Научная статья на тему 'TOKNING ANTRAKNOZ KASALLIGINI QO‘ZG‘ATUVCHI ZAMBURUG‘ (GLEOSPORIUM AMPELOPHAGUM) NING TUR TARKIBI VA BIOLOGIYASI'

TOKNING ANTRAKNOZ KASALLIGINI QO‘ZG‘ATUVCHI ZAMBURUG‘ (GLEOSPORIUM AMPELOPHAGUM) NING TUR TARKIBI VA BIOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
41
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Gleosporium ampelophagum / Trihoderma harzianum / Basillus subtilis / Psevdomonas fluoressens / antraknoz / zamburug‘ / konidiya / fungitsid / nav / oziqa muhiti / kasallik / namlik.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Raxmonov Ubaydullo Normamadovich, Xodjamqulova Sitora Sulaymanovna, Soatov Tolib Toyir O‘G‘Li

Maqolada tokning antraknoz kasalligini tarqalishi, biologiyasi, bioekologiyasi hamda morfologiyasi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TOKNING ANTRAKNOZ KASALLIGINI QO‘ZG‘ATUVCHI ZAMBURUG‘ (GLEOSPORIUM AMPELOPHAGUM) NING TUR TARKIBI VA BIOLOGIYASI»

UDK.582.284.51+635.82.

TOKNING ANTRAKNOZ KASALLIGINI QO'ZG'ATUVCHI ZAMBURUG' (GLEOSPORIUM AMPELOPHAGUM) NING TUR TARKIBI VA BIOLOGIYASI 1Raxmonov Ubaydullo Normamadovich 2Xodjamqulova Sitora Sulaymanovna 3Soatov

Tolib Toyir o'g'li

1q.x.f.f.d.dotsent 2O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktaranti

3Toshkent davlat agrar universiteti assistenti https://doi.org/10.5281/zenodo.1008233 7

Annotatsiya. Maqolada tokning antraknoz kasalligini tarqalishi, biologiyasi, bioekologiyasi hamda morfologiyasi to'g'risida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Gleosporium ampelophagum, Trihoderma harzianum, Basillus subtilis, Psevdomonasfluoressens, antraknoz, zamburug', konidiya, fungitsid, nav, oziqa muhiti, kasallik, namlik.

Аннотация. в статье представлены сведения о распространении, биологии, биоэкологии и морфологии болезней винограда антракноза.

Ключевые слова: антракноз, гриб, фунгицид, сорт, болезн, влага.

Аbstract. This article analyzes the anthracnose disease of currents (Vites vinefera), their biology, species composition, bioecology and morphology.

Keywords: anthracnose, fungus, fungicide, cultivar, disease, moisture

KIRISh. Antraknozning vatani - Yevropa. Shimoliy Amerikadan oidium va mildyu o'tishidan oldin bu qit'ada antraknoz eng zararli kasallik bo'lgan. Hozir ba'zi quruq iqlimli mintaqalardan tashqari uzum ekiladigan barcha mamlakatlarda jumladan, Ukraina, Rossiya (Dog'iston respublikasi, Astraxan va Rostov viloyatlari, Krasnodar va Stavropol o'lkalari), Moldaviya, Kavkaz orti va Qozog'istonda tarqalgan. O'zbekistonda barcha viloyatlarda uchraydi.

Kasallikning zarari. Antraknoz kasalligi muhim ekinlardan biri bo'lgan tokzorlarga va uning ko'chatlariga zarar yetkazadi. Kasallik belgilari dastlab barglarda kichik tartibsiz to'q jigarrang paydo qiladi. Keyinchalik chetlari to'q jigarrang, markazi kulrang bo'lgan yaralar hosil bo'ladi va oxirida teshikchalar paydo bo'ladi, barglar qurib to'kiladi. Shoxlar ustida esa dastlab, och jigarrang dumaloq yaralar markaz tomon rivojlangan sari kulrang tusga kirib boradi va kasallikning novdadagi asosiy belgisi bo'g'imlarda yaqqol namoyon bo'ladi.

1-rasm. Antraknoz bilan kasallangan tokning poya va shingili

TADQIQOT NATIJALARI. Antraknoz kasalligini qo'zg'atuvchi Gleosporium ampelophagum zamburug'i kartoshka agarli oziqa mihitda yaxshi o'sadi. Bunda zamburug' doirasimon, o'rtasi och yashil, chetlari kremsimon, keyinroq paydo bo'ladigan paxtasimon

koloniya radial chiziqlar bilan zaytun yashil rangga aylandi. Konidiyalari 18-200 C da, 10 kun davomida shakllandi. Konidiya (6,21*3,87 mkm) cho'zinchoq va tuxumsimon shaklda bo'lib, jigarrang tusga ega. Surxondaryo viloyati sharoitida uchraydigan tokzorlarda antraknoz kasalligini Gleosporium ampelophagim (Pass) Sacc. zamburug'i qo'zg'atishi aniqlandi. Zamburug' mitseliysini o'sishi va konidiya hosil qilishini aniqlash u chun pN muhiti turli xil bo'lgan har xil oziqa muhitlariga ekildi. Antraknoz kasalligini qo'zg'atuvchi zamburug'ning konidiyali bocqichi jo'xori agarli oziqa muhitida 0,81*106 ml 25-30 da pN 6,5 da nomoyon bo'ldi.

Bu kasallik viloyatimizning tokzorlarida qaysi uzum navini kuchli zararlashi va qaysi hududlarda ko'p tarqalganligi hamda morfologik belgilari o'rganildi. Tajriba uchun olingan har qatordan 10 tupdan tok tanlandi va barglari bo'lgan to'rtta novda belgilab olindi. Kasallikning belgilari ya'ni dog'lar shakli, rangi, hajmi turli bosqichlarda o'rganildi. Kasallik asosan tokning bargi, yosh novdalari va mevasini kuchli zararlashi ma'lum bo'ldi.

2-rasm. Namuna uchun olingan tokning barg va uchki kurtaklari

Laboratoriya tajribalari: Daladan olib kelingan kasallik namunalari nam kameraga ekilib termostatda 18-28°S haroratda 36 soat davomida saqlandi. O'sib chiqqan mitseliylarda konidiyalar namoyon bo'ldi. Mitseliylar kartoshka dekstrozi agarli (KDA) oziqa muhitiga ekildi.

3-rasm. Nam kamerada ekilgan dala namunalari va dastlabki mitseliylarning ko'rinishi

Patogenning morfologik xususiyatlari va fiziologik omillarning o'sishga ta'sirini o'rganish

O'rganishlar davomida, patogenning kasallik belgilarini keltirib chiqaruvchi quyidagi qismlari o'rganib chiqildi: gifalarining-ajralishi, rangi va tarqalish doirasi, konidiyalarning-shakli, rangi va o'lchami.

Oziqa muhitida o'stirilganda zamburug' koloniyalarining pigmentatsiya jarayoni ya'ni ranglarning biridan ikkinchisiga o'tishiga harorat, namlik va vaqtning ta'sirini va o'sish tezligi vizual tekshirildi. Turli xil oziqa muhutlarida patogenning radial mitseliylarning rivojlanishiga ta'siri va konidiyalarning hosil bo'lishini o'rganish maqsadida to'rtta oziqa muhitiga ekildi. bular:

Kartoshkali oziqa muhiti; Chapek oziqa; makkajo'xori unidan agar; jo'xori unidan agarli oziqa muhitlar;

Dastlab, 250 ml konnusimon kolbalarga avtoklavda sterrillangan har bir oziqa muhitlari, petri idishlariga 30 ml dan quyib chiqildi. Har bir oziqa muhitidan 4 ta petri idishiga alohida qo'yib chiqildi va daladan keltirilgan namunalarimizni nam kamerada o'stirganimizda dastlabki mitseliylar har biriga 3 mm diametrda yekib chiqildi. Ekilgan 4ta takroriy petri idishlarimiz 18±2 termostatga qo'yildi va 7 kun davomida kuzatib borildi. Radial mitseliylarning o'sishi har uch kunda qayd yetib borildi va to'rtta qaytariqlarning o'rtachasi olindi. Bundan tashqari, oziqa muhitlari turli xil haroratga o'sish tezligi va morfologik belgilarini namoyon qilishi yeng yaxshisini, ya'ni (10, 15, 20, 25 va 30°S) 7 kun davomida o'rganish uchun qo'yildi. Ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, zamburug' konidiyalash miqdori va mitseliylarning o'lchami 71,77 mm jo'xori unida qayd yetilgan bo'lib maksimal o'rtacha radial mitseliy o'sishi 64,88 mm 30 garadusda qayd yetildi va o'rtacha 5,18 x 10 konidiya ishlab chiqarish qayd yetildi. Oziqalarda zamburug'ning o'sishi bo'yicha yeng maqbul deb kartoshka dekstrozali agarda va chapeka oziqada, keyin makkajo'xori unli agarda va oxiri jo'xori unli agar deb topildi. Minimal konidial ishlab chiqarish 2,08x106 1 ml suv uchun konidiya qayd yetildi.

Maksimal radial mitseliylar haqida ma'lumot bergan Gurme (1979), uning ma'lum qilishicha jo'xori unli agarli oziqa muhitida konidiyalarning hosil bo'lishi yeng yuqori darajada deyilgan. Bizda tajribalarimizda biroz farq qilgan bo'lsada yaqin ma'lumotlar bilan tajribalarimiz mustahkamlandi.

4-rasm.Turli oziqa muhitlarida ekilgan va o'sib chiqqan mitseliylardan qayta ekilgan namunalar

Kasallikka qarshi biologik kurash choralari. Zamburug'ni laboratoriya sharoitida o'stirishsh mobaynida bir nechta biologik preparatlarni qo'llash orqali kasalikka qarshi kurash choralari ishlab chiqildi va preparatlar orasidan Trihoderma harzianum yeng samarali hisoblanib bu preparat mitseliylarning o'sishini 62,53% to'xtatadi. Undan keyin Basillus subtilis 45,49% va

Psevdomonas fluoressens 41,29%. Antogonistlar tomonidan antibiotiklar ishlab chiqarish yoki gifa lizisi G.ampelophagum (Pass) ning o'sishini antagonistlar oziq-ovqat, joy uchun raqobat tufayli to'xtatib qo'yadi.

Xulosalar: Gleosporium ampelophagum harorat 18-20 °C va pH 6,0-6,5 qulay hisoblanadi. mitseliyning o'sishi va konidiyalarning hosil bo'lishida qulay oziqa muhiti kartoshka dekstrozali agar va chapek oziqa muhiti. Kasalikka qarshi kurashishda fungitsidlardan foydalanish tabiat va insonlar uchun havfli bo'lganligi uchun antagonist mikroorganizlardan foydalanish biz uchun maqbul qaror bo'ladi. Buni yanayam takomillashtirish uchun tajribalarimiz davom yetadi.

REFERENCES

1. Звягинцев Д.Г. Методы почвенной микробиологии и биохимии. -М.:

2. Дудка И.А., Вассер С.П., Элланская И.А. и др. Методы экспериментальной микологии. -Киев: Наукова думка, 1982. -552 с.

3. Билай В.И. Методы экспрементальной микологии. -Киев: Наукова думка, 1973. 240с.

4. Бабушкина И.Н. Почвенные микроскопические грибы хлопкосеющих районов Узбекской ССР и их антагонистическая активность к возбудителям вертициллезного вилта растений / Автореф. канд. дис., -Л:. 1977. -25с.

5. Hamraev A.Sh., Azimov J.A., Niyozov T.B. va b. Bog', tokzorlarning zarakunandalari, kasalliklari va ularga qarshi kurash tizimi. Toshkent: "Fan", 1995, 160 b.

6. 6.Nabiev O'. Mevazor va tokzorlarning zarakunanda hamda kasalliklari va ularga qarshi kurash. Toshkent: "O'zbekiston", 1974, 48 b.

7. 7.Hasanov B.A., Ochilov R.O., Xolmurodov Ye.A., Gulmurodov R.A. Mevali va yong'oq mevali daraxtlar, sitrus, rezavor mevali butalar hamda tok kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari. Toshkent: "Offis Print", 2010, 316 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.