Научная статья на тему 'TILSHUNOSLIKDA ESKIRGAN SO’ZLARNING KELIB CHIQISHI VA ULARNING QIYOSIY TAHLILI'

TILSHUNOSLIKDA ESKIRGAN SO’ZLARNING KELIB CHIQISHI VA ULARNING QIYOSIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
9766
552
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lug‘at / termin / eskirgan lug‘at / tarixiy so‘zlar / istorizmlar / arxaizmlar / til / neologizmlar / lingvistika / sinonimlar. / dictionary / term / obsolete dictionary / historical words / historisms / archaisms / language / neologisms / linguistics / synonyms.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Gafforov, I., Anvarjonova, Sh.

Ushbu maqolada tilshunoslikda eskirgan so‘zlarning kelib chiqishi, ularning turlari, lug‘atlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinadi. Ushbu maqolada ushbu sohani o‘rganayotgan olimlarning xulosa va tahlillarini ham ko‘rishimiz mumkin va eskirgan so‘zlar lug‘atidan foydalanish, uning muammo va kamchiliklari haqida munozaralar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORIGIN OF OBSOLETE WORDS IN LINGUISTICS AND THEIR COMPARATIVE ANALYSIS

This article discusses the origin of obsolete words in linguistics, their types, and issues related to dictionaries. In this article, we can also see the conclusions and analyzes of scientists studying this field and discussions are given on how to use the dictionary of obsolete words and its problems and shortcomings.

Текст научной работы на тему «TILSHUNOSLIKDA ESKIRGAN SO’ZLARNING KELIB CHIQISHI VA ULARNING QIYOSIY TAHLILI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

TILSHUNOSLIKDA ESKIRGAN SO'ZLARNING KELIB CHIQISHI VA

Ushbu maqolada tilshunoslikda eskirgan so'zlarning kelib chiqishi, ularning turlari, lug'atlar bilan bog'liq masalalar muhokama qilinadi. Ushbu maqolada ushbu sohani o 'rganayotgan olimlarning xulosa va tahlillarini ham ko 'rishimiz mumkin va eskirgan so'zlar lug'atidan foydalanish, uning muammo va kamchiliklari haqida munozaralar berilgan.

Kalit so'zlar: lug'at, termin, eskirgan lug'at, tarixiy so'zlar, istorizmlar, arxaizmlar, til, neologizmlar, lingvistika, sinonimlar.

This article discusses the origin of obsolete words in linguistics, their types, and issues related to dictionaries. In this article, we can also see the conclusions and analyzes of scientists studying this field and discussions are given on how to use the dictionary of obsolete words and its problems and shortcomings.

Key words: dictionary, term, obsolete dictionary, historical words, historisms, archaisms, language, neologisms, linguistics, synonyms.

Tilshunoslik o'z ichiga juda ko'p sohalarni qamrab olgan. Bu sohalarni o'rganish davomida biz albatta eskirgan so'zlarga duch kelamiz. Negaki, tilshunoslik juda keng ma'noda o'rganilib, uning har bir sohasi bir-biriga chambarchas bog'liq. Shuning uchun ham eskirgan so'zlarning tilshunoslikda ahamiyati juda katta. Eskirgan so'zlar bu turli xil sabablarga ko'ra hozirgi kunda nutqda qo'llanilmaydigan so'zlarning maxsus guruhi hisoblanadi. Bu so'zlarga qadimda qo'llanilgan lekin hozirda umuman qo'llanilmaydigan so'zlar kiradi. Biz bu so'zlarni ularning sinonimlari orqali tushunishimiz va foydalanishimiz mumkin bo'ladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Lekin, hozirgi kunda ba'zi bir eskirgan so'zlarning o'rnini bosuvchi sinonimlari yo'q va biz ularga hech qanday ehtiyoj ham sezmaymiz. Ular tarixiy so'zlar deb

ULARNING QIYOSIY TAHLILI

I.Gafforov

Farg'ona davlat universiteti, Ingliz tili va adabiyoti fakulteti o'qituvchisi Sh.Anvarjonova Farg'ona davlat universiteti 2-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

atalib, turli xil tarixiy manbalarda qo'llaniladi xolos. Masalan: jallod, yasovul, ellikboshi, qamal va boshqalar. Bilamizki, hozirda ushbu so'zlardan deyarli og'zaki nutqda ham, yozma nutqda ham foydalanmaymiz. Lekin biz biror bir tarixiy jarayon haqida gapirmoqchi bo'lganimizda yoki biror bir tarixga oid asarni tahlil qilganimizda, undagi voqealikni tasvirlash uchun biz bu so'zlardan foydalanishimiz mumkin bo'ladi. Biz bunday tarixiy so'zlarni ko'proq Navoiy, Lutfiy, Bobur va boshqa tarixiy siymolar asarlarida va shuningdek, Tolstoy, Dostoyevskiy va Mayakovskiy asarlarida uchratishimiz mumkin. Biz bularni to'gri tushunishimiz uchun lug'atlarga murojat qilib, ularning ma'nosini bilib olishimiz kerak. Bu esa bizga biroz qiyinchilik tug'dirishi mumkin, albatta. Shuning uchun ham bizning kitob tarjimonlarimiz bu muammoga kamroq duch kelishimiz uchun o'zlari bu so'zlarning ma'nolarini tayyor qilib matnning past qismiga joylashtirib qo'yishyapti. Bu esa kitobxonga o'qiyotgan kitobining mavzusini yana ham atroflicha tushunishga yordam beradi. Masalan, Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar"1 romanini o'qiganimizda juda ham ko'p tarixiy so'zlarga duch kelamiz. Lekin ayrim kitobxonlar bu kitobni tushunishga qiynaladi. Chunki yuqorida ta'kidlanganidek, kitobda biz bilmagan tarixiy so'zlar o'zining ma'nosi bilan birgalikda berilgan. Ayni paytda, ushbu asardagi tarixiy so'zlarni tahlil qilgan Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedogogika instituti talabasi Baxtiyorova Rayxonaning ""Yulduzli Tunlar" romanida tarixiy so'zlar etimologiyasi"2 mavzusidagi maqolasini misol qilsak maqsadga muvofiq bo'ladi. U ushbu maqolasida asardagi tarixiy so'zlarga misollar keltirgan. Masalan, yog'iy - yov, raqib, dushman degan ma'nolarni anglatib, asarda ham huddi shu ma'nolarda qo'llanilgan. Tarh - arabchadan olingan bo'lib qurilish, imorat, bog'ning bichimi, loyihasi degan ma'nolarni anglatadi. Asarda ham qurilish uchun tayyorlangan bino ma'nosida qo'llanilgan. Yana shunga o'xshash tarixiy so'zlar ushbu asarda juda ham ko'p. Shuningdek, kitobning yana bir ijobiy tomoni tarixiy shaxslarga ham qisqacha ta'rif berilib ketganidir. Chunki biz har bir tarixiy shaxsni ham taniyvermaymiz. Shu kabi asarlar yana talaygina topiladi. Lekin bu degani biz tarixiy so'zlarni bemalol qo'llay olamiz degani emas. Ularni faqat ma'lum bir maqsad doirasida va tarixiy voqealik haqida gapirganimizda foydlanamiz.

Eskirgan so'zlarning yana bir katta tarmog'i bu arxaizmlardir. Ular istorizmlarning kichik bir guruhi bo'lib, tarixiy so'zlarga biroz o'xshab ketadi. Arxaizmlarning tarixiy so'zlardan farqi shundaki, bu so'zlarni ularning sinonimlari bilan almashtirish mumkin. Masalan, bart-botir, bitik-kitob, ochun-dunyo, al-qo'l,

1 Pirimqul Qodirov, "Yulduzli tunlar".

2 R.Baxtiyorova,""Yulduzli tunlar" romanida tarixiy so'zlar etimologiyasi". Kinds of popular scientific articles. 2022

553

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

raimem-yelkalar, tuga-qayg'u, paguma-o'lim va boshqalar. Yana biz arxaizmlarga misol qilib, ko'pincha, Aleksandr Sergeyevich Pushkinning ijodini o lishimiz mumkin. Uning ijodidagi juda ko'p asarlarda biz arxaik so'zlarga duch kelamiz. Masalan, Pushkinning ko'pchiligimiz biladigan va maktab darsliklarida ham o'qigan asarimiz, mashhur "Kapitan qizi"3 asarida bunday so'zlarni juda ko'p uchratamiz: "Qayerda passport? (1-bob); "Men hech qachon unutolmaydigan tush ko'rdim va tushimda hali ham bashoratli narsani ko'raman. Menimcha(=solishtiring) u bilan hayotimning g'alati holatlarini" (2-bob); O'shanda men shunday tuyg'u va uhiy holatda edim. Moddiylik(=haqiqat), orzularga bo'ysunib, birinchi tushning noaniq vahiylarida ular bilan birlashadi" (2-bob); "Maslahatchi(=konduktor) mina sezilarli darajada miltilladi..." (2-bob); To'g'ri bu misollarni tushunish boshida biroz qiyin bo'lishi mumkin. Lekin qayta o'qilganda biz so'zlarning qavs ichidagi ma'nolari hozirgi tilimizga mos tushishini ko'rishimiz mumkin. Shuningdek, arxaizmlarni qo'llashda ehtiyot bo'lishimiz kerak. Buning uchun bizga tushuntirish lug'ati va eskirgan so'zlar lug'ati kerak bo'ladi. Umuman olganda biz tarixiy so'zlardan ko'ra arxaizmlardan juda ko'p foydalanamiz. Chunki bizda tarixiy so'zlarga bo'lgan extiyoj deyarli yo'q. Arxaizmlarni esa biz ularning sinonimlari orqali jamiyatda juda kop foydalanamiz. Yana, shuningdek, arxaizmlarni tushunish tarixiy so'zlardan ko'ra biroz osonroq. O.S.Axmanova arxaizmga quyidagi ta'riflarni beradi: "l.Kundalik foydalanishdan chiqib ketgan va shuning uchun eskirgan deb qabul qilingan so'z yoki ibora: rus haykaltaroshi, beva, beva, shifo, behuda, behuda, qadimdan ochko'zlik, tuhmat, qo'zg'atish. 2. Qadimgi so'z yoki iborani tarixiy svilizatsiya maqsadida qo'llash, nutqqa yuksak stilistik rang berish, kulgili effektga erishish va hokazolardan iborat bo'lgan".4

Lekin arxaizmlarni biz hozirgi zamonga qanday mos kelishiga qarab bir necha turlarga ajratamiz. Bunda biz L.I.Rahmonova va V.N.Suzdaltsevalarning "Arxaizmlar tipologiyasi"5 ni asos qilib olishimiz mumkin. Ular leksik-fonetik, leksik-hosilaviy, semantik, frazeologik va gramatik arxaizmlardir. Bu turlarga ko'ra biz qaysi so'zga qanday ma'no qo'llashimiz kerak va qaysi so'zning sinonimi qaysi so'zga tushadi degan savollarga javob olishimiz mumkin. Arxaizmlar mana shu turlar bo'yicha tahlil qilinadi va farqlanadi. Arxaizmlarning katta bir guruhi - istorizmlar deb ataladi. Istorizmlar leksik, semantik, frazeologik xarakterga ega bo'ladi. Eskirib

3 Aleksandr Sergeyevich Pushkin, "Kapitan qizi" 1-2-boblar

4 Axmanova 1966: 6.

5 Raxmonova, Suzdaltseva 2003.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

iste'moldan chiqqan, o'z sinonimiga ega bo'lmagan so'zlarga leksik istorizmlar deyiladi: omoch, cho'ri, yuzboshi kabi.

So'z ma'nosi anglatgan narsa, voqea, hodisalar eskirmay, uning ma'nosida yangilanish yuz berib, oldingi ma'nosi iste'moldan chiqsa, semantik istorizm deyiladi. Masalan, arbob - aristocrat, arbob - fan arbobi; saroy - podsho qarorgohi, saroy -san'at saroyi; vazir - podshoning o'rinbosari, vazir - ministr; rais - shayxlar rahnamosi, rais - jamoa xo'jaligi boshlig'i kabi. Eskirib iste'moldan chiqqan, o'z ekvivalentiga ega bo'lmagan iboralarga frazeologik istorizmlar deyiladi. Masalan, madrasa tuprog'ini yalamoq, tarki dunyo qilmoq holatlari hayotda mavjud bo'lmasa ham, ularning ifodasi tarixiylik sifatida saqlanib qolgan6.

Eskirgan so'zlar haqida gap borganda biz alabatta uning har tomonlama biz uchun qanchalik muhim ekanligini bilishga harakat qilamiz. Eskirgan so'zlar bu bizni tarix bilan bog lab, bizni yanada tarixga yaqinroq qiladi va bizni izlanishdan to'xtamaslikka undaydi. Shuningdek har bir tilning eskirgan so'zlari bor. Ular o'sha tilning qay darajada boy bo'lganini va qay darajada taraqqiy topganini ko'rsatib beradi. Bunday so'zlar, biz bilgan ingliz tilida ham rus tilida ham o'zbek tilida ham mavjud. Ayniqsa, rus tili biz uchun ikkinchi til hisoblangani uchun bizdagi eskirgan so'zlar ham rus tilidagi so'zlarga o'xshab ketadi. Lekin asli rus tilining o'z eskirgan so'zlari bor. Masalan, "«Балакать» - bu so'zning ma'nosi rus tilidagi «говорить» so'ziga to'g'ri keladi ya'ni "gapirmoq" degani o'zbek tilida. «Благость» - bu so'z «доброта» so'zining sinonimi hisoblanib "yaxshilik" degan ma'noni anglatadi. «Купно» - rus tilida bu so'z «вместе» so'ziga simnim bo'lib keladi va o'zbek tilida "birgalashib", "birgalikda" degan ma'nolarni beradi. «Абы» - ushbu so'z «чтобы, дабы» degan ma'nolarni anglatadi. Bu esa "uchun" tarjimasini beradi. «Льзя» - rus tilida bu so'zga «можно» so'zini sinonim qilib olishimiz mumkin va buning tarjimasi "mumkin" bo'ladi. Hammamiz bilgan «мне» so'zi oldin «ми» tarzida foydalanilgan ya'ni u "meni, menga" degan tarjimani bergan. «Мнить» so'zi esa «думать, считать» so'zlariga to'g'ri kelgan va "o'ylamoq, hisoblamoq" degan ma'nolarni anglatgan. «Несть» - ushbu so'zni rus tilidagi «нет» so'ziga, o'zbek tilidagi "yo'q" so'ziga to'g'irlasak bo'ladi. Shunda maqsadga muvofiq bo'ladi. Yana «Яства» so'zining «еда, кушанья» kabi sinonimlari bo'lib bular o'zbek tilida "ovqat, yegulik" degan ma'nolarni anglatadi"7. Shu va shu kabi so'zlarni biz juda ko'p joylarda uchratishimiz mumkin. Asosan, rus adabiyotchilarining asarlarida bunday so'zlar talaygina topiladi, albatta. Faqat biz bu so'zlarning hozirgi tildagi

6 Asqarova M, Abdurahmonov G "Hozirgi o'zbek tili" Toshkent 1986, 28-32 betlar

7 Words.online.ru

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

sinonimlarini bilib, ma'nolarini tushuna olsak kifoya. Yuqorida ta'kidlaganimdek, bunda bizga lug'atlar yordamga keladi.

Ingliz tilidagi eskirgan so'zlar ko'pincha rasmiy holda bo'lgan. Lekin hozir ular muomalada va yozma ishlarda kamdan-kam yoki deyarli foydalanilmaydi. Bularga misol qilib quyidagi so'zlarni olishimiz mumkin: "Gay"- ushbu so'zning hozirgi kundagi ma'nosini tarjima qiladigan bo'lsak, u qisqa qilib aytganda erkak kishini bildiradi, lekin u bir vaqtlar "happy" so'zining sinonimi sifatida ishlatilgan. "Betwixt"- bu so'z "orasida" degan ma'noni anglatib, "between" so'zi bu so'zga sinonim bo'la oladi. "Dame" - XX asrning 1-yarmida bu so'z "ayol" kishi uchun sinonim sifatida foydalanilgan. "tis" - bu so'z hozirgi ingliz tilidagi "It is" ning qisqartirilgan shakli hisoblangan. "Yea" - "yes" bu so'zdan biz foydalanamizku deyishingiz mumkin, albatta. Lekin bu arxaik so'z hisoblanadi va hozirgi kunda ma'lum bir maqsad uchun rasmiy tillarda foydalaniladi. Yana shunga o'xshab rasmiy tilda foydalaniladigan bir so'z bor. Bu "Nay" so'zi bo'lib, uning ma'nosi hozirgi "no" so'ziga to'g'ri keladi. "Cordwainer" - ushbu so'z poybzal yasovchi usta ma'nosini beradi. "Wench" - yosh qiz yoki ayol so'zining ma'nodoshi sifatida ishlatilgan. Biz doimo gramatikada ham og'zaki nutqda ham foydalanadigan "said" so'ziga sinonim bolgan eskirgan so'z bu - "quoth" so'zidir. Bu so'z biroz hazilomuz so'z sifatida ham talqin qilinadi. "Carl" - qadimda bu so'z quyiroq tabaqa kishilariga nisbatan ishlatilgan"8. Ingliz tilida ham xuddi rus tilidagi kabi bundan tashqari eskirgan so'zlar qatori juda ham katta. Bu yerda faqat oddiy, hammamiz biladigan so'zlarni misol qilib ko'rsatdik, xolos. Agar biz yana ham ko'proq eskirgan so'zlarni bilishni istasak, turli xil davrga oid manbalarga va tarixiy asarlarga murojaat qilishimiz mumkin. Shunda biz bunday so'zlarga duch kelishimiz ehtimoli ko'proq. Chunki, aslida, eskirgan so'zlar ma'lum bir tarixiy davr uchun xos bo'lgan va hozirgi kunda iste'moldan chiqib ketgan so'zlardir.

O'zbek tilida ham eskirgan so'zlar juda ko'p. Hozir ularning ba'zilarini ko'rib chiqamiz va tahlil qilamiz. Bilamizki, ba'zi so'zlar chet tillaridan kirgan so'zlar bo'lib, ularni tushunish biroz qiyin bo'ladi. Chunki o'zimizning davlat tilimizga o'tishimizdan oldin bu so'zlar bizga singib ketgan edi. Keyinchalik esa bizga yangi so'zlar kirib kelganligi tufayli eski so'zlarga ehtiyoj qolmagan. Masalan, "Arie" -"darhol, beri" degan ma'nolarni anglatadi. "Anbar" - "ombor" ya'ni bu non yoki mahsulotni saqlash uchun tuzilma ma'nosida kelgan. "Qadrsiz" - muammo, og'ir sinov, vaqt, shuningdek, aniq bo'lmagan va harakatlanuvchi qo'llab-quvvatlash nuqtasi bo'lgan. Oziq-ovqat vaqti, shuningdek, oziq-ovqat, ovqatning bir qismini

Study.com.academy

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

anglatuvchi so'z bu - "Shirin" deb atalar ekan. "Soqchilar" bu so'zni hammamiz eshitganmiz, albatta, tarixiy asarlarda va tarixiy kinolarda. Ushbu so'zning ma'nosi "tanlangan imtiyozli qo'shinlar; Suverenlik yoki qo'mondonlik uchun xavfsizlik sifatida xizmat qiladigan harbiy qismlar". "Geenna" bu "do'zax" ma'nosida kelsa, "Golome" - "ochiq dengiz" ma'nosini beradi. "Delinkka" - doimiy ravishda band bo'lgan, hunarmandchilik. "Armaniston" - sukon yoki jun matodan erkaklar tashqi kiyimi. "Ababa" - "bu tartibda" degan ma'noni anglatgan. Ko'rib turganingizdek, o'zbek tili juda ham boy til. Tarixga qancha ko'p nazar tashlasak, shuncha ko'p yana biz bilmagan ma'lumotlar kelib chiqadi. Ayniqsa, tilshunoslik o'zining keng qamrovli sohalarida bir qancha ma'lumotlarga ega va ularni sanab sanog'iga yeta olmaymiz. Shuning uchun ham insonlar faqatgina o'zlariga kerakli ma'lumotlarnigina o'rganishadi, xolos.

Eskirgan so'z terminiga keladigan bo'lsak, uning ahamiyati hozirgi kunga kelib juda ham muhim bo'lib kelmoqda. Eskirgan lug'at esa xalq tarixi haqidagi bilimlarni shakllantirish, uni milliy kelib chiqishi bilan tanishtirish uchun qimmatli materialdir. Bu bizni tarix bilan bog'laydigan aniq iplardir. Uni o'rganish ajdodlarning tarixiy, ijtimoiy, iqtisodiy faoliyati haqidagi ma'lumotlarni qayta tiklash, xalqning turmush tarzi haqida bilim olishga imkon beradi. Eskirgan so'zlar - bu nutqni diversifikatsiya qilish, unga hissiyot qo'shish, muallifning voqealikka munosabatini ifodalash imkonini beruvchi vositadir9.

XULOSA

To'plangan barcha ma'lumotlardan shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, eskirgan so'zlar har bir millat uchun birdek zarur va muhim hisoblanadi. Negaki, har qanday yangi kirib kelgan so'z bo'ladimi yoki eskirgan so'zmi bu o'sha millatning tarraqiyotini, rivojlanish bosqichlarini va shuningdek, qanday tarixga ega ekanligini ko'rsatib beradi. Shuning uchun ham biz eskirgan so'zlarga past nazar bilan qarab, u endi bizga kerak emas, axir biz undan foydalanmaymizku deyishimiz noto'g'ri. Chunki, tilshunoslikdagi har bir soha, har bir yo'nalish o'zining ma'lum bir vazifasi borligi tufayli ham hozirgacha yashayapti va o'rganilyapti. Eskirgan so'zlar ham xuddi shunday, o'zining vazifasi va o'rniga ega. Demak, eskirgan so'zlar, arxaizmlar, istorizmlar, tarixiy so'zlar, neologizmlar va yana shunga o'xshash terminlardan biz ma'lum bir sohalarda va ma'lum bir jarayonda foydalanishimiz mumkin ekan. Ularning tahliliga nazar tashlaganimizda ham ular turli xil vazifalarni bajarishini va

9 Optolov.ru

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

eng muhimi ularni qayerda, qanday ishlatish kerakligini ham tahlil qildik deb o'ylayman.

REFERENCES

1. M.T.Irsiqulov, "Tilshunoslikka kirish". Toshkent. "Yangi asr avlodi" 2009

2. Pirumqul qodirov, "Yulduzli tunlar"

3. R.Baxtiyorova, "Yulduzli tunlar romanida tarixiy so'zlar etimologiyasi". Kinds of popular scientific articles. 2022

4. Axmanova 1966: 6

5. Raxmonova, Suzdaltseva 2003.

6. Asqarova M, Abdurahmonov G "Hozirgi o'zbek tili" Toshkent 1986, 28-32 betlar

7. Aleksandr Sergeyevich Pushkin, "Kapitan qizi" 1-2-boblar

8. Words.online.ru

9. Study.com.academy

10. Abduolimova, M. N. Q. (2022). KOGNITIV METAFORA NAZARIYASI: YANGI YO 'NALISHLAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(3), 153-161.

11. Abduolimova, M., & Ibrokhimova, M. (2022, February). EFFECTIVE STRATEGIES OF LEARNING INDEPENDENTLY. In International journal of conference series on education and social sciences (Online) (Vol. 2, No. 2).

12. Abduolimova, M. (2022). METAFORANING TILSHUNOSLIKDA NAMOYON BO 'LISHI VA UNING ILMIY AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 650-657.

13. Alimuhammad, V. (2022). The Analyses of "Taras Bulba" and Main Approaches to Nikolai GogolS Writing Style. International Journal of Formal Education, 1(9), 74-78.

14. Aliyeva, S. A. Q. (2021). LINGUOCULTURAL PROPERTIES OF PHRASEOLOGICAL UNITS. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL SCIENCES (2767-3758), 2(11), 135-140.

15. Axadali o'g'li, A. Q., & Sotvoldiyevich, A. T. (2022). MIF VA

XUSUSIYATLARI. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(6), 29-34.

METAFORALAR.

MIFLARNING

METAFORIK

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

16. Gafforov, I., & Abdulkhay, K. (2022). The Role of Assessment in Language Teaching. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(4), 31-34.

17. kizi Shermamatova, S. U. NEOLOGISMS IN MODERN UZBEK AND ENGLISH AND THE HISTORY OF THEIR ORIGIN.

18. Shermamatova, S., & Nazirova, Z. (2022, April). SCIENTIFIC ANALYSIS OF LEXICOGRAPHY IN UZBEK LANGUAGE. In International Virtual Conference on Language and Literature Proceeding (Vol. 1, No. 2).

19. Shermamatova, S., & Yusupova, S. (2022, April). TRANSLATION THEORIES OF NEOLOGISMS. In International Virtual Conference on Language and Literature Proceeding (Vol. 1, No. 2).

20. Turdimatova, M. (2021). SEMANTIC NOTION OF DIMINUTIVES IN THE FORMATION OF UZBEK AND ENGLISH. Журнал иностранных языков и лингвистики, 2(2).

21. Sotvoldiyevich, T. A. (2020, August). EARLY STAGES OF PSYCHOLOGY OF RELIGION IN UZBEKISTAN. In Archive of Conferences (Vol. 3, No. 3, pp. 1921).

22. Sotvoldiyevich, T. A. (2020, August). INTERACTION OF LANGUAGE, CULTURE AND RELIGION. In Archive of Conferences (Vol. 3, No. 3, pp. 22-24).

23. Мамаева, М. Э., & Шокирова, М. Ш. (2016). Роль лингвистического образования в развитии культуры личности студента. Потенциал современной науки, (1), 140-143.

24. Усманова, С. С. (2021). ЧУЛПОН ВА С. РИЧАРДСОН РОМАНЛАРИДА БАДИИЯТ МУАММОЛАРИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 4(1-1).

25. Шокирова, М., & Абдуллаева, Н. (2021). Стилистический анализ в процессе преподавания английского языка. Общество и инновации, 2(6/S), 110-

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

26. Холматов, Ш., & Йулдошева, М. (2021). Инглиз ва узбек тилларида суз ургуси даражаларининг ахдмияти ва узига хос хусусиятлари. Academic research in educational sciences, 2(3), 810-816.

27. Тоирова, Н. И. (2012). Зеркало как символ в узбекском фольклоре и в творчестве Алишера Навои. Вестник Челябинского государственного университета, (13 (267)), 127-129.

116.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

28. Тоирова, Н. И. (2016). ПОРТРЕТ КАК СИМВОЛ ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО ДРАМАТИЗМА В ПРОЗЕ. Восточно-европейский научный журнал, 13(3), 94-

29. Xolmatov, S., & Yuldosheva, M. (2022). O 'ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA OMONIMLARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI. Eurasian Journal of Academic Research, 2(7), 144-149.

30. Umarova, M. (2021). THE ROLE OF CULTURE IN THE LEARNING ENVIRONMENT. Frontline Social Sciences and History Journal, 1(08), 90-99.

96.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.