Научная статья на тему 'NODIRA VA UNING BESH G‘AZALI NASRIY BAYONI'

NODIRA VA UNING BESH G‘AZALI NASRIY BAYONI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2147
168
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Chagʻatoy turkchasi / Mohlaroyim Nodira / Nodira Devoni / Chahgatay Tırkish / Mahlar Ayım Nodira / The Nodira Divan

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Shogofa Ozgur

Chagʻatoy turkchasi – Qoraxonli turkchasining davomi sifatida XIV asrning soʻnglaridan boshlab, XV asr Temurliylar davrida yuksalib XX asrning birinchi yarimiga qadar davom etgan va hozirda Oʻzbekiston va Afgʻonistonda chogʻdosh oʻzbek turkchasi sifatida qoʻllanilayotgan Oʻrta Osiyo turkiy tillaridan biridir. Chigʻatoy adabiyotining taniqli ayol shoirlaridan biri Mohlaroyim Nodirabegimdir. Nodira 1792-yilda Oʻzbekistonning Andijon shahrida tugʻilgan. Chigʻatoy va fors tillarida she’rlar yozgan. Uning qalamga olgan sheʼrlari xalq tomonidan sevilgan, yodlangan va musiqa bilan ijro etilgan. U Chigʻatoy turkchasi sheʼrlarida Nodira va Komila va forscha sheʼrlarida Maknuna taxallusini qoʻllagan. Bu maqolada, birinchidan, uning hayoti, adabiy merosi haqida maʼlumot berilgan. Soʻngra esa, uning Chagʻatoy turkchasi devonidan tanlangan besh gʻazali bugungi o‘zbek tiliga qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NODIRA AND HER FIVE GHAZAL PROSE

Chaghatay Turkish, as a continuation of Karakhanid Turkish, is one of the Central Asian Turkish languages that began in the late 14th century, rose during the Timurid period in the 15th century and lasted until the first half of the 20th century. One of the most famous women poets of Chagatai literature is Mohlaroyim Nodira Begum. Nodira was born in 1792 in the city of Andijan in Uzbekistan. She wrote poems in Chagatai and Persian. His poems were loved, memorized and performed with music. She used the pseudonym Nodira and Komila in his Turkish poems and Maknuna in his Persian poems.. This article first gives information about his life, literary personality and works. Later, he translated into Uzbek our five ghazal days, selected from the Chaghatay Turkish divan.

Текст научной работы на тему «NODIRA VA UNING BESH G‘AZALI NASRIY BAYONI»

Scientific Journal Impact Factor

NODIRA VA UNING BESH G'AZALI NASRIY BAYONI

Shogofa Ozgur

Erciyes universiteti ijtimoiy fanlar instituti turk tili va adabiyoti fakulteti

magistranti e-posta: sukufe. ozgur93@gmail.com

ORCID ID:0000-0002-5660-0860

Annotatsiya: Chag'atoy turkchasi - Qoraxonli turkchasining davomi sifatida XIV asrning so'nglaridan boshlab, XV asr Temurliylar davrida yuksalib XX asrning birinchi yarimiga qadar davom etgan va hozirda O'zbekiston va Afg'onistonda chog'dosh o'zbek turkchasi sifatida qo'llanilayotgan O'rta Osiyo turkiy tillaridan biridir.

Chig'atoy adabiyotining taniqli ayol shoirlaridan biri Mohlaroyim Nodirabegimdir. Nodira 1792-yilda O'zbekistonning Andijon shahrida tug'ilgan. Chig 'atoy va fors tillarida she'rlar yozgan. Uning qalamga olgan she'rlari xalq tomonidan sevilgan, yodlangan va musiqa bilan ijro etilgan. U Chig'atoy turkchasi she 'rlarida Nodira va Komila va forscha she 'rlarida Maknuna taxallusini qo 'llagan.

Bu maqolada, birinchidan, uning hayoti, adabiy merosi haqida ma'lumot berilgan. So 'ngra esa, uning Chag'atoy turkchasi devonidan tanlangan besh g'azali bugungi o'zbek tiliga qilingan.

Kalitso'z: Chag'atoy turkchasi, Mohlaroyim Nodira, NodiraDevoni.

Аннотация: Чагатайский тюркский является продолжением караханидского тюркского. Это один из централъноазиатских тюркских языков, возникший в конце XIV века, возник в период тимуридов в XV веке и просуществовавший до первой половины XX века.

Одна из самых известных женщин-поэтов чигатайской литературы -Мохлароим Нодирабегим. Нодира родился в 1792 году в городе Андижане в Узбекистане. Он писал стихи на чигатайском и персидском языках. Его стихи любили, помнили и исполняли с музыкой. Он использовал прозвища Нодира и Комила в турецкой поэзии Чигатая и Макнуна в персидской поэзии.

В этой статье, прежде всего, представлена информация о его жизни и литературном наследии. Позже пять его газелей, выбранных из чагатайского тюркского девона, были переведены на современный узбекский язык.

Ключевые слова: чагатайский тюркский, Мохлароим Нодира, Нодира Девони.

Abstract: Chaghatay Turkish, as a continuation of Karakhanid Turkish, is one of the Central Asian Turkish languages that began in the late 14th century, rose

Scientific Journal Impact Factor

during the Timurid period in the 15th century and lasted until the first half of the 20th century.

One of the most famous women poets of Chagatai literature is Mohlaroyim Nodira Begum. Nodira was born in 1792 in the city of Andijan in Uzbekistan. She wrote poems in Chagatai and Persian. His poems were loved, memorized and performed with music. She used the pseudonym Nodira and Komila in his Turkish poems andMaknuna in his Persian poems..

This article first gives information about his life, literary personality and works. Later, he translated into Uzbek our five ghazal days, selected from the Chaghatay Turkish divan.

Keywords: Chahgatay Tirkish, Mahlar Ayim Nodira, The Nodira Divan.

Chag'atoy Turkchasi, taxminan 600 yil Uyg'ur va O'rta Osiyodagi turkiy xalqlarning o'rtoq yozuv tili sifatida qo'llanilgan (Albiz, 2013, s.280). Chag'atoy tili, turkiy tillar oilasining O'rta Osiyo guruhiga mansubdir. Bu til, XV asrdan boshlab, XX asrning boshlariga qadar qo'llanilgan bir adabiy tildir. Hozirgi turk shevalari orasida o'zbekcha va yangi uyg'urcha unga eng yaqin bo'lganlardandir. Qo raxonlilar va Xoqonlilar (XI-XIII asr) va Xorazm (XIV asr) adabiy tillarining davomi sifatida Temuriylar (1405-1506) hukumronligi ostida kengaygan bu chig'atoy tili, ayniqsa Navoiyning asarlarida klassik shaklni oldi. Chag'atoychaning e'tibori, buyuk bo'ldi (Eckmann, 2017, s.15). Alisher Navoiy, Sulton Husayn Boyqaro, Mavlono Lutfiy, Bobur, Sakkokiy, Gadoiy, Yaqiniy, Atoiy, Xorazmiy, Munis, Behbudiy, Durbek va Mohlaroyim Nodira bu adabiyotning muhim shoir va yozuvchilaridandir.

Mohlaroyim Nodira, XVIII asrning so'nglari va XIX asrning birinchi yarimigacha yashagan, she'rlari xalq tomonidan sevilgan, yodlangan va ijro etilgan Chig'atoy adabiyotining muhim ayol shoirlaridan biridir. U, 1792-yilda hozirgi O'zbekistonning Andijon shahrida dunyoga kelgan. Ma'rifatparvar Qo'qon xoni Sayid Amir Umarxon uning turmush o'rtog'i bo'lgan. Turmush o'rtog'i Sayid Umarxonning o'limidan so'ng Qoqon xonligini boshqargan. Xonlik davrida juda ko'p madrasa, korvonsaroy, masjid, hamom qurdirgan. 1842-yilda Buxoro xoni Amir Nasrullaxon tomonidan o'ldirilgan (Yorqin, h.1368, s.1-6).

Nodirabegim, Nodira, Komila va Maknuna taxalluslarini qo'llab Chig'atoy turkchasi va fors tillari bilan uch farqli devon yaratgan iste'dodli va tajribali san'atkordir. (Kiziltunf, 2012, s.744).

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Ilmiy maqolada Nodira ijodini o'rganishga oid yoritilgan bo'lib, unda qiyosiy-chog'ishtirma, tarixiy tipologik metodlardan foydalanilgan. Asosiy adabiyotlar sifatida shoiraning devonlaridan foydalanilgan.

Nodiraning she'rlari, omma xalq tomonidan sevilgan, yodlangan va ijro etilgan. Shoira, she'rlarini ham turkcha hamda forscha yozgan. Turkcha she'rlarida Nodira va Komila, forscha she'rlarida esa Maknuna va Nodira taxalluslarini qo'llagan shoira, g'azal, muxammas, musaddas, tarji band, tarkib band, taxmis, chiston kabi klassik adabiyotning juda ko'p janrlarida asarlar bitgan. Uning she'rlarida mumtoz she'riyatdan tashqari, xalq adabiyotining ham ta'siri bordir. Shuningdek, she'rlarida Navoiy, Fuzuliy, Hofiz, Lutfiy, Bedil kabi shoirlarning ta'siri yoqqol seziladi. Nodira tirikligida ham o'z zamonasining shoirlari hamda boshqa san'at va adabiyot ustalari tomonidan sevilib qadrlangan. Boshqa tomondan esa, o'zidan keyin kelgan boshqa shoirlarga ta'sir ko'rsatgan. Dilshodi Barno va Anbar Otin singari ayollar shoirlar uni maqtashganlar (Tolkun, 2001, s.169).

Nodiraning Chig'atoy turkchasi va forscha ikki devoni bordir. Olib borgan izlanishlarga ko'ra O'zbekiston kutubxonalarida uning divonini besh nusxasi mavjud bo'lgan va quyidagilardan i'boratdir:

1. Abu Rayhon Beruniy nomidagi O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlangan nusxa. Bu nusxada 108 g'azal joy olgan (Yorqin, h.1386, s.21).

2. 1963-yilda Maslax Xon ismli xususiy kutubxonada topilgan nusxa. Bu nusxada, Nodiraning muxammas, musaddas, musamman, tarji band, tarkib band va firoqnoma kabi nazm shakllari bilan yozgan she'rlari joy olgan.

3. Abu Rayhon Beruniy nomidagi O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlangan va Maknuna taxallusi bilan qalamga olingan forscha-tojikcha devonining nusxasidir. Bu nusxada, 333 g'azal joy olgan (Yorqin, h.1386, s.22).

4. Boshqa bir nusxa esa, 1926-yilda Andijonda ko'chirilgan nusxadir. Bu nusxada 250 bayt joy olgan (Yorqin, h.1386, s.22).

5. Namanganda topilgan nusxa. Mohlaroyim Nodirabegimning Nodira, Komila va Maknuna taxalluslari bilan yozgan 120 Chig'atoy turkchasi va forscha she'rdan iboratdir. (Nomiq, h.1392, s. 428.)

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

Nodiraning Chig'atoy turkchasi devonidan tanlangan besh g'azalining nasriy bayoni

Bu yerda Mohlaroyim Nodirabegimning Chag'atoy turkchasi devonidan tanlangan besh g'azali hozirgi O'zbek turkchasiga tarjima qilingan va quyidagilardan iboratdir:

1. May ichsang ay ko'ngil ildin nihon ich Labi yodi bila may royagon ich

(Ay ko'ngil! Agar sevgiling dudog'ini sog'inchi bilan bepul ichki ichmoq istasang, jamoatchilikdan yoshirincha ich.) Agar g'amdin xalos olmoq tilarsan Surohidek sharobi arg'uvon ich (Agar qayg 'udan qutulmoq istasang, ko 'za ichidagi qizg 'ish ichikini ich.) Ko'ngul shodob eding vasli mayidin Labidin ayru tushding emdi qon ich (Ay ko'ngul! Sevgilining birlashish ichimligidan xursand eding. Endi dudog'idan yiqilib tushganing uchun qon ich.) Kirib mayxonag'a g'amdin amon top Damodam jom tut may har zamon ich

(Qayg'ugan qutulmoq uchun mayxonaga kirib, stakanni doimo to 'ldirib ich.) Mayi nob il ayyoriga muhaqdur O'zingni aylamokka imtihon ich

(Aralashtirilmagan ichki ayyor odamlarning huquqidir. Sen ham hila-nayrangingni qil.)

Budur mazmuni mavji bodayi nob Ki sahbo pirni aylar javon ich

(Aralashtirilmagan ichkining sirri budur: qarrini yosh qiladi.) Senga ay Nodira Jomi muhabbat Chu sundi soqiyi shirin zabon ich

(Ay Nodira! Shirin so 'zli soqining taklif qilgan sevgi to 'la stakanidan ichki ich.) 2

Sunma may ay soqiy davron menga Kim nasib olmish azaldin qon menga

(Ey davraning soqiysi! Menga ichki taklif qilmo, chunki qon ichish azaldan buyon mening nasibimdir.)

Yor javridin shikoyat qilmozam

Kim erur bir vajh istihson menga

(Men sevgilining bergan azobidan shikoyat qilmayman. Chunki bu men uchun bag 'ri kenglikdir.)

Nola bir dilsuz yonmdur mening Hamnishindur didayi giryon menga

(Meningyig'lashimning sababi, yuragimni kuydiradigan sevgilimdir.) Mushkil ishdur dard u hijron kulfati Yorabb ol mushkilni qil oson menga

(Ayriliqdan azob chekmoq men uchun qiyin bir ishdir. Xudouim, bu muammoni osonlashtir.)

Dasht u sahrolarni qildim ixtiyor Bo'ldi majnun qissayi burhon menga

(Men cho 'llada va dalalarda bo 'lishni ixtiyor etdim. Burhonning hikoyasi men majnunga o 'xshardi. )

Oh nelay o'tdi bavroni visol Nevafoliq ayladi davron menga

(Oh! Nima qilishim kerak? Vaqt o'tdi. Davr ham menga xiyonat qildi.) Muntazirdurman hamisha Nodira Bir qiyo boqqaymu deb jonon menga (Sevgilim bir marta bo'lsa ham menga qaraydimi deb, men Nodira kutib turibman.) 3

Soqiyo hijr balosin demishlar mayi nob Tuta ko'r maykadada qayg'uluq o'shiqqa sharob (Ey Soqiy! Ajralish muammosini aralashtirilmagan ichki dedilar. Mayxonadagi qayg'uli o 'shiqqa ichki taklif qil.)

Ishq dardig'a giriftor bo'lubman ne qilay Zohido menga nasihat bila yetkurma azob

(Ey zohid! Maslahating bilan qiynama meni, nima qilishim kerak, chunki men ishq azobiga yo 'liqub qolganman.)

Yor la'lini firoqida xumorim g'olib Bo'lmadi nash'ayi sahbo bila ko'nglum shodob

(Sevgilining qizil dudog'idan uzoqda bo'lganim uchun, ichki ichish bilan yuragim xursand bo 'lmadi.)

Bo'lg'oy erdi qadaming tuprog'i birla rushan Gar ko'zum halqalari bo'lsa rikobingga rikob

585

(Agar uzangining o 'rnida mening ko 'zlarimning haqasi bo 'Isaydi. Oyoqingning tuprog 'idan uchqun chiqardi.)

Egma qoshingni xami bo'lg'ali il sajdagohi Ka'ba devorida hayrat ila qolmish mihrob

(Qoshlaringni egma, chunki odamlar sajda qilish uchun joy topadilar. Ka 'baning devaoridagi mihrob hayron qolibdir.) Sarxosh o'lg'on kabi hunobi jigardin o'siq Nasha'yi boda qilur husn ilidin rafi hijob

(Oshiq go 'yo jigar qoniga mast bo 'lg 'onga o'xshaydi. Ichimlik quvonchi go 'zal odamlarni yuzini ochadi.)

Ashki gulgunim erur bodayi la'ling asari Ruhparvardur aning rohiyasi misli gulob

(Ko'z yoshlarimning gul rangiga o'xshashi sevgilining qizil dudog'ining ta 'siridir. Chunki, uning hidi atirgul suvidek jonlantiradi.) Bukun ol mahliqo shuxi dilorom qoni Yuzidin rushan edi didayi joni ahbob

(Yuzining nuri bilan do'stlarning yuzini porlatgan oy yuzli sevgili bugun qayerdadir?)

Mastlig' birla g'ami yor faromush olmas Nodira bo'lmadi dardimni davosi mayi nob

(Ey Nodira! Aralashtirilmagan ichki mening dardimni davolay olmadi. Chunki, sevgilining qayg'usi mastlik bilan unutilmaydi.) 4

Ne gul sayr ayla ne fikri bahor et Jihondin kech xayoli vasli yor et (Atirgulni tomosho qilma va bahorni o'ylma. Dunyoni tark et sevgiliga yetishmoqni o 'yla.)

Muhabbatsiz kishi odam emasdir Gar odamsan muhabbat ixtiyor et

(Sevgisi bo 'lmagan kishi odam emasdir. Agar odam bo 'lsang sevgini tanla.) Uzor u qad u raftoringni ko'rsat Chaman sarv u gulini sharmsor et

(Maysazordagi sarv darxti va gulni yonoq, bo'y va yurishingni ko'rsatib xijolat et.)

Labi maxmuridurman jomi may tut Karam qil soqiyo dafi xumor et

(Ay soqi! Men sevgilining dudog'ini xumoriman. Menga rahm-shafqat qil, ichki sun va xumorimni sindir.)

Analhaq mojarosin aylading fosh Kel ay Mansur istiqboli dor et

(Ay Mansur! Men haqman degan sarguzashtni fosh etting, kel endi dorni istiqbol et.)

Durri ashk u a'qiqi xuni dilni Kelur yoming ayog'ig'a nisor et

(Durr kabi ko Z yoshing va aqiq kabi qizil yurak qonini keladigan sevgilining oyag 'iga qurbon qil.)

Kuyib ay Nodira o'lam ilga Muhabbat shevasini oshikor et

(Ay Nodira! Sevgi shevasini dunyo odamlariga oqish orqali ko 'rsat.)

5

Ay ko'ngul yor uchun jahondin kech Havasi bog' u bustondin kech

(Ay ko 'ngul! Sevgili uchun, dunyodan, gul va atirgul havasidan voz kech.) Anga o'zlik bila yetib bo'lmas Istasang yor vasli jondin kech

(Manmanlik bilan unga erisha olmaysan. Sevgiliga erishmoq istasang hayotingdan voz kech.)

O'lam ahlida chun vafo yo'qdur Bir yo'li yaxshi u yomandin kech

(Dunyo xalqlarida sadoqat yo 'qdir. Barcha yaxshi va yoman narsalardan voz

kech.)

Bo'lg'il a'nqoyi qofi istig'no Ay humo mushti ustuxondin kech

(Ay humo! Qof tog 'ining qushi bo 'l va bir hovuch suyakdin voz kech.) Bo'lding ay jon asiri shari fano Kim dedi mulki jovidondin kech

(Ay jon! Qashshoqliq shahrinig mahbusi bo 'lding. Abadiy hayotdan voz kech deb senga kim dedi.)

Kech deding yor u oshnolardin Menga lekin dema fulondin kech

(Menga do 'st va o 'rtoqlaringdan voz kech de, lekin birovdan voz kech dema.) Nodira shuri ashki daryodur

Scientific Journal Impact Factor

Ushbu daryoyi bikirondin kech

(Nodiraning changli ko'z yoslari dengizga o'xshaydi. Ushbu ulkan ummondan ham voz kech.)

Ushbu maqolada, birinchidan Chag'atoy adabiyotining buyuk ayol shoiri Mohlaroyim Nodirabegimning hayoti, adabiy kishiligi va asarlari haqqida ma'lumot berilgan. Keyinchalik shoiraning Chag'atoy turkchasi devonidan tanlangan besh g'azali hozirgi o'zbek lotin yozuvi bilan yozilgan va kunimiz O'zbek turkchasiga tarjima qilingan.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Darhaqiqat, ushbu tadqiqot Nâdire Divani Sözlügü (Baglamli Dizin ve Î^levsel

Sözlük) deb nomlangan mening magistarlik dissertatsiyamning daslabki tadqiqotlaridan biri bo'lib, Chag'atoy adabiyoti va Eski Turk adabiyoti sohalariga hissa qo'shish maqsadi bilan olg'a olib borilmoqdadir.

FOYDALANILGAN ADABIYOT VA MANBALAR: (REFERENCES)

1. Abdulloyev, V.(h.1392). Torixi Turki O'zbeki az saddayi hafdahum to nimayi nuxusti saddayi nuzgahumi milodi (Tar. Burhoneddin Nomiq). El-Ezher yoyinlari

2. Abliz, M. A.(2013). Çin'deki Çagatay Tûrkçesi Araçtirmalari Üzerine Genel Bir Degerlendirme. Journal of World of Turks.5(3), 279-293.

3. Altay, N.(2007). O 'zbek Tili So 'zligi . D' Orient Express Printing Grup.

4. Atalay, B. (1950). Mirzâ Mehdi Mehmet Han.Senglâh, Lugat-i Nevâyî. TDK Yayinlari.

5. Atalay, B. (1970). Abu§ka Lûgati veya Çagatay Sözlügü. Ayyildiz Matbaasi.

6. Eckmann, J.(2017). Çagatayca El Kitabi (çev. Günay Karaagaç).Türk Dil Kurumu Yayinlari.

7. Kanar, M. (2010). Farsça -tûrkçe sözlük. Say Yayinlari.

8. Kiziltunç, R. (2012). Çagatay Edebiyatinda Kadin §airler. Turkish Stuies, 7(2), 731-759.

9. Rusan, X.(h.1374), Mirzo Mahdi Astarobodi Sanglox. Litografi Mardumak.

10. §eyh, Süleyman E.(1882). Lugat-i Çagatay ve Tûrkî-yi Osmânî.

11. TDK. (2018). Yazim Kilavuzu, TDK Yayinlari.

12. Tokun, Selahittin. (2001). Son Devir Çagatay Edebiyatnin îki Önemli Kadin §airi: Nâdire ve Ûveysî. Îlmî Araçrtirmalar Dergisi, 12, 167-174.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.