Open access journal
www.in-academy.uz
Wf-ESE-
EURASIAN JOURNAL OF TECHN01:0GY AND INNOVATION
TERI LEYSHMANIOZINING HUDUDLARARO STATISTIK
TAHLILI
Maxmudov Farxod Axmedovich
Buxoro davlat tibbiyot instituti
ABSTRACT
Teri leyshmaniozi - chivinlar orqaliyuqadigan Leishmania protozoylarining ko'plab turlari tomonidan qo'zg'atilgan keng tarqalgan tropik infektsiyadir. Uning klinik ko'rinishlari juda xilma-xil bo'lib, ko'plab parazit va xos omillarga bog'liq bo'lib, ular chuqur o'rganilmagan. O'zbekiston ham teri leyshmaniozi bo'yicha epidemiologik mintaqalardan biri hisoblanadi. Maqolada Buxoro viloyati bo'yicha yoshi, jinsi va tumanlararo statistik ma'lumotlar to'plami keltirilgan.
Leyshmanioz asrlar davomida hayot uchun xavfli parazitar kasallik bo'lib, butun dunyo bo'ylab 98 mamlakatda taxminan 350 million odamni qamrab olgan [1,2,3,4].
Leyshmaniozning tarqalish darajasi parazitar etiologiyali kasalliklar orasida birinchi o'rinlardan birini egallaydi. Xar yili dunyoda 1 milliongacha odam zararlanadi [5,6]. Asosiy endemik o'choqlar O'zbekiston, Turkmanistonda, shuningdek Qozog'istonning ayrim mintaqalarida joylashgan [7, 8, 9,10]. Ushbu hududlarda kasallikning namoyon bo'lish darajasi har xil, ularning har birida aholining kasallanish joylari, aholi punktlari va tabiiy o'choqlarning o'zaro bog'liqligi, aholining o'choq bilan aloqa darajasi va immunitet qatlami bilan bog'liq [11,12]. Endemik jixatdan Uzbekistonda bu kasallikning uchrash darajasi ancha yillardan beri pasaymagan [13,14].
Epidemiologik tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, teri leyshmaniozi ma'lum mavsumiylik bilan tavsiflanadi. Birinchi bemorlar may oyining oxirida paydo bo'ldi, keyin kasallik ko'paydi va sentyabr-oktyabr oylarida maksimal darajaga yetdi, so'ngra kasallikning bosqichma-bosqich pasayishi kuzatildi, dekabr va yanvar oylarida teri leyshmaniozi bilan 1- 2 ta kasallanganlar ro'yxatga olindi, va bu bemorlar vrachga kech murojaat etgan bemorlar hisoblandi.
Qo'zg'atuvchilarning geografik hududlarga bo'liqligi tufayli Eski Zamon teri leyshmaniozi va Yangi Zamon teri leyshmaniozi farqlanadi.
Eski zamon leyshmaniozi Osiyo, Afrika, Yaqin Sharq va O'rta er dengizida tarqalgan. Eski zamon teri leyshmaniozining sababi L. major yoki L. tropica, kamroq L. infantum, L. aethiopica. O'rta yer dengizi va Kaspiy dengizlarida teri leyshmanioziga L. infantum va L. chagasi sabab bo'ladi.
ARTICLE INFO
Received: 02nd January 2024 Accepted: 07th January 2024 Online: 08th January 2024
KEY WORDS Teri leyshmaniozi, Buxoro, limfangit.
Mavzuning dolzarbligi
www.in-academy.uz
Shuni ta'kidlash kerakki, qo'zg'atuvchining tabiiy tashuvchisi turar joylarining tabiati va turi o'zgarib, chivinlarning joylashadigan populyatsiyalari paydo bo'ladi [15].
O'zbekiston hududida Leyshmaniyaning uch turi mavjud: L.major, L.turanica, L.gerbilli [16,17]. Leyshmaniozga qarshi choralarni ishlab chiqishda atrof-muhit omillarini ham hisobga olish kerak. Bu shuni ko'rsatadiki, kasallikning murakkablashuvida atrof-muhit omillari ham katta ahamiyatga ega bo'ladi. [18,19,20].
Bundan tashqari, olingan ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, kasallikning bitta endemik joyi boshqalarga qaraganda turli xil nazorat choralarini talab qilishi mumkin.
Maqsad va vazifalar
Teri leyshmaniozining Buxoro viloyati bo'yicha yoshi, jinsi va hududlarga nisbatan statistik tahlillar yig'ish.
Material va uslublar
Tadqiqotning belgilangan maqsadlari va vazifalaridan kelib chiqib, biz zoonoz teri leyshmaniozi bilan kasallangan O'zbekiston Respublikasining Respublika ixtisoslashtirilgan Dermatovenerologiya va Kosmetologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro hududiy fillialida murojaat qilganlar orasida 110 nafar bemorni aniqlab, tahlillarni yig'dik.
Olingan natijalar va ularning muhokamasi
1-jadvalda yashash joyiga qarab teri leyshmaniozi bilan kasallangan bemorlar ko'rsatilgan.
1-jadval
30 25 20 15 10 5 0
Izoh: 1 - Jondor, 2 - Peshku, 3 - Romitan, 4 - Vobkent, 5 - Olot, 6 - G'ijduvon, 7 - Buxoro shahar, 8- Buxoro tuman, 9 - Shofrikon, 10 -Qorako'l, 11 - Kogon, 12-Navoiy viloyati
Jadvaldan ko'rinib turibdiki, bemorlarning eng ko'pi Buxoro viloyatlari aholisi bo'lib, ularning hududi yarim cho'l bilan ajralib turib, aholining kasbiy faoliyati tufayli bemorlar doimo teri leyshmaniozining eng epidemik markazlarida bo'lishadi.
Taqdim etilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, teri leyshmaniozi bilan kasallangan barcha bemorlar Buxoro viloyatining turli tumanlarida yashovchilar. Ya'ni 110 nafar
«
www.in-academy.uz
bemorlardan 24 ta (21.8%) Jondor, 16 ta (14.5%) Peshku, 4 ta (3,6%) Romitan, 5 ta (4,5%) Vobkent, 14 ta (12,7%) Olot, 1ta (0,9%) G'ijduvon, 2 ta (1.8%) Buxoro shahar, 6 ta (5,4%) Buxoro tuman, 20 ta (18,2%) Shofrikon, 9 ta (8,2%) Qorako'l, 7 ta (6,3%) Kogon, 2 ta (1,8%) Navoiy viloyati aholisidir. Statistikada bu hududlar orasidan eng ko'p aniqlangan bemorlar Jondor tumani aholisidir.
Ushbu bemorlarni klinik turlariga qarab ajratdik va quyidagicha natijaga erishdik
1- Yaralangan leyshmanioma (asoratlanmagan) - 43 nafar bemor
2- Leyshmanioma limfangit va limfadenit holatli asoratlangan - 42 nafar bemor
3- Leyshmanioma do'mboqchali holatli asoratlangan -11 nafar bemor
4- Leyshmanioma ham limfangit va limfadenit ham do'mboqchali holatli asoratlangan -14 nafar bemor
Taqdim etilgan 2- jadval ma'lumotlardan ayollar va erkaklarning klinik ko'rinishlarida sezilarli farqlar mavjud emas edi, chunki o'rganilgan kasallik shakllari taxminan bir xil kechimda kechadi. Shunday qilib, 110 nafar bemorlarning 54 nafari (49 foiz) erkaklar, va 56 nafari (51 foiz) ayollar bo'lib hisoblandi. Shuning uchun ko'rib chiqiladigan kasallikni klinik shakllarini jinsidan qat'i nazar bir guruhga umumlashtirsa bo'ladi. 2. Jadval
Zoonoz teri leyshmaniozi bilan kasallangan bemorlarni jinsiga qarab taqsimlash
Klinik turlari Bemorlar jinsi
erkak ayol
soni % soni %
Yaralangan leyshmanioma 20 18,2 23 20,9
(asoratlanmagan)
Leyshmanioma limfangit va limfadenit 24 21,8 18 16,4
holatli asoratlangan
Leyshmanioma do'mboqchali holatli 4 3,6 7 6,4
asoratlangan
Leyshmanioma ham limfangit va 8 7,3 6 5,4
limfadenit, ham do'mboqchali holatli
asoratlangan
Jami 56 50,9 54 49,1
Yuqorigi jadvaldan ko'rinib turibtiki Leyshmaniozning do'mboqchali holatli asoratlangan (11 nafar) va Leyshmaniozning ham limfangit va limfadenit, ham do'mboqchali holatli asoratlangan (14 nafar) klinik turlari statistik jihatdan soni past bo'lishiga qaramay bu bemorlar shifoxonaga kech murojaat qilgan bemorlar sanaldi va bir muncha murakkabroq davo muolajasi bilan davolashga to'g'ri keldi.
Biz bemorlarning yoshi va zoonoz teri leyshmaniozining klinik ko'rinishlari o'rtasidagi bog'liqlikni statistik baholashga erishdik. Ushbu tahlil natijalarini biz. 3-jadvalda joylashtirdik.
3. Jadval
Teri leyshmaniozi bilan kasallangan bemorlarni yoshiga qarab taqsimlash
Guruh 18 yoshgacha 18-30 31-40 41-50 50 yoshdan
yuqori
üb»
www.in-academy.uz
абс % абс % абс % абс % абс %
1, n=43 9 8,2 12 10,9 9 8,2 1 0,9 12 10,9
2, n=42 13 11,8 9 8,2 7 6,4 5 4,5 8 7,3
3, n=11 3 2,7 4 3,6 4 3,6
4, n=14 2 1,8 2 1,8 6 5,4 4 3,6
Jami 27 24,5 23 20,9 26 23,6 6 5,5 28 25,5
3-jadvalda keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, asosan teri leyshmaniozining turli xil klinik variantlari bo'lgan bemorlar turli yoshda bo'lishi ushbu muammoning dolzarbligini tasdiqlaydi.
Xulosa
Shunday qilib biz yig'gan ma'lumotlar shuni ko'rsatdiki, Buxoto viloyati Jondor tumanida teri leyshmaniozi bilan kasallanganlar soni yuqori darajada va yarali leyshmanioz (asoratlanmagan) turi vaqtida shifokorga murojaat qilganligi tufayli yuqori ko'rsatkishda turibti. Kasallik uchrashi jins tanlamasligi, har ikkala jinsda bir xil uchrashini aniqladik. Statistikada teri leyshmaniozi 18 yoshgacha va 50 yoshdan yuqori bo'lgan bemorlarda son jihatdan yuqori ko'rsatkichni ko'rsatdi, chunki bu yoshldagilar doimiy qishloqda yashovchilar hisoblanadi.
References:
1. Axmedovich, M. F., Samadovna, S. G., & Obidovich, S. S. (2021, May). Observation of immunological changes during clinical cycles of skin leishmaniosis. In Euro-Asia Conferences (Vol. 5, No. 1, pp. 207-211).
2. Axmedovich, F. M., & Amonovich, D. Y. (2021). Clinical Criteria for the Manifestation of Atopic Dermatitis in Schoolchildren, Depending on Age. Central asian journal of medical and natural sciences, 2(5), 335-339.
3. Axmedovich, M. F., Ikromovich, L. I., & Hamza o'g'li, O. J. (2021). Statistics of the incidence of cutaneous leishmaniasis in the Bukhara region, depending on age, gender and region. Middle European Scientific Bulletin, 17, 373-377.
4. Zhang, W.-W. & Matlashewski, G. Screening Leishmania donovani Complex-Specific Genes Required for Visceral Disease. Methods Mol. Biol. 1201, 339-61 (2015).
5. Kaye, P. & Scott, P. Leishmaniasis: complexity at the host-pathogen interface. Nat. Rev. Microbiol. 9, 604-15 (2011).
6. Maxmudov, F. A., Raxmatov, O. B., Latipov, I. I., Rustamov, M. K., & Sharapova, G. S. (2021). Intravenous laser blood irradiation in the complex treatment of patients with cutaneous leishmaniasis. ЭДШ^^^Ш (ЙШ^Ш), 48(9).
7. Makhmudov, F. A., & Gulomova, S. K. (2021). Changes in skin leishmaniasis after local treatment. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(1), 17441749.
8. Maxmudov, F. A., & Latipov, I. I. (2019). The immunopathogenesis of atopic dermatitis and strategy of immunotherapy. Новый день в медицине, (4), 53-57.
«
www.in-academy.uz
9. Rakhmatov, O. B. (2021). Improving the principles of treatment in patients with zoonotic leishmaniasis with the immunomodulator gepon and methylene blue using the alt-vostok device. (ЙШ4ЗД, 48(9).
10. Choi, C. M. & Lerner, E. A. Leishmaniasis as an emerging infection. J. Investig. Dermatol. Symp. Proc. 6, 175-82 (2001).
11. Джумагулов К. Б., Елисеев Л. Н. и др. /Зоонозный кожный лейшманиоз в Чимкентской области. // Здравоохранение Казахстана. - 1989. - №1. - С. 45-46.
12. Дергачева Т. И., Жерихина И. И. О вненоровой активности переносчиков возбудителей зоонозного кожного лейшманиоза // Мед. паразитол.и паразитар. болезни. - 1993. - №5. - С. 37-43.
13. Махмудов, Ф. А., & Латипов, И. И. (2019). Атопический дерматит: иммунопатогенез и стратегия иммунотерапии. Новый день в медицине, (4), 195-200.
14. Махмудов, Ф. А., Латипов, И. И., Озодов, Ж. Х., & Юсупов, Д. А. (2020). Vitiligo extent tensity index (veti) score: a new definition, assessment and treatment evaluation criteria in vitiligo. Новый день в медицине, (1), 276-279.
15. Шаропова, Г. С. (2022). Изучить Эффективность Экстракта Алоэ При Местном Применения Зоонозного Лейшманиоза. Central asian journal of medical and natural sciences, 2(7), 216-220.