Научная статья на тему '“TEMURBEKLАR MАKTАBI” HARBIY AKADEMIK LITSEYIDA О`QUVCHI SHАXSINING IRОDАVIY SIFАTLАRI'

“TEMURBEKLАR MАKTАBI” HARBIY AKADEMIK LITSEYIDA О`QUVCHI SHАXSINING IRОDАVIY SIFАTLАRI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
33
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
irоdа / yоshlаr irоdаsi / tirishqоqlik / sоbitqаdаmlik / qаt’iy ishоnch / mustаqillik / аbuliyа. / will / will of youth / diligence / perseverance / firm faith / independence / abulia.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sаrvinоz Islаmоvа

Ushbu mаqоlаdа Temurbeklаr mаktаbi harbiy akademik litseyi о`quvchilаridа irоdаviy sifаtlаrni shаkllаntirishning о‘zigа xоs xususiyаtlаri muhоkamа etilgаn hаmdа turli mutаfаkkirlаrning fikrlаri keltirilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

VOLITIONAL PERSONALITY TRAITS OF A STUDENT OF THE MILITARY ACADEMIC LYCEUM "THE SCHOOL OF TEMURBEKS"

This article discusses the features of the formation of volitional qualities in students of the military academic lyceum of the Temurbekov school and presents the opinions of various thinkers.

Текст научной работы на тему «“TEMURBEKLАR MАKTАBI” HARBIY AKADEMIK LITSEYIDA О`QUVCHI SHАXSINING IRОDАVIY SIFАTLАRI»

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 №4

UIF-2022: 8.2 ISSN: 2181-3337

"TEMURBEKLAR MAKTABI" HARBIY AKADEMIK LITSEYIDA OQUVCHI

SHAXSINING IRODAVIY SIFATLARI Sarvinoz Islamova

Temurbeklar maktabi harbiy akademik litseyi psixologi https://doi.org/10.5281/zenodo.6845375

Annotatsiya. Ushbu maqolada Temurbeklar maktabi harbiy akademik litseyi о quvchilarida irodaviy sifatlarni shakllantirishning o'ziga xos xususiyatlari muhokama etilgan hamda turli mutafakkirlarning fikrlari keltirilgan.

Kalit so'zlar: iroda, yoshlar irodasi, tirishqoqlik, sobitqadamlik, qat'iy ishonch, mustaqillik, abuliya.

ВОЛЕВЫЕ KA4ECTBA ЛИЧНОСТИ УЧAЩЕГОСЯ ВОЕННО-AКAДЕМИЧЕСКОГО

ЛИЦЕЯ «ШКОЛA ТЕМУРБЕКОВ»

Аннотация. В dannou cmambe рaссмaтривaются oco6ennocmu фoрмирoвaния eoneebix шчеств у учaщиxся вoeннo-aкaдeмичeскoгo лицея ш^лы TeMyp6eKoe и npedcmaenemi мнения pa3nuHHbix мыслитeлeй.

Ключевые слова: вoля, вoля юнoсти, трудoлюбиe, стoйкoсть, твeрдaя eepa, сaмoстoятeльнoсть, aбулия.

VOLITIONAL PERSONALITY TRAITS OF A STUDENT OF THE MILITARY ACADEMIC LYCEUM "THE SCHOOL OF TEMURBEKS"

Abstract. This article discusses the features of the formation of volitional qualities in students of the military academic lyceum of the Temurbekov school and presents the opinions of various thinkers.

Keywords: will, will of youth, diligence, perseverance, firm faith, independence, abulia.

KIRISH

Iroda - bu kishining o'z xulqi va faoliyatini ongli ravishda boshqarish, maqsadga yo'naltirilgan xatti-xarakat va xulq-atvorining amalga oshishida tashqi, ichki qiyinchiliklarni yengib o'tishga-qaratilgan jarayonlar. Iroda tufayli inson o'z faoliyatini ongli boshqaradi, maqsad qo'yadi, maqsadni amalga oshirish mobaynida uchraydigan to'siqlarni, qiyinchiliklarni yengishga harakat qiladi. Psixologik tadiqotlarninh ko'rsatishicha irodaviy sifatlarning 300ga yaqin turi mavjud. Irodaviy sifatlarni bir qancha kamponetlari mavjud bolib ular quyidagilar: istak, maqsad, xohish, ijro etish, ichki qiyinchiliklarni yengish, bajarilgan ishga baho berish kabilardir.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Insonning o'z faoliyatini va xulq-atvorini shaxsiy xohish irodasiga bo'ysundirish, ro'yobga chiqarish mustaqil fikrlashni barqarorlashtirish ko'zlangan maqsadni amalga oshirishga puxta zamin hozirladi.

Yoshlarni irodasi avvalo ularning ijtimoiy faoliyatida, mehnat faoliyatida, ijtimoiy tajribasida va ta'lim jarayonida namoyon bo'ladi. Yoshlarimizda irodaning bir qancha sifatlari ko'zga tashlanadi. Bular: qattiyatlilik, tashabbuskorlik, dadillik, mustaqillik, tejamkorlik, intizomlilk, tirishqoqlik, javobgarlilik, jasoratlilik, ishonch va o'zini irodalashlilik kabilar. Bugungi

UIF-2022: 8.2 ISSN: 2181-3337

SCIENCE AND INNOVATION 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

kunda yoshlarimizning bilim olishga ehtiyojining kuchayishi ulardagi aqliy salohiyati o'sishi ko'p jihatdan ularning irodaliy bo'lishini talab etadi. Chunki iroda tufayli inson biron-bir maqsad asosida ko'zlangan ishini hatti-harakatlarini bajarishga intiladi. Ta'lim jarayonida o'quvchi yoshlarda irodaviy sifatlarni tarbiyalash, ularni o'quv faoliyatlarida duch keladigan to'siq va qiyinchiliklarni yengishga o'rgatish, ta'lim jarayonida muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.

V.I.Selivanov irodaning psixologik jabhalarini yoritayotib, shunday g'oyani ilgari suradi, insoning ongini jarayonlar, holatlar, xislatlarni o'zida mujassamlashtiruvchi yaxlit tizim sifatida tasavvur qilish mumkin. Shaxsning u yoki bu ongli harakati o'zining tuzilishiga ko'ra, u bir davrning o'zida ham aqliy, ham hissiy, ham irodaviy hisoblanadi. Tadqiqotchi V.A.Ivannikov esa irodani motivasiyaning ixtiyoriy shakli sifatida tushunadi, shuningdek, harakat ma'nosining o'zgarishi shisobiga uni tormozlovchi yoki qo'shimcha turtki yaratuvchi imkoniyat, yangi real motivlarni harakat bilan birlashtiruvchi yoki vaziyatning tasavvur motivi tariqasida talqin qiladi. Irodaviy boshqariluv esa harakatni "ixtiyoriy boshqariluv ko'rinishlarining bittasi sifatida" tushuniladi, bunda boshqariluv motivasiyaning ixtiyoriy o'zgarish orqali amalga oshirilishi ta'kidlaniladi.

Yuqoridagi mulohazalardan ko'rinib turibdiki, psixologiya fanida irodani tushunish, ta'riflash bo'yicha bir xil munosabat yaratilmaganiday, irodaviy sifatlarning ma'noviy asosini tashlil qilish yuzasidan ham umumiylik, umumiy qarashlar majmuasi mavjud emas. Jumladan, V.A.Krutetskiy o'z asarida irodaviy sifatlar tarkibiga sobitqadamlik, mustaqillik, qat'iyatlilik, sabr-toqatlilik, intizomlilik, dadillik, jasoratlilik va tirishqoqlikni kiritadi.

P.M.Yakobson bo'lsa, irodaning muhim sifatlarini mustaqillik, qat'iyatlilik, tirishqoqlik, o'zini uddalashga ajratadi. Insonda namoyon bo'ladigan irodaviy sifatlar sarasiga A.I.Shcherbakov mana bularni kiritadi: sobitqadamlik va tashabbuskorlik, tashkillashganlik va intizomlilik, urinchoqlik va tirishqoqlik, dadillik va qat'iyatlilik, chidamlilik va o'zini uddalashlik, botirlik va jasoratlik.

TADQIQOT NATIJALARI

Bilimlarni egallashdagi sobitqadamlilik - bosh irodaviy sifat, hislat hisoblanib u irodaning boshqa ko'rinishlarining taraqqiyot darajasini va o'sishini aniqlovchi asosiy omil bo'lib sanaladi. Mustaqil va kelajagi buyuk davlat ideallarida sodiqlik vatan oldidagi burchlik yuksak darajada anglash jamoatchilik xissi, yurt ravnaqiga o'z xissasini qo'shishi istagi va bularning barchasi o'zbek xalqiga xos bo'lgan sobitqadamlilik namunasi.

Ta'lim-tarbiya jarayonidagi tashabbuskorlik talabaning o'z xohishini amalga oshirish o'quvchida, mustaqil bilim olish va fikrlashdagi qattiyatlilik - talaba yoshlar tomonidan jiddiy qaror qabul qilish uni izchil xayotga tadbiq etish xislati sanaladi. Tirishqoqlik talaba yoshlarning qiyinchiliklarni yengish uchun kurashida sir va izoh hujjat maqsadiga erishish uchun intilish ko'nikmasi xisoblanadi.

Muammolarni yechish chog'ida chidamlilik shaxs tomonidan qabul qilingan qarorda amalga oshirishga xalal beruvchi, fikmi hissiyot va hatti-harakatni turg'unlovchi (tormozlovchi) talabaning uquvchanligi xisoblansa tashkillanganlik- o'z harakati va xulqini rejalashtirish hususan uni ijro etishda talaba yoshlarning rejaga asoslanishini malakasi. Matonatlilik - qo'ygan maqsadni xavf-

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 №4

UIF-2022: 8.2 ISSN: 2181-3337

xatarga mos muqaddas his etgan holatda o'rnini oqlaydigan xavf-xatarga qul urish, qurqinch nisbatan yuzma-yuz tura olish, fazilati. Ishbilarmonlik - har qanday o'rnatilgan ishni qiyinchiliklar va qarshiliklardan qat'iy nazar omilkorlik qo'llash tufayli oxiriga yetkazish xislatidir.

MUHOKAMA

Shaxsning xulq-atvorida, o'quv faoliyatida agarda ta'limiy mashg'ulotlar oqilona, xaqiqiy ravishda,to'g'ri uyushtirilsa insondagi bir qator irodaviy sifatlar xam paydo bo'ladi, bunda oliy va o'rta maxsus o'quv yurti o'qituvchilari, murabbiylariga yuklanadi. Bu vazifani muvaffaqqiyatli uddalash uchun ular harbiy akademik litsey o'quvchilariga muntazam ravishda topshiriqlar berib, ularni o'z vaqtida va sifatli bajarishi uchun o'quvchilar masuliyat va sifatli (bajarilishi) hissini tarbiyalashlari lozim. Buning uchun o'quvchilarga fanlar bo'yicha uy topshiriqlari berish turli ko'rgazmali qurollar, referat ishlarini ko'rsatilgan muddatlarda qabul qilib olish baholash talaba yoshlarda intizomlilik, qund, chidam kabi bir qator irodaviy sifatlar shaklanishiga sabab bo'ladi. Chunonchi yoshlarimizda komil inson qilib tarbiyalash ularni kelajagida yuksak aqliy saloxiyatli muxatassilar bo'lishlari o'z-o'zini boshqarish va uddalashga o'rgatish xozirgi zamon talabadir.

Irodaning individual xususiyatlari va fenomenlari mavjud bo'lib, inson faoliyatining maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirishni ta'minlaydi. Iroda shaxs faoliyatining ichki qiyinchiliklarini yengishga qaratilgan ongli tuzilmadan iborat bo'lib, u o'zini o'zi boshqarish sifatida dastavval o'ziga, o'z shissiyotiga va xatti- harakatlariga shukmronlik qilishda aks etuvchi psixologik hodisadir. Irodaning kuchi yoki kuchsizligini aks ettiruvchi holatlar uning individual xususiyatlarini namoyon qiladi. Ana shu atamalardan kelib chiqqan holda irodasi kuchli va irodasi sust (kuchsiz) odamlar hamda ularning ijobiy va salbiy fazilatlari, sifatlari, hislatlari, illatlari to'g'risida mulohaza yuritiladi.

Irodasi sustlikning patologiyasi mavjud bo'lib, ular abuliya (yunoncha abulia - qat'iyatsizlik degan ma'noni anglatadi) va apraksiya (yunoncha apraxia-harakatsizlik ma'nosini bildiradi) atamalari bilan ifodalanadi. Abuliya - bu miya patologiyasi negizida vujudga keladigan faoliyatga intilishning mavjud emasligi, harakat qilish, uni amalga oshirish uchun qaror qabul qilish zarurligini anglagan tarzda shunday qila olmaslikdan iborat inson ojizligidir.

XULOSA

Iroda sustligining yaqqol (tipik) ko'rinishlaridan biri-bu yalqovlik hisoblanib, shaxsning qiyinchiliklarini yengishdan bosh tortishga intilishi, irodaviy kuch-g'ayrat ko'rsatishni qat'iy ravishda istamasligida o'zini aks ettiruvchi illatdir. Yalqovlik - shaxs ojizligi va irodaviy sustligining, uning shayotga layoqatsizligining, shaxsiy va ijtimoiy faoliyatga (hamkorlikka) loqaydligining ifodasidir. Yalqovlik-shaxsning ruhiy qiyofasi bo'lib, uzluksiz tarbiyaviy ta'sir va o'zini o'zi tarbiyalash orqali bartaraf etish imkoniyati mavjud ruhiy nuqsondir.

REFERENCES

1. Olimov L.Ya., Maxmudova Z.M. Stressli vaziyatlarda psixologik himoya mexanizmlari va koping xulq-atvor namoyon bo'lishining ijtimoiy psixologik xususiyatlari: stressli vaziyatlarda psixologik himoya mexanizmlari. Psixologiya ilmiy jurnali. 2020 yil, 4 son 109-115 b.

UIF-2022: 8.2 ISSN: 2181-3337

SCIENCE AND INNOVATION 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2. Olimov L.Ya., Maxmudova Z.M. O'smirlarda psixologik himoya mexanizmlarining namoyon bo'lishining o'ziga xosligi. Psixologiya ilmiy jurnali. 2021 yil, 4 son 103-112 b.

3. ЗС Элoв. Зaмoнaвий Жaмиятдa Суицид (Уз Жoнигa ^сд ^илиш) Муaммoлaри. Eurasian journal of Law, Finance and Applied Sciences 1 (2(2021): EJLFAS), 26-28

4. EZ Sattorovich. Ichki ishlar organlari xodimlari orasida suisidal xulq motivasiyasi namoyon etilishining ijtimoiy- psixologik sabablari. The best innovator in science 1 (1), 2022. 583-591

5. AN Ashurov R.R. Quziyeva Dilnura Dilmurotovna. Maktab davridagio'quvchilarda zo'ravonlik holatlar(Profilaktika,diagnostika, korreksiya)

6. A R.R. Xarakter aksentuatsiyasining o'quvchilar orasidagi munosabatlargata'siri. Eurasian Journal of Academic Research, 1(8), 14-16. https://doi.org/10.5281

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.