Научная статья на тему 'THE COMPOSITION OF THE ELECTRONIC INFORMATION AND EDUCATIONAL RESOURCE REQUIREMENTS APPLIED TO HIM'

THE COMPOSITION OF THE ELECTRONIC INFORMATION AND EDUCATIONAL RESOURCE REQUIREMENTS APPLIED TO HIM Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
17
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ученый XXI века
Область наук
Ключевые слова
ЭЛЕКТРОННЫЕ КНИГИ / ЭЛЕКТРОННОЕ ОБУЧЕНИЕ / ЭЛЕКТРОННЫЕ БИБЛИОТЕКИ / АУДИОВИЗУАЛЬНЫЕ МАТЕРИАЛЫ / ИНТЕРАКТИВНЫЕ УЧЕБНЫЕ КУРСЫ

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Мавлонова Н.Б., Тураева Г.

В статье дано информация об использовании электронных учебных материалов в современной системе образования. Анализирован их структуры и предъявляемые к ним требования.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

СОСТАВ ЭЛЕКТРОННО-ИНФОРМАЦИОННОГО УЧЕБНОГО РЕСУРСА И ПРЕДЪЯВЛЯЕМЫЕ К НЕМУ ТРЕБОВАНИЯ

The article gives information about the use of e-learning materials in a modern education system. It analyzes their structure and requirements applied to him.

Текст научной работы на тему «THE COMPOSITION OF THE ELECTRONIC INFORMATION AND EDUCATIONAL RESOURCE REQUIREMENTS APPLIED TO HIM»

Ученый XXI века • 2016 • № 11 (24)

УДК 004.9

ELEKTRON AXBOROT TA'LIM RESURSI TARKIBI VA UNGA QO'YILADIGAN TALABLAR

N.B. Mavlonova1, G. To'rayeva2

Rezyume

Maqolada zamonaviy ta'lim tizimida elektron shaklidagi o'quv - uslubiy materiallardan foydalanish haqida ma'lumot berilgan. Ularning tarkibi va unga qo'yilgan talablar tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: elektron darslik, elektron o'quv qo'llanmalari, elektron kutubxonalar, audiovizual materiallar, interfaol o'quv kurslari.

Hozirgi zamonaviy ta'lim tizimida elektron shaklidagi o'quv - uslubiy materiallar, ya'ni elektron darslik, elektron o'quv qo'llanmalari, elektron kutubxonalar, mos (CD, Flash va h.k.) sig'imdagi audiovizual materiallar, interfaol o'quv kurslari, kompyuterda hisoblash tajribasini o'tkazish uchun labaratoriya vazifalari, test sinovlarini o'tkazish bo'yicha tizimlar kabilar juda katta ahmiyatga egadir. Elektron axborot-ta'lim resursi (EATR) - o'rganish va ta'lim berish uchun qulay tarzda shakllantirilgan, ilmiy jihatdan tizimlashtirilgan, turli yoshdagi va ta'lim olish darajasidagi o'quvchi va o'qituvchilarga mo'ljallangan, ma'lum bir fanni o'rganish uchun mantiqiy ketma-ketlikda shakllantirilgan elektron axborot manbalari majmuasidir. Elektron axborot ta'lim resursi tashkiliy elementlarining tavsi-fi ijodkorlik (kreativ-mualliflik) muhitidir. Taklif etilayotgan elektron axborot ta'lim resurslari ta'lim oluvchilarga o'rganilayotgan obyekt ustida ijodiy izlanish olib borish-ga, uni o'zlashtirish jarayonida yuzaga keluvchi o'zaro bog'liqliklarni tizimli o'rganishga yordam beradi. Elektron axborot ta'lim resursining asosiy tashkil etuvchi-lari quyidagilardan iborat:

1)Fan bo'yicha ma'ruza matni yoki nazariy materiallar to'plami. Umumta'lim maktablari uchun joriy etilgan darslikning elektron nusxasi.

2)Mashq va masalalar to'plami. Masalalar to'plami elektron variantda faqat matn ko'rinishida emas, balki uni yechish uchun tuzilgan maxsus amaliy dasturlardan foydalaniladi.

3) Test. Darslikda berilgan mavzular kesimida test WEB formatda yaratiladi.

4) So'rovnoma. Mazkur blokda fanni o'rganish uchun terminologik lug'at joy-lash-tiriladi. Shu bilan birga fanni to'ldiruvchi, o'rganiladigan kurs doirasidagi qo'shimcha ma'lumotlarni aks ettiruvchi ensiklopedik materiallar joylashtiriladi.

5)Dars mavzusini to'ldiruvchi qo'shimcha materiallar. Mazkur blok (menyu)da darslik mazmunini to'ldiruvchi interaktiv animasion dasturlar, rasmlar kompozisiyasi, matn ko'rinishidagi qo'shimcha materiallar joylashtiriladi.

6)Didaktik materiallar, fan bo'yicha taklif etilayotgan resurs mazmunini namoyish etuvchi plakatlar, ko'rgazma qurollari va fanni o'rganish uchun yaratilgan chiziqli animasion roliklar.

7)Media fayllar. Audio, video materiallar. Mazkur blok dars mavzusini yoritu-vchi.mp3 formatidagi audiorolik,.swf yoki.avi formatidagi videoroliklar.

8) Fotogalereya, dars mavzusini to'ldiruvchi foto yoki fotokompozisiya-lar. Resurs bazasida realizasiya qilingan barcha bloklardagi axborotlarni tahrirlash, ya'ni almashtirish yoki ustida qayta ishlash imkoniyatini beruvchi "redaktor-muharrrir" dastur ishlatiladi.

Zamonaviy elektron axborot-ta'lim resurslari quyidagi talablarga javob berishi

zarur:

1. Pedagogik talablar o'z navbatida didaktik va uslubiy talablarga bo'linadi.

2.Funksional talablar: -mazmun qog'oz variantdagi kitobga o'xshash tarzda, kalit so'zlarni qidirish imkoniyati majud, fanni to'ldiradigan qo'shimcha ma'lumotlar

1Мавлонова Нилуфар Бахтиёровна - преподаватель, Каганский профессиональный колледж службы быта, Узбекистан.

2Тураева Гулбахор - преподаватель, Бухарский государственный университет, Узбекистан.

Педагогические науки

bilan boyitilgan; moslashuvchanlik-ta'lim oluvchining o'zlashtirish darajasiga bog'liq ravishda, o'tilgan mavzuni qaytarish, ustida ishlashni individual tempda amalga oshirish; ko'pterminalli-statik ma'lumotlarni tahlil qilish imkoniyati mavjud, sinfdagi o'quvchilarning darslikdan foydalanish chastotasi, test natijalari, to'g'ri-noto'g'ri javo-blar, o'quvchilarning qaysi mavzuni yomon o'zlashtirayotganligini tahlil qilish imkoni-yatlari; interaktivlik-tabiiy muloqotni imitasiyalash, ya'ni EATR bilan o'quvchi o'rtasida muloqot o'rnatib, o'qituvchi yoki o'rgatuvchi mavjudligi hissini tashkil et-ish; interaktivlik ta'minlash va individual ta'lim olishga sharoit yaratish imkoni-yatining mavjudligi; elektron axborot texnologiyalarida mavjud bo'lgan imkoni-yatlardan foydalangan holda yuqori sifatli ko'rgazmalilikka ega bo'lishi shart.

3. Psixofiziologik talablar: EATR ni ishlab chiqaruvchilar quyidagi psixofizi-ologik talablarga ham rioya qilishlari zarur: har bir ta'lim oluvchi - o'quvchining fikrlashi, dunyoqarashi, taqdim etiladigan o'quv materialini qabul qilish va o'zlashtirish darajasi har xil bo'lgani uchun, EATRni ishlab chiqarishda asosan ko'rish, eshitish va tasavvurni shakllantiruvchi uslublardan foydalanish; ta'lim oluvchilarning individual qobiliyat-larini hisobga olish uchun o'quv materialini bir nechta uslub yordamida, ya'ni matn, ovoz va grafik interpretasiya orqali taqdim etish imkoni-yatining mavjud bo'lishi; yosh xususiyatlari va qiziquvchanlik faktorlarini hisobga olish, ta'lim oluvchiga taqdim etiladigan o'quv materialini mustaqil o'rganishga undo-vchi uslublarning mavjudligi maqsadga muvofiqdir; foydalanuvchi interfeysini yarat-ishda tanlanadigan ranglarning psixologik xususiyatlarini hisobga olinishi; taqdim etiladigan o'quv materiali matni va fon kombinasiyalarida, rang va ma'lumotlarning aks etishiga alohida e'tibor berilishi shart.

4. Ergonomik talablar.

5.Texnik talablar. Elektron axborot-ta'lim resurslari (EATR) axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishining zamonaviy talablariga mos bo'lishi shart. 6. Hujjatlar. Elektron axborot-ta'lim resurslar quyidagilarni o'z ichiga olgan foydalanuvchi yo'riqnomasiga ega bo'lishi lozim: -resursdan foydalanish tartibi aks ettirilgan texnik yo'riqnoma; resursdan ta'lim jarayonida foydalanish, ya'ni dars jarayonida qo'llash mumkin bo'lgan uslubiy tavsiyalar (shu jumladan, tavsiya etilgan foydalanish ssenariyi) keltirilgan yo'riqnoma.

Xulosa tariqasida shuni aytish mumkinki, elektron axborot ta'lim resursi maqsadga yo'naltirilgan, shaxsning rivojlanishiga mo'ljallangan, ta'lim maqsadiga er-ishish uchun pedagogik metodlar va texnologiyalarning uslubiy izchililigiga ega bo'lgan pedagogik ssenariy asosida tuziladi. O'quv materialining joylashtirilishi tuzil-masi pedagogik ssenariyga mos tarzda amalga oshiriladi va ta'lim berish sifatini oshirish uchun xizmat qiladi.

0оüдаAаниAган adaôuëmAap:

1.Fanning o'quv-metodik majmuasi/O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, 2009-yil.

2.http://www.ispringsolutions.com

© N.B. Mavlonova, G. To'rayeva, 2016

УДК 004.9

СОСТАВ ЭЛЕКТРОННО-ИНФОРМАЦИОННОГО УЧЕБНОГО РЕСУРСА И ПРЕДЪЯВЛЯЕМЫЕ К НЕМУ ТРЕБОВАНИЯ

Н.Б. Мавлонова, Г. Тураева

Аннотация. В статье дано информация об использовании электронных учебных материалов в современной системе образования. Анализирован их структуры и предъявляемые к ним требования.

Ключевые слова: электронные книги, электронное обучение, электронные библиотеки, аудиовизуальные материалы, интерактивные учебные курсы.

© Н.Б. Мавлонова, Г. Тураева, 2016

YneHbiH XXI BeKa • 2016 • № 11 (24)

UDC 004.9

THE COMPOSITION OF THE ELECTRONIC INFORMATION AND EDUCATIONAL

RESOURCE REQUIREMENTS APPLIED TO HIM

N.B. Mavlonova, G. To'rayeva

Abstract. The article gives information about the use of e-learning materials in a modern education system. It analyzes their structure and requirements applied to him.

Keywords: e-books, e-learning, digital libraries, audiovisual materials, interactive training courses.

© N.B. Mavlonova, G. To'rayeva, 2016

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.