TEXNIKA FANLARINI O'QITISHDA AXBOROT-KOMMUNIKATIV TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Elmira Omonovna Xamraqulova
Jizzax politexnika instituti Bino va inshoot qurilishi kafedrasi katta o'qituvchisi
omonovna@mail .ru
Bugungi kunda Yangi O'zbekistonda o'sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama ma'rifatli va madaniyatli qilib tarbiyalash masalasiga alohida e'tibor qaratilib, ularga oid bo'lgan masalalarning majmuasi yoshlarga oid bo'lgan milliy siyosatimizda o'z aksini topgan. Masalan, "Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to'g'risida"gi qonunda "Yoshlarga oid siyosat O'zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustuvor yo'nalishi bo'lib, uning maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari yo'lida imkoni boricha to'la-to'kis ro'yobga chiqishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iboratdir"[3].
Taraqqiyotimizning istiqboli, aholi turmush tarzini farovonligini ta'minlash yoshlarning shaxsiy va kasbiy jihatlardan kamol topishlariga bog'liqdir. Bu o'z navbatida yoshlarimizni biron bir sohaning yetuk mutaxassisi bo'lib, o'z imkoniyatlarini (aqliy, jismoniy, ijodiy va b.) mamlakatimizda farovon turmush tarzini ta'minlash yo'lida sarflanishini taqozo etadi. Bu birinchi navbatda ularga berilayotgan kasbiy ta'limning mazmuni, sifati hamda raqobatbardoshligiga, ta'limiy ma'lumotlarning dolzarbligiga hamda mehnat bozorining talab va takliflaridan kelib chiqqan holda ularda shaxsiy, kasbiy kompetentlikni shakllanganligini alohida inobatga olishni taqozo etadi.
COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan onlayn ta'lim berish tajribasi, "har qanday jamiyatning ta'lim tizimida yuz berayotgan o'zgarishlar har bir o'qituvchidan o'quvchi-talabalardan farqli o'laroq faqatgina media vositalardan foydalanish bo'yicha bilim va ko'nikmaga ega bo'libgina qolmasdan, balki bu vositalar bilan ishlash malakasiga ham ega bo'lishlari lozimligini ko'rsatdi. Bu esa mediata'lim sohasini o'zlashtirishni istovchi o'qituvchilar uchun nisbatan yangi va ancha murakkab muammodir. Shu sababli o'qituvchilar mazkur media vositalar sohasidagi o'z bilim va ko'nikmalarini muntazam ravishda yangilab borishi, o'zi va o'quvchi-talaba o'rtasida yangi media va kompyuter texnologiyalarini o'zlashtirish bo'yicha bir qator oraliq bo'lishligini ta'minlashlari lozim"[1.12; 6,7,8,9,11].
April 21-22
177
Shu boisdan ham o'qituvchilarida erkin, ijodiy fikrlash malakalarini rivojlantirish, ular dars berayotgan sohasiga oid g'oyaviy-mafkuraviy masalalarni anglatish hamda amaliy bilimlarini boyitish, "bu borada jahon tajribalarini umumlashtirish uchun xorijiy mamlakatlarda o'qitilayotgan fanlar tizimini o'rganib chiqish, mentalitetimizga mos keladiganlarini o'zimizning bo'lajak mutaxassislarni tayyorlash tizimiga moslashtirish zarur, bu fan rivojiga ham, ta'lim-tarbiya natijalariga ham o'zining ijobiy ta'sirni ko„rsatishi"[2.8] shubhasizdir.
Yangi O'zbekistonda so'nggi yillarda o'quv jarayonini axborot texnologiyalari, xususan kompyuterlar asosida tashkil qilish masalasiga katta e'tibor qaratilmoqda, chunki zamonaviy o'qitish texnologiyalaridan mashg'ulot jarayonida foydalanish yuqori ijobiy samara beradi. Xoh gumanitar (tarix, falsafa, adabiyot va sh.k.), xoh tabiiy, aniq va texnik fanlar (matematika, fízika, kimyo, texnika, qurilish mexanikasi va sh.k.) bo'yicha o'quv jarayonini kompyuter va axborot texnologiyalari asosida tashkillashtirish, bir tomondan o'qituvchini, ikkinchi tomondan - o'quvchini hali barcha imkoniyatlari ochilmagan kuchli vosita bilan qurollantiradi[1.12; 10.394-395].
Masalan, "Qurilish mexanikasi" inshootlarning mustahkamligi, ustivorligi haqidagi fandir. Inshootlarning mustahkamligi deganda ularning yuk ko'tarish qobiliyati tushuniladi, chunki mustahkam inshoot o'ziga qo'yilgan yuklarni bemalol ko'tarib tura olishi lozim, aks holda uning mustahkamligi yetarli darajada bo'lmaydi.
Inshootlarni ustivorligi deganda yuklar ta'sirida inshoot o'zining dastlabki muvozanat xolatini saqlab tura olish-olmasligi tushuniladi[4, 5].
Ekspluatatsiya jarayonida inshootda me'yordan ortiqcha ko'chish, salqilik va og'ishlar ro'y bermasligi uchun ularning bikirligi hisoblash yo'li bilan tekshiriladi. Ko'rinib turibdiki qurilish mexanikasi fani materiallar qarshiligi fani hamda nazariy mexanika, fízika va matematika fanlariga uzviy bog'langan fandir.
Bu fanni o'qitishda zamonaviy multimediali vositalar yordamida hisobiy fanlar zanjirining bir tomoni hamda zanjirining ikkinchi tomonida hisobni yakuniga yetkazuvchi fanlar - qurilish konstruksiyalari fanlari (temirbeton va g'isht-tosh konstruksiyalari, metal, yog'och va plastmassa konstruksiyalari) turishini harakatli animatsiyalar orqali ko'rsatiladi. O'z oldiga qurilish konstruksiyalari hisobini puxta o'zlashtirishni maqsad qilib quygan talaba, ana shu hisobiy fanlar zanjirini uzviy ravishda, bir-biriga bog'liq holda chuqur o'zlashtirishi lozim.
Qurilish mexanikasi fanining asosiy vazifalaridan biri tashqi kuchlar (yuklar) ta'sirida konstruksiya elementlarida hosil bo'ladigan ichki kuchlarni (zo'riqishlarni) aniqlashdan iboratdir. Zo'riqish nimaligini to„liqroq tasavvur etish uchun oddiy bir misol
April 21-22
178
^^pecialists^n^heFieldoimÊamÊpmÊm
keltiramiz. Ikki qo'lingizda suv to'ldirilgan ikki chelakni ko'tarib turibsiz deylik. Dastlabki daqiqalarda qo'lingiz toliqish yoki og'riqni his etmaydi. Biroq vaqt o'tgan sayin qo'lingizda og'riqqa o'hshash yengil toliqish paydo bo'ladi va u borgan sayin kuchayib boradi. Ana shu og'riqqa o'xshash toliqish mexanika tilida zo'riqish yoki ichki kuch deb ataladi. Konstruksiya elementlariga qo'yiladigan tashqi kuchlarning (masalan chelaklardagi suv) miqdori ma'lum bo'lsa, elementlarda hosil bo'ladigan zo'riqishlarni aniqlash qiyin emas. Konstruksiya elementlarining ko'ndalang kesim o'lchamlari aniqlangan zo'riqishlarning miqdoriga qarab belgilanadi.
Shuningdek, Muhandislik inshootlari odatda sterjen, balka, plastinka, qobiq va va hajmiy jismlar singari turli konstruktiv elementlarni tegishli ravishda o'zaro birlashtirish yo'li bilan hosil qilinadi. Demak, yaxlit inshoot alohida elementlardan tashkil topgan murakkab sistema hisoblanadi.
Inshootlarni hisoblaganda, ayrim elementlarning o'lcham va shakllarini, ular orasidagi bog'lanishni aniq hisobga olish nazariy jihatdan imkoni yo'q, yoki o'ta murakkab ishdir. Shuning uchun qurilish mexanikasida boshqa fanlardagi singari ilmiy abstraksiya usulidan foydalanib, mavjud inshoot hisoblash tarhi bilan almashtiriladi.
Hisoblash tarhi (sxemasi)-inshootning
soddalashtirilgan tasviri bo'lib, unda yuk ta'siridagi inshootning asosiy ko'rsatkichlari mujassamlashgan bo'ladi. Hisoblash sxemalarida sterjenlar-o'qlar bilan, plastinalar-o'rta sirtlar bilan, ko'ndalang kesimlar-yuza va inersiya momentlarining son qiymatlari bilan, real tayanchlar-ideal tayanlar bilan almashtiriladi; yuklar o'qlarga qo'yilgan deb faraz qildinadi va h. k. inshootlar hisobi ana shunday hisoblash tarhlari orqali amalga oshiriladi. 1-rasmda bir orliqli ko'prik a) rasmda hamda balka deb ataluvchi uning hisoblash sxemasi b) rasmda tasvirlangan.
1-rasm, v da to'rt orliqli ko'prik hamda rama deb ataluvchi uning hisoblash sxemasi g) rasmda berilgan. Yo'l qoplamasining vazni hamda ko'prikning xususiy og'irligi balkaga tekis yoyiq kuch sifatida ta'sir etadi. Balkada tashqi kuchlar va harakat ta'sirida bo'ylama kuchlar hosil bo'lmasligi uchun uning tayanchlaridan biri qo'zg'aluvchi,
1 - rasm
ikkinchisi esa qo'zg'almas qilib ishlanadi.
April 21-22
179
Volume 3 | TSTU Conference 1 | 2022 Prospects for Training International ^^pecialistsJnJheFeldofTranspor^
Inshoot hisoblash tarhini tanlash murakkab, ayni paytda, muhim masalalardan biridir. Hisoblashning sifati, ya'ni uning aniqligi ko'p jihatdan, hisoblash tarhining qanday tanlanishiga bog'liq.
Ma'lumki, sterjen va palstinalar inshootning asosiy elementi hisoblanadi. Ko'ndalang kesim o'lchamlari uzunlikka nisbatan ancha kichik bo'lgan element sterjen dab ataladi. Bir o'lchami (qalinligi) qolgan ikki o'lchami (uzunligi va eni) ga nisbatan kichik bo'lsa, plastinka deb ataladi.
Egri o'qli pastina qobiq (oblochka) deb ataladi. Bulardan tashqari hisoblash tarhlari ichida hajmiy jismlar deb ataluvchi elementlar ham uchraydi. Bunday elementlarning uch o'lchovi bir-biriga yaqin bo'ladi. Bunga poydevor bloklari va tirgak devor misol bo'ladi.
Alohida elementlarning joylashuv tartibiga qarab inshootlar yassi (tekis) va fazoviy sistemalarga bo'linadi. Barcha sterjenlarning hammasi bir tekislikda joylashsa, bunday inshootga yassi (tekis) sistema deb ataladi. Aks holda sistema fazoviy bo'ladi. Yassi inshootlar mustaqil ko'rinishda kamdan-kam uchraydi. Ko'pincha ular hisobni soddlashtirish maqsadida fazoviy sistemalardan ajratib olinishi hisob aniqligini pasaytiradi. Biroq muhandislik amaliyotida ba'zan shunday qilishga to'g'ri keladi.
Albatta ko'rinib turibdiki, biz XX asrning 70-80 yillarida yaratilgan fan bo'yicha ma'lumotlardan ko'proq foydalanamiz. Rasmdan ham sodda ko'rinishga ega bo'lgan misol keltirilgan. Zamonaviy talabalar bunday sodda ko'rinishli misollardan zerikadilar. Shu sababli, texnika yo'nalishidagi mutaxassis pedagoglar zamonaviy pedagogik texnologiyalarni chuqur bilish talabini qo'ymoqda.
Xulosa qilib quyidagi takliflarni ilgari suramiz:
1. Pedagogik faoliyatda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish orqali o'quv jarayonining barcha ishtirokchilari o'zaro faol munosabatda bo'lishini ta'minlaydi.
2. Qurilish mexanikasi fanini talabalarga o'qitishda zamonaviy multimediali vositalarni yaratish dolzarb vazifa sifatida qo'yiladi.
3. Berilgan konstruksiyaning hisob sxemasini bilishda, Nima uchun hisob sxemasi tanlanishini, tekis hisob-sxema tanlashga harakat qilinishi, tayanch turlari va ularda paydo bo'ladigan tayanch reaksiyalari sonini bilishda, yoyilgan va to'plangan hamda statik va dinamik kuchlarga misollar orqali yaratilishi lozim.
4. Pedagogik faoliyatda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish orqali ta'lim mazmunini yangi texnologiyalar asosida rivojlantirib, interfaol tarzdagi ta'lim
April 21-22
180
^^pecialists^n^heFieldoimeSmePmem
muhiti rivojlantirish, ta'lim jarayonida ta'lim oluvchilarning faolligi rag'batlantirish, ta'lim oluvchilarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o'quv jarayonini tashkil etish maqsadga muvofiq.
5. Har qanday pedagogik jamoa o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, undagi mavjud an'ana va qadriyatlarga tayangan holda innovatsion texnologiyalarni joriy etishda shart-sharoit omillarini hisobga olish va ro'y beradigan har qanday vaziyatlardan chiqishda (masalan, COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan onlayn ta'lim berish va b.) axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish ijobiy natijadorlikka olib keladi.
REFERENCES
1. Ashurova D.N. Elektron ta'lim tizimida dasturiy-didaktik majmua yaratish muammolari. Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. - Toshkent, 2018. - 54 b.
2. Kalekeyeva T.T. Ta'limni axborotlashtirish sharoitida bo'lajak informatika o'qituvchilarini tayyorlash mazmunini takomillashtirish. Pedag. fan. bo„y. fal. d-ri (PhD) diss. avtoref. - T., 2019. - 14 b.
3. O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasida Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to'g'risida"gi Qonuni. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992 y., 2-son, 80-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 y., 5-6-son, 102-modda; O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami, 2004 y., 25-son, 287-modda; 51-son, 514-modda; 2008 y., 52-son, 513-modda.
4. Odilxo'jaev E. va boshqalar «Qurilish mexanikasi» 1972.
5. Снитко Ж.К. «Строителная механика» Рига, 1989.
6. Самаров Р.С., Садриддинов С.Р. Педагогик фаолият тизими такомиллашувини таъминлашда тизимли тахлил: функционал ёндашув. Замонавий таълим / Современное образование 2016, No2. - 23-29 б.
7. Adilovich N.R., Sharifovna Y.N., Upashevna A.L., Vladimirovna T.S., Juraevna N.N. THE PHENOMENON OF FRIENDSHIP IN THE SOCIAL VIEWS OF EASTERN THINKERS // Journal of Critical Reviews, 2020. Т. 7. № 13. С. 46954698.
8. Nazarova Nilufar Juraevna. (2020). Universal Factors In Provision Of Youth Life Strategy. International Journal for Social Studies, 6(1), 157-163.
Retrieved from
https: //j ournals.eduindex.org/index.php/ij ss/article/view/19580
April 21-22
181
Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 1 | 2022
Google Scholar indexed Prospects for Training International
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-177-182 Specialists in the Field of Transport
9. Beknazarov, A. A., Rakhmonov, D. A., Normuratova, M. K., & Nasirov, K. J. (2020). Psychological-pedagogical classification of the philosophy of social service. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(7 Special Issue), 2759-2762.
10. Хамракулова, Э. О. (2022). Изучение состояния вопроса утилизации строительных отходов из бетонных и железобетонных конструкций в Узбекистане. Science and Education, 3(2), 393-400.
11. Abdinazarovich, R. D., Abdullajonovna, Y. K., Ahadjanovich, Q. A., Bakhromovich, G. A., & Juraevna, N. N. (2020). The role of social service in the protection of human interests. Journal of Critical Reviews, 7(6), 1263-1267.
April 21-22
182