Научная статья на тему 'RANGLARNING KOREYA IJTIMOIY-FALSAFIY HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI VA RAMZIY MA’NOLARI'

RANGLARNING KOREYA IJTIMOIY-FALSAFIY HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI VA RAMZIY MA’NOLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
660
115
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Koreya / Xitoy / madaniyat / ranglar / tabaqalanish / yovuzlik / ezgulik / In-Yang / besh unsur / tabiat / qirol saroyi / imperator / hanbok / milliy kiyim. / Korea / China / culture / colors / stratification / evil / goodness / In-Yang / five elements / nature / royal palace / emperor / hanbok / national dress

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Murodilloyev, Nodir Baxodir O‘g‘li, Ilmiy Rahbar Katta O‘qituvchi Sulaymonov Jasur Baxtiyorovich

Ushbu maqolada Koreya xalqi ijtimoiy-falsafiy hayotida ranglarning ahamiyati, ularning qanday ramziy ma'nolarni anglatishi, jamiyatda ranglarga qarab tabaqalanish qay tariqa kechgani, bugungi kunda ranglarning mohiyatida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lgani haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COLORS IN KOREAN SOCIAL AND PHILOSOPHICAL LIFE POSITION AND SYMBOLIC MEANING

This article discusses the importance of colors in the socio-philosophical life of the Korean people, what their symbolic meanings are, how color stratification has taken place in society, and what changes have taken place in the nature of colors today.

Текст научной работы на тему «RANGLARNING KOREYA IJTIMOIY-FALSAFIY HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI VA RAMZIY MA’NOLARI»

RANGLARNING KOREYA IJTIMOIY-FALSAFIY HAYOTIDA TUTGAN O'RNI VA RAMZIY MA'NOLARI

Murodilloyev Nodir Baxodir o'g'li

Sharq falsafasi va madaniyati yo'nalishi III kurs talabasi [email protected] Ilmiy rahbar: katta o'qituvchi Sulaymonov Jasur Baxtiyorovich

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Koreya xalqi ijtimoiy-falsafiy hayotida ranglarning ahamiyati, ularning qanday ramziy ma'nolarni anglatishi, jamiyatda ranglarga qarab tabaqalanish qay tariqa kechgani, bugungi kunda ranglarning mohiyatida qanday o 'zgarishlar sodir bo 'Igani haqida so 'z boradi.

Tayanch so'z va iboralar: Koreya, Xitoy, madaniyat, ranglar, tabaqalanish, yovuzlik, ezgulik, In-Yang, besh unsur, tabiat, qirol saroyi, imperator, hanbok, milliy kiyim.

АННОТАЦИЯ

В этой статье обсуждается важность цветов в социально-философской жизни корейского народа, каковы их символические значения, как происходило расслоение цветов в обществе и какие изменения произошли в сущности цветов сегодня.

Опорные слова и выражения: Корея, Китай, культура, цвета, стратификация, зло, добро, Инь-Ян, пять элементов, природа, королевский дворец, император, ханбок, национальная одежда.

ABSTRACT

This article discusses the importance of colors in the socio-philosophical life of the Korean people, what their symbolic meanings are, how color stratification has taken place in society, and what changes have taken place in the nature of colors today.

Keywords and expressions: Korea, China, culture, colors, stratification, evil, goodness, In-Yang, five elements, nature, royal palace, emperor, hanbok, national dress.

KIRISH

Koreya madaniyatidagi ranglar ramziyligiga din va tafakkur tizimlari, In-Yang, Buddizm, Konfutsiylik, shuningdek Besh unsur kabi bir qancha omillar ta'sir ko'rsatgan. Biroq, bu an'anaviy ramziylik so'nggi bir necha o'n yillar mobaynida g'arb ta'siri va xalqaro tendensiyalar tufayli ko'plab o'zgarishlarga duch keldi.

394

Ranglarning Koreya tarixida ishlatilishiga to'xtaladigan bo'lsak, an'anaviy koreys ranglarining ramziyligi asosan turli sulolalar tomonidan boshqarilgan. Ular orasida esa 1392-yildan 1897-yilgacha besh asr davom etgan Choson sulolasi alohida ahamiyatga ega. Koreyaning boy tarixida ranglardan foydalanish ikkita asosiy xususiyatga ega: oq va boshqa tabiiy ranglardan, ikkinchisi - Koreyaning 5 asosiy rangidan foydalanish bo'lib, obangsek(^^^)1(oq, ko'k, qora, qizil va sariq) deb nomlanadi. Bu ranglar atrofdagi tabiiy elementlardan - olov, suv, daraxtlar, qimmatbaho metallar (oltin va kumush) va yerdan olingan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Xitoydan kelib chiqqan va Sharqda "in-yang va besh unsur nazariyasi" yoki koreys tilida imyang-oheng degan e'tiqod mavjud2. Qadimgi Sharqiy

Osiyo madaniyati va odamlari hayoti tabiat bilan chambarchas bog'liq edi va bu nazariya ham butun dunyo asoslanuvchi tabiiy tizimni ifodalagan. In-yang -

im-yang) quyosh va oy bilan ifodalangan yorug'lik va zulmatni bildiradi. Oheng esa besh unsurni anglatadi; olov, suv, daraxt, metall yoki oltin va yer3. In-yang va besh unsur nazariyasi koinotning ranglari, pozitsiyalari va vaqti (ob-havo) kabi qismlarini talqin qiladi. Bu ranglar, shuningdek, beshta pozitsiyani - janub, shimol, sharq, g'arb va markazni anglatadi. Keyin to'rtta pozitsiya - sharq, janub, g'arb va shimol - har mavsumga to'g'ri keladi - bahor, yoz, kuz va qish4. Garchi asosiy beshta rang Xitoy va Yaponiyaning an'anaviy ranglari bo'lsa-da, ular Koreyada har xil rang, ma'no va ishlatilish xususiyatiga ega5.

Obangsek ranglarining har biri o'ziga xos ma'noni bildiradi.

• Yaratilish, ehtiros va muhabbatni ifodalovchi qizil rang yovuz ruhlardan himoya qiluvchi kuchli rang deb o'ylangan. Shu sababli koreyslar qish fasli kunlarida qizil loviyali sho'rva iste'mol qilishadi.

• Qora - donolik, zulmat va o'limni anglatadi. Qora o'limni ifodalagani uchun, saroylarda kamdan-kam ishlatilgan. Biroq, sudyalar halollik va hurmatni ifodalash maqsadida qora libos kiyishgan.

1 http://www.newshyu.com/news/articleView.html?idxno=32143

3 http://encykorea.aks.ac.kr/Contents/Item/E0043032

4 http : //kswclemson.com/korean-culture.html

5 Wang, Yuanchong (15 December 2018). Remaking the Chinese Empire: Manchu-Korean Relations, 1616— 1911. Cornell University Press. p. 154. ISBN 978-1-5017-3051-1.

395

Scientific Journal Impact Factor

• Moviy rang yangi tug'ilish, yorqinlik va ravshanlikni anglatadi. Moviy rang odatda saroylardagi qizlar va vassallar kiyimlarida ishlatilgan. Nikoh marosimlarida kelinning libosi va ip bezaklari ham qizil va ko'k rangda bo'ladi.

• Oq rang - haqiqat, hayot va bokiralik ma'nosini bildiradi. Bu rang koreyslarning eng sevimli rangi hisoblanadi.

• Nihoyat, sariq yoki oltin yorqinlik va quyosh nurlarini ifodalaydi. Oltin arqonlar muqaddas va himoyaga muhtoj joylarni belgilash uchun ishlatiladi. Masalan, yangi chaqaloq tug'ilgan uyda bu rangni ko'rish mumkin.

Ogansek - bu obangsek ranglarining har bir kombinatsiyasidan yaratilgan beshta rangning yana bir to'plami6. Ogansek ranglarini tayyorlash uchun ikkita obangsek

rangi aralashtiriladi; yashil

Jl 1% Koreyaning an'anaviy ranglari

An'anaviy koreys rang simvolizmida oq rangning ma'nosiga, ayniqsa uning yig'im-terim marosimi va quyosh bilan bog'liqligi tufayli katta ahamiyat beriladi. Shu sababli oq rang koreys mifologik ertaklari va afsonalarida keng tarqalganligi ham ajablanarli emas. Hozirgacha koreyslar oq kiyim kiyishni afzal ko'rishadi, shuningdek ular ming yillar davomida "oq kiyingan koreyslar" laqabiga sazovor bo'lgan.

Qadimgi koreyslar uchun oq rang insoniyatning boshlanish nuqtasi, kelib chiqishi va asosini ifodalagan. Ular oq rangni eng asosiy ramz deb hisoblashgan. Bu ularning nega oq kiyimlarni afzal ko'rishini izohlaydi, shu sababli bu odat koreys xalqining o'ziga xos xususiyatiga aylangan. Koreyslar oq rangni poklik va kamtarlik ramzi deb ham bilishadi va undan foydalanish tabiiy, sof va bezaksiz narsalarga sodiqlikni bildiradi. Choson davrida Konfutsiyga ergashgan olimlar oq libos, qora astar kiyib, olimning asketizmini vizual tarzda ifoda etishgan. Bu yerda qora va oq

6 http : //kswclemson.com/korean-culture.html

Scientific Journal Impact Factor

uyg'unlikni, oqlik esa poklik, bilim va aybsizlikni anglatadi. Qora va oq ranglardan foydalanish atmosferaning tinchligi va osoyishtaligini ham bildiradi. Ba'zilar, bunday ranglar tanlanishi dunyoviy istaklarga berilmagan, lekin osmonda osoyishta inoyat, sharaf va chidamsiz ruh bilan harakatlanadigan turna qushlarining ramziyligi bilan bog'liq deb hisoblaydilar.

Choson davrida odamlar to'y, bayram va jamiyat manfaati uchun qilingan shamanistik marosimlarda qizil, sariq va ko'k kabi yorqin ranglarni kiyib yurishardi. Bu ranglar odamlarning quvnoq kayfiyatini butun dunyoga e'lon qilishga yordam

berardi. Davrlar o'tgani sari, kelin va kuyovga yorqin va tiniq ranglar bilan bezanishga ham ruxsat berildi, oldin esa bu ranglar amaldorlar tomonidan cheklangandi. Ayniqsa, kelinlar qizil mato bilan qoplangan yashil vonsam (tantanali ustki palto), kuyovlar esa ko'k yoki yashil rangdagi tallyong (uzun kiyim) kiyishgan. Shuningdek, bo'lajak er-xotin sariq rangli ichki kiyim kiyishga da'vat etilgan. Bu ranglarga qo'shimcha ravishda, to'ylarda ma'lum ranglar kombinatsiyasi juda muhim edi, chunki ular InYang elementlarini muvozanatda saqlardi. Shuning uchun qizil va ko'k (ular Koreya bayrog'ida ham uchraydi), qizil In, shu bilan birga erkakni, ko'k esa Yin - ayolni ifodalovchi muhim juftlik hisoblangan. Agar kelin-kuyov to'y libosi uchun qizil va ko'k rangni tanlasa, bu ularning In va Yangni muvozanatda saqlashga bo'lgan xohishini bildiradi. Moviy va qizil rang hayotning timsolidir, chunki ular quyosh energiyasini oladigan janub va sharqni ifodalaydi. Shuning uchun odamlar to'yda qizil va ko'kni tanlash salbiy energiya va ruhlarni quvib chiqaradi, deb ishonishgan.

Choson davrida Koreyadagi tartib-qoidalarga ko'ra, yuqori tabaqaga mansub xotin-qizlar yoki saroyda bo'lganlar quyida ko'rsatilgandek (vonsam yoki ustki kiyimda) saroyning rang cheklovlariga rioya qilishlari kerak edi: •Imperator - sariq •Qirolicha - qizil •Malika - binafsha qizil •Saroy amaldorlarining xotinlari - yashil

Yuqoridagi rang cheklovlaridan shamanlar, ayol san'atkorlar va bolalar istisno qilinar edi. Bu odamlarga maqomiga ko'ra ma'lum rangda kiyinishga ruxsat berilgan. Yana bir istisno holati mavjud bo'lib, bular: tug'ilgan kunlar, to'ylar, bayramlar va maxsus tadbirlar edi. Ajablanarlisi shundaki, rangni maqom yoki shaxsni tasvirlash uchun ishlatish hozirgi zamonda ham har xil yo'llar bilan amalga oshirilmoqda. Farqi shundaki, ilgari kiyimlarning ranglari saroyda yoki akademiyada o'z pozitsiyasini ko'rsatgan bo'lsa, bugungi kunda brendlar, kollejlar, kasblar, jinslar va kompaniyalarni ifodalaydi.

Xuddi g'arbda bo'lgani kabi, qizlar va o'g'il bolalar kiyimlari asosan pushti va och ko'k rangda bo'ladi. Zamonaviy koreys to'ylarida kuyovning onasi ko'k hanbok (2 qismli an'anaviy libos), kelinning onasi esa pushti hanbok kiyishi kerak. So'nggi 20 yil ichida bu amaliyot biroz kuchini yo'qotdi va ko'p ayollar shunchaki qaysi rangni kiyishni xohishlariga qarab tanlashyapti.

G'arb ta'lim tizimining kirib kelishi tufayli, ko'plab universitetlar talabalarning qora mantiya kiyish odatini ham joriy etdi. Biroq koreyslar yagona qora rang o'rniga ta'lim yo'nalishlariga mos ravishda xilma-xil ranglardagi mantiyalar kiya boshlashdi. Misol uchun:

•Sabzirang - muhandislik mutaxassisliklarini; •Och ko'k - har xil ta'lim yo'nalishlarini; •Oq - gumanitar yo'nalishni ifodalaydi.

G'arbdagi kabi Koreya sud organlari amaldorlari ham qora mantiya kiyadilar. Qora rang kuch, qadr-qimmat va hokimiyatni ramziy ifodalash uchun tanlangan.

1998-yilga kelib, adliya idoralarida qora liboslar dizayniga bir nechta o'zgartirishlar kiritildi va ular an'anaviy koreys go'zalligiga urg'u berish uchun binafsha rangli jakkardlar bilan bezatildi.

An'anaga ko'ra, koreyslar kulrang, qaymoqrang va jigarrangni "nopok" ranglar deb hisoblashgan. Biroq, filmlar, g'arb tendensiyalari, globallashuv va boshqa mamlakatlar bilan o'zaro munosabatlar tufayli hozirda bu rangdagi paltolar mashhur bo'lib ketdi. Qora, shuningdek, g'arb va modernizmni ifodalovchi rang sifatida qabul qilingan.

Oq libosni sevuvchi koreyslar endi rasmiy tadbirlar, ish uchrashuvlari, mukofot topshirish marosimlari, to'ylar, maktab formasi va dafn marosimlari uchun qora kostyumlarni afzal ko'rishmoqda. Qora kiyim endi avangard, oliyjanoblik, modaga

398

mos ko'rinishni ifodalaydi. Mashhur yulduzlar ham, ishbilarmonlar ham qora rangni tanlayaptilar, chunki u rangning nafisligi, bashangligi va yuqori saviyasini ifodalaydi.

14-aprelni koreyalik yolg'iz yoshlar Koreyaning qora kuni sifatida nishonlaydilar. Bu guruhga 14-fevralda (Sevishganlar kunida) va 14-martda (Yaponiyada Sevishganlar kuniga teng keladigan bayram, "oq kun" deb ham ataladi) hech qanday sovg'a olmagan odamlar kiradi. Qora kunda koreyalik yolg'iz yoshlar qora kiyim kiyib, qora lab bo'yog'i surishadi, shuningdek qora loviya pastasidan tayyorlangan makaron yeyishadi7.

Dunyoning boshqa joylarida bo'lgani kabi, ranglar ham odamlarga to'g'ri xabarlarni yetkazish uchun Koreya siyosatida ishlatiladigan juda kuchli vositadir.

•Qizil - odamlarga kommunizmni eslatadi. Bu shuningdek, ish tashlashlar va boshqaruvdagi nizolarning rangi.

•Ko'k va yashil barqarorlik, halollik, uyg'unlik va o'sishni anglatadi. Prezident Li Myong Bak iqtisodiy o'sishga urg'u berish maqsadida ko'pincha ochiq ko'k rangda kiyingan.

• Yorqin sariq - bu Koreyadagi eng muvaffaqiyatli siyosiy rang. Ikki sobiq prezident (No Mu Hyon va Kim De Jung) umid va tinchlik xabarini ta'kidlash uchun shu rangni tanlagan.

Qizil ilgari koreyslar uchun, ayniqsa siyosat va sanoatda, ko'plab salbiy fikrlarga sabab bo'lardi. Bu, asosan, kommunistik mafkura, noroziliklar, kasaba uyushmalari va tartibsizliklar ramzi edi. Biroq, 2002-yilgi FIFA jahon chempionati (Koreya-Yaponiya) bu rangga butunlay boshqa ramziy ma'no berdi va koreyslar uni hayotiylik, energiya, quvonch va bayramning rangi sifatida ko'rishni boshlashdi. Endi qizil rang odamlarda ehtiros, hayajonni uyg'otadi va ularni yakdillik bilan bog'laydi, deb ishonishadi8.

Qizil, binafsha va qora koreys hashamati va yuqori sifatining vakiliga aylandi. Ko'pgina korxonalar marketing materiallari, logotiplar, broshyuralar, vizitkalarda va boshqalarda bu ranglardan foydalanishyapti, chunki ular sotuv va daromadni oshiradi.

XULOSA

So'nggi bir necha o'n yilliklar ichida Koreyadagi rang ramziy ma'nosi ancha o'zgardi. Ushbu o'zgarishlar va tendensiyalarni o'rganish bizga koreyslarning turmush tarzi va tafakkurini, shuningdek, odamlarning estetik ongini tushunish imkoniyatini beradi. G'arb ta'siri tufayli bugungi kunda koreys rangining ramziy

7 http://www.newshyu.com/news/articleView.html?idxno=32143

8 http://www.newshyu.com/news/articleView.html?idxno=32143

399

Scientific Journal Impact Factor

R

ma'nosi chuqur va murakkab ma'noga ega bo'ldi. Bir nechta ranglar turli xil ma'nolarni oldi, birinchi navbatda qizil va qora. Qizil, ayniqsa siyosatda, avval salbiy rang sifatida qaralgan bo'lsa, bugun u umid va birlik rangiga aylandi. Xuddi shunday, oq rangni yoqtiruvchi koreyslar tomonidan xalqaro moda ta'sirida qora rang afzal ko'rilmoqda. Bu o'zgarishlarga qaramay, kelajakdagi koreys avlodlari ko'p asrlik an'analar bilan belgilab qo'yilgan rang ramziyligini hurmat qilishda davom etadilar va hech bo'lmaganda to'y va jamoat marosimlarida ularning ramziy ma'nosidan foydalanadilar, deb umid qilishimiz mumkin.

REFERENCES

1. Wang, Yuanchong (15 December 2018). Remaking the Chinese Empire: Manchu-Korean Relations, 1616-1911. Cornell University Press. p. 154. ISBN 9781-5017-3051-1.

2. Akmalova, P. D. (2019). The concept of moral personality development in creativity of thinkers of central asia. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 9(1), 135-141.

3.

4. http: //www.newshyu.com

5. https://www.koreascience.or.kr

6. http://encykorea.aks.ac.kr

7. http://kswclemson.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.