Научная статья на тему 'BAZALT TOLASINI ISHLAB CHIQARISHDA XOM-ASHYONING YAROQLILIK DARAJASINI MOS FORMULALAR BILAN ANIQLASH'

BAZALT TOLASINI ISHLAB CHIQARISHDA XOM-ASHYONING YAROQLILIK DARAJASINI MOS FORMULALAR BILAN ANIQLASH Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
612
116
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bazalt / qovushqoqlik / kislotalik moduli / gil-tuproqlilik darajasi / xom-ashyo / tola / mineral / molyar massa. / Basalt / viscosity / acidity modulus / clay-soil level / raw material / fiber / mineral / molar mass.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Xudoyqulov, Alisher, Shoqosimov, Islom, Amirkulov, Shaxruz, Xudoyqulov, Bobur, Boymonov, Rufadjon

Ushbu maqolada bazalt xom-ashyosining turlari ishlatilishdagi foydaliligi shuningdek, har xil turdagi tola ishlab chiqarish uchun qo‘llaniladigan bir komponentli tog‘ jinslarining me’yoriy tarkibi, ximiyaviy tarkibining sanoatdagi talablari, ularning o‘lchamlari va qo‘llanilishi keltirilgan. Bundan tashqari bazalt xom-ashyosidan olingan tolalarning sifati va yaroqliligiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi omillar (qovushqoqligi, kislotalik moduli, gil-tuproqlilik darajasi)ning me’yorlari va ularni mos formulalari orqali hisoblash yo‘llari keltirilgan. Shuningdek, maqolada “MEGA INVEST INDUSTRIAL» MChJ laboratoriyasi taqdim kilgan “Osmonsoy”, “Qorabuloq”, Ukrainaning “Podgornyanskiy” Gruziyaning “Marneulsk” istiqbolli maydonlaridan olingan namunalari, “Berkuttau”, “Madaniyat”, “Aktash”, uchastkalaridan olingan namunalarning kimyoviy tarkibi, qovushqoqligi, kislotalik moduli va gil-tuproqlilik darajasi o‘zaro solishtirildi va ishlab chiqarishga yaroqliligi jahondagi yetakchi bazaltni qayta ishlovchi korxonalarning talablari bilan taqqoslandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DETERMINATION OF THE SUITABILITY OF RAW MATERIALS IN THE PRODUCTION OF BASALT FIBER WITH APPROPRIATE FORMULAS

This paper presents the usefulness of the use of different types of basalt raw materials, as well as the normative composition of single-component rocks used for the production of various types of fiber, the industrial requirements of their chemical composition, their size and application. In addition, the criteria of factors that have a significant impact on the quality and suitability of fibers obtained from basalt raw materials (viscosity, acidity modulus, clay-soil level) and ways to calculate them using appropriate formulas are presented. The article also includes samples from the laboratory of "MEGA INVEST INDUSTRIAL" LLC "Osmonsoy" "Karabulak" Ukraine "Podgornyansky" Georgia "Marneulsk" promising fields "Berkuttau" "Madaniyat" "Aktash" chemical composition, viscosity and clay-soil level was compared and its viability was compared with the requirements of the world's leading basalt processing enterprises.

Текст научной работы на тему «BAZALT TOLASINI ISHLAB CHIQARISHDA XOM-ASHYONING YAROQLILIK DARAJASINI MOS FORMULALAR BILAN ANIQLASH»

Scientific Journal Impact Factor

BAZALT TOLASINI ISHLAB CHIQARISHDA XOM-ASHYONING YAROQLILIK DARAJASINI MOS FORMULALAR BILAN ANIQLASH

Islom Karimov nomidagi TDTU "Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya"

"MEGA INVEST INDUSTRIAL» MChJ laboratoriya va texnik nazorat bulimi

Islom Karimov nomidagi TDTU stajyor tatqiqotchi izlanuvchisi.

Bobur Xudoyqulov Islom Karimov nomidagi TDTU magistr talabasi. Rufadjon Boymonov

Islom Karimov nomidagi TDTU "Neft va gaz" fakulteti "Neft-gaz sanoati mashina va jixozlari" kafedrasi katta o'qituvchisi.

Ushbu maqolada bazalt xom-ashyosining turlari ishlatilishdagi foydaliligi shuningdek, har xil turdagi tola ishlab chiqarish uchun qo 'llaniladigan bir komponentli tog ' jinslarining me'yoriy tarkibi, ximiyaviy tarkibining sanoatdagi talablari, ularning o'lchamlari va qo'llanilishi keltirilgan. Bundan tashqari bazalt xom-ashyosidan olingan tolalarning sifati va yaroqliligiga katta ta 'sir ko 'rsatuvchi omillar (qovushqoqligi, kislotalik moduli, gil-tuproqlilik darajasi)ning me'yorlari va ularni mos formulalari orqali hisoblash yo 'llari keltirilgan. Shuningdek, maqolada "MEGA INVEST INDUSTRIAL» MChJ laboratoriyasi taqdim kilgan "Osmonsoy", "Qorabuloq", Ukrainaning "Podgornyanskiy" Gruziyaning "Marneulsk" istiqbolli maydonlaridan olingan namunalari, "Berkuttau", "Madaniyat", "Aktash", uchastkalaridan olingan namunalarning kimyoviy tarkibi, qovushqoqligi, kislotalik moduli va gil-tuproqlilik darajasi o 'zaro solishtirildi va ishlab chiqarishga yaroqliligi jahondagi yetakchi bazaltni qayta ishlovchi korxonalarning talablari bilan taqqoslandi.

Kalit so'zlar: Bazalt, qovushqoqlik, kislotalik moduli, gil-tuproqlilik darajasi, xom-ashyo, tola,mineral, molyar massa.

Alisher Xudoyqulov

fakulteti GMP kafedrasi assistenti. E-mail: alisherhudoyqulov91 @gmail.com Islom Shoqosimov

boshlig'i. Shaxruz Amirkulov

ANNOTATSIYA

Scientific Journal Impact Factor

ОПРЕДЕЛЕНИЕ ПРИГОДНОСТИ СЫРЬЯ ДЛЯ ПРОИЗВОДСТВА БАЗАЛЬТОВОГО ВОЛОКНА С СООТВЕТСТВУЮЩИМИ

ФОРМУЛАМИ

АННОТАЦИЯ

В данной статье представлены полезность использования различных видов базальтового сырья, а также нормативный состав однокомпонентных пород, используемых для производства различных типов волокон, промышленные требования к их химическому составу, их размерам и применению. Кроме того, соблюдаются нормы факторов (вязкость, модуль кислотности, содержание глинистого грунта), которые оказывают значительное влияние на качество и пригодность данных для базальтового сырья и их залежей. В статью также включены образцы из лаборатории ООО «MEGA INVEST INDUSTRIAL» «Осмонсой», «Карабулак», Украина «Подгорнянский», Грузия «Марнеульск», перспективные месторождения «Беркуттау», «Маданият», «Акташ» химический состав, вязкость, содержание глинистого грунта сравнение его жизнеспособности с требованиями ведущих мировых предприятий по переработке базальта.

Ключевые слова: Базальт, вязкость, модуль кислотности, уровень глинистой почвы, сырье, волокно, минерал, молярная масса.

DETERMINATION OF THE SUITABILITY OF RAW MATERIALS IN THE PRODUCTION OF BASALT FIBER WITH APPROPRIATE

FORMULAS

ABSTRACT

This paper presents the usefulness of the use of different types of basalt raw materials, as well as the normative composition of single-component rocks used for the production of various types offiber, the industrial requirements of their chemical composition, their size and application. In addition, the criteria of factors that have a significant impact on the quality and suitability of fibers obtained from basalt raw materials (viscosity, acidity modulus, clay-soil level) and ways to calculate them using appropriate formulas are presented. The article also includes samples from the laboratory of ""MEGA INVEST INDUSTRIAL" LLC "Osmonsoy" "Karabulak" Ukraine "Podgornyansky" Georgia "Marneulsk" promising fields "Berkuttau" "Madaniyat" "Aktash" chemical composition, viscosity and clay-soil level was compared and its viability was compared with the requirements of the world's leading basalt processing enterprises.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Keywords: Basalt, viscosity, acidity modulus, clay-soil level, raw material, fiber, mineral, molar mass.

KIRISH

Hozirgi vaqtda metallni tejash uchun uni bir qator sohalarda tanqis bo'lmagan va chidamli materiallarga almashtirish masalalariga ko'proq e'tibor qaratilmoqda. Metallni tejash, uning o'rnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni keng joriy etishni o'z ichiga oladi. Uning o'rnini bosadiganlardan biri tosh kuyishdir, ulardan 800 dan ortiq turdagi bardoshli va kislotalarga chidamli sanoat mahsulotlari tayyorlanadi.

Bundan tashqari, tosh buyumlar deyarli barcha kislotalar, ishqorlar va tuzlarning ta'siriga bardosh beradi va temir, qo'rg'oshin, boshqa rangli metallar va ularning qotishmalari kabi himoya materiallarini o'rnini bosa oladi.

So'ngi paytlarda UBT (uzluksiz bazalt tolasi) ga talab keskin ko'tarildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bazalt tolalari noyob texnologik xususiyatlarga ega, ulardan qurilish sohasida foydalanish katta iqtisodiy samara beradi. Bazaltli-plastmassa quvurlarning xizmat qilish muddati bir asrga yaqinlashmoqda. 1 kg bazalt plastik mustahkamlashdan foydalanish 9 kg po'latni tejashga imkon beradi. Kelgusida barcha sanoat va qurilishlarda bazalt tolasini asbest o'rnini bosuvchi vositadan foydalanish rejalashtirilgan.

Har xil turdagi tola ishlab chiqarish uchun qo 'llaniladigan bir komponentli

tog ' jinslarining me'yoriy tarkibi

Komponentlar nomi % Massa ulushi

Dag'al tola Uzluksiz tola Ingichka tola Super nozik

SiO2 48,0-53,0 47,5-55,0 43,0-51,0 46,0-52,0

Al2O3 13,0-18,0 14,0-20,0 10,0-17,0 13,0-18,0

FeO+Fe2O3 8,0-15,0 7,0-13,5 10,0-18,0 8,0-15,0

TiO2 0,5-2,0 0,2-2,0 0,2-3,0 0,5-2,5

CaO 6,5-11,0 7,0-11,0 8,0-13,0 6,05-11,0

MgO 3,0-10,0 3,0-8,5 4,0-15,0 3,5-10,0

Na2O+K2O 2,0-7,5 2,5-7,5 2,0-5,0 2,0-7,5

Mn2O3 >0,5 >0,25 >0,4 >0,5

SO3 >1,0 >0,2 >1,0 >0,5

Qizdirilgandagi >5,0 >5,0 >5,0 >5,0

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

massa yo'qotish

Qovushvovlik moduli 1,9-2,5 2,2-3,0 1,7-2,0 1,8-2,4

- Dag'al tola-diametri 15 dan 25 mikrongacha va uzunligi 5 dan 1500 mm gacha bo'lgan tolalar;

- Uzluksiz tola- issiqlik izolyatsiyasi uchun izolyatsiya materiallari,issiqlik uskunalari, quvurlar, aloqa, tog'-metallurgiya zavodlarida chiqindi gazlarni changdan tzalash uchun filtrlar, oqova suvlarni tzalash uchun filtrlar.

Hozirgi vaqtda bazalt jinslaridan uzluksiz tolalarga katta qiziqish mavjud. Bu qiziqish birqancha omillarga bog'liq:

• bazalt tolalari ko'p jixatdan shisha tolalaridan yuqori xususiyatlarga ega;

• bazalt tolalarini ishlab chiqarish uchun xomashyo bazasi amalda cheksiz;

• so'nggi yilarda texnologik yutuqlar UBT ishlab chiqarish tannarxini shisha tolasi ishlab chiqarish darajasigacha sezilarli darajada pasaytirish imkonini berdi;

- Ingichka tola-diametri 9 dan 15 mikrongacha va uzunligi 3 dan 1500 mm gacha bo'lgan tasodifiy joylashtirilgan tolalar qatlami;

-Super nozik-diametri 0.5 dan 3 mikrongacha va uzunligi 10 dan 50 mm gacha bo'lgan tasodifiy joylashtirilgan tolalar qatlami;

tikilgan issiqlik va ovoz o'tkazmaydigan matlar va ovoz o'tkazmaydig an (BZM, ATM) buyumlar, karton (TK-1, TK-4), ko'p qatlamli to'quv bo'lmagan materiallar, issiqlik izolyatsiyalovchi trikotaj va tikuv materiallari, uzun issiqlik o'tkazmaydigan chiziqlar va to'plamlar (BTSh-8, BTSh-20, BTSh30), yumshoq issiqlik o'tkazmaydigan gidrofob plastinkalar, filtrlar va boshqalar.

Bazxalt Xom ashyosi ximiyaviy tarkibining sanoatdagi talablari.

RST USSR TU 21 USSR TU 21 SATBIC

5020-80 410-86 xom GSSR 137- (KHD) xom

"Mega xom ashyodan 84 xom ashyodan

Kompo invest ashyodan supernozik ashyodan uzluksi tola

nentlar industrial" shtapel tola ishlab uzluksiz ishlab

nomi MChJ tolalar ishlab chiqarish tola ishlab chiqarish

% chiqarish uchun chiqarish uchun

uchun uchun

SiO2 47,5-53,0 43,0-51,0 46,0-52,0 47,5-52,5 52,0-54,5

Al2O3 14,0-20,0 11,0-17,0 13,0-18,0 14,0-18,0 14,0-16,3

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

FeO 6,0-13,5 10,0-18,0 8,0-15,0 7,0-13,5 4,5-5,5

Fe2Û3 3,5-4,5

CaO 7,0-11,0 8,0-13,0 6,5-11,0 8,0-11,0 8,0-9,0

MgO 1,0-8,5 4,0-12,0 3,5-10,0 3,5-8,5 6,5-7,5

K2O 1,5-7,5 2,0-5,0 2,0-6,0 2,5-6,0 0,7-1,6

NaiO 3,0-3,5

TiO2 0,2-2,0 0,2-1,6 0,5-2,5 0,2-2,0 1,3-1,6

MnO 0,25 >0,40 >0,50 >0,2

SO3 0,2 >1,0 >0,50 >0,2

P.PP. - >3,0 >5,0 >4,0

90-yillarda sobiq davlat ittifoqi ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistonga 200 tonnagacha bazalt tolasi import qilingan, qo'shimcha ravishda 450-500 ming.m3 mineral jun iste'mol qilingan.

Bazalt tolasiga bo'lgan talabning ortib borishini inobatga olgan holda, O'zbekiston Respublikasining va shu sohani rivojlartira olgan bir necha mamlakatlarning turli istiqbolli maydonlaridan olingan namunalarning kimyoviy tarkibi quyidagi jadvalda keltirilgan.

Ob'ekt, №№ prob Kimyoviy tarkibi (v %)

SiO2 Al2O3 Fe2 O3 Mn2O 3 CaO Mg O TiO2 Na2 O K2O SO3 P.PP

Berkuttau 53,1 14,6 8,5 0,15 6,7 3,9 0,7 3,9 1,7 0,22 4,32

Madaniyat 46,0 11,21 15,35 0,23 8,93 5,92 2,95 0,86 0,4 0,15 5,21

Aktash 55,6 16,4 11,2 0,14 12,1 7,5 1,15 2,21 1,50 0,17 2,4

Osmonsoy 44,7 5 14,20 9,5 0,17 13,2 5 3,08 1,94 3,05 1,29 0,24 8,1

Qorabuloq 47,1 7 17,36 10,76 0,37 9,24 2,15 0,71 3,49 1,95 0,12 5,1

Podgornyans kiy 53,6 8 17,57 10,86 0,22 7,26 3,22 1,17 2,24 1,65 0,12 2,3

Marneulsk 49,0 3 16,60 9,90 0,32 9,5 4,50 2,85 2,30 0,70 - 1,84

Ukraina laboratoriyasining ma'lumotlariga ko'ra, 1990 yilda tola ishlab chiqarish uchun bazalt xom ashyosiga bo'lgan sano'at talablari quyidagicha:

Scientific Journal Impact Factor

- xom ashyo tuzilmaviy-teksturaviy jihatdan birlashtiruvchi, bir hil bo'lishi kerak;

- material tarkibida barqaror;

- deyarli tarkibida kremniyli minerallar, temir va magniyli minerallar, shuningdek fosfor va oltingugurtga boy minerallar mavjud emas.

Sinab ko'rilgan xom ashyo sifatining tahlili shuni ko'rsatdiki:

- eng yaxshilari - asosiy plagioklazli qadimiy zaif kristallangan bazaltlar (albitizatsiya olib tashlanmaydi);

- gidrotermik jihatdan o'zgartirilgan tog' jinslari mos emas, chunki xom ashyoda kvars, karbonatlar ruxsat yetilmaydi, chunki bo'sh kvarsning mavjudligi eritish jarayonini sekinlashtiradi va ikkilamchi xlorit singari karbonatlar, epidot tolalarni ishlab chiqarish jarayonida kuchli gaz evolyusiyasini keltirib chiqaradi;

- MgO tarkibi 7,5% dan oshmasligi kerak, chunki uning ortishi yuqori kristallanish chegarasining ortishi sababli eritmaning kristallanish xususiyatlariga ta'sir qiladi;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- Yuqori yo'qotishlar, ya'ni, tog' jinsi nisbatan yangi bo'lishi kerak, bu uning erish tezligiga ta'sir qiladi.

Bularga qushimcha ravishda O'zbekistonda yagona bulgan bazaltdan tola oladigan "Mega Invest Industrial" MChJ ma'lumotlariga ko'ra

- Al2O3 miqdori 14-20% oralig'ida bo'lishi lozim. Sababi A^O3 tog' jinsining qovushqoqlik darajasiga ijobiy tasir ko'rsatadi.

Agar Al2O3 miqdori past darajada bo'lsa bazalt mineral toshi erishi jarayonida pech ichida kristallanish kuzatilishi kayd etiladi.

-Agar titan miqdori 2% dan oshib ketadigan bo'lsa tola tarkibi mikroskopik tekshirilganda elementar tolani kristallanishini kuzatish aniqlandi.

- Ta'kidlash joizki, bazalt tolasining yaroqliligining asosiy ko'rsatkichlaridan biri fizik -kimyoviy, mineralogik, geokimyoviy, petrografik va boshqa xususiyatlar bilan bir qatorda kislotalilik moduli hisoblanadi:

XCaO+XMgO Bu yerda: XRmOn-tarkibidagi oksidlarning massa ulushi. Bundan tashqari, kislotalilik moduli qanchalik yuqori bo'lsa, tola suv va namlikka shunchalik chidamli bo'ladi va shuning uchun ham bardoshli bo'ladi. Shu bilan birga, SiO2 + Al2O3 ning oshishi hisobiga kislotalilik modulining oshishi erish nuqtasining oshishiga, eritmaning yopishqoqligining oshishiga va yakuniy

XSiO2+XAl2O3

Mk

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

mahsulotni eritish mahsuldorligining pasayishiga olib keladi. Kislotalilik moduli kamida 1,5-1,8 bo'lishi kerakligi, bir komponentli bazalt aralashmalari uchun 4,0 gacha, ba'zan esa 5,5-7,0 gacha ko'tarilishi tajriba yo'li bilan aniqlangan.

"Mega Invest Industrial" MChJ ma'lumotlariga ko'ra hozirgi vaqtda O'zbekiston, Ukraina va Gruziyadagi uzluksiz bazalt tolasi ishlab chiqarishga istiqbolli maydonlaridan olingan namunalar asosida Kislotalik moduli 4-jadvalda keltirilgan.

Ob'ekt, №№ prob (S1O2+ AI2O3) / ( CaO+ MgO)

Berkutau (Sultanuvays) 6,4

Madaniyat (Jizzax) 3,85

Aktash (Samarkand) 3,67

Osmonsoy(Jizzax) 3,61

Qorabuloq(Namangan) 5,66

Podgornyanskiy(Ukraina) 6,8

Marneul sk(Gruzya) 4,69

Bazalt xomashyosidan tola olish jarayonida qovushqoqlik darajasining texnik me'yolarini (2.2-3.0) ko'rib chiqish lozim. Qovushqoqlik moduli:

MSiO2+2Mal2O3

Mq =

2MFe2O3+MFeO+MCaO+MMgO+MK2O+Na2O Bu yerda: MRmOn-Tarkibida oksidlarning miqdoriy ulushi

Elementla r Mol.mass a Minerallar Mol.massa

O 16 SiO2 28+(2*16) 60

Si 28 Al2O3 (27*2)+(3*16) 102

Al 27 Fe2O3 (56*2)+(3*16) 160

Fe 56 FeO 56+16 72

Ca 40 CaO 40+16 56

Mg 24 MgO 24+16 40

K 39 K2O (39*2)+16 94

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Na 23 Na2O (23*2)+16 62

Ti 48 - - -

Mn 55 - - -

S 32 - - -

O'zbekiston, Ukraina va Gruziyadagi uzluksiz bazalt tolasi ishlab chiqarishga istiqbolli maydonlaridan olingan namunalar asosida Kislotalik moduli 4-jadvalda keltirilgan

Ob'ekt, №№ prob Mq

Berkutau (Sultanuvays) 1,69

Madaniyat (Jizzax) 3,8

Aktash (Samarkand) 1,4

Osmonsoy(Jizzax) 2,05

Qorabuloq(Namangan) 2,6

Podgornyanskiy(Ukraina) 3,1

Marneulsk(Gruzya) 2,6

Gil-tuProqlilik darajasi uzluksiz bazalt tolasi olishda qovushqoqligiga katta tasir ko'rsatadi va quyidagi formula bilan hisoblanadi:

Al2O3

al1 =..........................

Fe2O3+FeO+MgO

Shunday qilib, hamma namunalarning bazaltoidlari yuqori va gil-tuProqlilik darajasi al1 >1 bo'lishi lozim. Quyidagi jadvalda istiqbolli maydonlardan olingan namunalarning gil-tuProqlilik darajasi keltirilgan.

Ob'ekt, №№ prob al1

Berkuttau (Sultanuvays) 1,18

Madaniyat (Jizzax) 0,53

Aktash (Samarkand) 0,88

Osmonsoy(Jizzax) 1,13

Qorabuloq(Namangan) 1,2

Podgornyanskiy(Ukraina) 1,25

Marneulsk(Gruzya) 1,15

Xulosa qilib shuni ta'kidlash keragki, bazalt xom-ashyosidan tola olish jarayonida eritmani tashkil etadigan barcha oksidlar uning kristallanishiga turlicha

909

Scientific Journal Impact Factor

ta'sir ko'rsatadi, shu sababdan geologik izlanishlar vaqtida geologik uchastkadan olingan namunalarning kimyoviy tarkibi xom-ashyoning yaroqlilik darajasini belgilovchi eng asosiy omil xisoblanadi. Misol sifatida qaraydigan bulsak dunyodagi eng yetakchi, zamonaviy zavod va fabrika("Mega invest industrial" MChJ, "TU 21 USSR 410-86", "TU 21 GSSR 137-84", "SATBIC"(KHD))larning bazalt tolasini ishlab chiqarishda ishlatilayotgan xom-ashyolarning kimyoviy tarkiblarining oksidlari aniq intervalda cheklanganligini ko'rish mumkin. Bundan tashqari bazalt eritmasidan tola ishlab chiqarishda oksidlarning har xil nisbatda taqsimlanishi ularning qovushqoqligi, kislotalik moduli va gil-tuproqlilik darajasini belgilab beradi. Bazalt eritmasining qovushqoqligi ishlab chiqarilayotgan tolaning diametriga katta tasir ko'rsatadi. O'zbekiston Respublikasidan olingan namunalarning qovushqoqligi Madaniyat, Osmonsoy va Qorabuloq uchastkalaridan olingan namunalarida me'yorda(2,2-3,0) ekanligini ko'rsatdi.

Ishlab chiqarilgan bazalt tolalarining mustahkamligi suv va namlikga chidamliligi, kislotabardoshliligi, kislotalik modulini hisoblash orqali amalga oshiriladi.

Kislotalilik moduli qanchalik yuqori bo'lsa, tola suv va namlikka shunchalik chidamli bo'ladi. Shu bilan birga, SiO2 + Al2O3 ning oshishi hisobiga kislotalilik modulining oshishi erish nuqtasining oshishiga, eritmaning yopishqoqligining oshishiga va yakuniy mahsulotni eritish mahsuldorligining pasayishiga olib keladi. O'zbekiston Respulikasidan olingan barcha namunalarda kislotalik moduli me'yorida ekanligini ko'rsatdi.

REFERENCES

1. www.basalt.uz

2. Попович А.А., Семечкина Е.И., Матласевич Б.Е. Отчёт о результатах поисково-оценочных работ на основные магматические горные породы для производства каменного литья и минеральной ваты на территории УзССР за 1960-1962гг, 1964г.

3. Баранов В.В., Конеев Р.И. и др. Обобщение материалов по геологии и рудоносности Султануиздагского региона за 1988-1992гг., 1992

4. Логвин С.И., Корниенко Ю.Н. и др. Геологическое доизучение масштаба 1:50 000 с общими поисками и среднемасштабное глубинное геологическое картирование домезазойского фундамента в пределах листов К-41-61-Б, Г в западной части гор Султануиздаг. Отчёт Султануиздагской партии о

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

результатах геолого-съёмочных работ за 1990-1998гг. в 4-х книгах, пос. Эшонгузар, 2000г

5. Артыков Т.К., Дементеенко Л.И. и др. Геологическое строение и полезные ископаемые восточной части гор Султанувайс. Отчёт на проведение ГС, ГДП масштаба 1:50 000 и среднемасштабного ГГК домезозойского фундамента в пределах листов К-41-62-В, Г; 74-А, Б гор Султанувайс за 1998-2003 гг. Пос. Эшонгузар, 2003 г.

6. Отчёт «Поисковые работы на базальтовые породы в северной части гор Султанувайс» за 2019-2020гг.

7. ГОСТ Р 53237-2008 Стекловолокно. Общие требования безопасности при производстве.

8. Унифицированные методы анализа силикатных горных пород с применением комплекснометрии. Инструкция 163-Х.М.: ВИМС.1979.-33 с.

9. Ускоренные химические методы определения породообразующих элементов. Инструкция 138-Х.-М.:ВИМС.1976.-с.31-33.

10. Потеря при прокаливании. Инструкция 118-Х.-:ВИМС.1973.-с.10.

11. Спирин Ю.Л. и др. Справочник по производству теплозвукоизоляционных материалов.-М.: Стройиздат.1975.-383 с.

12. Махова М.Ф.,Бачило Т.М., Томилко Г.Ф.// Методика определения температурного интервала плавления горных пород / В сб.: Промышленность полимерных мягких кровельных и теплоизоляционных строительных материалов. -Вып.6. -М.,ВНИЭСМ. -1975.

13. Махова М.Ф., Горбачев Г.Ф. и др./ Некоторые особенности горных пород и их расплавов, пригодных для получения волокон/ В сб. : Строительные материалы, изделия и санитарная техника, Вып.5 -Киев, 1982.

14. Павлушкин Н.М, Сентюрин Г.Г. и др.-Практикум по технологии стекла и ситаллов / М.,1970.

15. Методика определения температурного интервала выработки непрерывного волокна из горных пород /НИЛБВ ИПМ АН Украины.-К.1990.

16. Основы производства базальтовых волокон и изделий. Каменный век

2002г.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.