Научная статья на тему 'PECULIARITIES OFENCOURAGING PUPILS’ TO PROFISSION BY CHOOSING HUMAN WILLPOWER FEATURES'

PECULIARITIES OFENCOURAGING PUPILS’ TO PROFISSION BY CHOOSING HUMAN WILLPOWER FEATURES Текст научной статьи по специальности «Химические науки»

CC BY
28
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ученый XXI века
Область наук
Ключевые слова
ПРОФЕССИЯ

Аннотация научной статьи по химическим наукам, автор научной работы — Солиева Д., Ибрагимова Ш.

Эта статья посвящена изучению теоретических логических основ межэтнических отношений и социально-экономических факторов Ферганской долины d 80- е годы ХХ века.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ОСОБЕННОСТИ СТИМУЛИРОВАНИЯ УЧАЩИХСЯ К ПРОФЕССИИ ПУТЕМ ВЫБОРА ФУНКЦИИ СИЛЫ ВОЛИ, ЧЕЛОВЕКА

In directing pupils` to choosing profession, personal pekuliarites of willpower, his will wich encourages him, his risk in chosing profession, the degress of lazyniss` abule and apraction, his behavior readiness, in choosing profession have been investiyatle`

Текст научной работы на тему «PECULIARITIES OFENCOURAGING PUPILS’ TO PROFISSION BY CHOOSING HUMAN WILLPOWER FEATURES»

Педагогические науки

UDC378

O'QUVCHILARNI KASBGA YO NALTIRISHDA INSON IRODAVIY

JIXATLARINING O ZIGA XOSLIGI

D. Soliyeva1, Sh. Ibragimova2

Anotatsiya

O'quvchilarni kasbga yo'naltirishda shaxsning irodaviy xususiyatlari, kishining harakatga undovchi mayillari, kasbi yuzasidan tavakkalchilik sharoitidagi xatti-harakati, irodasi sustlikning darajalari: abuliya va apraksiya haqida, irodaning axloqiy tarbiyalanganligi, irodaviy jarayonlarni tarbiyalash yo'llari izohlangan.

Kalit so'zlar: asbiy faoliyat, kasb tanlash, kasbga yo'naltirish, shaxsning irodaviy xususiyatlari, harakatga undovchi mayillar, tavakkalchilik, irodasi sustlik, abuliya, apraksiya, irodaviy akt, irodani tarbiyalash.

Kasbiy faoliyat insonning shaxs sifatidagi komolotida hal qiluvchi omillardan biri ekan, kasb tanlashni dolzarb ijtimoiy muammo deb tushunish o'rinli bo'ladi. Inson o'z hayotida qabul qiladigan eng murakkab va mas'uliyatli qarorlardan biri kasb tanlash bilan bog'liq qarordir. Ushbu qarorni qabul qilishning murakkabligi unga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haddan tashqari ko'pligi bilan ham izohlanadi. Kasb tanlashga ta'sir ko'rsatuvchi omillar masalasiga davlatimiz rahbari I.A.Karimov ham alohida e'tibor qaratib quyidagicha mulohaza yuritadilar: "Go'dakning ulg'ayib, kasb tanlashi, kelajakda qanday yo'ldan borishi, o'zining hayot tarzini qanday axloqiy-ma'naviy asoslarga qurishi ham, hech shubhasiz, uning bolalikda qanday o'yinchoqlar bilan oshno bo'lib o'sgani bilan belgilanadi" [1].

Har qanday murakkab qarorni qabul qilishda bo'lganidek kasbiy tanlovni amalga oshirishda adashmaslik uchun odam tajribali pedagogik-psixologik tayyorgarlik ko'rgan mutaxassislarga muhtoj bo'ladi. Kasblar olamining tobora kengayib borishi, ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning jadallashuvi kasb tanlashdek azaliy masalani zamonaviy inson uchun jiddiy muammoga aylantirib qo'ydi. Har qanday mehnat turi moddiy yoki ma'naviy boyliklar yaratishga yo'naltirilgan ekan, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlovchi bosh omil sifatida gavdalanadi. Ushbu masalaga davlatimiz konstitusyasida ham alohida e'tibor qaratilib, 37-moddada "Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko'rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir" degan qoidaning belgilab qo'yilagani ham fikrimizni tasdiqlaydi.

Inson kasb sohasidagi tanlovda adashmasligini ta'minlash, bunda unga amaliy yordam ko'rsatish zarurati kasbga yo'naltirish ishining vujudga kelishi uchun zamin hozirladi. Umumiy ravishda, kasbga yo'naltirish - bu yoshlarni kasblar olami bilan tanishtirish. Bu odamga o'z individual qobiliyatlari va jamiyat unga taqdim etgan imkoniyatlar asosida kasb tanlashda yordam ko'rsatishdir. Mutaxassislar kasbga yo'naltirishga quyidagicha ilmiy ta'rif beradilar: "Kasbga yo'naltirish - bu mamlakat iqtisodiyoti, alohida tarmoqlar, iqtisodiy mintaqalar manfaatini hisobga olib, odamni o'z layoqati, qiziqishlari, shuningdek, ijtimoiy ehtiyojlar, rivojlanish istiqboli hamda mehnat zahiralarining to'laqonli taqsimlanishi zarurati asosida mustaqil ravishda kasb tanlash zarurdir deb ko'rsatadilar"

1Солиева Дилором - кандитат психологических наук, доцент кафедры педагогики и психологии, Кокандский государственный педагогический институт, Узбекистан.

2Ибрагимова Шахноза - преподователь кафедры педагогики и психологии, Ко-кандский государственный педагогический институт, Узбекистан.

YneHHH XXI BeKa • 2016 • № 6-2 (18)

O'quvchilarni kasbga yo'naltirishda shaxsning irodaviy xususiyatlari muhim ahamiyatga ega. Irodaviy jarayonda iroda o'zaro bog'liq ikkita vazifaning - undovchi va tormozlash vazifalarning bajarilishini ta'minlaydi va ularda o'zini namoyon qiladi.

Undovchi vazifasi kishining faolligi bilan taxminlanadi. Harakat oldingi vaziyat bilan bog'liq bo'lgan paytdagi reaktivlikdan farqli o'laroq faollik harakatning ayni o'zida namoyon bo'ladigan ichki xolatiga nisbatan sub'ektning o'ziga xos xususiyatini kuchga kiritish harakatini chiqaradi. Kishining harakatga undovchi mayillari ma'lum bir yo'lga solingan sistemani oziq-ovqatga, kiyim-kechakka, issiq va sovuqdan yashirinish extiyojidan tortib to ma'naviy, estetik va intellektual xis-tuyg'ularni boshidan kechirish bilan bog'liq yuksak niyatlarga borib taqaladigan motivlar ierarxiyasini tashkil etadi. Agar yuksak motivlar deb quyilari, shu jumladan, hayotiy, muxim motivlar tuzilishi va tutib turilishi yuz bersa, bu irodaning namoyon bo'lish xisobiga bo'ladi.

Kishining o'z kasbi yuzasidan tavakkalchilik sharoitidagi xatti-harakati irodaning xarakterli ko'rinishlaridan biri. Tavakkalchilik - bu sub'ekt uchun uning ichki noma'lum va muvaffaqiyatsizlikka duch kelganda mumkin bo'ladigan noqulay oqibatlar (jazolash, og'riq ta'sirini o'tkazish, travma, obro'ni yo'qotish va shu kabi) haqidagi taxminlar mavjudligi sharoitidagi faoliyatning xarakteristikasi hisoblanadi. Tavakkalchilik paytida kutilayotgan kasbdagi noxushlik bunday xolatdagi muvaffaqiyatsizlik extimoli va noqulay oqibatlar darajasining uyg'unlashtirilishi bilan belgilanadi. Tavakkalchilikning birinchi sababi va turi bu yutuqqa umid bog'lash, muvaffaqiyat qozonilganda kutilayotgan kattalikning muvaffaqiyatsizliklar oqibati darajasida ortishidir.

Tavakkalchilikda oqlangan va oqlanmagan tavakkalchiliklar bo'lib, ular bir-biridan farq qiladi. Oqlangan tavakkalchilik yakunning xar qanday noaniqligi va muvaffaqiyatsizlik keltirishi mumkinligiga qaramay oqlanmagan tavakkalchilikdan farq qilib, irodaviy qarorga kelayotgan paytda barcha «yoqlovchi» va «qarshilarni», tavakkalchilik xatti-harakatini belgilovchi motivlarning g'oyaviy va axloqiy yuksakligi, oqilona ravishda o'ylab ko'rishni va shunday qilib, harakatning xavfsizlik variantiga nisbatan xavfli variantini afzal ko'rishni nazarda tutadi. Bunda harakat (ishning yakuni tasodifga) omad keladi yoki kelmaydi bog'liq bo'ladigan yoki, aksincha, muvaffaqiyat tavakkal qilayotgan kishining shaxsiy sifatlari (uning qobiliyatlari, qafiyligi, malakalari va boshqalar) bilan belgilanadigan vaziyatlar bo'lishi mumkin. Tavakkalchilikning ikkinchi turi «vaziyat usti» yoki «xolis niyatli" tavakkalchilik deb, yoki bo'lmasa «tavakkalchilikni deb tavakkalchilik» qilish demakdir. Beg'araz tavakkalchilikning mavjud bo'lish fakti riskometr degan maxsus asbobda sinab ko'rish vaqtida aniqlanadi.

Kuchli irodaga ega bo'lgan kishi qo'yilgan maqsadlarga erishish yo'llarida uchraydigan istagan qiyinchiliklarni bartaraf eta oladi, ayni chog'da qafiylik, mardlik, jasurlik, chidamlilik kabi irodaviy fazilatlarni namoyon qiladi. Irodasi sust kishilar qiyinchiliklar oldida ojizlik qiladilar, qafiyatlik, sabot-matonat ko'rsatmaydilar, xulq-atvor va faoliyatning yanada yuksak, ma'naviy jixatdan oqlangan motivlari uchun o'zlarini tuta bilmaydilar, bir daqiqalik mayilni yo'qota olmaydilar.

Irodasi sustlikning namoyon bo'lish doirasi xuddi kuchli irodaning xarakterli sifatlari kabi rang-barangdir. Irodasi sustlikning eng chekka darajasi psixika normasi chegarasidan tashqarida bo'ladi. Masalan, abuliya va apraksiya shunga kiradi. Abuliya - bu miya potologiyasi zaminida yuzaga keladigan faoliyatga intilishning yo'qligi, harakat qilish yoki uni bajarish uchun qaror qabul qilish zarurligini tushungan xolda shunday qilaolmaslikdir.Vrachning aytganini bajarish zarurligini aniq faxmlagan abuliyaga mubtalo bo'lgan bemor buning uchun biron narsani qilishga o'zini majbur qila olmaydi. Tabiiy xulq-atvor uning uchun eng xarakterlidir.

Apraksiya - miya tuzilishining shikastlanishi natijasida kelib chiqadigan harakatlar maqsadga muvofiqligining murakkab buzilishidir. Agar nerv to'qimalarining buzilishi miyaning peshona qismlarida to'xtab qolsa, xatti-harakatlarni erkin to'g'rilashni buzilishida namoyon bo'ladigan apraksiya boshlanadi. Bu harakatlar berilgan programma va binobarin, irodaviy aktning bajarilishini qiyinlashtirib qo'yadi.

Irodaviy fazilatni baholash «kuchli-kuchsiz» ulchovi bilan ifodalanmasligi kerak. Irodaning axloqiy tarbiyalanganligi, agar xal qiluvchi bo'lmasa ham, muxim

ahamiyatga egadir. Irodaviy ko'rinishlar xarakteristikasi, ularning ma'naviy bahosi irodaviy akt amalga oshirilishining asosiga quyilgan motivlarning sotsial ahamiyatiga bog'liq. Ma'naviy jixatdan tarbiyalangan irodali kishi eng avvalo o'zining individual intilishlarini irodaga va jamoa obro'-e'tiboriga, jamiyat manfaatlariga bo'ysundiradigan jamoatchidir.

Irodani tarbiyalashda irodani mustaqil tarbiyalash usullari xar xil bo'lishi va ularning hammasi quyidagi shartlarga amal qilishini bilishimiz lozim;

l.Irodani tarbiyalashni nisbatan arzimas qiyinchiliklarni bartaraf etishni odat qilishdan boshlash kerak;

2.Qiyinchiliklarni va to'siqlarni bartaraf etish ma'lum maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladi;

3.Qabul qilingan qaror bajarilishi kerak; agar kishi uzoqqa muljallangan maqsadni oldiga qo'ygan taqdirda uzoq istiqbolni nazarda tutishi, bu maqsadga erishish bosqichlarini ko'rishi, yaqin kelajakka muljallangan istiqbolni ko'ra olish lozim. Irodani tarbiyalash to'g'risida gapirilar ekan, faoliyatning muvaffaqiyatli bajarilishi faqat u yoki bu irodaviy fazilatlar shakllanishiga emas, balki belgilanadigan narsaning real bajarilish sharti sifatidagi tegishli ko'nikmalarning borligiga, qo'yilgan maqsadlarga erishilishiga bog'liq ekanligini unutmaslik kerak.

Xulosa qilib shuni aytish kerakki, asosiy irodaviy fazilatlarining rivojlanishi, kasb faoliyatida, kishining boshqa odamlar bilan doimiy muloqoti jarayonida, u bilan birgalikda ishlashi davomida yuz beradi. Jamiyatdan tashqarida, jamoadan tashqarida kishining irodasi normal jarayon sifatida rivojlana olmaydi. Shu bilan birga o'quvchilarni kasbga yo'naltirishda iroda hayot faoliyati davomida muhim o'rin egallaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.

1.Karimov I.A.Yuksak ma'naviyat - engilmas kuch. - Т.: «Ma'naviyat», 2008. -B.

2.E.E.G'oziyev. «Intellekt psixologiyasi». T., 1996.

3.M.G.Davletshin va boshqalar. «Psixologiya», «Izohli lug"t». Т., 1996.

4.V.M.Karimova va boshqalar. «Mustaqil fikrlash». Т., «Sharq» 2000.

© D. Soliyeva, Sh. Ibragimova, 2016

УДК 378

ОСОБЕННОСТИ СТИМУЛИРОВАНИЯ УЧАЩИХСЯ К ПРОФЕССИИ ПУТЕМ

ВЫБОРА ФУНКЦИИ СИЛЫ ВОЛИ, ЧЕЛОВЕКА

Д. Солиева, Ш. Ибрагимова

Аннотация: Эта статья посвящена изучению теоретических логических основ межэтнических отношений и социально-экономических факторов Ферганской долины d 80- е годы ХХ века.

Ключевые слова: профессия, педагогика, обучение.

© Д. Солиева, Ш. Ибрагимова, 2016

UDC378

PECULIARITIES OFENCOURAGING PUPILS' TO PROFISSION BY CHOOSING HUMAN WILLPOWER FEATURES

D. Solieva, Sh. Ibragimova

Abstract. In directing pupils" to choosing profession, personal pekuliarites of willpower, his will wich encourages him, his risk in chosing profession, the degress of lazyniss" abule and apraction, his behavior readiness, in choosing profession have been investiyatle"

Keywords: Professional activity, choosing profession, directing to profession, person"s willpower pemliarities, encouraging to action, risns, weak will, abule, apraction, to develop pupils" will.

© D. Solieva, Sh. Ibragimova, 2016

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.