UDK 623.074.4.012.
TEMIRBETON FAZOYIY ELEMENTLARNI DISPERSARMATURALASHDA PO'LAT FIBRALARDAN FOYDALANISH NATIJALARI
Matniyazov Bakdurdi Ibragimovich t.f.n, dots.(JizPI). matniyazov [email protected]
Annotatsiya: Laboratoriya tadqiqotlari va ishlab chiqarish tajribasi shuni ko'rsatdiki, yupqa devorli temirbeton buyumlarni bukish usuli yordamida ishlab chiqarishda eng yaxshi turdagi armatura po'lat tola shaklida tarqaladi. Fibra tolalar bilan armaturalash beton aralashmasiga kiritilgan po'lat tolalar turli xil yuklarga duchor bo'lganda betonning ish faoliyatini yaxshilashga yordam beradi.
Ko'pgina tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, betonga 1-1,5% hajmdagi po'lat tolalarni kiritish uning kuchlanish kuchini 100% gacha, egilish kuchini 150-200% ga oshiradi, bosim kuchi kamroq darajada oshadi, taxminan 15-25%. Bundan tashqari, dispers temir-beton yorilishga chidamliligini oshirdi. Yuqori yorilishga chidamliligi tufayli po'lat tolali temirbeton ham suvga chidamliligi, sovuqqa chidamliligi va yong'inga chidamliligi 1,5-2 barobar ortdi. Bu xususiyatlar quruq va issiq iqlimi bo'lgan hududlarda bunday elementlardan foydalanish uchun juda muhim bo'lib chiqadi.
Аннотация: Лабораторные исследования и опыт изготовления показали, что при изготовлении тонкостенных железобетонных изделий методом погиба наилучшим видом армирования является дисперсное в виде стальной фибры. Армирования с фибрами заключается в том, что вводимые в бетонную смесь стальные фибры способствуют улучшению работы бетона при воздействии различных нагрузок.
По данным большинства исследователей, введение в бетон стальных фибров в количестве 1-1,5% по объему увеличивает его прочность на растяжение до 100%, прочность на изгиб на 150-200%, прочность на сжатие повышается в меньшей степени, порядка 1525%. Кроме этого дисперсноармированный бетон является повышенной трещиностойкостью. За счет высокой трещиностойкости сталефибробетон обладает также повышенной в 1,5-2 раза водонепроницаемостью,морозостойкостью и огнестойкостью. Эти свойства оказываются весьма важными для применения такых элементов в районах с сухим и жарким климатом.
Abstract: laboratory research and production experience have shown that the best type of reinforcement in the manufacture of thin-walled reinforced concrete items using the bending method is propagated in the form of steel fiber. Reinforcement with Fibra fibers steel fibers included in the concrete mixture can help improve the performance of concrete when exposed to various loads.
According to many researchers, the introduction of steel fibers in concrete with a volume of 1-1.5% increases its tensile strength by 100%, bending strength by 150-200%, pressure strength increases to a lesser extent, about 15-25%. In addition, dispers reinforced concrete has increased crack resistance. Due to its high crack resistance, steel fiber reinforced concrete has also increased water resistance, frost resistance and fire resistance by 1.5-2 times. These characteristics turn out to be very important for the use of such elements in regions with a dry and hot climate.
Kalit so'zlar: po'lat tolalar, dispers armaturalash, ingichka simlar, texnologiyani soddalashtirish, metall sarfini kamaytirish, egiluvchan qoliplarda, o'z og'irligi ta'sirida, yupqa devorli, yorilishga chidamlilik.
Ключовые слова: стальная фибра, дисперсное армирование, тонкые проволоки, упрощения технологии, снижению металлоемкости, на гибкой опалубке, под действием
Qurilish va Ta 'lim ilmiy jurnali 3-jild, 5-son https://iurnal.qurilishtalim.uz/
22
собственного веса, тонкостенные, методом погиба, трещиностойкость.
Keywords: steel fibers, disperser reinforcement, thin wires, technology simplification, metal consumption reduction, in flexible molds, under the influence of its own weight, thin-walled, crack resistance.
Jahon qurilish amaliyotida yupqa devorli temirbeton qoplamalar qo'llanilgan binolarning fazoviy konstruksiyalarini loyihalash va ishlab chiqirishda ma'lum yutuqlarga erishilmoqda.
Bugungi kunda qurilishda foldalanilayotgan devor va qoplama konstruksiyalarining og'irligi va qoplanayotgan maydonga materiallarning sarflanish miqdorining ko'pligi bugungi kunda soxa mutaxassislari oldi yyechimini kutib turgan masalalardan biri xisoblanadi. Shuning uchun bino va inshootlarning me'moriy va rejalashtirishdagi zamonaviy loyixalash yyechimlarini takomillashtirish, material sarfini hamda konstruksiyalar og'irligini kamaytirishga imkoniyat yaratadigan yangi progressiv fazoviy konstruksiyalarini loyixalash muhim ahamiyatga ega.
Bugungi talabdan kelib chiqib binolarning me'moriy va muhandislik rejalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun 2 ta asosiy qoidani hisobga olish kerak bo'ladi:
1. Materiallarni tanlash, ularning umumiy qiymatidagi moddiy xarajatlarning ulushini belgilaydigan shakl va yuk ko'tarish qobiliyati o'rtasidagi bog'liqliq;
2. Element shakli va uni tayyorlash texnologiyasi o'rtasidagi bog'liqlik, bu materiallarni tanlashni belgilaydi, shu jumladan ishchi kuchi va mehnat vositalariga bo'lgan talabni.
Tadqiqotchilar va soxa mutaxassislari tomoidan fazoviy temirbeton yopmalarning elementlarini umumlashtirishga bag'ishlangan zamonaviy tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, ularning sirt shakllarining har-xilligi yig'ma elementlarga bo'linishini qiyinlashtiradi, hamda elementlarning yuzasi ishlab chiqarish jarayonida ancha murakkablikni tashkil qiladi. Bundan tashqari hozirgi kunda temirbeton qobiqlarni sohada keng qo'llashga elementlarini ishlab chiqarish va montaj qilish texnologiyasidagi noqulayliklar muammo keltirib chiqaradi.
Temirbeton ilmiy tadqiqot institutining 4-sonli fazoviy konstruksiyalar laboratoriyasida rejada romb yoki cho'zilgan to'rtburchak shaklidagi qobiqlar ko'rinishidagi yig'ma elementlardan tashkil topgan fazoviy binolar konstruktiv elementlarini loyihalashda yangi yyechimlar amalga oshirildi. (1-rasm)
QURILISH
1- rasm. Taklif qilinayotgan fazoviy binoning ko'ndalang qirqimlari.
Yig'ma qobiq elementlarini tayyorlash uchun bikr qolipda yangi qoliplangan dispersarmaturalangan temirbeton plitani kotish jarayonida egish (bukish)usuli qo'llaniladi.
Tajribalar natijasida shu narsa isbotlandiki, egish usuli bilan yupqa devorli bunday buyumlarni ishlab chiqarishda eng samarali dispersarmaturalash bo'lib, unda po'lat fibra yoki po'lat simlardan to'qilgan to'rlardan foydalaniladi.
Fibrabetonning eng muhim xossalaridan biri yuqori yoriqbardoshligi bo'lib, uning evaziga sovuqbardoshligi, yong'inga va suv o'tkazmaslikka chidamliligi 1,5-2 baravar oshadi. Bu xossalar ayniqsa quruq va issiq iqlimi sharoiti bo'lgan hududlarda bunday yupqa devorli konstruksiyalarni keng va samarali qo'llashga imkoniyat yaratadi. Ushbu loyihaning avzalligi shundaki, binoning devorlari va yopmasi bir xil hal qilingan bo'lib, o'zaro bog'liq fazoviy va tekis uchburchak elementlardan tashkil topgan. Binoni qurish uchun mo'ljallangan elementlar shunday joylashtirilganki, yopma va devorlardagi bir xil turdagi strukturaviy elementlarning balandligi ularning kengligining yarmiga nisbatan joylashtirilgan, devor elementlari vertikal tarzda joylashtirilgan, tashqi suv oqish yo'llari konstruksiya choklariga to'g'ri kelmaydi (2-pacM).
-J -J
I 2
2- rasm. Taklif qilinayotgan fazoviy binoning fasad fragmenti (a) va rejasi (b), ularda fibrobetondan tayyorlangan elementlarning joylashishi.
Ushbu konstruktiv yyechim binoning bo'ylama va ko'ndalang bikrligini sezilarli darajada oshirib, turli yo'nalishdagi yuklar ta'sirini yaxshi qabul qiladi.
Ushbu loyihaning dolzarbligi shundaki, u yupqa devorli temirbeton fazoviy elementlardan yig'ilgan pavilon shaklidagi binolarning yangi turlarini tadqiq qilish va joriy etishga bag'ishlangan bo'lib, bunday bino konstruksiyalari o'zining me'moriy ko'rinishi xamda fazoviy bikrligi evaziga yuk ko'tarish qobiliyatini yukoriligi bilan birgalikda, ishlab chiqarishni soddalashtirish, uskunalarga metall sarfini, konstruksiya qalinligini kamaytirish, shu asosda materiallardan iqtisod qilishga imkoniyat yaratadi.
ADABIYOTLAR
1. Волков И.В., Беляева В.А. Сталефибробетонные конструкции зданий и сооружений (Серия "Строительные конструкции": обзорная информация. ВНИИНТПИ. Вып.7) M., 1990 г.
2. Хайдуков Г.К., Волков И.В., Билозир В.В. О расчете ширины раскрытия нормальных трещин изгибаемых сталефибробетонных элементов. НИИЖБ РФ- М., 1991 (Деп. во ВНИИНТПИ).
3. Шугаев В.В. Пространственные конструкции из элементов, формуемых на плоскости с последующим погибом.//Исследования железобетонных тонкостенных пространственных конструкций. НИИЖБ РФ, М., 1991 г.
Матниязов Б.И. Пространственная работа тонкостенных элементов стен и покрытия здания из дисперсноармированного бетона. Диссертационная работа. Ташкент, 1996г.