Научная статья на тему 'THE ROLE OF MODERN TECHNOLOGIES IN TEACHING ENGLISH'

THE ROLE OF MODERN TECHNOLOGIES IN TEACHING ENGLISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
30
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ОПЫТНЫЙ / ИНОСТРАННЫЕ ЯЗЫКИ / ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ / ДИДАКТИЧЕСКИЕ МАТЕРИАЛЫ

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Буриева С.С.

В данной статье дана информация об изучении и знании иностранных языков, а так же использовании на занятиях информационных технологий и дидактических игр.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

РОЛЬ СОВРЕМЕННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОБУЧЕНИИ АНГЛИЙСКОМУ ЯЗЫКУ

This article gives information about learning foreign languages fluently, using communicational technologies, developing of students’ interests according to foreign languages, teaching to use didactic games.

Текст научной работы на тему «THE ROLE OF MODERN TECHNOLOGIES IN TEACHING ENGLISH»

УДК 378

CHET TILLARNI O'QITISHDA ZAMONAVIY METODLARNING O'RNI

S.S. Bo'riyeva1

Annotasiya

Bu maqola xorijiy tillarni mukammal bilish va o'rganish, axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish, o'quvchilarning chet tiliga bo'lgan qiziqishlarini oshirish, didaktik o'yinlardan foydalanib dars o'tish haqida ma'lumot beradi.

Kalit so'zlar: malakali, bilimdon, chet tillar, zamonaviy texnologiyalar, didaktik materiallar.

O'zbekistonda bevosita o'zimizga xos, o'zimizga mos bo'lgan, takrorlanmas buyuk tariximiz, an'analarimizga asoslangan va shu bilan birga hozirgi davr talablariga javob bera oladigan kadrlar tayyorlash milliy modeli yaratildi.

Milliy dasturning bunday xususiyatlaridan biri xorijiy tillarni puxta egallaydigan O'zbekistonning xalqaro andazalardagi taraqqiyotini ta'minlay oladigan, dadil, o'z mustaqil fikriga ega, malakali, bilimdon va ma'nan boy mutaxassis kadrlarni tayyorlashdan iborat.Butun jahon hamjamiyatidan munosib o'rin egallashga intilayotgan,o'z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyati juda kattadir.

Respublikamizning mustaqillikka erishishi sababli yurtimizda chet tilini o'rganishga qiziqish mislsiz darajada oshdi va xorijiy davlatlar bilan diplomatik aloqalar o'rnatish yana ham rivojlandi, respublikamizning ko'p viloyatlari, shahar va tumanlarida chet el sarmoyadorlari bilan hamkorlikda juda ko'p qo'shma korxonalar barpo etildi. Bulardan tashqari, yurtimizda ko'pgina xalqaro musobaqalarning o'tkazilishi, xalqaro tashkilotlar, vakolatxonalarning rasmiy faoliyat olib borayotgani, mamlakatimizga kelayotgan sayyohlarning soni kundan-kunga ortib borayotgani, xorijiy tillarni o'qitish yangi, takomillashgan dasturlar va darsliklar yaratish masalasini kun tartibiga qo'ydi.

Bu to'g'rida muhtaram prezidentimiz I.A.Karimov bunday deydilar:"Hozirgi paytda xorijiy tillarni o'rganish va o'rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda.Bu ham, albatta, bejiz emas. Bugun jahon hamjamiyatidan o'ziga munosib o'rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun, chet ellik hamkorlarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o'z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo'qdir".

Binobarin biz shu narsaga alohida urg'u bermog'imiz lozimki, chet tillarni o'rganish va o'rgatish jarayoni ona tilini esdan chiqarish hisobiga emas, balki qiyosiy bo'lmog'i lozim. Shundagina umumta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta'lim olayotgan yoshlarimiz xorijiy tillarning ajib dunyosini kashf qila olish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Shu o'rinda yurtboshimizning quyidagi aytgan so'zlarini ta'kidlab o'tish o'rinlidir:"Bizning diyorimiz buyuk allomalarni yetishtirgan.Butun ilm ahli ular bilan faxrlanadi.Ular asos slogan milliy ilmiy tafakkurning an'analarini davom ettirish va boyitish uchun bizda hamma shart-sharoitlar bor".

Axborot kommunikatsion texnologiyalari vositalaridan foydalanib o'tilayotgan mashg'ulotlar zamonaviy texnik vositalar va anjomlar bilan jihozlangan fan kabinetlarida olib borilmoqda. Eng asosiysi, pedagoglarning muntazam o'z ustida ishlashi va darsni o'yinlarga boy tarzda o'tishi o'g'il - qizlarning fanga qiziqishini kuchaytirmoqda. Natijada o'quvchilarning o'zlashtirish ko'rsatkichi ko'tarilmoqda. Bolaning mexanik xotirasi mantiqiy xotirasiga nisbatan kuchli bo'lgani uchun eslab qolish imkoniyati katta bo'ladi. Shu bois quyi sinf o'quvchilari so'zlarni oson yodlaydi.

1Буриева Сора Салохиддиновна - преподаватель кафедры иностранных языков, Самаркандский архитектурно-строительный институт, Узбекистан.

YHeHbiH XXI BeKa • 2016 • № 5-3 (18)

Ammo ma'lumotlarni haddan ziyod ko'p qabul qilish bola miyasini toliqtiradi.Tabiiyki, bu o'zlashtirishini ham pasaytiradi. Ko'p hajmli axborotning quruq va zerikarli tarzda yetkazilishi o'quvchilarning darsni yaxshi tushunmasligiga olib keladi. Bu muammoning yechimi darslarni o'yin tarzida tashkil etish hisoblanadi. Rolli o'yinlar bolalarning mavzularni tez o'zlashtirishiga yordam beradi.Egallagan bilimlarni amaliyotda mustahkamlash, hayotda qo'llash ham til o'rganishda juda muhim.

Bolalar ilk darsdayoq chet tilini o'yin tarzidagi mashg'ulotlar asosida o'rganib, o'zini tanishtirish, hafta kunlari va yil fasllarini sanash kabi boshlang'ich bilimga ega bo'lmoqdalar. Multimediya texnologiyalari va interfaol usullardan foydalanilmoqda. Ingliz tilidagi videodasturlar, multfilmlar, rang-barang rasmlar, qo'shiq va she'rlar bolalarga manzur bo'lmoqda.

Yoshlarga chet tillarni o'yin va qiziqarli mashg'ulotlar asosida o'rgatishni ta'minlash maqsadida pedagoglarga muntazam ravishda amaliy metodik yordam berilayapti. Jumladan, darslik majmuasi bo'yicha malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Fanni o'zlashtirish bo'yicha yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklar ilg'or o'qituvchilar tomonidan o'rganilayapti.Shu asosda ta'lim sifatini oshirish, malakali o'qituvchilar tajribasini ommalashtirish, muammo va kamchiliklarni hal etish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilayapti.

Axborot kommunikatsion texnologiyalari vositalaridan foydalanib o'tilayotgan mashg'ulotlar zamonaviy texnik vositalar va anjomlar bilan jihozlangan fan kabinetlarida olib borilmoqda. Eng asosiysi, pedagoglarning o'z ustida muntazam ishlashi va darsni o'yinlarga boy tarzda o'tishi o'gil-qizlarning fanga qiziqishini kuchaytirmoqda. Natijada o'quvchilarning o'zlashtirish ko'rsatkichi ko'tarilmoqda. Bolaning mexanik xotirasi mantiqiy xotirasiga nisbatan kuchli bo'lgani uchun eslab qolish imkoniyati katta bo'ladi. Shu sababli quyi sinf o'quvchilari so'zlarni oson yodlaydi.Ammo ma'lumotlarni haddan ziyod ko'p qabul qilish bola miyasini toliqtiradi. Tabiiyki, bu o'zlashtirishni ham pasaytiradi. Ko'p hajmli axborotning quruq va zerikarli tarzda yetkazilishi o'quvchilarning darsni yaxshi tushunmasligiga olib keladi. Bu muammoning yechimi darslarni o'yin tarzida tashkil etish hisoblanadi. Rolli o'yinlar bolalarning mavzularni tez o'zlashtirishiga yordam beradi.Egallagan bilimlarni amaliyotda mustahkamlash, hayotda qo'llash ham til o'rganishda juda muhim.

Bolalar ilk darsdayoq chet tilini o'yin tarzidagi mashg'ulotlar asosida o'rganib, o'zini tanishtirish, hafta kunlari va yil fasllarini sanash kabi boshlang'ich bilimga ega bolyaptilar.Quvnoq o'yinlar davom ettirilib, multimediya texnologiyalari va interfaol usullardan foydalanilayapti.Ingliz tilidagi videodasturlar, multfilmlar, rang-barang rasmlar, qo'shiq va sherlar bolalarga manzur bolyapti.Hozirgi kunda chet tili o'qituvchilari darsda zamonaviy texnika vositalari, o'qitishning yangi shakl va uslublaridan unumli foydalanib kelishmoqda.Bu esa darslarning yanada samarali bo'lishiga yordam berib, har bir o'quvchining chet tilidagi nutqini ravonlashtirishga, so'zlarni ko'proq yod olishiga imkon yaratayapti.

O'quvchilarga chet tillarni o'yin va qiziqarli mashg'ulotlar asosida o'rgatishni ta'minlash maqsadida pedagoglarga muntazam ravishda amaliy metodik yordam berilayapti.Jumladan darslik majmuasi bo'yicha malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Fanni o'zlashtirish bo'yicha yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklar ilg'or o'qituvchilar tomonidan o'rganilayapti.Shu asosda ta'lim sifatini oshirish, malakali o'qituvchilar tajribasini ommalashtirish. Muammo va kamchiliklarni hal etish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilayapti.

Dars jarayonida mavzularni qiziqarli tashkil etish uchun barcha turdagi metodlardan foydalanish zarur. Shu bilan bir qatorda o'quvchilarning darsga faolligini oshirish yanada qiziqtirish maqsadida didaktik o'yinlarni ishlatish kerak. Dars davomida didaktik o'yinlardan foydalanish uchun avvalo o'qituvchi vaqtni aniq belgilab olishi kerak.Didaktik o'yin bosqichlarini o'quvchilarning ketma-ketlikda bajarishlarini nazorat qilib boorish va o'yinga qiziqtira olishi shart. O'yin davomida o'qituvchi muammoning yechimini ko'rsatmasdan, balki yechimga boradigan yo'nalish tomon boshlashi va o'quvchilarning barchasini o'yinga qatnashishlariga imkon yarata bilishi kerak.

Didaktik o'yinlarning bir necha turlari mavjud bo'lib, ularning deyarli barchasi o'qituvchilarni hamjuhat bo'lib ishlashga, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, faol

harakatga undaydi.Ba'zan shunday holatlar ro'y beradiki, o'quvchilarda mavzuga umuman qiziqish ko'rinmaydi.O'qituvchi o'quvchilarni darsga jalb etish uchun shu vaziyatda biror-bir didaktik o'yindan foydalanish maqsadga muvofiq. Ana shu qo'llanilayotgan o'yin yangi mavzuning mohiyatiga yana ham yaqinroq bo'lsa, o'quvchilarda avzuga nisbatan qiziqish uyg'onadi. O'tilgan mavzuni mustahkamlash jarayonida esa o'qituvchi o'quvchilarni birdek jalb eta oladigan didaktik o'yinni o'tkazishi ham mumkin. Vaqtni to'g'ri taqsimlagan holda darsda ikki yoki undan ortiq didaktik o'yindan foydalanishda ijobiy samaraga erishishga imkon yaratadi.Dars jarayonida o'yinlardan foydalanish o'qituvchiga ham yaxshi kayfiyat bag'ishlaydi.

Xulosa qilib aytganda, o'qituvchining zamonaviy pedagogic va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, internet va multimediya o'quv resurslaridan foydalanishi ta'lim texnologiyasining tarkibiy qismi hisoblanib, ta'lim sifati va samaradorligini oshirish uchun xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'. Hoshimov, I.Yoqubov. Ingliz tili o'qitish metodikasi. Toshkent.2003

2. U.Hoshimov, I.Yoqubov. O'rta maktabda ingliz tili o'qitish metodikasi.T., 1993

3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Toshkent., 1999

© S.S. Bo'riyeva, 2016

UDC378

THE ROLE OF MODERN TECHNOLOGIES IN TEACHING ENGLISH

S.S. Buriyeva

Abstract. This article gives information about learning foreign languages fluently, using communicational technologies, developing of students' interests according to foreign languages, teaching to use didactic games.

Keywords: experienced, learned, foreign languages, modern technologies, didactic materials.

© S.S. Buriyeva, 2016

УДК 378

РОЛЬ СОВРЕМЕННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОБУЧЕНИИ АНГЛИЙСКОМУ ЯЗЫКУ

С.С. Буриева

Аннотация: В данной статье дана информация об изучении и знании иностранных языков, а так же использовании на занятиях информационных технологий и дидактических игр.

Ключевые слова: опытный, эрудировааый, иностранные языки, инновационные технологии, дидактические материалы.

© С.С. Буриева, 2016

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.