Научная статья на тему 'THE ROLE AND IMPORTANCE OF BUSINESS PROCESS MODELING'

THE ROLE AND IMPORTANCE OF BUSINESS PROCESS MODELING Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
24
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ученый XXI века
Область наук
Ключевые слова
ЭКОНОМИКО-МАТЕМАТИЧЕСКАЯ МОДЕЛЬ / ДОХОД / ФИНАНСОВЫЕ РЕСУРСЫ / НАБЛЮДАТЕЛЬ

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Исмоилова М. Н., Имомова С. Х.

В данной статье рассматриваются важность разработки и анализа экономических - математических методов и моделей для анализа деятельности предприятий малого бизнеса и частного предпринимательства.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

РОЛЬ И ВАЖНОСТЬ МОДЕЛИРОВАНИЯ БИЗНЕС-ПРОЦЕССОВ

This article discusses the importance of the development and analysis of economic - mathematical methods and models for analyzing the activity of small businesses and private entrepreneurship.

Текст научной работы на тему «THE ROLE AND IMPORTANCE OF BUSINESS PROCESS MODELING»

Ученый XXI века • 2016 • № 12 (25)

УДК 330

BIZNES-JARAYONLARINI MODELLASHTIRISHNING ROLI VA AHAMIYATI

М.Н. Исмоилова1, С.Х. Имомова2

Annotasiya

Ushbu maqolada iqtisodiy-matematik usullar va modellarning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari faoliyatini tahlil qilish va rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: iqtisodiy-matematik model, daromad, moddiy resurs, obyekt, kuzatuvchi.

Hozirgi zamonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalariga davlat tomonidan juda katta e'tibor berilmoqda. Ular faoliyatini tahlil qilish ham zamonaviy masalalardan biri hisoblanadi va bunda foydalaniladigan iqtisodiy-matematik model, tekshirilayotgan iqtisodiy masalaning barcha talab va shartlariga mos holda tuziladi. Iqtisodiy-matematik usullar va modellarning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari faoliyatini tahlil qilish va rivojlantirishdagi ahamiyatini quyidagilarda ko'rish mumkin:

I. Iqtisodiy-matematik usullar va modellar qo'llanilishi natijasida moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishga erishiladi.

II. Iqtisodiy-matematik usullar va modellar kichik biznes korxonalari faoliyatini o'rganadigan va uni rivojlantirishga hissa qo'shadigan iqtisodiy va tabiiy fanlarni rivojlantirishda etakchi vosita bo'lib xizmat qiladi.

III. Iqtisodiy-matematik usullar va modellar yordamida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari faoliyati bo'yicha tuzilgan bashoratlarga, ularni amalga oshirish vaqtida ayrim tuzatishlarni kiritish mumkin bo'ladi.

IV. Iqtisodiy-matematik usullar va modellar yordamida iqtisodiy jarayonlar fa-qatgina chuqur tahlil qilibgina qolmasdan, balki ularning yangi o'rganilmagan qonuni-yatlarini ham ochish imkoni yaratiladi. Shuningdek, ular yordamida iqtisodiyotning kelgusidagi rivojlanishini oldindan aytib berish mumkin bo'ladi.

V. Iqtisodiy-matematik usullar va modellar hisoblash ishlarini mexanizatsiya-lash va avtomatlashtirish bilan birga, aqliy mehnatni engillashtiradi va iqtisodiy xo-dimlarning mehnatini ilmiy asosda tashkil etadi va boshqaradi.

Model kuzatuvchining o'zi va obyekt o'rtasidagi shunday o'ziga xos vositadirki, uning yordamida kuzatuvchi o'zini qiziqtirayotgan obyektni o'rganadi. Ifodalangan model yordamida kuzatilayotgan obyektni bilish modellashtirish deyiladi. Modellashtirish jarayonining sxemasi quyidagicha:

Obyekt Kuzatuvchi Maqsad Model

Bu sxemani asosiy bloki "maqsad" bloki hisoblanadi, chunki qo'yilgan maqsadga ko'ra bitta obyektni har xil modellari tuzilishi mumkin. Obyekt sifatida biror bir kichik yoki o'rta korxonani olsak, agar kuzatuvchini maqsadi - bu obyektni ishlab chiqarish jarayonini o'rganish bo'lsa, bu holda modelning parametrlariga korxonani quvvati, ishlab chiqarish omillari, xom ashyo, ishchilar soni, asosiy fondlar, ish-lab chiqarish dasturi va boshqalar kiradi va model ishlab chiqarish funktsiyasi ko'rinishida ifodalanadi.

Agar kuzatuvchini maqsadi ushbu kichik yoki o'rta biznes korxonasini ijtimoiy tomonlarini o'rganish bo'lsa, unda sotsiologik-matematik model tuzilib, xususiy usullar bilan yechiladi. O'rganilayotgan modelning parametrlari sifatida: ishlab chiqarishda ishlayotgan ishchilarning soni, turmush darajasi, oladigan daromadi, ish sharoitlari, demografik tarkibi va parametrlari qo'llaniladi.

Agar kuzatuvchini ekologiya muammolari qiziqtirsa, unda tabiatni zararlanishi, sarflangan suv miqdori, ishlab chiqarish dasturi va hokazo parametrlar sifatida qo'llaniladigan ekologik-matematik modellar tuziladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznes korxonalari faoliyatini modellashtirishning universal usul sifatida boshqa usullarga qaraganda afzalliklari

1Исмоилова Махсума Нарзикуловна - прeподаватeль, Бухарский государствeнный yHHBepcHTeT, Узбeкистан.

2Имомова Ситора Хамидовна - прeподаватeль, Бухарский банковский коллeдж, Узбeкиcтан.

Экономические науки

quyidagilardan iborat:

I. Avvalo, modellashtirish katta va murakkab sistemani oddiy model yordamida ifodalashga imkoniyat beradi. O'ta soddalashgan model kuzatuvchi tomonidan qo'yilgan talablarga javob bermasligi mumkin va uning yordamida qilingan hisoblar noto'g'ri chiqishi mumkin. O'ta murakkab model esa, masalani yechish jarayonida ko'plab qiyinchiliklarni tug'dirishi mumkin. Shuning uchun ham modelga faqat obyektning eng asosiy xarakterli tomonlarini ifodalaydigan, modelni yechishda mu-him hisoblanadigan omillar va parametrlar kiritilishi zarur.

II. Model tuzilishi bilan kuzatuvchiga tajribalarni amalga oshirish uchun keng maydon yaratiladi. Modelning parametrlarini bir necha marta o'zgartirib, obyekt faoliyatining eng optimal holatini aniqlab, undan keyin real hayotda qo'llash mumkin bo'ladi. Real obyektlar ustida eksperiment qilish ko'plab xatolarga va katta xa-rajatlarga olib kelishi mumkin. Model yordamida o'tkaziladigan tajriba va ek-sperimentlar esa bunday xarajatlarni oldini olishi mumkin.

III. Model sistemaning turli xil holatlarini matematik formulalar yordamida shakllantirishga imkoniyat beradi va kompyuterlar yordamida sistemani boshqarish-ga yordam beradi.

IV. Modellashtirish o'rganish va bilish jarayonini kengaytiradi. Model hosil qi-lish uchun obyekt har tomonlama o'rganiladi, tahlil qilinadi. Model tuzilganidan so'ng uning yordamida obyekt to'g'risida yangi ma'lumotlar olish mumkin. Shunday qilib, model yordamida ishlab chiqarish obyektlarini o'rganish, bilish jarayoni to'xtovsiz jarayonga aylanadi.

Iqtisodiyotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari faoliyatini o'rganish va tahlil qilishda eng keng qo'llaniladigan usullardan biri bu iqtisodiy-matematik modellardir. Matematik modellashtirish - iqtisodiy jarayonlarni tenglama-lar, tengsizliklar, funktsional, logik sxemalar orqali ifodalash deb tushuniladi.

Matematik modellashtirish keng ma'noda o'z tabiatiga ko'ra turli, lekin o'xshash matematik bog'lanishlar bilan tasvirlanuvchi jarayonlar o'rganuvchi tekshirish va izlanishlar usulidir. Zamonaviy ilmiy-texnik, ijodiy faoliyatda matematik modellashtirish va uning muhim iqtisodiy izlanishlar va rejalashtirish hamda boshqaruv tajribasida esa asosiy etakchi ko'rinishi hisoblanadi. O'z rivojining yangi bosqichida matematik modellashtirish bilan uzviy bog'langandir.

Iqtisodiy-matematik modellar yechilayotgan iqtisodiy masalani buzmasdan uni imkon boricha to'g'ri ifodalab, kompyuter yordamida eng muqobil, ya'ni optimal yechimini topib berishi kerak va bu olingan natijani kichik biznes va xususiy korxon-alari faoliyatini o'rganishda hamda amaliyotga qo'llashga qulay bo'lishi kerak.

Adabiyotlar:

1. Конюховский П. MaTeMaraHecrae мeтоды исслeдования опeраций в экономи-Ke: Учeбноe поcобиe. - СПб.: ^Tep, 2000.

2. Монахов А.В. MaTeMaraHecrae мeтоды анализа экономики: Учeбноe поcобиe. -СПб: ПИТЕР, 2002.

© М.Н. Исмоилова, С.Х. Имомова, 2016

УДК 330

РОЛЬ И ВАЖНОСТЬ МОДЕЛИРОВАНИЯ БИЗНЕС-ПРОЦЕССОВ

М.Н. Исмоилова, С.Х. Имомова

Аннотация. В данной статье рассматриваются важность разработки и анализа экономических - математических методов и моделей для анализа деятельности предприятий малого бизнеса и частного предпринимательства.

Ключевые слова: экономико-математическая модель, доход, финансовые ресурсы, средства, наблюдатель.

© М.Н. Исмоилова, С.Х. Имомова, 2016

YneHbiH XXI BeKa • 2016 • № 12 (25)

UDC330

THE ROLE AND IMPORTANCE OF BUSINESS PROCESS MODELING

M.N. Ismoilova, S.Kh. Imomova

Abstract. This article discusses the importance of the development and analysis of economic - mathematical methods and models for analyzing the activity of small businesses and private entrepreneurship.

Keywords: economic and mathematical model, income, financial resources, means the observer.

© M.N. Ismoilova, S.Kh. Imomova, 2016

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.