Научная статья на тему 'TOSHLOQ YERLARDA O'SUVCHI ASALSHIRALI BUTALAR BIOKOLOGIYASI VA ULARNING TARQALISH AREALLARI.'

TOSHLOQ YERLARDA O'SUVCHI ASALSHIRALI BUTALAR BIOKOLOGIYASI VA ULARNING TARQALISH AREALLARI. Текст научной статьи по специальности «Агробиотехнологии»

CC BY
89
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Nokbarg tuyasingren (Atraphaxis pyrifolia Bunge) / Zarafshon tuyasingreni (Atraphaxis zeravschanica) / Chiviqsimon tuyasingirin (Atraphaxis virgata (Regel) Krasn) / Bodomcha (Amygdalus spinosissima Bunge) / kordinatalar / asal beruvchi.

Аннотация научной статьи по агробиотехнологии, автор научной работы — Jurayev Javlon Mirzatillayevich

Ushbu maqolada tog‘ o‘rmonlarining toshloq yerlarida keng tarqalgan asal beruvchi butalar tug‘risida ma’lumotlar berilgan bo‘lib, bunga ko‘ra Nokbarg tuyasingren (Atraphaxis pyrifolia Bunge), Zarafshon tuyasingreni (Atraphaxis zeravschanica), Chiviqsimon tuyasingirin (Atraphaxis virgata (Regel) Krasn), Bodomcha (Amygdalus spinosissima Bunge) butalarining tabiiy tarqalishi kordinatalari bilan bir qatorda ko‘p miqdorda asal berish imkoniyati xam yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TOSHLOQ YERLARDA O'SUVCHI ASALSHIRALI BUTALAR BIOKOLOGIYASI VA ULARNING TARQALISH AREALLARI.»

TOSHLOQ YERLARDA O'SUVCHI ASALSHIRALI BUTALAR BIOKOLOGIYASI VA

ULARNING TARQALISH AREALLARI. Jurayev Javlon Mirzatillayevich

Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti, qishloq xo'jaligi fanlari bo'yicha falsafa doktori,

dotsent

j.m.jurayev@gmail.com, +99897 770 39 20 https://doi.org/10.5281/zenodo.10082412

Annotatsiya. Ushbu maqolada tog' o 'rmonlarining toshloqyerlarida keng tarqalgan asal beruvchi butalar tug'risida ma'lumotlar berilgan bo'lib, bunga ko'ra Nokbarg tuyasingren (Atraphaxis pyrifolia Bunge), Zarafshon tuyasingreni (Atraphaxis zeravschanica), Chiviqsimon tuyasingirin (Atraphaxis virgata (Regel) Krasn), Bodomcha (Amygdalus spinosissima Bunge) butalarining tabiiy tarqalishi kordinatalari bilan bir qatorda ko'p miqdorda asal berish imkoniyati xam yoritilgan.

Kalit so'zlar: Nokbarg tuyasingren (Atraphaxis pyrifolia Bunge), Zarafshon tuyasingreni (Atraphaxis zeravschanica), Chiviqsimon tuyasingirin (Atraphaxis virgata (Regel) Krasn), Bodomcha (Amygdalus spinosissima Bunge), kordinatalar, asal beruvchi.

O'zbekiston o'rmonlari turli o'simlik dunyosiga boydir. Ayniqsa tog' o'rmonlarida asal beruvchi daraxt-butalar keng tarqalgandir. Turlarning taqalishida tuproq sharoitining tarkibi ahamiyatga ega. Tog' o'rmonlarining tuproq sharoiti qanchalik gumusga boy bo'lmasin lekin bunday yaxshi sharoitda o'sa olmaydigan turlar xam mavjud. Yani bu o'simliklar gumus miqdori kam bo'lgan hattoki toshloq yerlarni oz'lariga makon qilib olganlar.

Toshloq yerlar - har xil kattalikdagi (3 mm dan katta) va shakldagi tosh bo'laklari (toshlari) bo'lgan tuproq. Tosh miqdoriga qarab past, o'rta va juda toshli tuproqlarga bo'linadi. Past toshloq tuproqda 1-10%, o'rtacha toshli tuproqda 10-20%, o'ta toshli tuproqda 20% dan ortiq toshli fraktsiyalar mavjud. Toshloq tuproqli yerlar suvni yaxshi drenajlaydi va ko'pincha uzum va mevali bog'larni yetishtirish uchun foydalaniladi. Toshloq yerlarni yaxshilash uchun va qo'shimcha o'rmon barpo etish uchun mayda tuproq va organik o'g'itlar bilan oziqlantirish kerak bo'ladi. Lekin xech qanday oziqlantirishsiz o'sa oladigan turlar xam mavjud bularga: Torondoshlar oilasiga mansub bo'lgan Tuyasingren (Atraphaxis L.) turkumidan Zarafshon tuyasingreni (Atraphaxis zeravschanica), Nokbarg tuyasingren (Atraphaxis pyrifolia Bunge), Chiviqsimon tuyasingirin (Atraphaxis virgata (Regel) Krasn), Bodomcha (Amygdalus spinosissima Bunge).

Olib borilgan tadqiqotda asal beruvchi buta turlarining tarqalishi va ularning o'simlik jamoalarida ishtiroki marshrut usuli bilan aniqlandi. Fenologik kuzatuvlar Kuligin, A.A [1992] ning "Прогноз светения медоносов" uslubi asosida o'rganildi.

Nokbarg tuyasingren (Atraphaxispyrifolia Bunge) shoxlari yoyilgan, balandligi 100-200 sm. Shoxlari jigarrang-kulrang, uchlari bargsiz, tikanli. Barg uzunligi 2-3 mm, pastki qismi jigarrang, deyarli asosigacha uch tomirli tepasida uchta qirra tishli. Barglari och yashil rangda, uzunligi 15-17 mm. va kengligi 10-12 mm., yumaloq keng, tor xanjar shaklidagi plastinkadan 3-4 baravar qisqa, tepada to'mtoq, kamroq yumaloq yoki tishli, chekkalari bo'ylab qattiq yoki bir oz qirrali, quyida keskin chiqadigan tomirlar tarmog'i mavjud. Gullari zich ko'p gulli (20-40) bo'lib, yog'ochli novdalarning yon tomonlarida joylashgan. Mevalarning ichki barglari dumaloq yurak shaklida, uzunligi 6-7 mm. va kengligi 7-8 mm., tashqi elliptik, poyaning yuqori qismidan 2 marta qisqa. mart-aprel oylarida gullab, meva beradi. Toshkent, Farg'ona, Samarqand va Buxoro viloyatlarida uchraydi. Tog'li tosh yon bag'irlari va daryo bo'ylarida, juda keng tarqalgan. Umumiy

tarqalishi: O'rta Osiyo (Balxash viloyati, Tyan-Shan, Pomir-Oloy). Asal beruvchi buta hisoblanadi.

1-rasm. Nokbarg tuyasingren (Atraphaxis pyrifolia Bunge)

Zarafshon tuyasingreni (Atraphaxis zeravschanica) asal beruvchi buta, shoxlari yoyilgan, balandligi 50-100 sm. Shoxlari kulrang, tikansiz. Barglar uzunligi 2-3 mm, pastda jigarrang, 2 tomirli, tepasida 2 ta uchburchak nayzasimon tishli. Barglari kulrang yoki zangori-yashil, uzunligi 0,5-2 sm. va eni 0,5 sm, keng ellipssimon, xanjarsimon poyada toraygan, uzunligi 3-5 mm gacha, cho'qqisida yumaloq yoki tishli, uchi juda kalta, to'mtoq, tomirlar tarmog'i kuchli ko'zga tashlanadigan novdasimon, qirg'oq bo'ylab qalinlashgan chegara bilan mustahkam joylashadi. Gullar uzunligi 4-8 sm gacha bo'lgan apikal yoki lateral bo'ladi. Pedikellar uzun bo'lib, 2-3 marta bo'g'inlar qo'ltig'idan chiqadi, deyarli ularning tagida bo'g'inlar mavjud. Mevaning ichki barglari yurak shaklida va yumaloq, uzunligi 6-7 mm., va eni 7-8 mm., to'mtoq, cheti bo'ylab to'lqinsimon, tashqi buyraksimon yoki elliptik, qovurg'alari to'mtoq, to'q jigarrang, silliq va yaltiroq. Aprel-may oylarida gullab, meva beradi. Toshkent, Farg'ona, Samarqand va Buxoro viloyatlarida uchraydi. Qoyali tog' yonbag'irlari va toshloq daryo bo'ylarida ko'po uchraydi. Umumiy tarqalishi. O'rta Osiyo (G'arbiy Tyan-Shan, Pomir Oloy, Kopet Tog').

2-rasm. Zarafshon tuyasingreni (Atraphaxis zeravschanica)

Chiviqsimon tuyasingirin (Atraphaxis virgata (Regel) Krasn), shoxlari yoyilgan, balandligi 100-200 sm. to'q kulrang, tikansiz. Barglar uzunligi 2-3 mm, pastda qo'ng'ir rangli, 2 ta qalin tomirli, tagiga yirtilgan, tepasida 2 ta uchburchak nayzasimon, ayvonsimon qirra tishli. Barglari kulrang-yashil, uzunligi 12-30 mm. va eni 5-12 mm, cho'zinchoq-ellips yoki cho'zinchoq-to'sqichbaqasimon, tagida toraygan, kalta keng petiole, cho'qqisida to'mtoq uchli yoki yumaloq, uzunligi 0,5-2 mm gacha bo'lgan umurtqa pog'onasi o'simtasimon, tekis yoki

pastga qarab chekka bo'ylab o'ralgan, quyida tomirlar tarmog'i bilan to'g'ridan-to'g'ri o'ralgan, gullar 5-15 sm uzunlikda uzun ikkita bo'lib, o'rtadan pastroq bo'g'inga ega yorqin pushti, oq qirrali. Mevaning ichki barglari yumaloq tuxumsimon, qirralari to'lqinsimon, uzunligi 4-5 mm. va kengligi 5-6 mm, tashqi dumaloq, yuqori qismidan 2-2 1/2 marta qisqa. Mevas uchburchak, uchli, to'q jigarrang, silliq va yorqin bo'ladi avgust oyining oxiridan oktabr oyining birinchi o'n kunligiga qadar gullab turadi va meva beradi. Asalshirali buta hisoblanadi.Toshkent va Farg'ona viloyatlarining tog' etaklari va tog' yon bag'irlari, toshloq daryo bo'ylarida uchraydi. Umumiy tarqalishi: O'rta Osiyo (Tyan-Shan), G'arbiy Sibir, Jungriya, Mo'g'uliston.

3-rasm. Chiviqsimon tuyasingirin (Atraphaxis virgata (Regel) Krasn)

Bodomcha (Amygdalus spinosissima Bunge) Markaziy Osiyoda tog'larning quyi qismida 300 - 1500 m dengiz sathidan balandliklarda toshloq yerlarda, tuprog'i kam yerlarda ko'plab o'sadi. Qurg'oqchilikka, qish sovuqlariga chidamli, asosan Pomir - Oloy va G'arbiy Tyan-Shanda keng tarqalgan.Ushbu bodom turi sanoat ahamiyatiga ega emas, o'rmon melioratsiyasida foydalanish mumkin. 2-3 metrgacha balandlikka ega buta, novdalari och-kulrang, barglari lansetsimon. Mevalari och jigarrangda, mag'zi achchiq, bitta butadan 50-400 g hosil olish mumkin. Asal va ko'p miqdorda gulchang beradi.

Urug'idan ko'payadi, ko'chirib o'tkazilishni yoqtirmaydi, shuning uchun doimiy joyiga urug ekish yo'li bilan ko'paytiriladi.

4-rasm. Bodomcha (Amygdalus spinosissima Bunge)

1-jadval. Turlar tarqalish areallari bo'yicha joylashgan kordinatalari

№ Buta turlarining nomlari Joylashgan kordinatalari Gullash ketma-ketligi

1. Nokbarg tuyasingren (Atraphaxis pyrifolia Bunge) 41o37'58''N 69 o58 o09''E mart-aprel

2. Zarafshon tuyasingreni (Atraphaxis zeravschanica) 41°38'30"N 69 o58 o45''E aprel-may

3. Chiviqsimon tuyasingirin (Atraphaxis virgata (Regel) Krasn) 41°34'23"N 69 o48 o51"E sentabr-oktabr

4. Bodomcha (Amygdalus spinosissima Bunge) 41o34'23''N 69 o48 o51''E aprel-may

Jadvaldan ko'rinib turibdiki, buta turlarining gullash ketma-ketligi Do'yicha asalarichilikda

muhim ahamiyatga egadir. Bu turlar uzoq vaqt gullab turishlari bilan bir qatorda yuqori miqdorda asal berish hususiyatiga xam ega. Nokbar tuyasingren asalarilar endi rivojlana boshlaganda gullaydi va bu asalarilar uchun qulay ozuqa maydoni bo'lib xizmat qialadi. Zarafshon tuyasingreni va Bodomcha diyarli bir vaqtda gullaydi aralash holatdagi sifatli asal mahsuloti olish mumkin. Chiviqsimon tuyasingirin kuz oylarida gullaydi. Bu vaqtda asalarilar ozuqa maydoniga juda muhtoj bo'ladi va bu ular uchun yaxshi imkoniyatdir. Bu turlar toshloq yerlarni o'zlari makon qilib olganliklarini hisobga olsib, ko'payishlari uchun ko'maklashuvchi tadbirlar ishlab chiqish kerak. Toshloq yerlarni chorva mollaridan himoyalagan holda, tabiiy tarqalishlari uchun imkoniyat yaratish muhimdir.

REFERENCES

1. Бердиев Э. Т., Холмуротов М. З. Вегетативное размножение калины обыкновенной (Viburnum opulus L.) в Ташкентском оазисе //Актуальные проблемы устойчивого развития лесного комплекса: Международная научнопрактическая конференция, посвященная. - 2018. - Т. 70. - С. 130-135.

2. Жураев Ж. М., Холмуротов М. З., Халилова К. А. Биоэкологические особенности софоры японской и значение её в пчеловодстве //Новая наука: теоретический и практический взгляд. Материалы международной научно-практической конференции.

- 2020. - Т. 30. - С. 104-107.

3. Жураев Ж. М., Холмуротов М. З., Халилова К. А. К. Биоморфологические свойства семян медоносной липы //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 7. - С. 32-36.

4. Махкамов Т. Х. О сообществах класса Artemisietea vulgaris в г. Ташкента //ББК 60 И 66.

- 2020. - С. 200.

5. Тухтаев, Б. Ё., Махкамов, Т. Х., Тулаганов, А. А., Маматкаримов, А. И., Махмудов, А. В., & Аллаяров, М. У. Доривор ва озукабоп усимликлар плантацияларини ташкил килиш ва хом ашесини тайерлаш буйича йурикнома. - Тошкент, 2015. - С. 3-5.

6. Jumayev J. M., Kholmurodov M. Z., Khalilova K. A. Phenology and growth indicators of honey trees and bushes in Uzbekistan //E3S Web of Conferences. - EDP Sciences, 2021. - Т. 244. - С. 02050.

7. Mahkamov T. H., Temirov E. E., Erdonov S. B. Taxonomic analysis of ruderal flora of Fergana Valley (part of Uzbekistan) //Europaische Fachhochschule. - 2015. - №. 8. - С. 6-8.

8. Tayjanov, K., Khojimatov, O., Gafforov, Y., Makhkamov, T., Normakhamatov, N., &

Bussmann, R. W. (2021). Plants and fungi in the ethnomedicine of the medieval East-a review. Ethnobotany Research and Applications, 22, 1-20. 9. Кулыгин, А.А. Прогноз цветения медоносов / А.А. Кулыгин. // Пчеловодство. - 1992. -№5-6. - С. 16-17.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.