Научная статья на тему 'DARS MASHG‘ULOTLARIDA TARQATMA MATERIALLARDAN SAMARALI FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI'

DARS MASHG‘ULOTLARIDA TARQATMA MATERIALLARDAN SAMARALI FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
12269
685
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tarqatma materiallar / og‘zaki nazorat / test / ma’ruza / munozara / muammoli topshiriqlar / loyihaviy topshiriqlar / rolli o‘yinlar / Handouts / oral control / test / lecture / discussion / problem assignments / project assignments / role play.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Sattorova, Shaxnoza Raxmonqulovna

Ushbu maqolada tarqatma materiallar, ularni tayyorlash hamda ulardan foydalanish qoidalari haqida fikr-mulohazalar bildirilgan, shuningdek, tarqatma materiallardan turli xildagi dars jarayonlarida samarali foydalanish va buning o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TECHNOLOGY OF EFFECTIVE IMPLEMENTATION OF HANDOUTS ON THE LESSONS

This article provides feedback on handouts, rules for their preparation and use, as well as information on the effective use of handouts in a variety of teaching processes and their specifics

Текст научной работы на тему «DARS MASHG‘ULOTLARIDA TARQATMA MATERIALLARDAN SAMARALI FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

DARS MASHG'ULOTLARIDA TARQATMA MATERIALLARDAN SAMARALI FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI

Sattorova Shaxnoza Raxmonqulovna

O'zDJTU magistranti Ilmiy rahbar: Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Y.N. Ismailov, O'zDJTU

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada tarqatma materiallar, ularni tayyorlash hamda ulardan foydalanish qoidalari haqida fikr-mulohazalar bildirilgan, shuningdek, tarqatma materiallardan turli xildagi dars jarayonlarida samarali foydalanish va buning o 'ziga xos jihatlari haqida ma 'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Tarqatma materiallar, og'zaki nazorat, test, ma'ruza, munozara, muammoli topshiriqlar, loyihaviy topshiriqlar, rolli o 'yinlar.

ТЕХНОЛОГИЯ ЭФФЕКТИВНОГО ИСПОЛЬЗОВАНИЯ НА УРОКАХ РАЗДАТОЧНЫХ МАТЕРИАЛОВ

Сатторова Шахноза Рахмонкуловна

Магистрант УзГУМЯ Научный руководитель: кандидат филологических наук, доцент Ю.Н. Исмаилов, УзГУМЯ

АННОТАЦИЯ

В этой статье представлены отзывы о раздаточных материалах, правилах их подготовки и использования, а также информация об эффективном использовании раздаточных материалов в различных учебных процессах и их специфике.

Ключевые слова: Раздаточный материал, устный контроль, тест, лекция, обсуждение, проблемные задания, проектные задания, ролевая игра.

TECHNOLOGY OF EFFECTIVE IMPLEMENTATION OF HANDOUTS

ON THE LESSONS

Sattorova Shakhnoza Rakhmonkulovna

Master's student UzSWLU Supervisor: Candidate of Philological Sciences, Associate Professor Y.N.

Ismailov, UzSWLU

Scientific Journal Impact Factor

ABSTRACT

This article provides feedback on handouts, rules for their preparation and use, as well as information on the effective use of handouts in a variety of teaching processes and their specifics.

Keywords: Handouts, oral control, test, lecture, discussion, problem assignments, project assignments, role play.

Ma'lumki, dars mashg'ulotlarida tarqatma materiallardan samarali foydalanish juda muhim ahamiyatga ega hamda ularni tayyorlash pedagogdan sabr-toqat, kreativ yondashuv va mahorat talab etadi. Tarqatma materiallar sifatida berilgan topshiriqlar ta'lim oluvchilarning dars jarayonida individual, juftlikda yoki guruh bo'lib hamkorlikda ishlashiga, berilgan topshiriqlarni hamjihatlikda bajarishiga, vaqtdan unumli foydalanishiga imkon beradi. Shuningdek, tarqatma materiallar yordamida bir vaqtning o'zida muhokama qilinayotgan savolni, axborotni ham eshitish, ham ko'rish orqali qabul qilish shubhasiz ta'lim oluvchilarning puxta bilim olishlariga va o'z navbatida ushbu egallangan bilim ular xotirasida uzoq vaqt saqlanib qolishiga yordam beradi.

Bugungi kunda dars mashg'ulotlarida tarqatma materiallardan foydalanish tobora keng qo'llanilmoqda va buning samarali hamda ijobiy tomonlari yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Darsda ta'lim oluvchilarning bilim, malaka va ko'nikmalarini birdek shakllantirishda pedagogdan ulkan mahorat talab etiladi. Bunday paytda mavzuga oid ma'lumotlarni, grammatik qoidalarni, berilgan matnlarni tarqatma material sifatida yetkazib berish muhim rol o'ynaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tarqatma materiallar - bu har qanday ko'rgazmali vositalar bo'lib, bu diagrammalar, chizmalar, jadvallar, fotosuratlar, taqdimot slaydlari va boshqalar bo'lishi mumkin. Tarqatma materiallarni tayyorlash va qo'llashda quyidagi qoidalarga alohida e'tibor qaratish maqsadga muvofiq:

- matn shrifti 12 dan kichik bo'lmasligi;

- sarlavhalarni bosh harf bilan yozishi;

- bir betda 80 tadan ko'p belgi (harf, qavs, undov belgisi va hokazo) ishlatmaslik;

- matnlar tushunarli, qisqa va oddiy bo'lishi;

- varaq dizayni e'tiborni o'ziga tortishi;

- tarqatish jarayonida me'yorni unutmaslik va shu kabilar.

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

Tarqatma materiallar yordamida o'tiladigan mavzuning asosiy mazmunini berish, olingan axborotni dars davomida va darsdan tashqarida ta'lim oluvchilar bilan mustaqil muhokama qilish, ular diqqatini mustaqil fikrlash, ijodiy izlanishga qaratish, ularni darsga faol jalb qilish, ularning olgan bilimlarini nazorat qilish va sinash mumkin. Tarqatma materiallarni maqsadi, mazmuni jihatdan shartli ravishda:

- axborot beruvchi;

- topshiriq beruvchi;

- bilimni nazorat qiluvchi turlarga ajratish mumkin.

Dars jarayonida tarqatma materiallardan foydalanishda o'ziga xos kamchiliklar ham mavjud. Tarqatma materiallar tayyorlash pedagogdan ko'p kuch va vaqt, mablag' hamda yuksak mahorat talab qiladi. Har bir ta'lim oluvchiga imkon qadar bitta tarqatma material berilishi maqsadga muvofiq. Bu qo'shimcha katta moddiy xarajatni talab qiladi. Tarqatma material asosida o'zaro muhokama cho'zilib, mavzuning boshqa qismlariga, savollariga e'tibor pasayishiga olib kelishi mumkin. Ayrim kamchiliklariga qaramay, dars mashg'ulotlarida tarqatma materiallardan foydalanishning afzalligi ustun va tarqatma materiallardan barcha metodlar asosida dars o'tishda keng foydalanish mumkin.

Ayniqsa chet tillarini o'qitishda grammatik qoidalar ko'pchilik ta'lim oluvchilarda ba'zi tushunmovchiliklarni yoki savollarni keltirib chiqaradi.

Bu kabi holatlarda grammatik qoida tushuntirilgach, ularni mustahkamlash sifatida tarqatma materiallardan o'z o'rnida samarali foydalanish ijobiy natija beradi. Shuningdek, tarqatma materiallarning muhim ijobiy tomonlaridan yana biri shundaki, u bevosita ta'lim oluvchilarning qo'lida bo'lib, berilgan topshiriqni bajarishga bo'lgan mas'uliyat hissini oshiradi, darsda imkon qadar faol ishtirok etishiga undaydi va uning tasavvur qilib, erkin fikrlashiga imkon yaratadi.

Og'zaki nazorat. Ushbu jarayonga pedagogning ta'lim oluvchi bilan jonli muloqoti, uning fikrlarini nutq shaklida ifodalashga mashq qildirish, bilimlarni yanada chuqurroq tekshirish maqsadida pedagog tomonidan qo 'shimcha savollar berish imkoniyatlari kiradi. Pedagog tomonidan qo'yilgan savolga og'zaki javob berishga tayyorlanish doimo ta'lim oluvchining faol fikrlashi bilan bog'langan. Og'zaki javob yaxshi tayyorlangan ta'lim oluvchiga o'zining iqtidorini, qo'shimcha egallagan bilimlarini namoyish etishga ikmon beradi.

Bevosita muloqot tufayli pedagogda savol-javob davomida ta'lim oluvchining bilimlari to'g'risidagi barcha gumonlarni bartaraf etish imkoni bo'ladi. Shu bilan bir vaqtda og'zaki nazoratda ularning bilimlarini baholashda ma'lum darajada pedagog shaxsiyatining aks etishi namoyon bo'ladi. Shu sababli har bir pedagogda ta'lim

Scientific Journal Impact Factor

oluvchilarning o'zlashtirish darajalarini baholashda doimo xolis va shaxsiy munosabat bir vaqtning o'zida ro'yobga chiqadi.

Test. Test bu biror-bir faoliyatni bajarish uchun ma'lum darajadagi bilimni egallashga qaratilgan topshiriqlardir. Tarqatma materiallar yordamida o'tkazilgan test nazoratlari va uning afzalliklariga quyidagilarni sanab o'tish mumkin:

- yetarli tarzda tuzilgan pedagogik test natijalari nazorat o'tkazayotgan shaxsga bog'liq bo'lmagan xolis pedagogik o'lchov quroli hisoblanadi;

- test o'quv mavzularining barcha asosiy mazmunini qamrab olishi mumkin;

- o'qitish natijalarini test usulida o'lchash barcha tekshiriluvchilarga baravar qo'llanadigan oldindan ishlab chiqilgan mezon asosida aniq va ishonchli baho beradi;

- test nazorati texnologiyalashuvchan, u nisbatan qisqa vaqt ichida ma'lum o'quv mavzulari o'zlashtirilishining to'la nazoratini kam kuch va vositalar sarflab o'tkazish imkonini beradi;

- test nazorati kompyuterlar yordamida oson avtomatlashtiriladi. Bu pedagogik test o'tkazishning asosiy afzalliklaridan biridir.

Ma'ruza. Ma'ruza o'qitishning eng keng tarqalgan shakli bo'lib, pedagogik faoliyatda yetakchi o'rinni egallaydi. U pedagog mehnatining oliy shakli darajasida e'tirof etiladi. Munozara shaklida bayon etiladigan ma'ruza eng faol pedagogik texnologiya elementidir. Munozarali ma'ruzada tinglovchilarning faolligi juda yuqori bo'lishiga erishish mumkin. Ma'ruza so'ngida o'qituvchi talabalarga tarqatma materiallar yordamida ma'ruza mavzusi doirasida savollar berishi, test o'tkazishi, rasmli yoki diagrammali ma'lumotlarni qo'shimcha ilova sifatida taqdim etishi va shu kabi ko'plab imkoniyatlardan foydalanishi mumkin.

Munozara. Ko'pchilik o'quv predmetlari va ularning mavzulari ta'lim standaritlari, o'qitish dasturlari, o'quv rejasi va ta'lim muassasasining o'ziga xosligiga bog'liq ravishda munozara tarzidagi o'quv mashg'ulotlarini taqozo etadi. Munozara tarzida olib borilgan o'quv mashg'ulotlarida tarqatma materiallardan samarali foydalanishni ijobiy natijaning ilk belgisi sifatida baholash mumkin. Bunda ta'lim oluvchilar faolligi ta'minlanadi, shubhali vaziyatlarga o'rin qoldirilmaydi hamda ularning xohishlari inobatga olinadi. Eng muhimi, bunday sharoitda o'quv materiali to'la-to'kis o'zlashtiriladi. Asoslar, xulosalar, hukmlar va tasavvurlar mukammal ko'rinish va mazmunda bo'ladi. Ko'rsatma va ta'kidlarning ishonchliligi yuqori darajada bo'ladi.

Guruhlarga bo'linib ishlash. Bu so'nggi yillarda Evropa mamlakatlarida keng ommaviylik tusini olgan o'qitish metodidir. Guruhlarga berilgan vazifalar

Scientific Journal Impact Factor

bosqichma-bosqich navbatlanishi, ya'ni galma-gallanishi lozim. Shu sababli ushbu jarayonda tarqatma materiallardan keng foydalanish ko'proq ko'zga tashlanadi.

Ta'lim yo'nalishi va pedagogik maqsad hamda vazifalardan kelib chiqqan holda bunday guruhlar xususiy holat uchun shakllantiriladi. Guruh bo'lib ishlash kengroq joy va siljitiladigan o'quv mebellarini talab qiladi hamda pedagogning nazorati barcha guruh uchun baravar bo'lishi lozimligi ham qiyinchilik tug'diradi.

Muammoli topshiriqlar. Nazariya va amaliyotning birligini ta'minlash-eng murakkab pedagogik vazifadir. Aniq vaziyat va qo'yilgan masalaning mohiyatidan kelib chiqqan holda muammoli topshiriqlar yordamida yaxshi natijaga erishish mumkin. Faktlar va ma'ruza materiallarini o'zlashtirish, topshiriqlar hamda mashq va masalalar yechimida muammoli vaziyat yaratilishi qo'l keladi. Bunda ham kam sonli ishtirokchilardan iborat guruhlar shakllantiriladi va tarqatma materiallar ko'pincha rasmli, jadvalli yoki matnli shaklda tarqatiladi.

Tarqatma materiallar guruhlarga alohida-alohida bo'lib beriladi. Yakuniy xulosalar va yechimlar topilgach, mavzular guruhlar orasida ayirboshlanadi. Echimlar va fikrlar xilma-xilligi yuzaga kelsa o'qituvchi bosh hakam tarzida so'nggi va hal qiluvchi so'zni aytadi. Tarqatma materiallarning ta'lim oluvchilar yosh xususiyatlariga va bilim darajasiga mosligi bunda o'ta muhim omil hisoblanadi.

Loyihaviy topshiriqlar. Biror o'quv materialini atroflicha va chuqur o'rganish uchun bu yondashuv katta samara beradi. O'rganish, tahlil qilish, baholash, xulosa chiqarish va yakuniy qarorga kelish uchun uzoq muddatli loyihalangan reja zarur. Bu tadbimi o'tkazish uchun bazaviy va boshlang'ich tayanch ma'lumotlar talab qilinadi. Shu sababli loyihaviy topshiriqlar yuzasidan tarqatma materiallar tayyorlash jarayoni ancha murakkab hisoblanadi. Bunday topshiriqlar o'quv ijodkorligini oshiradi, mustaqillik sari etaklaydi. Loyihalar mavzuning tavsifini beruvchi kirish qismi, mavzuning muxtasar asosnomasi, faktlar va argumentlarga asoslangan ma'lumotlar yig'indisi hamda xulosa yoki yechimdan iborat bo'ladi.

Rolli o'yinlar. Bunday o'yinlar muammoli topshiriqlaming bir ko'rinishidir. Sahnalashtirish va obrazli chiqishlar bunday mashg'ulotlaming asosiy belgisidir. Ishbilarmonlik, bilimdonlik, topqirlik, quvnoqlik, hozirjavoblik, ijodkorlik, ishchanlik va yaratuvchanlik kabi fazilatlami namoyish qilishga keng imkon beradi. Ushbu jarayonda pedagog tarqatma materriallardan foydalanishda har bir taclim oluvchining salohiyatiga mos vazifa topshirishi juda muhimdir. Bu kabi dars mashg'ulotlarida ko'pincha rasmli tarqatma materiallardan keng foydalaniladi. Shuningdek, sahnalashtirish uchun mos keluvchi matn yoki ertak, dialog kabilar varaqlarga yozilib, qismlarga ajratiladi hamda rolli o'yinlar uchun vosita sifatida

Scientific Journal Impact Factor

qo'llaniladi. Bunda ta'lim oluvchilar dars mashg'ulotlarida katta ishtiyoq bilan qatnashadilar hamda o'zlarining bilim va qobiliyatlarini sinovdan o'tkazish imkoniga ega bo'ladilar.

Xulosa qilib aytish mumkinki, tarqatma materiallarni maruza darsi, seminar va amaliy mashg'ulotlar jarayonida barcha metodlar bilan birga qo'llab, dars samaradorligini oshirish imkoniyati mavjud. Ushbu imkoniyatdan qanday foydalanish har bir pedagogning pedagogik mahoratiga bog'liq. Shuni unutmaslik kerakki, tarqatma materiallardan doimiy ravishda, haddan ortiq ko'p yoki doimiy bir xillik ta'lim oluvchilaming zerikishiga, darsga bo'lgan qiziqishini kamaytirishiga olib kelishi mumkin, Shuning uchun tarqatma materiallardan o'z o'rnida va meyorida foydalanish, ta'lim oluvchilarning qiziqishlari va fikrlarini inobatga olish muhim ahamiyatga ega.

Bugungi axborot va bilimlar doirasi tez sur'atlar bilan tobora kengayib borayotgan davrda barcha ma'lumotlarni dars mashg'ulotlari paytida birgina tarqatma materiallar, darsliklar, ko'rgazmali vositalar yoki shu kabilar orqali yetkazib berish qiyin. Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan keng va unumli foydalanib, dars mashg'ulotlarini tizimli va mukammal reja asosida chet el tajribalariga tayangan holda olib borish pedagoglar uchun dolzarb vazifalardan biridir.

REFERENCES

[1] Omonov H.T. va boshq. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. -Toshkent: Iqtisod-moliya, 2009.

[2] Sarsenbayeva R.M., Talabalar mustaqil talimini tashkil etish metodikasi. O'quv-uslubiy qo'llanma. -Toshkent, TMI.-108-b.

[3] Tojiboyeva D. Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi. O'quv qo'llanma. -Toshkent: Fan va texnologiya, 2007. -541-b.

[4] https://kitobsevar.uz/kxpv/xrpt 0enc8myp1fs8ojsddcx4m2usc2o98hc8lpai5y zt5hrj s0mvcaoo20952m4yu6v8kvgfj 61 ddgm.pdf

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.