SPORTNI RIVOJIDA MENEJMENTNING O'RNI
РОЛЬ МЕНЕДЖМЕНТА В РАЗВИТИИ СПОРТА
THE ROLE OF MANAGEMENT IN THE DEVELOPMENT OF
SPORTS
1
V
ALFRAGANUS UNIVERSITY Jismoniy tarbiya va
Sport faoliyati fakulteti dekani p.f.b.f.d (PhD) Raxmonov Azizbek Abdullajonovich email: [email protected]
V
Annotatsiya
Mаmlаkаtimizdа chuqur o'zgаrishlаr, siyosiy vа ijtimoiy-iqtisodiy hаyotning bаrchа tomonlаrini izchil isloh etish vа libеrаllаshtirish, jаmiyatimizni dеmokrаtik yangilаsh vа modеrnizаtsiya qilish jаrаyonlаri jаdаl sur'аtlаr bilаn rivojlanib bormoqdа. Bundа kuchli fuqаrolik jаmiyatini shаkllаntirish yo'lidа bеlgilаb olingаn vа izchil rаvishdа аmаlgа oshirilаyotgаn ulkаn vazifalar mustаhkаm zаmin yarаtmokdа.
Kalit so'zlar: Omil, sport mеnеjmеnti, sport tаshkiloÜаri, sport turlari, sharoit, sport mеnеjmеnti obyektlari, sport menejmenti sub^tolan, sport turlari, bolаlаr sporti, milliy sport turlari xalq o'yinlari, katta sport, olimpiada, Olimpiya o'yinlаri, sport inshootlari
Аннотация
В нашей стране стремительно развиваются процессы глубоких перемен, последовательного реформирования и либерализации всех сторон политической и социально-экономической жизни, демократического обновления и модернизации нашего общества. В этой связи определенные и последовательно реализуемые огромные задачи на пути формирования сильного гражданского общества создают прочную основу.
Ключевые слова: Фактор, спортивный менеджмент, спортивные организации, спорт, условия, объекты спортивного менеджмента, субъекты спортивного менеджмента, спорт, детский спорт, национальные виды спорта, национальные игры, большой спорт, Олимпиада, Олимпийские игры, спортивные сооружения.
Annotation
The processes of deep changes, consistent reform and liberalization of all aspects of political and socio-economic life, democratic renewal and modernization of our society are developing rapidly in our country. In this regard, the huge tasks defined and consistently implemented in the way of forming a strong civil society are creating a solid foundation.
Keywords: Factor, sports management, sports organizations, sports, conditions, sports management objects, sports management subjects, sports, children's sports, national sports, national games, big sports, Olympics, Olympic Games, sports facilities.
Kirish
Ma'lumki, mаmlаkаtimiz sporti 1991 yilgаchа sobiq Ittifoq bo'yichа аmаl qilgan hukmron tizimning bir qismi bo'lib, yurtimiz bu mаsаlаdа xalqaro mаydongа mustаqil chiqish va o'z imkoniyatlarini namoyon etish huquqiga ega bo'lmagan. Rеspublikаmizning sanoqli sportchilarigina Olimpiya O'yinlari, jahon va Yevropa miqyosidagi nufuzli musobaqalarda qatnasha olardi. Asosiy e'tibor mahalliy aholi o'rtasidan malakali sportchilar tayyorlash, jismoniy tarbiyani ommalashtirishga emas, balki boshqa respublikalardan tayyor sportchilarni taklif qilib, ho'jako'rsinga muayyan natijalar olishga qaratilar edi. SHu bois, rеspublikaning faqat markaziy shaharlarida birmuncha ishlar qilinib, ^е^а hududlarida sporni rivojlantirishga еtarli ahamiyat bеrilmadi. 1991 yilgacha O'zbеkistonda jahon andozalari talablariga javob bеradigan birorta ham yirik sport inshooti bunyod etilmagani, hatto Toshkеnt shahrida ushbu talablarga mos sport majmuasi bo'lmaganini o'ziyoq, bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi.
Mustaqillikka qadar O'zbekiston xalqaro sport jamoatchiligi uchun qariyb yopiq edi. Futbol va tennis bo'yicha o'smirlar o'rtasida sobiq ijtimoiy davlatlar sportchilari ishtirokida o'tkazilgan turnirlarni hisobga olmaganda, mamlakatimizda boshqa xalqaro musobaqalar deyarli o'tkazilmadi.
O'zbekistonda mavjud muammolarni bartaraf qilish maqsadida Mustaqillikning birinchi kunlaridanoq mamlakat rahbarining tashabbusi bilan jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga qaratilgan tegishli qonunlar, Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bosqichma-bosqich qabul qilinib, ular joriy etildi, qisqa muddat ichida:
- jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning tashkiliy asoslari takomillashtirildi;
- O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi, sport turlari bo'yicha federatsiyalar tashkil qilindi;
- ommaviy-sport ishlari va sportning milliy turlari rivojlantirildi;
- jismoniy tarbiya va sport sohasini mablag' bilan ta'minlash tizimi takomillashtirildi, nodavlat sektor rivojlantirildi;
- sportning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi;
- milliy ta'lim dasturiga binoan jismoniy-tarbiya va sport sohasiga kadrlarni tayyorlash va qayta o'qitish ishlari amalga oshirilmoqda.
Uslubiy ma'lumotlar va manbaalar
1992 yilning yanvar' oyida mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning huquqiy asosi "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi qonun qabul qilindi.
Respublikada jismoniy tarbiya va sportni boshqaruv tizimini muvofiqlashtirish maqsadida, qo'mitaga sport sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi, o'z vakolati doirasida vazirliklar, idoralar, Milliy Olimpiya qo'mitasi (MOQ), sport turlari bo'yicha milliy federatsiyalar hamda mulkchilik shakllari va idoraviy bo'ysunishidan qat'iy nazar, turli tashkilotlar ishini muvofiqlashtirish, shuningdek, barcha jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari ustidan nazorat qiluvchi organ maqomi berildi.
Sport sohasida o'quvchilarning iste'dodlarini namoyon etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan "O'zbekiston o'quvchi-yoshlarini rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident Farmoni va Vazirlar Mahkamasining qarori muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Xususan, 1993 yildan iqtidorli yosh sportchilar jismoniy tarbiya instituti va fakul'tetlariga imtiyozli ravishda o'qishga kirish huquqiga ega bo'ldilar.
Yurtni bitta maqsad atrofida birlashtira oladigan, xalqning g'urur va tuyg'usini oshiradigan, yoshlarni o'ziga jalb qila oladigan sportning ommaviy o'yin turi-futbolni yanada rivojlantirish maqsadida 1993 yilda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" va 1995 yilda "O'zbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va printsiplarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi, hamda 2019 yil 4 dekabrda prezidendent Sh.Mirziyoyevning PF-5887 sonli farmoyishi (O'zbekistonda professional futbolni rivojlantirish) chiqdi. Natijada mamlakatda sportni keng miqyosda ommaviy ravishda rivojlantirish harakatlari jonlanib, respublikamizning barcha o'quv muassasalarida futbol maydonchalari tashkil etildi, Qoraqolpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazlaridagi barcha stadionlar qayta ta'mirlandi, joylardagi futbol maydonlari Xalqaro standartlar darajasida rekonstruktsiya qilindi, barcha viloyatlarda futbol maktab-internatlari tashkil etildi va tegishli mutaxassis kadrlar bilan to'ldirildi hamda katta futbolni professional kiublar tizimiga o'tkazilishiga asos bo'ldi.
Mamlakat sportchilari Olimpiya O'yinlarida ilk marotaba mustaqil jamoa sifatida Amerikaning Atlanta shahrida 1996 yilda ishtirok etdilar. O'zbekiston hukumati sportchilarimizni xalqaro musobaqalar, Olimpiya, Osiyo O'yinlarida muvaffaqiyatli qatnashishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Mustabid tuzum davrida, O'zbekistondan yozgi Olimpiya O'yinlarida atigi 40 nafar sportchi ishtirok etgan bo'lsa, mustaqillikdan keyin birgina AQSHning Atlanta shahrida bo'lib o'tgan Olimpiya O'yinlarida mamlakatimizning 76 nafar sportchisi qatnashdi.
Natija
Qisqa davrda sport sohasida amalga oshirilgan ishlar ko'lami, O'zbekistonning bu boradagi tajribasi jahonda e'tirof etilib, O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga hamda Xalqaro olimpiya harakatiga qo'shgan katta hissasi uchun 1996 yilda Xalqaro Olimpiya qo'mitasining oliy mukofoti - Oltin Olimpiya ordeni bilan taqdirlandi. O'zbekiston birinchi prezidentining tashabbusi bilan 1996 yilda Toshkent shahrida "Olimpiya shon-shuhrati" muzeyi tashkil etilib, uning ochilish marosimida Xalqaro Olimpiya qo'mitasining Prezidenti X.A.Samaranch qatnashdi.
Respublika Prezidentining tashabbusi tufayli sportning O'yin turlari bilan birgalikda, taraqqiy etgan davlatlardagina rivoj topgan katta tennis mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy ravishda, tez sur'atlar bilan o'sdi. Bir necha yilda jahon andozalari talablariga javob beradigan tennis saroylari va kortlari Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda bunyod etildi, ular negizida turli darajadagi xalqaro musobaqalar o'tkazib kelinmoqda.
1994 yildan Toshkentda ATR tasnifidan joy olgan "Prezident Kubogi" Xalqaro turniri, "Toshkent Open" Xalqaro ayollar turniri, shuningdek, Farg'ona, Samarqand, Guliston, Buxoro, Qarshi va boshqa shaharlarda "Chellenjer", "F'yuchers" va "Satellit" turkumidagi xalqaro tennis turnirlari o'tkazilib kelinmoqda. 1997 yilda mamlakatimizda tennisni rivojlantirish va uni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan maxsus jamg'arma tashkil etildi. Mamlakat aholisi o'rtasida tennisni targ'ib etish va jalb qilish, shug'ullanuvchilarga tegishli sharoitlar yaratish maqsadida 1998 yili. "O'zbekiston Respublikasida tennisni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, viloyatlarda tennis federatsiyalari, klublari tashkil etildi, ushbu sport turi yuqori bosqichga olib chiqildi.
Mamlakatda Olimpiya O'yinlari dasturidan o'rin olgan sport turlarini mamlakatda rivojlantirish bilan birga milliy sport turi "Kurash"ning jahon sport arenalariga olib chiqish borasida mislsiz ishlar amalga oshirildi. O'zbek milliy sporti-kurashni yanada rivojlantirish, uning xalqaro maydonda mustahkam o'rin egallashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti 1999 yilda "Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasini qo'llab-quvvatlash to'g'risida"gi farmonni imzoladi. Unga ko'ra, yurtimizda Xalqaro kurashni rivojlantirish jamg'armasi tuzildi. Xalqaro kurash assotsiatsiyasi hamda Xalqaro kurash akademiyasiga davlat tomonidan huquqiy va amaliy jihatdan katta e'tibor ko'rsatildi. Mamlakat birinchi Prezidenti I.A.Karimov Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasining faxriy prezidenti etib saylandi.
O 'zbekiston respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2020 yil 4-noyabrdagi PQ-4881 sonli qarorlari (Kurash sport turini 2025 yilgacham yangi bosqichga olib chiqish) qabul qilindi.
O'zbekistonning sport sohasida erishgan eng katta yutuqlaridan biri milliy kurashning dunyo miqyosiga chiqishi bilan bog'liqdir. Hozirda jahonning 76 mamlakatida kurash federatsiyalari tuzildi. Bu milliy sport turi bo'yicha dastlabki Osiyo, Evropa, Afrika, Amerika qit'alari va jahon chempionatlari o'tkazildi.
Mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni kompleks rivojlantirish maqsadida "O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Vazirlar Mahkamasining qarori 1999 yilda qabul qilindi. Unga binoan, "O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish Davlat dasturi kontseptsiyasi" tasdiqlanib, unga asosiy yo'nalishlari sifatida quyidagilar qabul qilindi:
1. Jismoniy tarbiya va sportni tashkil etish va boshqarish tizimini takomillashtirish;
2. Jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish, ommaviy-sport ishlarini va sportning milliy turlarini rivojlantirish;
3. Jismoniy tarbiya hamda sportni ilmiy-uslubiy va tibbiy ta'minlash;
4. Jismoniy tarbiya va sport tizimi imkoniyatlarini rivojlantirish;
5. Jismoniy tarbiya va sportni targ'ib qilish;
6. Jismoniy tarbiya va sport sohasida mablag' bilan ta'minlash tizimini takomillashtirish, nodavlat sektorini rivojlantirish.
Dastur tadbirlari asosida "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqilib, 2000 yilda Oliy Majlis sessiyasida qabul qilindi:
- Toshkent shahrida boksni, milliy sport turlarini rivojlantirish, Shahrisabzda esa, kurashni rivojlantirish respublika markazlari tashkil etildi;
- aholining jismoniy tayyorgarlik va salomatlik darajasini belgilab beradigan "Alpomish" va "Barchinoy" testlari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi;
- mamlakatimizdagi barcha sport inshootlari ro'yxatdan o'tkazildi;
- viloyat markazlarida olimpiya zaxiralari kollejlari ishga tushirila boshlandi.
O'zbekistonda sportchi va murabbiylar mehnatini ma'naviy va moddiy rag'batlantirishga katta e'tibor berilib, "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi" va "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi" faxriy unvonlari 1992 yili ta'sis etildi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining tashabbusi bilan Olimpiya O'yinlari va jahon chempionatlarida sovrinli o'rinlarni egallagan sportchilarga beriladigan "O'zbekiston iftixori" faxriy unvoni (1998 yilda) ta'sis etildi.
O'zbekiston sportchilari nufuzli xalqaro musobaqalarda qatnashib, barcha qiymatdagi medallarni qo'lga kiritdilar (1-ilova). O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari bilan Norvegiyaning Lillexammer, AQSHning Atlanta, Avstraliyaning Sidney va Gretsiya mamlakatining Afina, Xitoyning Pekin, Buyuk Britaniyaning London, Braziliyaning Rio-de Janeyro shaharlarida bo'lib o'tgan Olimpiya va Osiyo O'yinlarida hamda jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli qatnashgan respublika sportchilari va ularning ustozlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar (2-ilova).
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Olimpiya O'yinlarida, jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishgan mamlakat sportchilarini har tomonlama qo'llab-quvvvatlash yuzasidan qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Jumladan, 2016 yil Rio-de-Janeyro Olimpiya O'yinlarida birinchi o'rinni egallagan sportchiga 200 ming, ikkinchi o'rin uchun 100 ming va uchinchi o'rin uchun 75 ming AQSH dollari miqdorida mukofotlar beriladi hamda har biriga "Molibu" avtomashinasi sovg'a qilindi. Mamlakat terma jamoa a'zolariga jahonning nufuzli musobaqalariga sifatli tayyorgarlik ko'rishi uchun istalgan sport inshootlaridan bepul foydalanish huquqi, shuningdek, boshqa shart-sharoitlar yaratib berildi. 2020 yil Tokio-2020 Olimpiada o'yinlarida birinchi o'rinni egallagan sportchiga 200 ming AQSH dollari miqdorida mukofotlar beriladi hamda har biriga "Tahoe" avtomashinasi, uchinchi o'rin uchun 50 ming AQSH dollari miqdorida mukofotlar beriladi hamda har biriga "Traiblazer" avtomashinasi sovg'a qilindi Ana shunday imkoniyatlar O'zbekiston sportchilarining Olimpiadalarida muvaffaqiyatli qatnashishini ta'minladi. Mamlakatda yosh avlodning jismoniy va ma'naviy barkamolligini ta'minlash, sog'lom turmush tarziga intilish va sportga mehr-muhabbatni rivojlantirish, joylarda bolalar sportining moddiy bazasini yaratish, aholi yashaydigan joylarda zamonaviy bolalar sport komplekslari tarmog'ini barpo etish hamda sport uskunalari va jihozlari bilan ta'minlash ishlarini yanada faollashtirish maqsadida, 2002 yilda "O'zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi" tuzildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Jamg'arma homiylik kengashining raisi etib saylandi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qori Kenges raisi viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari mintaqaviy filiallar homiylik kengashlarining raislari etib tayinlandilar.
Sport mashg'ulotlariga o'quvchilarni ommaviy ravishda, uzluksiz jalb qilishni tashkil etish maqsadida, "O'quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish to'g'risida" 2003 yilda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Mazkur qaror asosida mamlakatda umumta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari hamda oliy ta'lim muassasalari talabalarining "Umid nihollari", "Barkamol avlod", "Universiada" musobaqalarining hududlarda respublika final bosqichlarini o'tkazish rejasi belgilandi.
Bolalar uchun sport mahsulotlari turlarini ko'paytirish hamda mintaqalar, maktabgacha bolalar muassasalari, maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy o'quv yurtlari ehtiyojlarini ta'minlashga qaratilgan "Bolalar sportini targ'ib qilish va bolalar uchun sport mahsulotlari ishlab chiqarish turlarini kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2003 yili Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinib, uning asosida mamlakatda sport kiyimlari va anjomlarini ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Jismoniy tarbiya va sportni ommaviy axborot vositalari orqali keng targ'ib qilish, uning mohiyatini mamlakat aholisiga keng etkazish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 2003 yilda "Ommaviy sport targ'ibotini yanada kuchaytirish chora tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilinib, unga binoan, O'zbekiston televideniesida maxsus "Sport" kanali tashkil etildi.
Xulosa
Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga doir qonun, farmon va qarorlar bu sohaning tez sur' atlar bilan taraqqiy etishiga, Xalqaro maydonda O'zbekiston nufuzi va obro'sining oshishiga, qolaversa, aholining, ayniqsa o'quvchi-yoshlarning sportga bo'lgan munosabatini o'zgartirishga olib keldi. Mamlakatda sog'lomlashtirish ishlari barcha ijtimoiy va ishlab chiqarish soha muassasalarida jonlandi, boshlang'ich sport jamoalarining ishlari faollasha boshladi.
Mamlakatda faoliyat yuritayotgan 525 ta bolalar va o'smirlar sport maktablari, 12 ta olimpiya zaxiralari kollejlari hamda 8 ta Respublika oliy sport mahorati maktabida yuqori malakali, iste'dodli sportchilar tayyorlanmoqda. Malakali sportchilarni tayyorlash bilan birga, ommaviy sportni rivojlantirishda sport jamoalari, federatsiyalar va boshlang'ich sport jamoalari tomonidan sezilarli ishlar amalga oshirildi. 1991 yilda yurtimizda faoliyat ko'rsatuvchi 52 sport turi mavjud bo'lsa, 2006 yilga kelib, ularning soni 70 taga etdi. Bugungi kunda amalda bo'lgan 70 ta sport turidan 25 dan ortig'i barcha hududlarda keng rivoj topib, ularni ommalashtirish uchun tegishli sharoitlar yaratilmoqda. Mazkur ishlar evaziga sport bilan shug'ullanayotganlarning soni yildan-yilga ortib bormoqda.
Futbol, tennis, kurash, voleybol, basketbol, gandbol, yengil atletika bilan shug'ullanuvchilar soni yildan-yilga tez sur'atlar bilan, ayniqsa, yoshlar orasida, ommaviylashib bormoqda. Jumladan, 2006 yilda futbol bilan shug'ullanuvchilarning soni 1991 yildagiga nisbatan 50,6 %, kurash bilan shug'ullanuvchilar esa 39,8% barobariga ko'paygan. Ta'kidlash joizki, barcha hududlarda ana shunday o'sish holati kuzatilmoqda.
Foydalanilgan Adabiyotlar.
1. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari. - T: O'zbekiston, 2009. - 56 b.
2. O 'zbekiston respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2020 yil 4-noyabrdagi PQ-4881 sonli qarori.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Sh.Mirziyoyevning PF-5887 sonli farmoni.
4. Gulyamov Z.T., Nabiullin R.X., Kamilova G.Z. Jismoniy tarbiya va sport menejmenti. Darslik. - T.: O'zDJTI, 2015.
5. Meskon M., Al'bert M., Xedouri F. Osnovbi menejmenta. - M., 1995.
6. Prchinkin A.V. Menedjment v sfere fizicheskoy kulturi i sporta. - M. : Sovetskiy sport, 2010.
7. www.bilim.uz
8. www.ekonomika.ru
9. www.menejment.com
10. www.edu.uz-Vazirlik sayti.
11. www.ziyo.edu.uz-Vazirlik sayti.
12. www.performance. edu.uz-Vazirlik sayti.