Научная статья на тему 'TOVAR MODDIY ZAXIRALARINI BAHOLASH TARTIBI'

TOVAR MODDIY ZAXIRALARINI BAHOLASH TARTIBI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
2087
169
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
korxona / tovar / moddiy zaxira / iste’mol / baholash tartibi. / enterprise / commodity / inventory / consumption / valuation procedure.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Yo’ldoshev, Suxrob Rustam O’g’li

Mazkur maqolada tovar zaxiralarini baholash tartibi va uning xususiyatlari haqida bahs yuritilgan. Tadqiqot jarayonida korxonalarning ishlab chiqargan mahsulotlariga belgilanadigan tartib va uning zaxiralarini baholash tartibi keng yoritib berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROCEDURE FOR ASSESSMENT OF GOODS RESOURCES

This article discusses the procedure for valuing inventories and its characteristics. In the course of the research, the procedure for determining the products of enterprises and the procedure for assessing their reserves were widely covered.

Текст научной работы на тему «TOVAR MODDIY ZAXIRALARINI BAHOLASH TARTIBI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

TOVAR MODDIY ZAXIRALARINI BAHOLASH TARTIBI

Yo'ldoshev Suxrob Rustam o'g'li

Termiz davlat universiteti Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) ta'lim yo'nalishi magistranti

Mazkur maqolada tovar zaxiralarini baholash tartibi va uning xususiyatlari haqida bahs yuritilgan. Tadqiqot jarayonida korxonalarning ishlab chiqargan mahsulotlariga belgilanadigan tartib va uning zaxiralarini baholash tartibi keng yoritib berildi.

Kalit so'zlar: korxona, tovar, moddiy zaxira, iste'mol, baholash tartibi.

В данной статье рассматривается порядок оценки материально-производственных запасов и его особенности. В ходе исследования широко освещались порядок определения продукции предприятий и порядок оценки их запасов.

Ключевые слова: предприятие, товар, запасы, потребление, порядок оценки.

This article discusses the procedure for valuing inventories and its characteristics. In the course of the research, the procedure for determining the products of enterprises and the procedure for assessing their reserves were widely covered.

Keywords: enterprise, commodity, inventory, consumption, valuation procedure.

Korxona yoki muassasalar, uyushma, konsern, hissadorlik jamiyatlari ixtiyorida ma'lum miqdordagi mablag'larning bo'lishi ularning o'z faoliyatini amalga oshirishning muhim shartlaridan biridir. Korxona mablag'lari turli va joylanishiga ko'ra ishlab chiqarish doirasidagi, sanoatga tegishli bo'lmagan ishlab chiqarish va xo'jalik mablag'lariga bo'linadi. Ishlab chiqarish doirasidagi mablag'lar bajaradigan vazifasiga qarab mehnat vositalari va mehnat buyumlariga bo'linadi.

Mehnat buyumlariga mahsulot tayyorlashda foydalaniladigan tovar moddiy zaxiralari kiradi. Ularga xom ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg'i, tugallanmagan ishlab chiqarish, ehtiyot qismlar va boshqalar kiradi. Ularning asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, bir ishlab chiqarish jarayonida iste'mol qilinadi, ya'ni o'zining qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymatiga butunlay o'tkazadi.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Xom ashyo deb, hali sanoat ishlovidan o'tmagan, jumladan, paxta zavodlari uchun tozalashga keltirilgan paxta tolasi, metallurgiya zavodi uchun ruda, koks kombinati uchun ishlovga keltirilgan toshko'mir va shunga o'xshash mahsulotlarga aytiladi. Asosiy materiallar deb, ishlab chiqarilayotgan mahsulot tarkibiga buyum sifatida kiradigan va shu mahsulotning asosini tashkil qiladigan mehnat buyumlariga aytiladi. Asosiy materiallarga sanoat ishlovini bir marta bo'lsa ham o'tgan mehnat buyumlari kiradi. Masalan, mashinasozlik sanoatida asosiy materiallarga metall, prokat, poyabzal fabrikalariga charm va charm o'rnida ishlatiladigan boshqa materiallar kiradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yordamchi materiallar ishlab chiqarilayotgan mahsulot tarkibiga kirib, ular sifat o'zgarishlari hosil qiladi, ya'ni mahsulotga rang beradi, mazasini o'zgartiradi, lekin uni asosini tashkil qilmaydi. Ular ishlab chiqarish jarayonida mehnat vositalarini parvarish qilish (moylash, artish va boshqalar) uchun ishlatiladi.

Yarim tayyor mahsulotlarga shunday mehnat buyumlari kiradiki, ular ba'zi bir qayta ishlash bosqichlarni o'tagan bo'lsada, hali tayyor mahsulot holiga keltirilmagan bo'ladi. Ularning xususiyatlaridan biri, qayta ishlashning texnologik jarayon rejasida ko'rsatiladigan hamma operatsiyalari biron bir sex yoki ishlab chiqarish uchastkasida bo'lib, keyingi sex yoki uchastkaga qayta ishlash uchun berishga mo'ljallangan bo'ladi. Yarim tayyor mahsulotlar sotib olinishi yoki korxonani o'zida ishlab chiqarilishi mumkin.

Shuning uchun sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar shu korxonaning o'zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlardan ajratilgan holda hisobga olinadi.

Yoqilg'i ishlab chiqarishdagi roliga ko'ra yordamchi materiallarga o'xshab ketadi. Lekin xalq xo'jaligidagi ahamiyati va ishlab chiqarish xarajatlaridagi hisobi, buxgalteriyadagi hisobi alohida guruhda yuritiladi. Korxonalarda yoqilg'i texnologik maqsadlarda, ya'ni metall eritish, elektr energiyasi ishlab chiqarishi xamda xo'jalik ehtiyojlari, jumladan, binolarni isitish uchun ishlatilishi mumkin.

Alohida guruhda ishlab chiqarish chiqindilari hisobga olinadi. Chunki ular ayrim sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarish xarajatlarining sezilarli salmog'ini tashkil etadi. Shuning uchun bunday chiqindilarni to'g'ri hisoblash va ulardan maqsadga muvofiq ravishda foydalanishni nazorat qilish muhim ahamiyatga ega. Chiqindilar korxonaning o'zida asosiy yoki yordamchi materiallar sifatida ishlatilishi mumkin, ayrim paytlarda esa boshqa korxonalarga sotiladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Shuningdek, idish va idish materiallari ham materiallar guruhiga kiritilgan bo'lib, ular sotilayotgan mahsulotlarni o'rash, joylashtirish uchun xizmat qilib, mahsulot bilan birgalikda sotiladi.

Yuqorida sanab o'tilgan mablag'lar tovar moddiy zaxiralarini tashkil qilib, korxonaning tovar-moddiy zaxiralarni bir qismi hisoblanadi. Tovar moddiy zaxiralarini buxgalteriya hisobida to'g'ri va aniq baholash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Tovar moddiy zaxiralarini baholash O'zbekiston respublikasining «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi qonunining 12-moddasiga va «tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son buxgalteriya hisobining milliy standartiga, xalqaro amaliyotda esa «Zaxiralar» nomli 2-sonli buxgalteriya hisobining xalqaro standartiga asoslangan bo'lishi lozim. qonunning o'n ikkinchi «Aktivlar va majburiyatlarni baholash» moddasida oborot aktivlarini baholash quyidagi ikki bahoning eng pasti bo'yicha-balans tuzilayotgan sanadagi haqiqiy tannarxi bo'yicha yoki bozor bahosi bo'yicha amalga oshiriladi deb o'tilgan. Ushbu qonunga asoslanib esa standartlar ishlab chiqilgan hamda milliy va xalqaro standartlarga ham muvofiq materiallar eng kam bahoda, ya'ni tannarxi bo'yicha yoki sof sotish qiymatida hisobga olinishi lozim. Chunki buxgalteriya hisobining ehtiyotkorlik tamoyilini aks ettirishning biri bo'lib past baholash qoidasi hisoblanadi: tannarx bo'yicha yoki sotishning sof qiymati.

Tovar-moddiy zahiralarning qiymatini, agar tovar-moddiy zahiralar shikastlangan bo'lsa, agar ular to'la yoki qisman eskirgan bo'lsa yoki ularni sotish narxi arzonlashgan bo'lsa, tiklash mumkin. Tovar-moddiy zahiralarning qiymatini, agar butlash uchun baholangan mo'ljaldagi xarajatlar yoki sotish bo'yicha mo'ljallangan xarajatlar oshib ketgan bo'lsa, tiklash mumkin emas. Tovar-moddiy zahiralarni tannarxdan past darajada, sotish sof qiymatigacha arzonlashtirish zahiralar haddan ziyod to'planib qolgan va ular sust aylanayotgan taqdirdagina, barcha aktivlar moliyaviy hisobotda ularni sotish yoki ulardan foydalanishdan kutilayotgan summadan yuqori darajada aks ettirilmasligi uchun, amalga oshiriladi.

Materiallar va mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarishda foydalaniladigan boshqa xom ashyo, agar ulardan tayyorlangan mahsulot bozor (kundalik) narxida sotilsa, qiymatidan past narxda arzonlashtirilmaydi. Biroq, agar omborda mavjud bo'lgan narxdagi materialdan tayyorlangan tayyor mahsulotning tannarxi sotish sof qiymatidan oshib ketsa, materiallar sotish sof qiymatigacha arzonlashtiriladi. Bunday vaziyatlarda materiallar qiymatini qoplash ularning sof sotish qiymatini o'lchashning mavjud shakllaridan eng yaxshisi bo'lishi mumkin.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

REFERENCES

1. Аллаберганова, Н., & Камалова, Д. (2021). Процессуальные гарантии адвоката. Общество и инновации, 2(4/S), 63-68.

2. Алмосова, Ш. (2020). Защита прав интеллектуальной собственности по Конституции и государственным программам. Review of law sciences, 2(Спецвыпуск).

3. Asadov, S. F. O. G. L. (2021). FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLARDA DAVLAT ISHTIROKI (DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK MISOLIDA). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(11), 789-799.

4. Koryogdiyev, B. U. O. (2021). BITIMNI HAQIQIY EMAS DEB TOPISH VA UNING OQIBATLARINI QOLLASH FUQAROLIK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VOSITASI SIFATIDA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(11), 211-225.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.