Научная статья на тему 'TOPINAMBUR (HELIANTHUS TUBEROSUS) NING XALQ TABOBATIDAGI AHAMIYATI'

TOPINAMBUR (HELIANTHUS TUBEROSUS) NING XALQ TABOBATIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
topinambur / dorivor / tugunak / vitamin / damlama / ekstarkt.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Saminov Avazbek Alimardon O‘G‘Li, Nasriddinova Dilnavoz Kamoliddin Qizi, Toshqo‘Ziyeva Bibixonim Rustambek Qizi, Mo‘Ydinova Dilyoraxon Baxromjon Qizi

Maqola shuni ko’rsatadiki topinambur tugunagidan tayyorlangan damlamalar, ekstarktlarning dorivorlik xususiyatlarini o‘ragnish hamda o‘simlik xom-ashyolaridan samarali foydalanish yo’llari yoritib berilgan.soxalarda qo’llash yo’llari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TOPINAMBUR (HELIANTHUS TUBEROSUS) NING XALQ TABOBATIDAGI AHAMIYATI»

TOPINAMBUR (HELIANTHUS TUBEROSUS) NING XALQ TABOBATIDAGI

AHAMIYATI

*Saminov Avazbek Alimardon o'g'li, 2Nasriddinova Dilnavoz Kamoliddin qizi, 3Toshqo'ziyeva Bibixonim Rustambek Qizi, 4Mo'ydinova Dilyoraxon Baxromjon Qizi

*Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi

23 4FDU, talabasi https://doi org/10.5281/zenodo. 11214792

Annotatsiya. Maqola shuni ko 'rsatadiki topinambur tugunagidan tayyorlangan damlamalar, ekstarktlarning dorivorlik xususiyatlarini o 'ragnish hamda o 'simlik xom-ashyolaridan samarali foydalanish yo 'llari yoritib berilgan.soxalarda qo 'llash yo 'llari yoritilgan.

Kalit so 'zlar: topinambur, dorivor, tugunak, vitamin, damlama, ekstarkt.

Аннотация. В статье показано, что настойки из топинамбура, освещены лечебные свойства экстрактов, пути эффективного использования растительного сырья.

Ключевые слова: топинамбур, лекарственный, узелок, витамин, настойка, экстракт.

Abstract. The article shows that tinctures made from Jerusalem artichoke, the medicinal properties of the extracts, and the ways of effective use of plant raw materials are highlighted.

Keywords: Jerusalem artichoke, medicinal, nodule, vitamin, tincture, extract.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 apreldagi "Yovvoyi holda o'suvchi dorivor o'simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish choratadbirlari to'g'risida"gi № PQ-4670-sonli qaror qabul qilindi. Yer yuzida dorivor o'simliklarning 10—12 ming turlari mavjud. Shundan 1000 dan ortiq o'simlik turining kimyoviy, farmakologik xossalari tekshirilgan. O'zbekistonda dorivor o'simliklarning 700 dan ortiq turi bor. Ulardan tabiiy sharoitda o'sadigan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin o'simlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalanib kelinadi. Qadimdan odamlar dorivor o'simliklardan foydalanib kelgan. Bundan 3—4 ming yil ilgari Hindiston, Xitoy, Qadimgi Misr mamlakatlarida dorivor o'simliklar haqida kitoblar yozilgan. O'rta Osiyo xalq tabobati bu boradi yetakchi hisoblanib bu haqida bizning Buyuk allomamiz Abu Ali Ibn Sinoning "Tib qonunlari (Kitob al-Qonun fit tib)" asarida 476 ga yaqin o'simlikning shifobaxsh xususiyatlari va ularni ishlatish usullari to'g'risida ma'lumotlar aniq va ravshan ko'rsatib berganlar. Dorivor o'simliklarning deyarli barcha qismidan: quritilgan poyasi, kurtagi, ildizi, ildizpoyasi, tuganagi, piyozi, po'stlog'i, bargi, guli, g'unchasi, mevasi (urug'i), danagi, sharbati, qiyomi, toshchoyi, efir moyi va boshqalardan ko'plab dori-darmon sifatida foydalanib kelinmoqda.

Topinambur - yernok (Helianthus tuberosus L.) — murakkabguldoshlarga mansub ko'p yillik o'simlik, tuganak mevali yemxashak ekini. Vatani — Shimoliy Amerika.

TADQIQOT MATERIALLARI

Ko'p izlanishlar oqibarida hozirgi vaqtda juda ko'p dorivir o'simliklar aniqlanib ularni tarkibi tekshirilib tabobatda juda ko'p kasalliklarga qarshi foydalanib kelinyapti. Shunday dorivor o'simliklardan biri bu - Topinambur (Helianthus tuberosus) murakkabguldoshlar (Asteraceae) oilasiga mansub, ko'p yillik tuganakli o'simlik. Bo'yi 1,5-2 metr, ba'zan 4 m gacha. Poyasi serbarg, g'adir-budur tukli, yuqoriga qarab shoxlagan. Barglari yirik, sertuk, uzun bandli, barg plastinkasi tuxumsimon, chetlari arrasimon qirqilgan, poyasi qarama-qarshi

joylashgan. Gullari savatcha, yakka-yakka joylashgan. Savatchaning o'rtasida naychasimon chetlarida soxta tilsimon gullar joylashgan. Gullarning rangi tiniq to'q sariq rangda.Bu o'simlik urug' bermaydi. Iyul-avgust oylarida gullaydi. Mevasi pista, 1000 donasining vazni 7 - 8 gr.

TADQIQOT NATIJALARI.

Topinambur tugunagining tarkibida 2,3-2,5 % oqsil saqlashi bilan makkajo'xoridan ustun turadi. Tugunagi tarkibida yana 0,2% moy,17,9 % azotsiz moddalar, 1,3 % kul, 16-18 % inulin, vitaminlar A, B1, B2 va C vitamini miqdori lavlagi va sabzinikiga nisbatan 3 - 4 barobar ko'p bo'lib, 200 gr topinambur tugunak mevasini iste'mol qilish bilan organizmning 1 kunlik vitamin C ga bo'lgan ehtiyoji qonadi. Tuganaklarida 16-18 foiz inulin va qand moddalari, 16 xil aminokislotalar hamda pektin moddasi ham mavjud.

Topinamburning dorivorlik xususiyatlari

1- oshqozon va ichak funksiyalarini faollashtiradi

2- bakteriya, virus va zararkunandalarga nisbatan chidamlilikni oshiradi

3- osteoxondroz

4- gripp

5- angina

6-onkologik kasalliklar

7-qandli diabet

8- osteoxondroz

Topinambur me'da -ichak kasaligidagi foydasi ahamiyati.

Topinamburning unikal kimyoviy tarkibi ovqat hazm bo'lish sistemasi kasallarining hamma bo'g'inlari va rivojlanish kasalini rivojlanishiga yordam beradi, har xil klinikalar va institutlarda o'tqazilgan bir- biri bilan bog'liq bo'lmagan tekshirishlarda tasdiqlangan.

Birinchidan inulin faol sorbent hisoblanadi, u organizmlarda katta miqdorda toksik va ballast moddalarni ishlab keyin chiqarib ketadi , ular esa ichkariga ovqat bilan kiradi ichakda hazm bo'lishida hosil bo'ladi.

Ikkinchidan inulin me'da ichak trakti (motorika va peristaltika ) harakat faolligi stimulirlaydi.

Uchinchidan inulin va mayda fruktoza tayoqchalari (inulin fragmanti) aniq o't haydovchi xususiyatga ega , u esa jigardan, o't qovug'idan 12 barmoqli ichakgao't oqishiga asoslangan , bu esa ichakni tozalashini yaxshilaydi.

To'rtinchidan topinambur tarkibidagi organik polioksikislotalar erkin radikallar kasal qilish ta'sirini neytrallaydi, almashinish maxsulotlar orasidagi oksidlanmagan qismini yo'qotadi. Shu vaqtning ichida ichak ichida fiziologik ishqoriy reaksiya hosil bo'ladi, bu esa ovqat hazm bo'lishining fermentativ yo'nalishi meyorlashtiradi.

Beshinchidan topinambur bakterial va virus infeksiyalar hazm bo'lish organlar mustahkamlanishini bajaradi, har xil parazitlar (lyambliya , opistorxislar va boshqalar) saqlanib qolishiga qarshilik qiladi .Ichak mikroflorasining normallanishi hisobida yashash sharoitini yaxshilaydi (bifidum - va koli-bakteriyalar). Oxirgi sharoit yopinambur pozitiv effektini disbakteriozda tasdiqlaydi.

Oltinchidan parazitlarga qarshi topinambur faoliyati va effektivli tasvirlangan (opistozxoz, lyamblioz ) va farm preparatlar qo'llamasdan ham parazitlarni ham jappasiga o'limiga sabab bo'ladi.

Yettinchidan topinambur antisklerotik tasirga ega, tomir devorlari va qon reologik ko'rsatkichlarini, me'da - ichak trakti hamma qismlaridagi shilimshiq qavatini qon bilan

ta'minlanishini yaxshilaydi, va qalqon bezida hazm bo'lish ferment va garmonlar umumiy miqdori ishlab chiqishini ko'paytiradi beradi.

Ko'rsatilgan tomir effektlari regeneraziy jarayonini stimulirlaydi (o'zholatiga qaytaradi) kasallangan to'qimalarini va shu hisobida shamollash kasallarida xronik xolatda sog'lamlashtiradi, bu gastirid, duogenit , enterit ,kalit, pankreotit va boshqa holatlarda , va ichak yazva kasaliklarida 12 barmoqli ichak kasallarda va ko'pgina klinik tekshirishlar og'riq sindiromi, qayt qilish izjoga,o'gizdagi achchiq ta'm, qorin shishi, damlanishi, qon ketishi (ich ketishi, ich qotish )kasallari farmakologik preparatlar va topinambur bilan birgalikda o'tqazilganda 5-7 kun oldin tugaydi.

Bundan tashqari ko'pincha me'da ichak kasallari boshlanganda dorivor ovqatga topinambur qo'shilsa sog'ayish yoki aniq remissiyaga yetish mumkin.

Topinambur bolalar rasioniga kritilganda ularda ichakda funksional patologiya bo'lganda faqatgina mator - evakuatar me'da ichak trakti funksiyasini normallashtirmay, immun sistemalarini optimal ishlashini ta'minlaydi .Ichak raki va ovqat hazm bo'lish trakti kasallarining bolalar va yuqori yoshdagi odamlardagi sonlarini hisoblab bog'liqligini qaraganda yopinambur kasalni oldini olish uchun qabul qilinganda uning faqatgina ovqat hazm bo'lish organlarining xronik patologiyasidan tashqari ichak raki birlamchi profilaktikasida ekalogik yamon regionlarda foydalanish kerakligi tasdiqlangan. Jigar bakteriyalariga qarshi ikkinchi saqlanish kurash chizig'idir.Topionambur o'zinig kompleks faoliyati hisobida jigar funksiyasiga faol yordam beradi. Glyukozani hazm bo'lishini yaxshilab glikogen sintezini rag'batlantiradi, demak yuqori sifatli energetik almashinishga sababchi bo'ladi, bu esa oqsil, xolesterin, o't kislotalari va boshqalar sintezini yuqori darajada ko'paytiradi. Inulin me'da-ichak trakti faoliyatini o'z holiga keltiradi, bunga sorbent xossasi sababchi, ichak va qonda qisman toksik moddalarni zararsizlantiradi, jigarni mehnatdan ozod qiladi va uninghar xil kasallar va tashqi muhit zararli faktor ta'sirlariga qarshi kurashiga yo'l ochadi. Topinamburning jigardagi kasal ta'siri holatidan saqlashni (geratoprotektor ta'sir) klinik sinovlar isbotlagan.

Topinambur boshqa farmakalogik preparatlardan farqli jigar kasalliklarining o'tkir xronik virus gepatit, alkogol, toksik aytoimmun kelib chiqqanida serroz yog'ning qayta tug'ilganida qo'llash uchun effektiv va istiqbolli mahsulotdir.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda topinamburning dorivor xususiyatlari juda ko'p. Tibbiyotda topinambur tugunagidan qandi diabet,onkologik kasalliklar,osteoxondroz, oshqozon, ichak va boshqa turadi kasalliklarni davolashda foydalaniladi.

REFERENCES

1. Белолипов И. В. Краткие итоги первичной интродукции растений природной флоры Средней Азии в Ботаническом саду // Интродукция и акклиматизация растений: Сб. науч. тр. - Ташкент

2. Xolmatov H.X, Ahmedov O'.A. Farmakognoziya. Toshkent 1995

3. Saminov A., Sodiqova M., Rahmataliyeva M. Dorivor topinambur o'simligini yetishtirish va uning o 'ziga xos xususiyatlari //Science and innovation. - 2G22. - Т. l. - №. D6. - С. ll6-ll9.

4. Alimardon o'g'li S. A., Qizi N. S. M. Tukli erva (pol-pola) aerva lanata juss. ning botanik tavsifi va o 'ziga xos dorivorlik xususyatlari //Научный Фокус. - 2023. - Т. 1. - №. 1. - С. 1189-1193.

5. Saminov A.A.O'g'li, Nasriddinova D.K.Qizi., Zanjabil o'simligini ochiq maydonlarda yetishtirish texnologiyasi //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D3. - С. 26- 30.

6. Saminov A., Komilov H., Nasriddinova D. Na'matak (rosa) ning siz va biz bilmagan dorivorlik xususiyatlari //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D6. - С. 7-12.

7. Saminov A., Ne'Matova D., Aliyeva M. Tirnoqgul o 'simligining dorivorlik xususiyatlari va dori tayyorlash usullari //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D6. - С. 75-78.

8. Saminov A., Ne'Matova D., Aliyeva M. Dorivor rozmarin o 'simligini ko'paytirish va undan sohalarda samarali foydalanish //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D6. - С. 79-82.

9. O'G'Li S. A. A., Qizi I. D. E., Qizi K. I. T. Dorivor momordika yetishtirish va o 'simlikning o'ziga xos xususiyatlari //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D4. - С. 14-18.

10. Saminov A., Ismoiljonova D., Rahmataliyeva M. Dorivor sut qushqo'nmas osimligining foydali xususiyatlari va undan oqilona foyalanish //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. -№. D4. - С. 155-159.

11. Alimardon o'g'li S. A., Qizi M. D. U., Qizi N. S. M. Dorivor steviya o 'simligini yetishtirish agrotexnologiyasi va sohalarda foydalanish istiqbollari //Научный Фокус. - 2023. - Т. 1. -№. 1. - С. 1194-1198.

12. Avazbek S. et al. Trigonella feonum-graceuml o'simligining xalq tabobati va rasmiy tibbiyotda qo 'llanilishi //Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities. - 2023. - Т. 2. - №. 7. - С. 22-26.

13. Alimardon o'g'li S. A., Qizi N. S. M., Qizi M. D. U. Marmarak (mavrak)-o 'simligining yashash muhiti, yetishtirish texnologiyasi, tarkibi va dorivorlik xususiyati //journal of innovations in scientific and educational research. - 2023. - Т. 6. - №. 4. - С. 31-36.

14. O'G'Li S. A. A. Marmarak (mavrak)-o 'simligini yetishtirish texnologiyasi //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. Special Issue 6. - С. 323-326.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.