-ombor jarayonlarinining texnologik birligini ta'minlash;

• oqilona yetkazib berish marshrut(yo'nalishlar)ni aniqlash;

• transport-tashishning kerakli quvvatlarini aniqlash;

• ishlab chiqarish va iste'mol jarayonlari uchun yuk tashish va transport-saqlash operatsiyalarini boshqarish;

• transportai rejalashtirish va tashishni amalga oshirish.

Transporot faoliyatini muvofiqlashtirish yo'nalishlariga asosan aniqlangan transport logistikasining vazifalari 1.1-jadvalda keltirilgan.

Transporot logistikasi turli xil murakkablik va miqyosdagi turli xil vazifalarni ilmiy asosda hal qilishga imkon beradi.

1-jadval

Transport-tashish faoliyatini muvofiqlashtirish sohalari Transport logistikasining vazifalari

Texnik transport vositalari turi va tipini tanlash

yetkazib berishning oqilona marshruti (yo'nalishi)ni aniqlash

transport vositasining zarur quvvatini aniqlash

Texnologik ishlab chiqarish punktlari va iste'molchilardagi yuk tashish jarayonlari va transport-ombor operatsiyalarini boshqarish

transport-ombor jarayonlarining texnologik birligini ta'minlash

multimodal(aralash) tashishda transport jarayonini optimallashtirish

ishlab chiqarish, ombor va transport jarayonlarini muvofiqlashtirish

Iqtisodiy transport tariflarini hisobga olgan holda tashishni rejalashtirish va amalga oshirish

Transport-tashish jarayonini ombor va ishlab chiqarish jarayonlari bilan birgalikda rejalashtirish

Avtotransport faoliyatining asosiy ko'rsatkichlari

Transport logistikasining asosiy elementlaridan biri bu avtotransport. Avtotransport vositalarining ish natijalarini baholash texnik va iqtisodiy ko'rsatkichlardan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Yuk tashuvchi transport vositalarining faoliyat samaradorligini aniqlash uchun, quyidagi texnik va iqtisodiy ko'rsatkichlardan foydalaniladi[7, 6 b.]:

- bir ish kunida avtomobil parkining texnik tayyorlik koeffitsiyenti

ish kuni-am:

am= Am/Ak,

bu yerda Am-ishlashga tayyor bo'lgan avtomobillar soni; Ak-ro'yxatdagi avtomobillar soni;

- bir ish kunida avtomobillardan foydalanish koeffiitsiyenti- ab:

аъ= Ab/Ak,

bu yerda Ab-avtotransport korxonasidan ishga chiqarilgan transport vositalarining soni;

- avtomobillaridan foydalanish darajasi- af:

af= Ae/Ak,

bu yerda Ae -ishlayotgan transport vositalarining soni;

- bir ish kunida bitta mashinaning yuk ko'tarish qobiliyatidan statik foydalanish koyeffitsiyenti- у<*:

Yst = Qf /Qv ,

bu yerda Qf - haqiqatda tashilgan yuk miqdori, Qv -bu tashilishi mumkin bo'lgan yuk miqdori;

- bir ish kunida bitta mashinaning yuk ko'tarish qobiliyatidan dinamik foydalanish koeffitsiyenti- yd:

rd = Rf/Rv,

bu yerda Rf haqiqiy bajarilgan transport ishi, Rv bajarilishi mumkin bo'lgan transport ishi;

- kilometr(probeg)lardan foydalanish koefitsiyenti p,

P = lyub/lu,

bu yerda lyub-yuk bilan yurilgan kilometr, lu-umumiy kilometr;

- umumiy kilometr lu:

Lu = lo 1 + lyub + lx + lo 2 , bu yerda l0 1-birinchi nolovoy kilometr, lyub-yuk bilan yurilgan kilometr, lx -xolostoy kilometr(probeg), l0 2 -ikkinchi nolovoy kilometr;

- o'rtacha tashish masofasi lo', km:

Lo' = IR/IQ. bu yerda R -transport ishi, Q -tashish hajmi;

- texnik tezligi vm, km / soat:

vm = lu /t

bu yerda t -harakat vaqti;

- ekspluatatsiya tezligi uex, km / soat:

uex = lu /Tn,

Tn-naryad vaqti;

- tashishlar soni nt:

nt = Tn/tu,

bu yerda tu-bitta tashishga sarflangan vaqt;

- yuk bilan bir reys vaqti:

teg = lyu/p vm + tn-p, bu yerda tn_p -yuklash va tushirish paytida avtomobilning bo'sh vaqti. Shuningdek transport faoliyatini baholash uchun boshqa ko'rsatkichlardan ham foydalanish mumkin

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.

1. M.Z. Musajonov. Avtotrasport tarmog'i korxonalarini loyihalash. Darslik. - T.: 2011.-239 bet.

2. L.B.Mirotin. Trasportnaya logistika. M.: Ekzamen, 2003.-512str.

3. G.N. Umarova. Logistika. O'quv qo'llanma. - T.: 2016.-257 bet.

4. Contribution of Transportation to the Economy: Final Demand Attributed to Transportation. https:// data. bts. Gov / stories / s / Transportation-Economic-TrendsContributionof-Tra/pgc3 -e7j9 /.

5. Donald C. & Waters J., 2003. Logistics: an introduction to supply chain management, Palgrave Macmillan, p.354

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.