Научная статья на тему 'TASVIRIY SAN`ATDA RANG VA YORUG`LIKLARNING O`RNI'

TASVIRIY SAN`ATDA RANG VA YORUG`LIKLARNING O`RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
553
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ranglar koyffitsienti / yorug`lik va ranglar / me’morchilikda tabiiy yoritilganlik koeffitsientlari / color coefficients / light and colors / coefficients of natural illumination in architecture

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Jalolov Shavkat Choriyevich

Ushbu maqola bo`lajak o`qituvchilarni – litsey, maktab va kollejlardagi badiiy bezash ishlari bilan tanishtiradi. Maqolada mazkur ishlarning nazariy asoslari va tashkil etishiga doir tavsiyalar berilgan. Maqola asosan pedagogika institutlarida san`atshunoslik fakultetlarining talabalariga mo`ljallangan bo`lib, litsey, maktab, kollej o`qituvchi va o`quvchilari ham foydalanishlari mumkin

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF COLOR AND LIGHT IN FINE ART

This article introduces future teachers to the art of decorating in lyceums, schools and colleges. ¤The article provides theoretical basis and recommendations for the organization of this work. The article is mainly intended for students of art faculties of pedagogical institutes and can be used by teachers and students of lyceums, schools, colleges

Текст научной работы на тему «TASVIRIY SAN`ATDA RANG VA YORUG`LIKLARNING O`RNI»

TASVIRIY SANATDA RANG VA YORUG LIKLARNING O RNI Jalolov Shavkat Choriyevich

Navoiy davlat pedagogika institute o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6634030 Anatatsiya. Ushbu maqola bo'lajak oqituvchilarni - litsey, maktab va kollejlardagi badiiy bezash ishlari bilan tanishtiradi. Maqolada mazkur ishlarning nazariy asoslari va tashkil etishiga doir tavsiyalar berilgan. Maqola asosan pedagogika institutlarida san'atshunoslik fakultetlarining talabalariga mo'ljallangan bo'lib, litsey, maktab, kollej o'qituvchi va o 'quvchilari ham foydalanishlari mumkin

Kalit so^zi: ranglar koyffitsienti, yoruglik va ranglar, me'morchilikda tabiiy yoritilganlik koeffitsientlari

РОЛЬ ЦВЕТА И СВЕТА В ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОМ ИСКУССТВЕ Анататии. Данная статья знакомит будущих учителей с декораторским искусством в лицеях, школах и колледжах. иВ статье даны теоретические основы и рекомендации по организации этой работы. Статья в основном предназначена для студентов художественных факультетов педагогических институтов и может быть использована учителями и учащимися лицеев, школ, колледжей.

Ключевые слова: цветовые коэффициенты, свет и цвета, коэффициенты естественной освещенности в архитектуре.

THE ROLE OF COLOR AND LIGHT IN FINE ART Abstract. This article introduces future teachers to the art of decorating in lyceums, schools and colleges. uThe article provides theoretical basis and recommendations for the organization of this work. The article is mainly intended for students of art faculties of pedagogical institutes and can be used by teachers and students of lyceums, schools, colleges.

Keywords: color coefficients, light and colors, coefficients of natural illumination in architecture

KIRISH

Ranglar spektrida mavjud bo'lgan barcha ranglarni uch asosiy ko'rsatkichlari bo'yicha xarakterlash qabul qilingan:

1. Rang qaytarish koyffitsienti olchanadigan yorqinligi (sirtga tushayotgan yorug'lik bilan sirtdan qaytuvchi yorug'lik nisbatlari) bilan.

2. Rang to'lqinidagi aynan o'sha rangning ozi bilan;

3. Rangning to'yinganligi va tozaligi bilan (bu rangning ranglar spektridagi boshqa ranglarga nisbat miqdori).

Oquv yurti intereridagi rangi va yoritilishi masalasida eng avvalo ko'rish uchun optimal sharoit yaratish talablaridan kelib chiqish lozim. Yorug'lik va ranglar dars samaradorligiga, ko'rish uchun qulaylik darajasiga, o'quvchilar va o'qituvchilarning umumiy salomatligiga bevosita ta'sir ko'rsatadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Ish xonalarida-sinflar, laboratoriyalar, ustaxonalar, kutubxonalar va umuman kozga hamda diqqatga sazavor joylarda yorug'lik va rangga mehnatni hissiyoti va kayfiyatini yaxshilash hamda tez charchashining oldini olish vositasi sifatida qarash kerak.

Rangning psixologik vaziyatlari turli ranglar va rang birikmalarining kishilardagi hissiy holatlarga ta'sir etish qobiliyatidan kelib chiqib yaratiladi. Garchi rangni idrok qilishda kishining shaxsiy hususiyatlariga, hayotiy tajribasiga bog'liq juda ko'p subektivlik mavjud bolsada, mutaxassislar rang kishiga ta'sir ko'rsatishining qator umumiy xususiyatlarini ifodalaydilar. Tadqiqotlardan ma'lum bo lishicha, xona va intererlarni jihozlash, ommaviy tadbirlar: munozara, miting, tantanali marosim va kechalar o'tkaziladigan joylarni bezash uchun nurni filtrlaydigan rangli yoritkichlar va applikatsiyalardan foydalanish, kerakli kayfiyatni vujudga keltirishda katta rol o'ynaydi. Buning dalili sifatida shuni aytish mumkinki, munozaralarda sariq, to'q sariq, yashil, och jigar rang yoritkichlar yordamida qo'shimcha ishonchlilik, oshkoralik vaziyati, kechalarda och tusli qizil, sariq, havo rang yoritkichlar orqali ko'tarinkilik kayfiyati, tantanali mitinglarda sariq, ko'k, to'q sariq, yashil rangli yoritkichlar bilan jiddiylik, betartiblik vaziyati vujudga keltiriladi.

Zamonaviy maktab intererini badiiy bezatishda, uning yoritilganlik darajasi muhim ahamiyatga ega. Intererni yoritishda tabiiy yorug'lik manbaidan to'g'ri, oqilona foydalanish ancha murakkab ishdir. Bunda, birinchidan, xonalarning yorug'lik tushadigan tomonini hisobga olish zarur. Masalan, tasviriy san'at, bichish-tikish mashg'ulotlari uchun ajratilgan xonalarga tabiiy yorug'lik manbai chap tomondan tushishi maqsadga muvofiqdir. Chunki, aynan shunday yorug'likda ranglarning nozik tomonlarini ilg'ab olish uchun qulay sharoit tug'iladi. Shuni ham ta'kidlash lozimki, havo bulutli paytda bichish-tikish xonasida shug'ullanayotgan o'quvchilar qora matodagi qirq (40) ga yaqin rang tuslarini farqlay olishlari mumkin. Agar havo charaqlab turgan bo'lsa, nurlar ko'kimtir tus oladi, bu esa ranglarni taqqoslash imkonini pasaytiradi.

Ikkinchidan, sinf xonasiga yorug'likning tushishi hajmini aniqlashda muayyan sharoitlarni hisobga olish lozim. Yorug'lik tushadigan deraza qancha katta bo'lsa, tushayotgan yorug'lik hajmi shuncha ko'p bo'ladi. Lekin bu derazaning kattaligi shimoliy rayonlarda sinf xonasini isitishni qiyinlashtirsa, janub tomonlarda xonalar haddan tashqari isib ketishiga sabab bo'ladi.

Shuning uchun me'morchilikda tabiiy yoritilganlik koeffitsienti normallashtiriladi. Me'morchilikning vazifasi-barcha hollar uchun optimal variant topish, xonalarni yorug'lik bilan bir tekis ta'minlashning chorasini qollashdir. Uning ixtiyorida turli sun'iy yoritish manbalari ham bo'ladi.

TADQIQOT NATIJALARI

O'quv ustaxonalarini yoritishda ko'proq yuqoridan sun'iy yorug'lik berish usulidan foydalaniladi. Shuni nazarda tutish muhimki, yorug'lik gigienasi juda zarur komponent. Shifokorlar to'g'ri yoritilgan xonadagi muayyan sharoit ish unumdorligiga, o'qitish sifatiga, o'quvchilarning salomatligiga ijobiy ta'sir ko'rsatishini aniqlaganlar.

Yoritish qoidalari uncha ko'p emas va ularga amal qilish aytarli qiyinchilik tug'dirmaydi. Birinchidan, sinf xonasining umumiy yoritilganlik darajasi (stol lampasi bo'lganda ham, yoki boshqa turdagi manba bo'lganda ham) yetarli bo lishi kerak.

Ikkinchidan, yoritish manbaini to'g'ri joylashtirish kerak, ya'ni u chap tomondan tushishi maqsadga muvofiqdir. Yana shularga yo'l qo'ymaslik lozimki, yorug'lik lampasidan, stol va boshqa yaltiroq ko'zga to'g'ridan-to'g'ri yorug'lik tushmasligi, yorug' bilan soya, yoritilgan sirtlar bilan yoritilmagan sirtlar o'rtasidagi kontrast juda keskin bo'lmasligi,

2G22 № 2

shuningdek, partalar ustida bir necha yorug'lik manbaidan buyumlarning soyalari tushishiga yo'l qo'ymaslik kerak.

Mashg'ulotlarning 3 va 4 chi soatlariga borib imkon bo'lsa, xonalarning yoritilganlik darajasini oshirish o'quvchilar ish qobiliyatini yaxshilaydi. Agar yoz paytlarida respublikamiz maktablarida bu masala tabiiy yorug'lik ortishi hisobiga hal etilsa, qish kunlari bu masalaga alohida e'tibor berish lozim.

Atrofdagi buyumlarga soya tushiradigan yorug'lik manbai, ulardagi ranglarni idrok etishni qiyinlashtiradi. Tasviriy san'at xonasi, kartinalar galereyasi tashkil etilgan joylarda yoritishning texnik tavsiyalariga mos keladigan yoritish o'rnatish zarur.

Xonalarning yoritilish darajasi normadan kam bo'lsa, koz juda qiynalib ishlaydi. Bu faqat korish azosini emas, balki butun organizmni charchatadi. Bunday sharoitda surunkasiga shug'ullanish esa kozning kasallanishiga ham olib keladi.

MUHOKAMA

Tadqiqotlar yoritilish darajasi o'quvchilarning ko'rish faoliyatigagina emas, balki psixik holatlariga ham ta'sir qilishini ko'rsatdi.

Korish maydonidagi yorug'likning nisbatlariga rioya qilish ko'rish uchun juda muhimdir.

Inson ko zi turli darajadagi yoritilganlikka moslanishi mumkin. Raqamlar bilan hisoblaganda sezilarli darajada bolsada, ko'rish qobiliyati yoritilganlik darajasi juda yuqori bo'lgan sharoitga ham, juda past bo'lgan sharoitga ham konikadi.

Yoritilganlik darajasi tez ozgarib tursa, koz ham tez charchaydi. Sababi koz har bir o'zgarishga moslashishi kerak. Konikma jarayoni tez-tez takrorlanib turishi kozning toliqishiga olib keladi. Shuningdek, ko'rish maydonini qamrab olgan sirtlarning yorqinligidagi farqlar ham kozni toliqtirib qoyadi.

"Rangning yorug'ligi (yoki yorqinligi), - deydi Ye.S. Xmelevskaya, - uning oqqa yaqinlik darajasidir. Qizil va pushti bir xil tusdagi va yorug'ligi har xil ranglarga misol bola oladi".

Ranglar tabiatini ilmiy asoslash jahonning ko'pgina olimlarida qiziqish uyg'otgan. Jumladan, Isak Nyuton yorug'lik sinib otib rang deb hisoblangan nazariyani inkor etib, uning uchburchaklik shaffof prizmadan o4ib, turli rangli nurlarga aylanishini tajribada ko'rsatib berdi.

XULOSA

Intererlarni bo'yashda bo'yoqlar rangining ta'sirini albatta hisobga olish kerak. Meditsina ranglar kishining organizmiga ta'sir qilish jarayoni kompleks tarzda kechishini, ya'ni sezgi organlarini qamrab olishini isbotlagan. Odam organizmi rang va yorug'likning ozgina ozgarishini ham sezadi.

Yana shularga alohida e'tibor berish kerakki, oq devordagi qora doska oqqa bo'yalgan stolning ustki, sirti yoki qora rangli stol va partalar fonidagi oq qog'oz, kozni tez toliqtiradi, o'quvchi organizmining umumiy charchashi mehnat layoqatining sustlashishiga olib keladi.

Adabiyotlar ro^yxati

1. Bulatov S.S. «aO'zbek xalq amaliy bezagi san'ati» T.: Mehnat 1991.

2. Qodirxojaev P. «Maktabda badiiy bezash ishlari». T.: aO'qituvchi 1991y.

3. Жиганов Б.В. Оборудование школних интереров M.: «Просвещение», 1972.

11S

4. Зуев Д.Д. Художественное оформление школы. Куйбишевское книжное из-во 1970.

5. Рождественский Б.П. Петров Г.А. О художест- венном офромлении школ. Из-во Казакского Университета 1963.

6. Жогол Л. Е. Декоративное искусство в интериьерах в общественных зданий. Киев 1978.

7. Jalolov Sh Ch Methods of Writing Composition on the Basis of the Theme Pindus Journal Of Culture, Literature, and ELT To view a copy of this license, visit https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.