Quryozov Quryoz Otaboyevich, Jabbarova Mokhira Kuvandikovna
Urganch state university (Qoraqalpogiston)
Abstract: In the article, the physical and technical and economic properties of fibrobetons are considered. The possibilities of their application in various industries are indicated. The main types of fibrobetoes, as well as their advantages and disadvantages, are compared. Key words: Brick, thermal conductivity, energy saving, resource saving.
Fibrobeton deb sement yoki beton qorishmasi va teng ravishda taqsimlangan kerakli xususiyatlarga ega tolalardan tashkil topgan kompozit materialga aytiladi. Fibrobeton o'zining yuqori mustahkamlik, yoriqbardoshlik, dinamik yuklarga qarshiligi va umirboqiyligi kabi ko'rsatkichlari tufayli allaqachon, qurilishda keng ko'lamda qo'llanilmoqda. Bunday xossalarga ega material olganda, uning qiymati borasidagi savollar ikkinchi darjaga o'tadi.
Tolalar muayyan xususiyatlarga ega armaturalovchi materialdir. Ular dumaloq yoki tekis bo'lishi mumkin. Materiallar turiga qarab tolalar: po'lat va nometal (uglerodli, bazaltli, shishali, polietilenli, polesteroldan, polipropilendan va boshqalar) bo'linadi. 1-jadvalda asosiy ishlatiladigan tolalarning texnik xususiyatlari keltirilgan [1].
1-jadval
Tolalarning texnik xususiyatlarni qiyoslash jadvali
Texnik xususiyatlar Bazalt tola Shisha tola Polipropilen tola Uglerod tola
Cho'zilishga mustahkamligi, MPa 3000-4840 3100-4650 2900-3450 3500-6000
Elastiklik moduli, GPa 79,3-93,1 72,5-86 70-140 230-600
Uzilishdagi uzayishi, % 3,1-6,0 4,7-5,3 2,8-3,6 1,5-2,0
Solishtirma og'irligi, N/m3 2,65-2,8 2,46-2,62 1,44 1,75-1,95
Tola diametri, mkm 6-21 6-21 5-15 5-15
Erish harorati, °C 1450 1120-1550 250 erimaydi
Zichligi, g/sm3 2,65 2,6 0,95 2,0
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
Tashkent state
FIBRO SEMENT PLITALARNI FIZIK-MEXANIK XOSSALARINI TADQIQ QILISH VA OPTIMAL TARKIBINI TANLASH
Quryozov Quryoz Otaboyevich, Jabbarova Moxira Kuvandikovna
Urganch davlat universiteti (Qoraqalpog'iston)
Annotatsiya: Maqolada fibrobetonlarning, fizik va texnik-iqtisodiy xususiyatlari ko'rib chiqilgan.
Ularning turli xil sanoat sohalarida qo'llanilish imkoniyatlari ko'rsatilgan. Fibrobetoning asosiy turlari, shuningdek, ularning afzalliklari va kamchiliklari taqqoslanagan. Kalit so'zlar: iron-concrete, fibrobeton, crack resistance, load, composite material, corrosion.
STUDYING PHYSICAL AND MECHANICAL PROPERTIES OF FIBRO CEMENT PLATES AND SELECTING THE OPTIMAL COMPOSITION
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
Tashkent state transport university
Fibrobetonning asosiy turlari va xususiyatlari.
Sanoat va fuqarolik qurilishida fibrobeton asosan to'suvchi va yuk ko'taruvchi konstruksiyalarda ishlatiladi va ularning xizmat muddatini uzaytirish uchun mo'ljallangan.
Fibrobetonning samaradorligi asosan uning yuqori umrboqiyligi, ishqalanishga qarshiligi, ekspluatatsiya muddati, shuningdek seysmik holatlarda va yong'inda binoning yuqori xavfsizligini oshirish orqali erishiladi.
An'anaviy temir betonni qurishda eng ko'p mehnat talab qiladigan ishlar armaturalash hisoblanadi. Fibrobetondan foydalanish ularning hajmini kamaytirish va konstruksiyaning qalinligini kamaytirish imkonini beradi.
Fibrobetonning an'anaviy betonga nisbatan bir qator inkor etilmaydigan afzalliklari bor, masalan yuqori darajali cho'zilishga bo'lgan mustahkamlik va kesilish, yoriqqa bardoshligi, sovuqqa chidamliligi va boshqalar [1].
Bu beton turi chet davlatlarda keng ko'lamda qo'llanilmoqda, ammo mahalliy qurilishda ham ijobiy tajribaga ega (asosan yengil betonlarda).
Tolalar odatda betondagi plastik cho'kish va qotish davridagi cho'kish natijasida hosil bo'ladigan yoriqlarni nazorat qilish uchun qo'llaniladi. Tolalarning ayrim turlari zarbalarga, ishqalanishga va betonning buzulishiga yuqori qarshilik ko'rsatish xususiyatiga egadir.
Po'lat tolali fibrobetonlar asosan sanoat yo'nalishida, aerodrom qoplamalari, tonel qoplamalari, qirg'oq bo'yi himoya va sohilbo'yi inshootlar va boshqa ingichka devorli konstruksiyalarda qo'llaniladi [2]. Bu an'anaviy beton bilan bir xil yuk ko'taruvchu xususiyatda qoplamaning qalinligini 35-50% qisqartirish imkonini beradi.
Po'lat tolalari fibrobeton ichida uni saqlash, transportirovka qilish va ekspluatatsiya davrida korroziyadan himoyalangan. U konstruksiyaning yuk ko'tarish xususiyatini oshiradi, qalinligini kamaytiradi, plastiklik va sovuqqa chidamlilik kabi ko'rsatkichlarini oshiradi.
Amaliyot shuni ko'rsatdiki, po'lat armaturaning elastiklik moduli betonning elastiklik modulidan 5-6 marta kattaroqdir (shuning uchun zaruriy ankerlashda yoriqlar hosil bo'lgandan keyin ham betonning optimal ishlashiga erishish mumkin) [3].
Sintetik tolalardan tayyorlangan fibralar po'lat tolalardan arzonroqdir. Ulardan eng dolzarbi shisha va bazalt hisoblanadi.
Po'lat tolali fibrobetondan farqli o'laroq, shisha tolali beton, shubhasiz, afzalliklarga ega, ya'ni shisha tolalarining korroziya mutlaq qobiliyatsizligidir. Shu bilan birga, sement bog'lovchisining qotish davrida tarkibida yuzaga keladigan gidroksid muhitga nisbatan past qarshilik mavjud, shuning uchun shisha tolalar qo'shilayotgan muhit kimyoviy jihatdan inert bo'lishi kerak.
Shisha tolali fibrobetonlar juda yaxshi plastiklik xususiyatiga ega va oson bo'yaladi, tarkibida bo'yoq 3% dan ko'p bo'lmagan holda, ularning mustahkamlik xususiyatlarini pasaymaydi. Shuning uchun ular ko'pincha binoning dekorativ elementlari uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, bu material ingichka devorli inshootlarda samarali: yechilmaydigan qoliplar va tom yopa materiallari, er osti
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
Tashkent state transport university
kommunikatsiyalari, monolit qobiqlar va gidrotexnik inshootlar sifatida qo'llaniladi [4, 5].
Shu nuqtai nazardan uglerod tolasi samaralidir, ammo bunday tolalar narxi jihatidan juda qimmatdir. Uglerodni 3200°C haroratda issiqlik bilan ishlov berish orqali olinadi. Uglerod tolasi har qanday agressiv muhitga va kimyoviy elementlarga chidamlidir. Bunday tolalar yuqori issiqlik izolyatsiyasi ko'rsatkichlariga ega, shuningdek yonuvchan emas. Ko'pincha uglerod tolalari yo'l va aerodrom qurilishida, shuningdek, gidrotexnika inshootlarida qo'llaniladi.
Bazalt tolali fibrobetonlar. Bazalt tolasi yuqori fizik-mexanik, kimyoviy qarshilik va havo qarshiligi xususiyatlarga ega [6-8]. Bazalt ochiq havoda qotib qolgan vulkanik jinslardan olinadi. U ekologik xavfsizligi bilan o'ziga xosdir. Bazalt tolalari eritib-tortish usuli bilan ishlab chiqariladi va shuning uchun ular ugleroddan arzonroqdir.
Yaxshi qattiqlik va termal xususiyatlarga ega bo'lgan bazalt sanoat va fuqarolik binolarni, yo'l qurishda ishlatiladi.
Bazalt tolalarini taqsimlash texnologiyasi vibro-ekstruziya usuli bilan amalga oshiriladi, bu esa majburiy aralashtirish usulidan farqli o'laroq, tolalarning yo'naltirilgan joylashishiga erishish va ularning sarfini kamaytirish imkonini beradi [5].
Bazalt tolasi cho'kishdagi yoriqlar sonini kamaytiradi. Yana bazalt tolasini innovatsion bo'shliq hosil qiluvchini qo'llagan holda monolit yopma plitalarni ishlab chiqarishda ham qo'llalash mumkin.
Tabiiy fibralar ham mavjud. Bunday fibralar ishlov berilmagan tabiiy yog'och sellyulozasi, kokos qobig'i, shakar qamish, bambuk va hatto sabzavotlar kabi tolalardan tayyorlanadi.
Bazalt va polipropilen tolalarining xususiyatlarining solishtirma jadvali
Xususiyat Polipropilenli Bazaltli
Mahsulot Polipropilen Bazalt
Tola zichligi, kg/ï?îJ 910 2800
Tola uzunligi, mm 6 va 12 6 va 12
Tola diametri, mkm 20 17
Erish temperaturasi, °C 160 1450
Ishqor va korroziyaga qarshiligi Past Yuqori
Uzilishdagi mustahkamlik 150-200 450-600
chegarasi, MPa
Elastiklik moduli, MPa (4-6> 10: >105
Adabiyotda qayd etilganidek, tolalar bilan mustahkamlash quydagi tahminga asoslanadi: beton matrisasi unga qo'yilgan yukni ta'sir qilinayotgan yuza tegishli kuchlar orqali tolalarga uzatadi, agar tolalarning elastiklik moduli matrisaning elastiklik modulidan katta bo'lsa, qo'yilgan yukning asosiy qismini tolalar qabul
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
Tashkent state
qiladi, kompozitning umumiy mustahkamligi ularning hajmiy og'irligiga proporsionaldir. [5-8].
Xulosa.
Chet el va mahalliy amaliyotda fibrobetonlarni qo'llash tajribasi shuni ko'rsatadiki, bunday betonlardan foydalanishning oqilona sohalari monolit va yeg'ma beton konstruktsiyalarning keng nomenklaturasi hisoblanadi. Ularni yupqa devorli tekis va egri chiziqli konstruktsiyalarda, bosimsiz va past bosimli quvurlarda, shuningdek, zarbaga chidamli va egiluvchan bino va inshootlarni ishlab chiqarishda qo'shimcha armaturalarni va ularga tegishli ishlarni bartaraf etish uchun ishlatish samaralidir.
Fibrobeton konstruksiyalarning mustahkamligi, yoriqqa bardoshligi va umrboqiyligini oshiradi, materialning bo'shliqligini va g'ovakligini pasaytiradi. Bino va inshootlarni qurish uchun mehnat va energiya sarfini kamaytirish imkonini beradi. Ishlarning umumiy qiymati va qurilish muddatini qisqartiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sofienko N.V., Pelyarchuk N.N., Popov O.N. Fibrobeton // Muhandislik va qurilishda istiqbolli materiallar. 2015. B. 528-530.
2. Lesovik R.V., Rakitchenko K.S., Kazlitin S.A. "Texnogen qumlar asosida mayda donali fibrobeton" // Quruq qurilish qorishmalari . 2014. № 3. B. 24-25.
3. Durachenko A.V. Qurilish sanoati uchun fibrobeton // Assistent plyus. 2014. B. 192-195
4. Di-Hua Tong, Xue-Ren Wu, Analysis of crack opening stresses for center and edge crack tension specimens // Chinese Journal of Aeronautics. 2014. № 27. C.291-298.
5. Adilxodjaev A.I., Taxirov M.K., Samigov N.A. "Kompozit qurilish materiallarining polistruktura nazaryasi" //TAQI ilmiy ishlar to'plami - Tashkent, 2008.
6. Cherepanova Y.E., Poletaeva Y.S. "Fibrobeton-qurilishdagi yangilik" // Arxitektura va qurilishda an'ana va innovasiyalar. 2013. B. 42-46.
7. Vishal Pandurang Kumbhar Basalt Rock Fibers — New Construction Material // Acta Engineering International. 2014. №2 (1). B. 11- 18.
8. Rozina V.E. Nanokremnezemli bazaltfibrobeton / texnika fanlari nomzaodligi uchun dissertatsiya // Himoya qilish joyi: Texnologiya va boshqaruv Sharqiy Sibir Davlat Universiteti. 2015. B. 146.