Научная статья на тему 'TOVAR-MODDIY ZAXIRALAR HISOBINI MHXSGA MUVOFIQ YURITISHNING AHAMIYATI'

TOVAR-MODDIY ZAXIRALAR HISOBINI MHXSGA MUVOFIQ YURITISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
11
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
moliyaviy hisobot / moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) / tovar-moddiy zaxiralar / BHMS / investitsiya / moddiy aktivlar. / financial reporting / international standards of financial reporting (IFRS) / inventories / NSRA / investment / tangible assets.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Pashaxodjayeva D., Ikromova O.

Ushbu maqolada moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari hamda ushbu standartlardan milliy hisob tizimida foydalanishning ahamiyati, tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi milliy va xalqaro standartlar, ular o’rtasidagi asosiy farqlar, shuningdek, tovar-moddiy zaxiralarning hisobini tashkil etishning huquqiy asoslari, asosiy vazifalari va bunda xalqaro standartlardan foydalanishning ahamiyati tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF MAINTAINING INVENTORY ACCOUNTS ACCORDING TO IFRS

In this article, the international standards of financial reporting and the importance of using these standards in the national accounting system, national and international standards accounting for inventory, the main differences between them, as well as the legal basis for organizing inventory accounting, the main tasks and where the importance of using international standards is analyzed.

Текст научной работы на тему «TOVAR-MODDIY ZAXIRALAR HISOBINI MHXSGA MUVOFIQ YURITISHNING AHAMIYATI»

Pashaxodjayeva D., PhD Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti "Buxgalteriya hisobi" kafedrasi dotsenti

Ikromova O.

Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti mustaqil tadqiqotchisi

TOVAR-MODDIY ZAXIRALAR HISOBINI MHXSGA MUVOFIQ

YURITISHNING AHAMIYATI

Annotatsiya. Ushbu maqolada moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari hamda ushbu standartlardan milliy hisob tizimida foydalanishning ahamiyati, tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi milliy va xalqaro standartlar, ular o'rtasidagi asosiy farqlar, shuningdek, tovar-moddiy zaxiralarning hisobini tashkil etishning huquqiy asoslari, asosiy vazifalari va bunda xalqaro standartlardan foydalanishning ahamiyati tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: moliyaviy hisobot, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS), tovar-moddiy zaxiralar, BHMS, investitsiya, moddiy aktivlar.

Pashaxodjayeva D., PhD associate professor «Accounting.» Department Samarkand Institute of Economics and Service

Ikromova O. independent researcher Samarkand Institute of Economics and Service

THE IMPORTANCE OF MAINTAINING INVENTORY ACCOUNTS

ACCORDING TO IFRS

Abstract. In this article, the international standards of financial reporting and the importance of using these standards in the national accounting system, national and international standards accounting for inventory, the main differences between them, as well as the legal basis for organizing inventory accounting, the main tasks and where the importance of using international standards is analyzed.

Key words: financial reporting, international standards of financial reporting (IFRS), inventories, NSRA, investment, tangible assets.

Kirish

Hozirgi globallashuv jarayonida mamlakatimiz iqtisodiyoti ham jahon maydonida yuqori pog'onalami egallab kelmoqda. Xususan, mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investistiyalarni to'g'ridan-to'g'ri jalb etilishi, erkin

iqtisodiy zonalarning tashkil etilishi va faoliyat yuritishi buxgalteriya hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tashkil qilishni zarurat qilib qo'ymoqda. Hozirgi vaqtda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari tashkilotlar tomonidan tashqi foydalanuvchilar ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan buxgalteriya axborotini tayyorlashda tobora keng foydalanilmoqda. Bu holat albatta axborotni sifatini oshirish, kapital qiymatini pasaytirish, kapital bozoriga kirishni osonlashtirish kabi bir qator sabablar bilan izohlanadi. Shu sababdan ham hozirgi kunda deyarli barcha davlatlar biznes uchun yagona buxgalteriya tili hisoblangan ushbu xalqaro standartlardan o'z iqtisodiyotida foydalanishga harakat qilishmoqda.

Xususan, bu borada mamlakatimizda ham bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorning (PQ-4611, 2020) qabul qilinishi esa ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlarning normativ-huquqiy asosi bo'lib xizmat qilmoqda. Bu qarorga muvofiq, 2021-yil 1-yanvardan boshlab aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, yirik soliq to'lovchilar toifasiga kiruvchi korxonalar MHXSga muvofiq moliyaviy hisobotlarini tayyorlashi hamda bu sohada mutaxasislarni tayyorlash masalalarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishi va bu orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va boshqa masalalar bo'yicha vazifalar belgilab berilgan.

Shuningdek, 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida (PF-60, 2022) ham mamlakatimizda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini yanada oshirish, kelgusi besh yilda 120 milliard AQSh dollari, jumladan 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralari belgilab qo'yilgan.

Ushbu islohotlarni amalga oshirishda buxgalteriya hisobida MHXS dan foydalanish asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarining (MHXS) muhim mavzularidan biri bu zahiralarni baholash, ularning tannarxini aniqlash hamda moliyaviy hisobotda aks ettirish masalalari hisoblanadi. Bu 2-son MHXS "Zahiralar" bilan tartibga solinadi. Bugungi kunda zahiralarni tan olish, ularning tannarxini aniqlash, baholash hamda moliyaviy hisobotda aks ettirishga doir xalqaro standartlardagi masalalarni va bu borada ilg'or xorijiy tajribalarni yoritib berish o'ta dolzarb masalalar sirasiga kiradi.

Adabiyotlar tahlili

2-sonli BHXS ga muvofiq zaxiralar - bu:

• odatdagi faoliyat doirasida sotish uchun mo'ljallangan;

• bunday sotish uchun ishlab chiqarish jarayonida bo'lgan; yoki

• ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko'rsatish jarayonida ishlatiladigan xom-ashyo yoki materiallar shaklida bo'lgan aktivlardir.

A.E. Jminkoning (2014) fikricha "Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish buxgalteriya hisobining eng muammoli jihati hisoblanadi, chunki buxgalteriya hisobi moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari tamoyillariga o'tish tovar-

moddiy zaxiralarni to'g'ri baholashning sotilgan mahsulot tannarxiga va sof foydaga bog'liqligini nazarda tutadi."

S.N. Tashnazarov va D.D.Pashaxodjayeva (2020) o'z asarlarida "Zahiralar tannarxi (ZT) bu zahiralar xarid tannarxi (ZXT), zahiralarni qayta ishlash tannarxi (ZQIT) va boshqa overxedlar (BO) yig'indisidan iboratdir. Buni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:

ZT = ZXT + ZQIT + BO

Xalqaro standartda tannarxni aniqlashning metodlariga haqiqiy tannarxda va sotish narxida hisobga olish metodlarini qo'llanilishi ko'rsatilgan. Xalqaro tajribalarda zahiralarni baholashning hammasini identifikatsiyalash va ushbu usulni qo'llash imkoni bo'lmagan hollarda FIFO, o'rtacha qiymat, LIFO usullaridan foydalanilishi e'tirof etilgan. 16-son BHXSning yangi tahririda LIFO usuli e'tirof etilmagan»deya zaxiralarning tannarxini hisobga olish haqida keltirib o'tganlar.

Iqtisodchilar Sh.T. Ergasheva, A.K. Ibragimov, N.K. Rizayev, va I.R. Ibragimovalar (2019) o'z qo'llanmalarida TMZ larni xalqaro standartlar bo'yicha hisobga olish masalalari haqida quyidagilarni keltirib o'tadilar: "TMZ larni hisobga olishda asosiy masala bo'lib TMZlarning tannarxi qanday summada aktiv sifatida tan olinishi va ular bilan bog'liq bo'lgan daromadlar kelgusi davrlarda tan olinguncha hisobga olinishi kerakligi hisoblanadi. Ushbu standart tannarx va uning keyinchalik xarajat sifatida tan olinishi, shu jumladan, uning har qanday sof sotish qiymatigacha kamaytirilishi bo'yicha ko'rsatmalarni beradi. U, shuningdek, tovar-moddiy zaxiralarning tannarxini aniqlashda qo'llaniladigan tannarxni hisoblash formulalari bo'yicha ko'rsatmalarni keltiradi."

Tadqiqot metodologiyasi

Ushbu maqolada moliyaviy hisobotning xalqaro standartlaridan foydalanishning ahamiyati va zarurligi, zaxiralarni hisobga oluvchi xalqaro standartlarning qo'llanilishi, milliy va xalqaro standartlar o'rtasidagi farqlar bo'yicha xorijiy va mahalliy olimlarning ishlari o'rganildi va tahlil qilindi. Tahlil jarayonida kuzatish, tahlil qilish, jamlash va ma'lumotlar manbalari o'rtasidagi aloqalarni aniqlash usullaridan va nazariy tadqiqotning analiz va sintez usullaridan foydalanildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi

Tovar - moddiy zahiralar korxonaning aylanma mablag'larida faoliyat sohasiga qarab, 30 foizdan 90 foizgacha bo'ladi. Korxonaning moliyaviy va iqtisodiy ahvoli ko'p jihatdan ana shu tovar - moddiy zaxiralardan foydalanish samaradorligiga bog'liq. Har bir ishlab chiqarish korxonasida mahsulot ishlab chiqarish jarayonining to'xtovsiz davom etib turishida tovar - moddiy zahiralarining o'rni juda kattadir.

2-son Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti - "Zaxiralar" moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari hujjatlari ichida eng kichik standartlardan biri bo'lishiga qaramay, qo'llanilish ko'lami jihatidan juda ko'p soha kompaniyalariga ta'sir ko'rsatuvchi standart hisoblanadi.

2-son BHXSni "Zaxiralar" deb tarjima qilinishiga asosiy sabab, tovar-moddiy zaxiralar deyiladigan bo'lsa, asosiy e'tibor ushbu standart tartibga soladigan xom-ashyo, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot va tovarlar - moddiy bo'lishi kerak degan xulosani berib qolishi mumkinligi ekspertlar tomonidan ta'kidlangan. Aslida, tovar nomoddiy ko'rinishda bo'lishi ham mumkin. Masalan, dasturchilar tomonidan sotish uchun yaratiladigan dasturiy ta'minot aslida moddiy ko'rinishga ega emas. Lekin, bu mazkur standart qo'llanilish doirasiga kiradi. Shu sababli, standart nomi "Zaxiralar" sifatida tarjima qilingan.

Mamlakatimizda 2020-yil 30-iyunda yangi tahrirda qabul qilingan 4-sonli BHMS "Tovar-moddiy zaxiralar»standartida ushbu atamaga quyidagicha ta'rif ishlab chiqilgan: "Tovar-moddiy zaxiralar - faoliyat yuritish jarayonida keyinchalik sotish maqsadida saqlab turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida bo'lgan, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko'rsatish jarayonida yoxud ma'muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalanadigan moddiy aktivlar".

Mazkur 2-son BHXS "Zaxiralar"ning ekvivalenti 4-son BHMS "Tovar-moddiy zahiralar»bo'lib, aslida ushbu milliy standartning yaratilishi asosida ham 2-son BHXS yotadi. Buni bilish uchun standartlarni qiyosiy solishtirish natijalarini ko'rib chiqamiz:

1-jadval

2-son MHXSlari va 4-son BHMSlaridagi umumiy qoidalarni

solishtirish natijalari

2-son MHXS larida 4-son BHMS larida

2-son MHXSning maqsadi - zahiralarni hisobga olish tartibini belgilash bo'lib hisoblanadi. Zahiralar hisobining asosiy masalasi bo'lib aktiv sifatida tan olinadigan tannarxini hamda talluqli tushum tan olgunga qadar kelgusi davrlarga o'tkaziladigan summasini aniqlash hisoblanadi. Mazkur BHMS maqsadi tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'iy nazar yuridik shaxsga mulk huquqida tegishli bo'lgan tovar-moddiy zahiralarning buxgalteriya hisobi uslubiyoti va moliyaviy hisobotda aks ettirilishini belgilash hisoblanadi.

2-son MHXSlari quyidagi zahiralarga nisbatan qo'llanilmaydi: (a) pudrat shartnomasi bo'yicha tugallanmagan ishlab chiqarish; (b) moliyaviy instrumentlar; (s) qishloq xo'jalik faoliyati bilan bog'liq biologik aktivlar. Mazkur BHMS qoidalari pudrat qurilishi bo'yicha tugallanmagan ishlar, shu jumladan ular bilan bog'liq xizmatlar bo'yicha kontraktlar va moliyaviy dastaklarni hisobga olish qoidalariga nisbatan qo'llanmaydi.

Zahira - bu aktiv: (a) normal faoliyat davomida sotishga mo'ljallangan; (b) ushbu sotish uchun ishlab chiqarish jarayonida; (s) ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko'rsatish jarayonida foydalanishga mo'ljallangan xom-ashyo va materiallar shaklida. Tovar-moddiy zahiralar - keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo'lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko'rsatish jarayonida yoxud ma'muriy va ijtimoiy-

madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalanadigan moddiy aktivlar,

Zahira^ o'z ichiga oladi: 1) qayta sotish uchun xarid qilingan va saqlanayotgan tovarlar; 2) tayyor mahsulotlar; 3) tugallanmagan ishlab chiqarish; 4) ishlab chiqarishda foydalanish uchun xom-ashyo va materiallar; 5) sotilishi tan olingunga qadar servis kompaniyalari xizmati tannarxi. Tovar-moddiy zahira^ o'z ichiga oladi: 1) xom-ashyo va materiallar, xarid qilingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumla^ yoqilg'i, idishlar, ehtiyot qismla^ inventa- va xo'jalik anjomlari, boshqa materiallar; 2) boquvdagi va yaylovdagi yosh hayvonlar, parrandalar, asalari oilalari, sotish uchun asosiy podadan yaroqsiz qilingan katta yoshdagi qoramollar, sotish uchun chetdan qabul qilingan qoramollar; 3) tashkilotda tayyorlangan tayyor mahsulot 4) qayta sotish uchun mo'ljallangan tovarian

Ushbu jadval ma'lumotlaridan ko'rinib tuгibdiki, xalqaro standartlar va milliy standaгtlaг o'rtasida umumiy qoidalami belgilashda biг qancha fa^^ mavjud.

Zaxiгalaгning umumiy harakatini esa quyidagi jadval ma'lumotlaгida keltiramiz:

Savdo faoliyati

Ishlab chiqarish faoliyati

Harid qilish

Tovarlar

Xom-ashyo va materialla

1-chizma. Zaxiralar umumiy harakati.

r

Mazkuг chizmada zaxiгalaгni haгakati foyda yoki zarariaT to'g'гisidagi hisobotda xarajatlarni funksiyasi orqali aks ettirilishiga nisbatan olingan. Agar kompaniya xaгajatlaгni moliyaviy hisobotda xaгakteгi bo'yicha aks ettñsa, zaxiгalaгning chiqib ketishi bo'yicha alohida xarajat moddasi aks ettiгiladi.

Xulosa

Xulosa qilib aytishimiz mumkunki, MHXSlariga o'tish mamalakatimizda investitsion muhitni yaxshilashning muhim omilibo'lib xizmat qiladi. Bunda albatta, asosiy standartlardan biri bo'lgan zaxiralarni hisobga oluvchi standartlarni ham milliy standartlarimizga uyg'unlashtirish va yanada takomillashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni davom ettirishimiz zarur. Bu orqali esa biz iqtisodiyotimizning yanada rivojlanaishiga hissa qo'shishimiz mumkun bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611 "Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori.

2. 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi. PF-60 28.01.2022.

3. Jminko A.E. Международная практика учета запасов. Научный журнал. КубГАУ. - 2014 г. №99 (05). - 1-12 с.

4. S.N. Tashnazarov va D.D. Pashaxodjayeva. Xalqaro hisob asoslari. O'quv qo'llanma (II qism) - Samarqand: SamISI, 2020 yil. 29 b.

5. Sh.T.Ergasheva, A.K.Ibragimov, N.K.Rizayev, I.R.Ibragimova. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari. O'quv qo'llanma. T.:2019.

6. 4-sonli BHMS

7. 2-sonli MHXS

8. I.Axmadxonov. Zaxiralar (2-son BHXS). Sharx. T.:2023.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.