Open access journal
www.in-academy.uz
Wf-ESE-
EURASIAN JOURNAL OF TECHN01:0GY AND INNOVATION
TERI LEYSHMANIOZINI STATISTIK JIHATDAN AHAMIYATLI BELGILARI
Maxmudov Farxod Axmedovich
Buxoro davlat tibbiyot instituti
ARTICLE INFO
Received: 02nd January 2024 Accepted: 07th January 2024 Online: 08th January 2024
KEY WORDS Teri leyshmaniozi, klinik turi, limfangit, limfadenit,
asoratlangan.
ABSTRACT
Leyshmaniozning tarqalish darajasi parazitar etiologiyali kasalliklar orasida birinchi o'rinlardan birini egallaydi. Epidemiologik tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, teri leyshmaniozi ma'lum mavsumiylik bilan xarakterlanadi. Bemorlar ko'pincha shifokor huzuriga kech murojaat qilishadi. Ammo bemorni davolashdan oldin albatta leyshmaniozni klinik turini, yaralar joylashgan sohalar va yaralar sonini aniqlash kerakli muhim belgilardan biri bo'lib sanaladi.
Mavzuning dolzarbligi
Leyshmaniozning tarqalish darajasi parazitar etiologiyali kasalliklar orasida birinchi o'rinlardan birini egallaydi. Xar yili dunyoda 1 milliongacha odam zararlanadi [1].
Teri leyshmaniozini qo'zg'atuvchisini birinchi marta 1898-yil Toshkentda P.F. Barovskiy aniqlagan [2,3].
Klinik jihatdan, leyshmanioz lokalizatsiyalashgan, surunkali retsidivlanuvchi, tarqoq va o'tkir shakllarda namoyon bo'lishi mumkin.
O'zbekiston hududida Leyshmaniyaning uch turi mavjud: L.major, L.turanica, L.gerbilli [4,5]. Leyshmaniozga qarshi choralarni ishlab chiqishda atrof-muhit omillarini ham hisobga olish kerak. Bu shuni ko'rsatadiki, kasallikning murakkablashuvida atrof-muhit omillari ham katta rol o'ynaydi [6,7].
Eski zamonning teri leyshmaniozlari orasida zoonoz, erta yara hosil bo'luvchi (2-4 haftalik inkubatsiya davri bilan) leyshmanioz, qo'zg'atuvchisi L. major hisoblanadi [8,9,10,11].
Teri leyshmaniozi inkubatsiya davri bilan tavsiflanadi, bu bir necha kundan 3-4 haftagacha, kamdan-kam hollarda 1-2 oyni tashkil qilishi mumkin [12, 13]. Keyinchalik notekis chegarali kuchli yallig'lanishli infiltrat, shish xosil qiluvchi do'mboqcha hosil bo'ladi. Markazi yiringli yarali nekrozga aylanadi. Jarayon og'riqli va atrofi shishli kechadi. 3-6 oydan so'ng jarayon chandiqlanish bilan tugaydi [14,15]. Ko'p xolatda tugunli, og'riqsiz kechuvchi limfangit va limfadenit hosil qiladi [16,17,18]. M.K.Sharipova va boshqa soavtorlar fikriga ko'ra [19] teri leyshmaniozi bilan og'rigan bemorlarning 80 %ida 1-3 ta yara aniqlandi. Leyshmanioz yarasini joylashish joyi muhim klinik ahamiyatga ega bo'lib, ekologik tashuvchining davom etayotgan antropogen transformatsiyasiga bog'liq. Masalan,
ïb» ^
jBylsl
Open access journal
www.in-academy.uz
X.M.Mustafaev va boshqalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko'ra [20, 21] leyshmanioz yarasining muchalarda (oyoq-qo'l) joylashuvi bilan kasallanganlar soni sezilarli darajada ko'payib, yaraning yuz terisidagi joylashuvi esa kamaygan.
Material va uslublar
Tadqiqotning belgilangan maqsadlari va vazifalaridan kelib chiqib, biz zoonoz teri leyshmaniozi bilan kasallangan O'zbekiston Respublikasining Respublika ixtisoslashtirilgan Dermatovenerologiya va Kosmetologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro hududiy fillialida murojaat qilganlar orasida 110 nafar bemorni aniqlab, statistik tahlillar yig'dik.
Olingan natijalar va ularning muhokamasi
1-jadval
Zoonoz teri leyshmaniozining klinik turlarga qarab taqsimladik
Klinik turlari Bemor soni foiz
1 Yaralangan leyshmanioma (asoratlanmagan) 43 39,09
2 Leyshmanioma limfangit va limfadenit holatli asoratlangan 42 38,18
3 Leyshmanioma do'mboqchali holatli asoratlangan 11 10
4 Leyshmanioma ham limfangit va limfadenit, ham do'mboqchali holatli asoratlangan 14 12,73
jami 110 100
Zoonoz teri leyshmaniozining yaralarning lokalizatsiyasini e'tiborga olsak, ularning hosil bo'lishi turli xarakterga ega va bu haqidagi ma'lumotlar 2 -jadvalda keltirilgan. 2-jadval
Zoonoz teri leyshmaniozining tanadagi lokalizatsiyasiga ko'ra taqsimladik
Klinik formalari
Qo'llarda
Oyoqlarda
Tanada
Boshda
Yaralangan leyshmanioma (asoratlanmagan)
23
19
11
Leyshmanioma limfangit va limfadenit holatli asoratlangan
17
24
13
Leyshmanioma do'mboqchali holatli asoratlangan
Leyshmanioma ham limfangit va limfadenit, ham do'mboqchali holatli asoratlangan
10
Aniqlangan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, ko'pchilik bemorlarda teri leyshmaniozi qo'llar va oyoqlarda lokalizatsiya qilingan, keyingi ko'rsatgich bosh sohasida va eng kam uchragan soha bu tana qismidir. Bunga sabab aynan ushbu mavsumda qo'l va oyoq sohalarining ochiq holda bo'lishidir. Oyoqlar terisida yaraning joylashuvi qon tomir va limfa tizimlarning xususiyatlarini hisobga olgan holda, limfangit va limfadenit ko'rinishidagi asoratlar rivojlanib, ular leyshmaniozning asoratli shakllarining spetsifik klinik ko'rinishini belgilaydi.
2
3
7
7
1
2
9
2
Open access journal
www.in-academy.uz
Leyshmaniozda yaralar lokalizatsiyasi teri leyshmaniozining klinik kechishini ko'rsatib beradi. Yaralarning yuz sohasida lokalizatsiyasi, tez rivojlanuvchi, qirralari tekis bo'lmagan, chuqurroq yaralar hosil bo'lishi bilan kechadi. Badan terisida yaralarning o'lchamlari katta va oz miqdordagi yiring oqishi bilan ajralib turardi. Yaralarni oyoqlarda joylashuvi, ko'p miqdorda yiringli ajralmalar, limfangit va limfadenitning aniq belgilari bilan kechadi.
3-jadval
Zoonoz teri leyshmaniozining tanadagi leyshmanioma yaralar soniga ko'ra taqsimladik
Klinik formalari
1 ta yara 2-4 ta yara 5-7 ta yara 8-10 ta yara 10 tadan ko'p
% % % % %
Yaralangan leyshmanioma (asoratlanmagan) 15 13,6 21 19,1 3 2,7 3 2,7 1 0,9
Leyshmanioma limfangit va limfadenit holatli 16 14,5 15 13,6 2 1,8 7 6,3 2 1,8
asoratlangan
Leyshmanioma do'mboqchali holatli asoratlangan 4 3,6 4 3,6 2 1,8 1 0,9
Leyshmanioma ham limfangit va limfadenit, ham 2 1,8 6 5,4 1 0,9 5 4,5
do'mboqchali holatli asoratlangan
37 33,6 46 41,8 7 6,3 12 10,9 8 7,3
Bizning tadqiqotimizda zoonoz teri leyshmaniozi bilan og'rigan 110 nafar bemorlardan , bir bemor leyshmanioma yarasining maksimal soni 13 taga yetdi. Son jihatdan 1-4 tagacha bo'lgan yaralar juda ham ko'p foizlarda namoyon bo'ldi.
References:
1. Вьюков В. Н. 1969. Многолетняя динамика численности москитов в очаге зоонозного кожного лейшманиоза Юго-Восточной Туркмении. В кн.: III совещ. по лейшм. и др. троп, трансмис. природно-очаговым болезням людей Ср. Азии и Закавказья. Ашхабад, 28—30 мая 1969 г., М. : 56—58.
2. Ханафиева, И.В. Применение иммуностимуляторов в терапии зоонозного кожного лейшманиоза : диссертация на соискание ученой степени кандидата медицинских наук / Ханафиева Ирина Владимировна- Ашхабат, 1996.
3. Maxmudov, F. A., Raxmatov, O. B., Latipov, I. I., Rustamov, M. K., & Sharapova, G. S. (2021). Intravenous laser blood irradiation in the complex treatment of patients with cutaneous leishmaniasis. ЭДШ^^^Ш (ЙШ^Ш), 48(9).
4. Махмудов, Ф. А., & Латипов, И. И. (2019). Атопический дерматит: иммунопатогенез и стратегия иммунотерапии. Новый день в медицине, (4), 195-200.
Open access journal
www.in-academy.uz
5. Елисеев Л. Н., Стрелкова М. В., Жерихина И. И. Особенности эпидемической активизации природного очага ЗКЛ в местах симпатричного распространения L.major, L.tiranica, L.gerbilli // Мед. паразитол. и паразитар. болезни. - 1991. - №3. - С. 24-29.
6. Maxmudov, F. A., & Latipov, I. I. (2019). The immunopathogenesis of atopic dermatitis and strategy of immunotherapy. Новый день в медицине, (4), 53-57.
7. Zhang, W.-W. & Matlashewski, G. Screening Leishmania donovani Complex-Specific Genes Required for Visceral Disease. Methods Mol. Biol. 1201, 339-61 (2015).
8. Advances in leishmaniasis / H. W. Murray [et al.] // Lancet. - 2005 Oct-Nov. - Vol. 366, N 9496. - Р. 15611577.
9. Makhmudov, F. A., & Gulomova, S. K. (2021). Changes in skin leishmaniasis after local treatment. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(1), 17441749.
10. Axmedovich, M. F., Samadovna, S. G., & Obidovich, S. S. (2021, May). Observation of immunological changes during clinical cycles of skin leishmaniosis. In Euro-Asia Conferences (Vol. 5, No. 1, pp. 207-211).
11. Rakhmatov, O. B. (2021). IMPROVING THE PRINCIPLES OF TREATMENT IN PATIENTS WITH ZOONOTIC LEISHMANIASIS WITH THE IMMUNOMODULATOR GEPON AND METHYLENE BLUE USING THE ALT-VOSTOK DEVICE. (ЙШ^Щ 48(9).
12. Иванов О. Л. Кожные и венерические болезни. - Москва: Медицина, 1997. - С. 140143.
13. Родякин Н. Ф. Кожный лейшманиоз. - Ашхабад:, 1982. - 190 с.
14. Axmedovich, M. F., Ikromovich, L. I., & Hamza o'g'li, O. J. (2021). Statistics of the incidence of cutaneous leishmaniasis in the Bukhara region, depending on age, gender and region. Middle European Scientific Bulletin, 17, 373-377.
15. Дерматология Фитцпатрика в клинической практике // Клаус Вольф, Лоуэлл А. Голдсмит, Стивен И. и др. Под общ. ред. акад. Кубановой А. А. Т. 1. М.: Бином, 2012. 896 с
16. Беляева Т.В. Под ред. Шуваловой Е.П. Инфекционные болезни Серия «Учебник для медицинских вузов 2004
17. Axmedovich, F. M., & Amonovich, D. Y. (2021). Clinical Criteria for the Manifestation of Atopic Dermatitis in Schoolchildren, Depending on Age. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES, 2(5), 335-339.
18. Махмудов, Ф. А., Латипов, И. И., Озодов, Ж. Х., & Юсупов, Д. А. (2020). VITILIGO EXTENT TENSITY INDEX (VETI) SCORE: A NEW DEFINITION, ASSESSMENT AND TREATMENT EVALUATION CRITERIA IN VITILIGO. Новый день в медицине, (1), 276-279.
19. Шарипов М. К., Раззаков Ш. А., Краснонос Л. Н. и др. /Зоонозный кожный лейшманиоз в Узбекистане и его профилактика / / Мед. паразитол. ипаразитар. болезни. - 1987. - №1. - С. 39-45.
20. Шаропова, Г. С. (2022). Изучить Эффективность Экстракта Алоэ При Местном Применения Зоонозного Лейшманиоза. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES, 2(7), 216-220.
«
Open access journal
www.in-academy.uz
21. Мухаммедов С. М. Клинические наблюдения за больными кожным лейшманиозом сельского типа, леченных мономицином // Мед. журнал Узбекистана. - 1967. - №9. - С. 33-34.