Научная статья на тему 'TOZALIK VA OBODLIK KO’NGILDAN BOSHLANADI'

TOZALIK VA OBODLIK KO’NGILDAN BOSHLANADI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
9
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Konstititsiya / qonun / huquq / yoshlar / ekologik tarbiya / ekologik huquqbuzarlik / javobgarlik / imkoniyat / burch / majburiyat / ilm / kasb / mehnat / intellektual / sog‘liqni saqlash.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Xolmurodova Oygul Nuriddinovna

Mamlakatimiz aholisining o’sishi, ilm, fan, texnika, ishlab chiqarishni shiddat bilan rivojlanishi, tabiiy resurslardan foydalanish meyyorlarining buzilishi qator jiddiy ekologik muommolarga olib kelmoqda. Bu borada yoshlarimiz qolaversa barcha fuqorolarimizning ekologik madaniyati darajasi tushib ketganligidan dalolat beradi. Uning uchun davlat tamonidan o’rnatilgan meyyoriy hujjatlar bilan tanishtirishni hamda ekologik huquqbuzarlik, javobgarlik tushunchalarini oiladan boshlab o’rgatishni qolaversa barcha ta’lim maskanlarida o’qitishni kengroq joriy etish , jamoatchilik nazorati faoliyatini qo’llab quvvatlash har qachongidan ham dolzarb vazifaga aylandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TOZALIK VA OBODLIK KO’NGILDAN BOSHLANADI»

TOZALIK VA OBODLIK KO'NGILDAN BOSHLANADI Xolmurodova Oygul Nuriddinovna

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentli tizimidagi Olmazor Ixtisoslashtirilgan maktabi Tarbiya, va ijtimoiy fanlar uslub birlashmasi rahbari, tarix va huquq fani o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10885852

Annotatsiya. Mamlakatimiz aholisining o'sishi, ilm, fan, texnika, ishlab chiqarishni shiddat bilan rivojlanishi, tabiiy resurslardan foydalanish meyyorlarining buzilishi qator jiddiy ekologik muommolarga olib kelmoqda. Bu borada yoshlarimiz qolaversa barcha fuqorolarimizning ekologik madaniyati darajasi tushib ketganligidan dalolat beradi. Uning uchun davlat tamonidan o'rnatilgan meyyoriy hujjatlar bilan tanishtirishni hamda ekologik huquqbuzarlik, javobgarlik tushunchalarini oiladan boshlab o'rgatishni qolaversa barcha ta 'lim maskanlarida o'qitishni kengroq joriy etish , jamoatchilik nazorati faoliyatini qo'llab quvvatlash har qachongidan ham dolzarb vazifaga aylandi.

Kalit so'zlar: Konstititsiya, qonun, huquq, yoshlar, ekologik tarbiya, ekologik huquqbuzarlik, javobgarlik, imkoniyat, burch, majburiyat , ilm, kasb, mehnat, intellektual, sog'liqni saqlash.

.......v, yerga tashlagan yelim idishingni axlat idishgga tashla!-degan so'zimga, -ye ustoz,

farrosh nima ish qiladi?-deb gapirib qoldi o'quvchim . Axir u shu xonani tozalash uchun oylik oladi-ku, ungayam ish qolsin: degan norozi fikrini eshitdim. Uyingning ozodaligi va oila a'zolarining sog'ligini o'ylagan onangga ham shunday qilgan bo'larmiding! Shu sinfning tozaligi , seni , qolaversa barcha sinfdoshlaring so'g'ligini o'ylagan onang qatori farrosh ayolga qilayotgan bu munosabating adolatdanmi? O'z hatti-harakatingni taroziga qo'yginda keyin javob bergin. Bir oz o'ylanib qolgan o'quvchi: Uzr ustoz, meni kechiring, deb idishni axlat idishga tashladi. Barakalla , doim o'zingga shunday tanqidiy qarashga o'rgan. Biron ish qilishingdan oldin hatti-harakatingni taroziga solgin. O'zgalar mehnatini qadrlashga bil. Ho'p, ustoz!: deya o'quvchi o'z ishidan uyalibmi, sinf xonasidan tashqariga otilib chiqib ketdi.

Har safar ko'cha-kuyda yoki sinf xonalarini tozalayotgan ayollarni ko'rsam, onam esimga tushadi. Onam 18 yil davomida maktab oshxonasida oshpaz, kutubxonachi va farrosh vazifasida ishlaganlar. Otam xo'jalikda yuqori lavozimda ishlasalarda "Ishlab nima qilasan?, Uyda o'tir" desalar, "Bolalarim ko'z o'ngimda bo'ladi" deb ishlashda davom etardilar. Aslida esa maktabni a'lo baholarga tugatgan bo'lsada ,o'qituvchi bo'lolmagan onam "maktabning nimasidir o'ziga tortar edi" deydi. Ularning yoshligi qishloqda o'tganligi, qizlarning shaharlarda o'qishi o'sha paytlarda fojea hisoblanishini, shaharlardagi oliy o'quv yurtlariga tahsil olishga yuborishmasligini, onam xatto o'z qishlog'idan o'qish uchun shaharga qochib borgan qizning ortidan akasi "bizni nomusga qo'yding "dep pichoqlab ketganligi haqida achinib, gapirib berardilar. Hamda onam voyaga yetib qolgan ukalarini o'ylab , o'qituvchi bo'lish orzusini ota-onasidan yashirishga majbur bo'lgan ekan. Ushalmagan orzusi sababmi onam maktabga har qanday ishni hususan farroshlikni ham hech og'rinmay bajarar edilar. Darsdan so'ng maktabga onamga qarashgani borar edim. O'gir- o'gir qo'shilib ketgan ikki o'rindiqli partalarni ko'tarar, qishin- yozin sovuq suvda pol artar edilar. Esimda maktab bo'gi yonidan anhor oqib o'tardi . Qishda bu anhor muzlab qolganda suv olish uchun , muzni yorib suv tashirdilar. Yozning jazirama issig'ida maktab hovlisining ajrig'ini chopish deysizmi, qishda qor kurash deysizmi barchasini beminnat bajarardilar. Hozir onam 70 yoshda. Farzand bo'lib sog'inib ko'rgani borar ekanman, tomirlari tortishib akashak bo'lib

qoladigan oyoq-qo'llarini , opperatsiya qilingan bolsalarda o'grishda davom etayotgan bellarini silab , dardiga darmon bo'lishni istayman. Olti nafar farzandlarini oliy ma'lumotli qilaman deb ziyon-zahmat chekib oq tushgan sochlarini va ajin tushgan peshonalarini silab , qani endi o'sha paytlarda ularni ko'proq asrab- avaylaganimda, bunchalik hozirda qiynalmasmidi, deb o'zimni aybdor his qilaman. Qordek oppoq sochlaridagi qirov, peshonalaridagi ajin va orttirilgan dard-bizni hozirda to'kin va hotirjam yashashimiz evaziga kelgan onamdan butun umr minnatdorligimni bildiraman.

Ko'cha -kuyda va jamoat joylarida yerga tashlangan har qanday axlatni ko'rib ta'bingiz xira bo'lishi tayin. Negadir atrofimizdagi insonlar atrof- muhitning ifloslanishiga tobora bee'tibor va loqayd bo'lib bo'rmoqda. Ekologik muommolar: ob-havo, yer, suvning ifloslanishi, Orol muommosi, ozon qatlamining yemirilishi, hayvonot va o'simliklar olamiga jiddiy zarar berishi...biz yashab turgan jamiyatda jiddiy havf tug'dirmoqda. Konstitutsiyamizning 62-moddasida "fuqorolarning atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburiyligi"ni hamma bilsada, har joyda pista po'choq, g'ijimlangan qog'ozlar va elim idishlarning sochilib yotishi va bu holat odatiy holga aylanib borishi davom etmoqda. Vaholanki nafas olib turgan havoyimiz , ichib turgan suvimiz va oziqlanib turgan nozu-ne'matimiz shu tabiatimiz , ona yerimiz mahsuli ekanligini va uni ifloslantirayotganligini hamma biladi. Dinimizning muqaddas kitobi "Qur'oni karim"da Alloh taolo dengiz, daryo va ariqlarni ifloslantirmaslikka buyurgan. Aks holda baliqlar ham noz-ne'mat o'rniga zaharli moddalarga aylanishini ogoh etib, "U sizlar uchun Yerni "poyandoz", osmonni "bino" qilib qo'ydi va osmondan suv tushirib, u sababli sizlarga rizq sifatida mevalar (mevali daraxtlar)ni undirdi. Bas, bilib turib, Allohga (ibodatda) boshqalarni (soxta ma'budalarni) tenglashtirmangiz!" (Baqara surasining 22-oyati)."Biz osmondan (aniq) o'lchov bilan suv (yomg'ir, qor) yog'dirib, uni yerga joylab qo'ydik va Biz uni ketkazishga ham, albatta, qodirdirmiz"( Mu'minun surasining 18-oyati) deyilgan.

Arboblarimiz: "Ilm sahroda do'st, hayot chorrahalarida tayanch, yolg'iz damlarda yo'ldosh, bahtiyor daqiqalarda rahbar, qayg'uli onlarda madadkor, odamlar orasida zebu - ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda quroldir", deganlar. Darhaqiqat ekologik madaniyat ham bu-ilmdir. Ushbu ilmni berish dastlab oiladan, ya'ni farzand tarbiyasidan boshlanadi. Farzandlarimizga nima qilish mumkinu, nima qilish mumkinmasligini tushuntirishda qator xatoliklarga yo'l qoymoqdamiz.Ularga atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda emas, qopollarcha munosabatda bo'layotganimizni to'g'ri tushuntira olmayapmiz. Farzandlarimizni asrab-avaylayapmizu, ularni mehnat qilishga emas, hatto o'zgalar mehnatini qadrlash ko'nikmasini shakllantirishda ham oqsayapmiz. Nima qilish kerak? Avvolo,o'zimiz namuna bo'lishimiz, kerak. Mavjud amaldagi qonun manbalari bilan tanishtirish, ekologik huquqbuzarliklar uchun davlat nazoratining o'rnatilganligi, hamda ekologik huquqbuzarlik uchun javobgarlik mavjudligini tushuntirishimiz kerak.

Tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish va uni asrab-avaylash, ekologik muommolarni oldini olish hamda yechimi topishda amaliy harakatlar 2023-yil 30-aprel kuni o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyamizning qator moddalarida kengroq yoritildi. Va bu 2023 yil 30 aprelgacha amalda bo'lgan Konstitutsiyamizdagi o'rnatilgan meyyoriy moddalarga nisbatan ko'lami oshganligini bildiradi. Yangi Konstitutsiyamiz asosida qator qonun hujjatlarga o'zgartirishlar kiritildi. Ekologik huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi. Masalan amaldagi konstitutsiyamizni IX bobi "Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik

huquqlar" deb nomlanadi . Unda 49-modda amaldagi Konstititsiyamiz uchun fuqorolarning yangi huquqlari sifatida kiritilgan. Unga ko'ra:

Har kim qulay atrof-muhitga, uning holati to'g'risidagi ishonchli axborotga ega bo'lish huquqiga ega.

Davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini ta'minlash va atrof-muhitga zararli ta'sir ko'rsatilishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Shaharsozlik hujjatlarining loyihalari qonunda belgilangan tartibda jamoatchilik muhokamasidan o'tkaziladi.

Davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq, atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Davlat Orolbo'yi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish hamda tiklash, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish yuzasidan choralar ko'radi.

XI bob "Fuqarolarning burchlari" bobining 61-moddasida:

Fuqarolar O'zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy merosini asrab-avaylashi shart.

Tarixiy, ma'naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy meros davlat tamonidan muhofaza qilinadi

XII bob: Jamiyatning iqtisodiy negizlari deb nomlananib, undagi 66 moddada: "Mulkdor o'ziga tegishli bo'lgan mol-mulkka o'z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak"ligi, 68 moddada: "Yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir. Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni ta'minlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk bo'lishi mumkin"ligi aytilgan.

Farzandlarimiz, yoshlarimiz qolaversa har bir fuqorolarning huquqiy va ekologik madaniyatini shakllantirishda tozalikka rioya qilishga chorlash, ifloslanishga qarshi kurashish, davlatimiz belgilangan qonun-qoidalariga itoat etish , muqaddas dinimizning ko'rsatma va tavsiyalariga amal qilish- har birimizning dasturamalimizga aylanishi lozimligini ongli ravishda tushunishimiz va ularga tushuntirishimiz ham kerak. Chunki tozalik, poklik, saranjom-sarishtalik bor joyda qut-baraka , sihat-salomatlik bo'ladi. Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.) ham o'z ko'rsatmalarida "Xonadon va uning atroflarini ozoda saqlang, zero toza va saranjom uyga baraka keladi" deganlar. Yana bir hadislarida : "Poklik kishini iymonga chaqiradi. Iymon esa, o'z egasi bilan jannatda birgadir" deganlar. . Shunday ekan biz ham tevarak-atrofni, qolaversa, butun shahrimiz, ko'cha-kuyimiz, mahallamiz qolaversa yashab turgan joyimizni ozoda tutishimiz, obo-donlashtirish sohasi xodimlari mehnatini hurmat qilishimiz kerakligini bilish ham qarz, ham farzdir deb o'ylayman.

REFERENCES

1. "O'zbekiston Respublikasi Konstitiutsiyasi" . "O'ZBEKISTON". TOSHKENT. 2023y.

2. "O'zbekiston Respublikasi Konstitiutsiyasi" . "O'ZBEKISTON" NASHRIYOT MATBAA IJODIY UYI. TOSHKENT. 2016y.

3. "O'zbekiston Respublikasining "Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida"gi qonun. 1992 yil

4. "O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risida" kodeks

5. "O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi"

6. Shayx Abdulaziz Mansur "Qur'oni karim" Toshkent. 2016yil.Baqara surasi 22oyat. 4bet. Mu'minun surasining 18-oyati- 343 bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.