Научная статья на тему 'TOHIR CHAG’ATOYNING TURKIYADA SOTSIOLOGIYA RIVOJLANISHIGA QO‘SHGAN MUHIM HISSASI'

TOHIR CHAG’ATOYNING TURKIYADA SOTSIOLOGIYA RIVOJLANISHIGA QO‘SHGAN MUHIM HISSASI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
7
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tohir Chag‘atoy / sotsiologiya / Turkiston / Turkiya / Rivojlanish. / Tohir Chag‘atoy / Sociology / Turkiston / Turkey / Development.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Müminoğlu, Kasım

Tadqiqotimizda Toshkent, Qadim Turkiston, bugungi O‘zbekistonda tug‘ilib o‘sgan mutafakkir Tohir Chag‘atoy hayoti va Turkiyada Sotsiologiya fanining rivojiga qo‘shgan hissalarini yoritishga harakat qilamiz. Tohir Chag‘atoy davrning eng og‘ir sharoitlarida o‘zini ilm-fanga bag‘ishlagan muhim mutafakkirlardan biridir. U yoshligida bilim olish muhimligini tushunib yetdi va oilasi Sovet hokimiyati davridagi fojiali va og‘ir hayot kechirganiga qaramay, 1922 yilda Germaniyada xorijda o‘qishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan Turkiyaga ko‘chib kelgan Tohir Chag‘atoy umrining oxirigacha shu yurtda yashab, har ikki Turkiston xalqining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida sotsiologiya faniga qo‘shgan hissasi bilan kurashdi. va Turkiya xalqi. Tadqiqotimizda biz uning kurashining ahamiyatini ta'kidlab, uning hissalarini ko'rsatishga harakat qilamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TAHIR CHAGATOY'S IMPORTANT CONTRIBUTION TO THE DEVELOPMENT OF SOCIOLOGY IN TURKEY

In our presentation, we will try to shed light on the life of the thinker Tahir Çağatay, who was born and raised in Tashkent, Old Turkestan, today’s Uzbekistan, and his contributions to the development of the science of Sociology in Turkey. Tahir Çağatay is one of the important thinkers who devoted himself to science under the most difficult conditions of the period. He understood the importance of education at a young age, and despite his family's tragic and difficult life under Soviet rule, he managed to study abroad in Germany in 1922. However, Tahir Çağatay, who immigrated to Turkey with the start of the Second World War, lived in this country until the end of his life and struggled with his contributions to the science of sociology in the social and economic development of both the people of Turkestan and the people of Turkey. In our study, we will try to underline the importance of his struggle and indicate his contributions.

Текст научной работы на тему «TOHIR CHAG’ATOYNING TURKIYADA SOTSIOLOGIYA RIVOJLANISHIGA QO‘SHGAN MUHIM HISSASI»

TOHIR CHAG'ATOYNING TURKIYADA SOTSIOLOGIYA RIVOJLANISHIGA QO'SHGAN MUHIM HISSASI

d https://doi.org/10.5281/zenodo. 11661274

Kasim Muminoglu

Dots. Dok., Dokuz Eylul universiteti, Ilohiyot fakulteti, Din falsafasi kafedrasi kasim. mumino glu@deu.edu.tr ORCID: 0000-0001-6649-4144 ANNOTATSIYA

Tadqiqotimizda Toshkent, Qadim Turkiston, bugungi O'zbekistonda tug'ilib o'sgan mutafakkir Tohir Chag'atoy hayoti va Turkiyada Sotsiologiya fanining rivojiga qo 'shgan hissalarini yoritishga harakat qilamiz. Tohir Chag 'atoy davrning eng og'ir sharoitlarida o'zini ilm-fanga bag'ishlagan muhim mutafakkirlardan biridir. Uyoshligida bilim olish muhimligini tushunib yetdi va oilasi Sovet hokimiyati davridagi fojiali va og'ir hayot kechirganiga qaramay, 1922 yilda Germaniyada xorijda o 'qishga muvaffaq bo 'ldi. Biroq Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan Turkiyaga ko'chib kelgan Tohir Chag'atoy umrining oxirigacha shu yurtda yashab, har ikki Turkiston xalqining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida sotsiologiya faniga qo'shgan hissasi bilan kurashdi. va Turkiya xalqi. Tadqiqotimizda biz uning kurashining ahamiyatini ta'kidlab, uning hissalarini ko'rsatishga harakat qilamiz.

Kalit so 'zlar: Tohir Chag 'atoy, sotsiologiya, Turkiston,Turkiya, Rivojlanish.

TAHIR CHAGATOY'S IMPORTANT CONTRIBUTION TO THE DEVELOPMENT OF SOCIOLOGY IN TURKEY

Kasim Muminoglu

Assoc. Prof., Dokuz Eylul University, Faculty of Divinity, Department of Philosophy of Religion Department of Philosophy of

Religion, izmir/Turkiye kasim.muminoglu@deu.edu.tr ORCID: 0000-0001-6649-4144

ABSTRACT

In our presentation, we will try to shed light on the life of the thinker Tahir Çagatay, who was born and raised in Tashkent, Old Turkestan, today's Uzbekistan, and his contributions to the development of the science of Sociology in Turkey. Tahir Çagatay is one of the important thinkers who devoted himself to science under the most difficult conditions of the period. He understood the importance of education at

a young age, and despite his family's tragic and difficult life under Soviet rule, he managed to study abroad in Germany in 1922. However, Tahir Qagatay, who immigrated to Turkey with the start of the Second World War, lived in this country until the end of his life and struggled with his contributions to the science of sociology in the social and economic development of both the people of Turkestan and the people of Turkey. In our study, we will try to underline the importance of his struggle and indicate his contributions.

Keywords: Tohir Chag 'atoy, Sociology, Turkiston, Turkey, Development.

KIRISH

Sotsiyologiya bir fan qatorida XIX asrdan kelib chiqqan. Sotsiologiya so'zini birinchi marta 1839 yilda frantsuz sotsiologi va tarix faylasufi Auguste Comte ishlatgan. Sotsiyologiya fani inson va inson jamiyatini mavzu qilish bilan birga, bevosita inson jamoalarining mavjudligi va shaxslararo munosabatlar jarayonlarini o'rganib chiqadi. Shuningdek bu jarayonda barcha turdagi jamoalarning mavjudligi va voqeligi shakli, bularning mavjudligini tashkil etuvchi yoki o'z mavjudligida o'zaro almashinuvni tashkil qilgan omillarni va jamiyat mavjudligi, birlikning parchalanishi va parchalanishi tamoyillari va umumiy qonuniyatlarini topishga harakat qiladi.

XIX. Asrda Frantsiyadagi buyuk inqilob ayniqsa sanoat inqilobini barobarida olib keldi. Shuningdek bu o'zgaruvlar o'sha davr Germanyasida ham ko'p o'zgaruvlar bo'ldi. Ayniqsa bu davrda yangi jamiyat hodisalari va tuzilmalari oldida nemis yoki jamiyat voqeliklarini fanning predmeti sifatida tekshirish zaruriyatni his etuvchi va nemis falsafiy idealizmidan kelib chiqqan g'oya Rassomlarning asarlari ko'rinadi. Nemis mutafakkirlarining muammolari ko'p. Ular buni aniqroq ko'rdilar va sotsiologiya va tabiiy fanlar o'rtasidagi muhim farqlarni aniqroq ochib berdil ar. Ularning fikricha, jamiyat haqidagi fan tabiat hodisalaridan ko'ra insoniyat tarixi haqidadir. Ular ma'rifatni burch deb biladilar va o'z zimmalariga oladilar. Shunga o'xshash, ular amalda ob'ektiv to'g'ri yo'nalishga erishmoqchi edi. Muxtasar qilib aytganda, jamiyatdagi tadbirlar va ijtimoiy tadbirlar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda inqirozlarni hal qilish fikrlari, XIX. asr sotsiologiyaning Yevropa tafakkurida haqiqiy fan sifatida tug'ilishi va rivojlanishiga imkon yaratdi. Boshqacha aytganda, sotsiologiya shu davrdagi ijtimoiy inqirozlar tufayli vujudga kelgan fandir.

Turkiyada sotsiologiyaning fan sifatida qabul qilinishi ham Yevropadagi jarayonga o'xshaydi. Biz ushbu maqolada Turkiyada sotsiologiyaning rivojlanishiga katta hissa qo'shgan Turkistonlik, hozirgi O'zbekistonning Toshkent shaharida tug'ilib o'sgan Tohir Chag'atoyning hayoti va faoliyatini yoritib bermoqchimiz.

Tohir Chag'atoy (27.03.1902-27.07.1984)

Proffesor Doktor Tohir Chag'atoy 27 Mart 1902 yili Turkistonda hozirgi O'zbekistonning Toshkent shaharida ziyoli oilalardan bo'lgan Shokir Hoji Razikboy o'g'li (Rizqivoyo'g'li) oilasida tu'gilgan. Onasi Hamrohon opa to'grisida ko'p ma'lumotga ega emasmiz. Aytishlaricha Hamrohon opaning 1927 yilida vafot etganlar. Rus bosqinchilarining barcha mulklarini musodara qilgandan keyin Shokir Hoji aka 1933 yillarida Afg'onistonga qochib (iltijo qilgan) otgan. Afgonistonda uzun yillar qochqin sifatida qiyinchilikda yashab yurgan, bazi paytalarda qamoqqa olingan va pora berib qutilib chiqqan. Bir muddat o'tgandan keyin qizi bo'lgan Mahbubahon va kuyovi Sharaf Qori bilan Afganistondagi Endhuy shahrida uchrashib Afgonistonning Qobil shahriga ko'chib otishganligi ma'lum. 1935 yilida u yerdan Haj amalini qilishga borib bu yerdan esa 1936 yili ístanbulga kelib joylashgan. Otasi Shokir Hoji 1950 yili ístanbulda vafot etgan.1

Tohir Chag'atoy birinchi maktabini Toshkentdagi masjid madrasasida qisqa vaqit oqigan bo'lib keyingi ta'limini yana shu davrda qurilgan Rus tuzem maktablaridan birida rus va o'zbek tilida oqigan. Tohir Chag'atoy maktabni buturgandan keyin Ufa shahridagi Oliy Madrasada oqidi. 1917 yilida bir necha do'stlari bilan ístanbulga borish uchun oldin Azarbayjonga Mehmet Emin Resulzodaning oldiga mudarrislarining tavsiyasi bilan yetib borishgan. Tohir Chag'atoy Sheki va Bakuda oliy instutda oqib yurgan paytida Turkiyaning Azarbayjon E'lchisi Memduh Shavkat Esendalning Evropada yoshlarning ta'lim ko'rishlarini tavsiya qilgandi.

Muxokama. Tohir Chag'atoy 1921 yilida Turkistonga yani Toshkenga qaytip kelip otasi Shokir Hojining oldida sovdo ishlari bilan shug'illanip Evropada ta'lim olgani birmuncha mablag' biriktira oldi. 1922 yilida Buhorodagi Fayzullo Ho'jaev hokimiyati 70'ta talabani Evropada stipendiya bilan ta'lim olgani yuborgan.2 Ana shu yil Tohir aka o'z imkoni bilan borishlikka ijozat olib 18-19 Noyabr 1922 yilida Berlinga bordi. Universitetda oldin nemis tili tayorlovchi kursini oqidi. Keyingi yili esa universitetga murojat hujjatlarini topshirip qaydini tamomladi. Faqat bir yil o'tmay sog'liq mejozining susayshi tufayli Heidelberg Universiteti Falsafa Fakultetining Ekonomya va Sotsiyologiya kafedrasida ta'limini davom ettirdi. Tohir Chag'atoy Berlin universitetida Geheimart Schumacher, Werner Sombart, Bernhard, Dessoir, Dietze kabi professorlarning, Heidelberg universitetida bo'lsa Alfred Weber, Heinrich Rickert, Karl Jaspers, Carl Brinkmann, Karl Manheim, Emil Lederer, Geheimrat Toma, W. Andreas ve Jellinek kabi falsafa va sotsiyologiya, ekonomya,

1 Hakan Torun, Tahir Çagatay'in hayati ve Faaliyetleri, istanbul Üniversitesi Sosyal Bilimler Enstitüsü Tarih Anabilim Dali, Yüksek Lisans Tezi, 2002; Shuningdek bu ma'lumotlar uchun; Saadet ishaaki Çagatay, "Prof. Dr. Tahir Çagatay (27.03.1902-27.07.1984)", Türk Kültürü C. XXIII Ankara Türk Kültürünü Araçtirma Enstitüsü. 1985. s. 261.

2 Hakan Torun, Tahir Çagatay'in hayati ve Faaliyetleri, s. 7.

huquq va tarih sohalarida mashhur bilim insonlaridan dars olish bilan birga, Alfred Weberning yetakchiligi va Emil Ledererning ilmiy rahbarligida doktorlik desertatsiyasini amalga oshirgan.3 Tohir Chag'atoyning ishbu tezisi "Grundzuge Der Nomadenwirtschaft. Betrachung des Writschaftsleben der sibirisch-centralasiatishchen Nomodenvölker. Inaugural Dissertation zur Erlangung der Ohilosophischen Doktorwürde einer hohen Philopischen fakultat der Ruprecht-Karls Universtat zu Heidelberg, J. Kruse und Sohne Bruchal, 1931.( "Ko'chmanchilar xo'jaligi asoslari. Sibir-O'rta Osiyo ko'chmanchi xalqlarining iqtisodiy hayotini ko'rib chiqish.")4

1931 yilida Berlinga joylashgan Tohir Chag'atoy, 1932 yili Qazon tatar turklaridan mashhur gazetachi va siyosat yozuvchisi Muhammed Ayaz Ishakining Berlinda Turkologiya tahsili olgan qizi Saadet Ishaki bilan turmush qurgan. Tohir aka ana shu 1931-35 yillarda ikinchi bor Oliy Politika Oquv yurtida ta'labalikka yozilib shu yerda ishlash imkoniga ega bo'lgan.5 Tohir Chag'atoy bu joyda Soviyetlarda jarayon etgan butun ilmiy amallardan habar topish imkoniyatiga erishgan. Keyingi sotsiyal va ekonomikalik ilmiy ishlarida ham bu ma'lumotlarni qo'llanganligi haqida o'zi ma'lumot bermoqda.

Tohir Chag'atoyning 1929-1939 yillari orasida do'stlari doktor Abdullvahap Oktay va Mustafa Chokayog'li bilan qurgan "Yosh Turkiston" jurnalini birgalikda olib borganligi ma'lum.6

Ikkinchi jahon urushi boshlanganidan keyin 1939-yilda oilasi bilan Turkiyaga ko'chib keldi va Ankaraga joylashdi. Bir muddat Qishloq xo'jaligi vazirligida maslahatchi bo'lib ishlagandan so'ng, 1948-yilda Anqara universiteti Tillar, tarix va geografiya fakulteti (DTCF) sotsiologiya bo'limida dars bera boshladi. Rafiqasi Saadet Ishaki bo'lsa 15 Dekabr 1939 yilida Dil ve Tarih Geografya Fakulteti Turkologiya kafedrasida asperentlikka murojat qilgan ammo aspiranlikka olinmadi, Fakultet kutuphonasida mamura o'laroq ishlay boshladi. Tohir Chag'atoy Qishloq xo'jaligi vazirligida ishlagan davrda bir tola ilmiy ijodlar amalga oshirgan. Bular orasida eng muhim izlanishlarni tashkil qilgan "Madaniyat Rivojlanishida Sotsiyal -Ekonomik Faktor O'laroq Su Problemasi" (1948-1950) juda ham hajimli bo'lgan bu asar Ayaz Tahir Turkiston Idil Ural Fondiga chop etilshi uchun talabalari va hamkasiblari Settar Demirci va Fügen Nilüfer Ba§aran tomonidan tayyorlanip

3 Tahir Qagatay, Günün sosyolojisine Giri§, Yayina Hazirlayan Rami Ayas ve Fügen N. Ba§aran. Dogubati Yayinlari, 2020, s. 8.

4 Rami Ayas, "Bir Gergeklik Bilimi Olarak Sosyoloji ve Tahir Qagatay", Ankara Üniversitesi ilahiyat Fakültesi Dergisi, Cilt XXXIII, Ankara 1992, s. 11-41.

5 Hakan Torun, Tahir Qagatay'in hayati ve Faaliyetleri, s. 10.

6 Hakan Torun, Tahir Qagatay'in hayati ve Faaliyetleri, s. 7; Saadet ishaaki Qagatay, "Prof. Dr. Tahir Qagatay (27.03.1902-27.07.1984)" s. 56

yuborilgan. Ankara Universitetida ishlap yurgan paytida Tohir Chag'atoy domla "Kapitalistik Ijtimoiy Tuzum va Uning Hozirgi Holati" nomidagi Dotsentlik tezisini berdi va Dotsent unvoni 16.11.1953 yilida olishga muvofaq bo'ldi. 23.031963 yili "Shu Davr Sotsiologiyasiga Kirish" nomli asari bilan professorlik unvoniga erishti.7

1972 yili nafaqalikka chiqqandan so'ngra ham ilmi ijodlariga davom ettirgan Tohir Chag'atoy 1984 yili 27 iyul oyida kasalligi tufayli vafot qilgan. Men ishlayotgan Dokuz Eylul Universiteti îlohiyat fakultetidan pensiyaga chiqqan uning talabalaridan biri professor Rami Ayas ustozning aytishicha Tohir Chag'atay 1 avgust kuni asr namozidan oldin Anqara universiteti til, tarix va geografiya fakultetiga olib kelindi. Ushbu joyda o'tkazilgan marosimda; Uning shogirdlaridan biri prof. Dr. Nihat Nirun, prof. Dr. Ular Ozdog'an Sur, Rami Ayas va boshqa ko'plab hamkasblarining chiroyli nutqlari bilan Ankaradagi Cebeci Asriy Mazorligiga dafn qilingan.

Tohir Chag'atoyning Turkiston va Turkiyada sotsiyalogiya bilimining rivojlanishidagi o'rni

Tohir Chag'atoy hayotini Turkiston Milli Qurtilishiga atagan olim va donishmand bir insonlardan biri bo'lgan. 27 dekabr Mustafa Chokayog'lining vafotidan so'ngra îstanbulda Turkiston Milli Qurtilishi raisi bo'lib chechilgan. Uning yagona tilagi Soviyetlarning va Xitoy davlatining qaramligidagi turk millatlarining ozodligi va mustaqillikka chiqishlari edi. Afsus uning o'mri Turkiston halqlarining mustaqillikka erishishlarini ko'rgani yetmadi.8

Professor Doktor Tohir Chag'toy Germanyada oqib yurgan davrdayoq G'arbdagi tafakkur harakatlarni va fan sohalarining rivojlanishi ilmiy ishtiyoq bilan kuzatib borgan. U Evropada sotsiologiya fanining rivojlanishi va modern hayottagi o'rni haqida zamoning mohir mutafakkirlaridan dars olib o'ganib chiqish bilan birga kelajak mustaqil Turkiston halqlari uchun bu ilimning katta yetuklari haqida qayg'urub ilmiy izlanishlarida bu yo'nalishda ish olib borgan. U o'zining "Ko'chmanchilar xo'jaligi asoslari. Sibir-O'rta Osiyo ko'chmanchi xalqlarining iqtisodiy hayotini ko'rib chiqish" tezisida ko'chmanchi halqalarning madaniyatning turli qirralarini keng tasvirlagan. Muallif ko'chmanchi xo'jaligini tasvirlar ekan, bu turmush tarzini ushbu mamlakatlarning tabiiy, geografik va iqtisodiy sharoitlari va bu xalqlarning jamiyati va madaniy sharoiti va darajasi bilan bog'liqligini belgilab bergan; Uning aytishicha, "ko'chmanchi hayot vaqt o'tishi bilan rivojlanish bosqichlarini bosib o'tgan bo'lsa-da, u o'zining oqilona xususiyatini to'liq yo'qotgani yo'q. Muallif ko'chmanchi turmush tarzi bilan ko'chmanchi xo'jalik va chorvachilikni bir-biridan ajratib ko'rsatadi. Uning aytishicha, o'z hayotiy qobiliyatini

7 Tahir Çagatay, Gunun sosyolojisine Giriç, s.9.

8 Hakan Torun, Tahir Çagatay'in hayati ve Faaliyetleri, s. 17.

yo'qotgan iqtisod chorvachilik emas, balki ko'chmanchi iqtisodiyotdir. Muallif ilgari surgan g'oyaga ko'ra, "Ko'chmanchi xo'jalikni tark etish chorvachilikdan voz kechib, ikkinchi turdagi xo'jalikka o'tishni anglatmaydi; iqtisod. Bu naslni joy va sharoitga ko'ra o'rnatish va uni keng ko'lamli holatidan qutqarish demakdir."9 Tohir Chag'toy bu go'yalarni ilgari surish bilan birga Orta Osiyo halqlarining madaniyatidagi oilaning o'rni va ahamiyatini nazarda tutgan holda Soviyet tizimining bu halqlarning oila strukturasidagi sotsiyal va manavi demografiyasida salbiy o'zgarishlarga sabab bo'lishi to'g'risida qayg'ura boshlagan. Tohir Chag'atoy o'z asarlarida Soviyet hukumatining Orta Osiyo halqlarini ekspluatatsiya amallarini harhil tahallüslarda yozgan maqolalarida qattiq tanqid qilgan.10

Tohir Chag'toy Germanyadan Turkiyaga ko'chib kelgan davrda sotsiyologiya fanining xolati haqida quyidagi ma'lumotlarni bermoqda; Sotsiyalogiya va uning yo'nalishlari xilma-xil harakatlar bir oz kechikish bilan bo'lsa ham mamlakatimizda kuchayib bormoqda - deb o'yladi u. Tohir Chag'toyning aytishicha Turkiyada Sotsiyalogiya fani Ahmet Riza, Ziya Gökalp va Sabahaddin Beylarning qoshgan ilmiy amallari soyasida rivojlana boshlagan. Tohir Chag'toyga ko'ra bu uch mutafakkir uch farqli sotsiyalogiya maktab harakatining tamsilchisi qatori sanalishi mumkin.

"G'arbning o'zida, 19-asrda. asrning yaratilishi hisoblangan sotsiologiya Uning asoschisi Auguste COMTE ta'limotiga amal qilib, Ahmet RIZA Bey va Ziya GÖKALPda DÜRKHEIM metodologiyasining ta'siri eng yaqqol namoyon bo'ladi. Ziyo Beyda ko'rish mumkin bo'lganidek, LE PLAY maktabi "SABAHADDIN Bey o'z ta'sirini aniq olib keladi."

Tohir Chag'toyning o'zi bo'lsa Turkiyadagi sotsiyalogiya fanining rivojlanishiga enga katta hissasini "Hozirgi Kun sotsiologiyasiga Kirish" nomli asari bilan qoshganligi ma'lum. Bu asarda zamonaviy sotsiologiyaning metodi, tuzilishi va ijtimoiy vaziyatlari, ilmiy o'zgarishlari ilmiy jihatdan ishlap chiqildi. Tohir Chag'atoy bu asarda madaniyat sotsiyologiyasini ham ishlashni maqsad qilgandi faqat madaniyat sotsiyologiyasini boshqa bir asari bo'lgan "Madaniyat Rivojlanishida Sotsiyal-Ekonomik Faktor O'laroq Su Problemasi" (1948-1950) yoritib berdi.

Darhaqiqat, marhum professor Dr. Chag'atoy, Nomaden Wirtschaft (doktorlik dissertatsiyasi, Bryussel, 1931), Turkiston Pahta Hocaligi (Turkiston paxta xo'jaligi, arab harflarida, Berlin, 1934), Turkiston Milliy Adabiyoti va Adabiyot Fojiasi Haqida (arab harflarida, Berlin, 1935), Turkiston milliy Idea va Ali Shir Nevaiy (arab

9 Rami Ayas, "Bir Gerçeklik Bilimi Olarak Sosyoloji ve Tahir Çagatay", Ankara Üniversitesi ilahiyat Fakültesi Dergisi, Cilt XXXIII, Ankara 1992, s. 11-41.

10 Bir Türkistanli, "Çar Bakam Krusçevin Türkistan Pamukçuluguna Bakiçi" 1929, s. 1: 16-25; Temuroglu, "Türkistanda Okul Meselesi" 1930, "Beç Yillik Plan ve Onun Türkistan'a Etkisi", 1930.

harflarida, Berlin 1939), Kapitalistik Ijtimoiy Tuzum va Uning Hozirgi Holati (1958), Ijtimoiy Nazariyalar Tarixi (qo'shimcha maqolalar Prof. Hans Freyer tomonidan tarjima qilingan, 1960), Hozirgi Kun Sotsiologiyasiga Kirish. 1962), "Sanoat inqilobi" kontseptsiyasi atrofida (1965), "Ijtimoiy tartib-ayollar-jamiyat" (1969), Ta'lim sotsiologiyasi; "Qizil imperializm", Sovet Rossiyasida millatlar masalasi hal qilindimi? (1971), Zamonaviy Oila va Ijtimoiy Muammolar (1972) "Kino va Kinoning ijtimoiy ahamiyati." Turkiston Sayohatlarining Ochib Bergan Haqiqatlari" nomli kitoblari va "Demokratik Mamlakatlardagi Siyosiy Partiyalar" nomli maqolasi siyosat sotsiologiyasi sohasidagi eng muhim tadqiqotlar sirasiga kiradi. Shuningdek, "Madaniy Inqiroz va Elita Muammosi" nomli maqolasi yana ana shu maxsus sotsiologiyalar, boshqacha aytganda, madaniyat haqida va sotsiologiyaning bir jihatini yoritib beruvchi maqolasi bo'lib sanaladi. Rahmatli ustozimizning "Sanoatlashgan mamlakatlardagi qishloq va dehqon jamoalari muammolari" deb nomlangan maqolasi, biz kabi sanoatlashuvga qadam qo'yayotgan mamlakatlar eshigini taqillayotgan voqealarni keng ma'lumotlar bilan izohlap bergan deydi Prof. Dr. Rami Ayas. Sanoati rivojlangan mamlakatlar dehqonchilik sohasida duch kelgan va hozirda duchor bo'layotgan problemalar haqida 150-200 betlerda yoritip bergan.11 Bundan Tashqari Tohir Chag'atoyning turli tahalluslarda yozgan maqolalari ham bor. Hakan Torun o'zining yozgan magisterlik tezisida Tohir Chag'atoyning "Ayas Tahir Türkistan Idil Ural Vakfi" tomonidan belgilangan 128 papkadan iborat Tohir Chag'atoyning chop etilmagan ijodlarining bor bo'lganligi haqida ma'lumot bermoqda. Bulardan bazilari;

"Taraqqiyot masalalari bo'yicha eslatmalar (D-1)", "Turkiston haqida eslatmalar (D-2)", "Sotsiologiyaga oid eslatmalar (D-3)", "Sanoat bo'yicha sonli eslatmalar (D-4)", "Turkiston haqida eslatmalar. (D-5)", "Sotsiologiyaga oid eslatmalar (D-6)", "Eronga asoslangan turli mavzulardagi gazeta qirralari (D-7)", "Sotsiologiyaga oid eslatmalar (D-8)", "Jismoniy shaxslar haqida sotsiologiya yozuvlari (D-7)" D-) 9)", "Sotsiologiyaga oid eslatmalar (D-10)", "Sotsiologiyaga oid eslatmalar (D-11)", "Iqtisodiy sotsiologiyaga oid eslatmalar (D-12)", "Oila sotsiologiyasi bo'yicha eslatmalar (D-13)", "Ikki urush o'rtasidagi davra eslatmalari (D-14)", "Maks Weber haqida eslatmalar (D-15)", "Sotsiologiya so'nggi davr eslatmalari (D-16)", "L. V. V va H. F. Muhokama (D17)", "Maktablar haqida eslatmalar (D-18)", "L. V. Visse haqida eslatmalar (D-19), "Sotsiologiyaga oid eslatmalar (D-20)", "Ijtimoiy nazariyaga oid eslatmalar (D-21)", "G. Simmel Relations Notes (D-22)", "Social Vetires Theorical Notes (D23)", "Durkheim Pareto Notes (D-24)", "Millat, Oila, qabila va davlat eslatmalari (D-25)", "To'g'risida" Sotsiologiyaning rivojlanishi

11 Rami Ayas, "Bir Gergeklik Bilimi Olarak Sosyoloji ve Tahir Qagatay", Ankara Üniversitesi ilahiyat Fakültesi Dergisi, Cilt XXXIII, Ankara 1992, s. 11-41.

Urushlararo davrga nazar (D-26)", "Sotsiologiya tarixi III (D-27)", "Ikkinchi oqim (D28)", "Galiley va Kopernik haqida eslatmalar" va sotsiologiyaning ko'plab sohalari bo'yicha eslatmalar mavjud. Bu asarlarning ro'yxati uchun Hoqon Torun ijodiga murojaat qilishingiz mumkin.12

Tohir Cahag'atoy sanoatlashish jarayonini ham bir iqtisodchi ham bir sotsiyolog qatori ko'rib chikishga harakat qilgan. U sanoat inqilobini ijobiy bir hodisa ekanligini belgilab, bu davrda insonlarning ham ishlash hamda ish berish ozodligiga erishgan deb hisoblaydi. Bu davrda sinif qatlamlari orasida gorizontal va vertikal mobillik qulaylashgan.13

Tohir Chag'atoy ayrim turk sotsiologlarining "1970-yillarning dastlabki yillaridan boshlab. Turk sotsiologiyasida birinchi o'ringa chiqqan metodologik muammo so'nggi 8-10 yildan beri mavjud degan fikirni "Hozirgi Kun Sotsiologiyasiga Kirish" nomli asarida ko'p tomonlama tanqid qilish bilan birga "Sotsiologiya mustaqil fanga aylanmoqda" bo'limida bunday da'voni rad etadigan sotsiologiya qanday fan? u nima, u boshqa ijtimoiy fanlardan nimasi bilan farq qiladi, jamiyat voqealariga qanday aloqasi bor va unga qanday yondashish, uning sotsiografiyadan farqini va sotsiologik metodning xususiyatlarini, zamonaviy sotsiologiyaning metodini asoslantirip bermoqdadir. Bu asarlari bilan Tohor Chag'atoy sotsiyalogia fanini oqiyotgan talabalarga tadqiqot usullaridan oldin keladigan va o'zi muhim bo'lgan metodikasini o'rgatishi bilan Turkiyada bu fanning rivohlanishiga o'zining kattadan katta hissalarini qo'shgan.

XULOSA.

Tohir Chag'atoy "Kapitalistik Ijtimoiy Tuzum va Uning Hozirgi Holati" nomli asarining birinchi bo'limida kapitalizmning keng tahlil qilish bilan birga ikinchi bo'limda unga yo'naltilgan taqidlarning himoyasini o'rtaga qo'ymoqdadir. Chag'atoyga ko'ra butun ekonomikalik faoliyatlarda a. Qozonch istagi, b. Ehtiyojni qarshilay olish majburiyati o'laroq ikkita asosi bor. iqtisodiy jarayonning o'nglanishi yoki buzilishi bu ikki asosning o'rtasidagi janjalga bo'gliq natijalanishini ko'rsatadi. Kapitalizm davri shu qazonch talabining og'ir bosishi tufayli kelip chiqqan. Chag'atoy Karl Markx kabi jamiyatda yangi bir sintezning paydo bo'lishi uchun qarama qarshi kuchlarning bir biri ila kursahsishi fikrini qabul qilmaydi. Ekonomikani butunlay moddiy borlig' kabi mafhumlash o'rniga Gegelden tasirlangan holatda biri biri mavhum, ikkinchisi konkret kuchlarning amallarini birlashtirmo'gi natijasida bir birlarini tamamlaguvchi jamiyat sistemasini tashkil

12 Hakan Torun, Tahir Çagatay'in hayati ve Faaliyetleri, s. 123-130 orasi.

13 Tahir Çagatay, "Sinai ihtilal Mefhumunun Etrafinda", Araçtirma, A. Ü. D. T. C. F. Felsefe Enstitüsü Dergisi, C. II, 1964, s 104-143.

qilishiga ishonadi. 14 Faqat davrining kapitalist sistamasidagi manavi va ahloqi inqirozning sababini ham yana kapitalizming o'zining sababchi ekanligini belgilab bergan.

Natija qilib aytmoqchi bo'lsak Tohir Chag'atoy ham 1917 yil oktyabr inqilobidan keyin xorijga ko'chib ketgan va shu kabi o'lkalarda yashap ijod qilgan turk halqlatining ko'zga ko'ringan namoyandalari qalam yordamida olib borgan o'z xalqlarining sovet hokimiyatidan mustaqil bo'lish uchun olib borgan namunalik mutafakkirlardan edi. Mustafo Shokay, Mehmet Emin Resulzoda, Ayaz Ishoqiy kabi mutafakkirlar qatori Tohir Chag'atoy ham o'z ijodlarini shu g'oya uchun bergan. Bu insonlar Yevropada "Prometey birligi" deb nomlangan harakatga birlashdilar va juda kuchli harakatni amalga oshirdilar. Yuqorida aytip o'tganimizdak Tohir Chag'atoy shuningdek Turkiyada sotsiyologiya fanining rivojlanishida, yosh talabalarining bu sohada yetiship o'sishlari uchun katta mehnat qilgan. Talabalaridan bo'lgan Rami Ayasning aytishicha u kishi bu yolga juda katta bosh qoyganligi uchun Orta Osiyodan kelgan talabalarga har doim ko'mak qilib ko'plari uchun o'z hissasidan stipendiya ham taminlar edi.

FOYDALANILGAN ADADIYOTLAR (REFERENCES)

1. Bir Türkistanli, "Qar Bakani Krusgevin Türkistan Pamukguluguna Baki§i" 1929. s. 1: 16-25.

2. Hakan Torun, Tahir Qagatay'in hayati ve Faaliyetleri, istanbul Üniversitesi Sosyal Bilimler Enstitüsü Tarih Anabilim Dali, Yüksek Lisans Tezi, 2002.

3. Rami Ayas, "Bir Gergeklik Bilimi Olarak Sosyoloji ve Tahir Qagatay", Ankara Üniversitesi ilahiyat Fakültesi Dergisi, Cilt XXXIII, Ankara 1992, s. 11-41.

4. Saadet ishaaki Qagatay, "Prof. Dr. Tahir Qagatay (27.03.1902-27.07.1984)", Türk Kültürü C. XXIII Ankara Türk Kültürünü Ara§tirma Enstitüsü. 1985.

5. Tahir Qagatay, Günün sosyolojisine Giri§, Yayina Hazirlayan Rami Ayas ve Fügen N. Ba§aran. Dogubati Yayinlari, 2020.

6. Tahir Qagatay, "Sinai ihtilal Mefhumunun Etrafinda", Ara§tirma, A. Ü. D. T. C. F. Felsefe Enstitüsü Dergisi, C. II, 1964, s 104-143.

7. Temuroglu, "Türkistanda Okul Meselesi" 1930.

8. Temuroglu, "Be§ Yillik Plan ve Onun Türkistan'a Etkisi", 1930.

14 Hakan Torun, Tahir Qagatay'in hayati ve Faaliyetleri, s. 27.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.