Научная статья на тему 'TASHQI SAVDONING O‘ZBEKISTONDAGI HOLATI VA MUAMMOLARI'

TASHQI SAVDONING O‘ZBEKISTONDAGI HOLATI VA MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Alfraganus
Область наук
Ключевые слова
O’quvchilardagi qobilyat xususyatlari / diqqat / ilmiy qobilyat / badiiy qobilyat / amaliy qobilyat / tafakkur / qobilyat shakillanishining psixologik xususyatlari / Characteristics of students' abilities / attention / scientific ability / artistic ability / psychological characteristics of practical ability / thinking / ability formation

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Musayev Shavkatjon Kayumjonovich

Mazkur maqolada mamlakat tashqi iqtisodiy salohiyatini aniqlovchi eng muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlar YaIM ishlab chiqarish hajmi, shu jumladan, aholi jon boshiga, YaIMda tovar va xizmatlar eksportining ulushi hamda tovarlar umumiy eksporti hajmida sanoat tovarlari ulushi kabi masalalar tahlil etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CURRENT SITUATION AND PROBLEMS OF FOREIGN TRADE IN UZBEKISTAN

In this article, it is the most important determinant of the country's foreign economic potential economic indicators GDP production volume, including per capita, in GDP industry as a share of exports of goods and services and total exports of goods issues such as the share of goods are analyzed

Текст научной работы на тему «TASHQI SAVDONING O‘ZBEKISTONDAGI HOLATI VA MUAMMOLARI»

Musayev Shavkatjon Kayumjonovich1

TASHQI SAVDONING O'ZBEKISTONDAGI HOLATI VA

MUAMMOLARI

НЫНЕШНЕЕ ПОЛОЖЕНИЕ И ПРОБЛЕМЫ ВНЕШНЕЙ ТОРГОВЛИ В УЗБЕКИСТАНЕ

CURRENT SITUATION AND PROBLEMS OF FOREIGN

TRADE IN UZBEKISTAN

1Alfraganus universiteti Iqtisodiyot mutaxassisligi magistri, e-mail: educent@mail.ru

Annotatsiya. Mazkur maqolada mamlakat tashqi iqtisodiy salohiyatini aniqlovchi eng muhim iqtisodiy ko'rsatkichlar YalM ishlab chiqarish hajmi, shu jumladan, aholi jon boshiga, YalMda tovar va xizmatlar eksportining ulushi hamda tovarlar umumiy eksporti hajmida sanoat tovarlari ulushi kabi masalalar tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: O'quvchilardagi qobilyat xususyatlari, diqqat, ilmiy qobilyat, badiiy qobilyat, amaliy qobilyat, tafakkur, qobilyat shakillanishining psixologik xususyatlari.

KIRISH

Mamlakatimizda so'nggi yillarda sanoat, qishloq xo'jaligi va xizmat ko'rsatish tuzilmalarida tub o'zgarishlarning amalga oshirilishi natijasida tashqi savdoda faqat xomashyo vositalari bilan qatnashuviga barham berildi. Umuman mamlakatimiz tashqi savdosida jahonning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarining hissasi ortib bormoqda. MDH mamlakatlari orasida Rossiya,Qozog'iston, Ukraina, Qirg'iziston va Tojikiston davlatlari asosiy hamkorlarimiz hisoblanadi.

Tahlil natijalari ko'rsatib turibdiki, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari o'rtasida eksportni yanada ko'paytirishning istiqbolli imkoniyatlari mavjud. Mamlakatdagi nafaqat siyosiy barqarorlik, balki o'z navbatida iqtisodiy barqarorlikning ham ta'minlanganligi, savdo-sotiqni rivojlantirishni har tomonlama qo'llab quvvatlaydigan infratuzilmaning mavjudligi, to'g'ridan-to'g'ri dengiz yo'llari mavjud bo'lmasada, qulay geografik joylashuvi, ya'ni Sharq va G'arb dunyosini bir-biri bilan bog'laydigan Buyuk Ipak yo'lida joylashganligi, tayyor mahsulotlar turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va boshqalar.

O'zbekistonda so'nggi yillarda tashqi savdo defitsiti keskin oshib bormoqda. Xususan, 2019 yilda bu ko'rsatkich 1,8 mlrd dollarni tashkil etgan bo'lsa, 2023 yilga kelib 8,8 mlrd dollarga yetdi. Umuman olganda, inqiroz kuzatilgan yilni hisobga olmasa, O'zbekistonning tashqi savdo defitsiti yildan-yilga oshib bormoqda. Tashqi savdo defitsitining hozirgi holati yoki uning oshib borayotganligi hukumatni tashvishga solishi tabiiy. Mening nazarimda, mana shu jihat biz uchun eng katta xatar. Ya'ni qaror qabul qiluvchilar tashqi savdo defitsitining oshishidan xavotirga tushib, savdoni cheklash choralarini ko'rishi mumkin. Bu esa so'nggi yillarda ko'pchilikning orzusiga aylangan tashqi savdoning erkinlashuvini, eng kamida, yana ortga surishi mumkin. Defitsitning ortishi aslida muammo emas, lekin uni muammo hisoblab, tashqi savdoni cheklashga urunish — bu haqiqiy ma'noda katta muammo bo'ladi.

METODOLOGIYA

Dunyo ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida raqamli texnologiyalarning ahamiyati tobora oshib bormoqda. Rivojlangan mamlakatlarda raqamli texnologiyalar nafaqat iqtisodiyotning barcha sohalarida, balki ijtimoiy munosabatlar va gumanitar sohalarga ham katta ta'sir ko'rsatmoqda. Bugungi kunda "Raqamli iqtisodiyot"ga kirib borayotgan va unda keskin rivoj topayotgan

tashkilot va organlardan biri sifatida bojxona organlarini misol qilsak mubolag'a bo'lmaydi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashqi iqtisodiy faoliyat tizimini isloh qilish bo'yicha ustuvor vazifalarga to'g'risida Oliy Majlisga Murojaatnomasida tashqi savdo bilan bog'liq nazorat tizimi va infratuzilmani yaxshilash, jumladan, xorijiy tajribadan kelib chiqib, bojxona postlarida nazoratni amalga oshiradigan bojxona va boshqa idoralar faoliyatini isloh qilish lozimligini ta'kidlab o'tgan. Bu sohada uzoq yillardan buyon samarali ishlar olib borilmagani tashqi savdo amaliyotlarida muayyan qiyinchliklar tug'dirmoqda. Jahon bankining "Biznes yuritish" reytingida "Xalqaro savdo" yo'nalishi bo'yicha mamlakatimiz 190 ta davlat orasida 152-o'rinda qayd etilgani ham shundan dalolat beradi. Mazkur reytingda mamlakatimiz pozitsiyasini yaxshilash, jahon tajribasi asosida nazorat idoralarining ishini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Ma'lumki, ko'plab davlatlarda yuklar chegaraga yetib kelmasidan oldin ular haqida axborot berilib, yukning tez chiqib ketishi ta'minlanadi. O'zbekistonda esa o'tgan yili 416 mingta deklaratsiyadan atigi 344 tasi yuk chegaraga kelguncha rasmiylashtirilgan. Yuk to'g'risida oldindan ma'lumot berish avtomobil transportida 98 foizni tashkil etsa, temir yo'lda umuman yo'lga qo'yilmagan. Shu bois nazoratni chegarada emas, balki yuklar kirib kelishidan oldin yoki mamlakat ichkarisida erkin muomalaga chiqarilgandan keyin amalga oshirish tizimini yo'lga qo'yish bo'yicha topshiriq berildi. Bugungi kunda 1 ming 836 ta turdagi tovar bir vaqtda uchta idora tomonidan tekshirilishi, oqibatda import-eksport hujjatlarini rasmiylashtirish haftalab cho'zilayotgani tanqid qilindi. Bojxona ish uslubini o'zgartirishi, ularning asosiy vazifasi mahsulotlar eksportini qo'llab-quvvatlashdan iborat bo'lishi kerak. Tovarlarning bojxona qiymatini tezkor aniqlash imkoniyati bo'lmaganda, tadbirkor to'lov qilib mahsulotini olib ketadigan, bunga aniqlik kiritilganidan keyin oradagi farq (summa)ni to'laydigan tizim yaratish maqasadga mufoviq bo'lar edi.

TAHLIL

Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo'mitasiga xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda yangi Bojxona kodeksini ishlab chiqish, bojxona organlari tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish kerak. Raqamli texnologiyalarni joriy qilib, inson omilini maksimal qisqartirish orqali korrupsiya va noqonuniy tovar aylanmasiga barham berish zarur. Import mahsulotlarining chegaradan to yakuniy iste'molchigacha bo'lgan harakati bojxona va soliq idoralari tomonidan yagona elektron tizim orqali nazorat qilinishi kerak. Misol uchun, bojxona deklaratsiyasini elektron hisob-faktura va onlayn nazorat kassasiga bog'lash orqali bu masalani hal etish mumkin bo'ladi. Shundan kelib chiqib, ruxsatnoma va laboratoriya tekshiruvlari hujjatlarini to'liq raqamlashtirish, avtomatlashtirilgan "risk-analiz" tizimini joriy etish kerak.

Tahlillarga nazar tashlasak, so'nggi 3 yilda qo'shni davlatlar bilan chegara orqali o'tgan insonlar soni 2 baravarga, transport vositalari soni qariyb 3 baravarga oshgan. Lekin hozirgi infratuzilma bunday talabga to'la javob bermaydi. Yuklar oqimini taqsimlash ishlari oqilona tashkil etilmagan. Bojxona xizmatida postlarni masofadan nazorat qilish tizimi - Situatsion markaz yo'qligi oqibatida postlarda tirbandliklar paydo bo'lmoqda. Bu tadbirkorlar uchun ham, davlat byudjeti uchun ham ortiqcha xarajat keltirib chiqarmoqda. Shu bois chegara postlarini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, situatsion markazni ishga tushirish, shuningdek, chegaradosh davlatlar bilan yuklarni "bir bekatda tekshirish" tizimini yo'lga qo'yish lozim.

XULOSA

Tashqi savdo nazorati idoralari chet ellardagi hamkasblari bilan yaqindan ishlab, tajriba almashishi, ularning tekshiruv-sinov laboratoriyalarini yurtimizda tashkil etib, tovarlarni xorijiy talablarga mos ruxsatnomalar bilan jo'natishni yo'lga qo'yishi kerak. Tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonlarini soddalashtirish uchun milliy qonunchilikni bojxona, transport, standart, karantin yo'nalishidagi xalqaro kelishuvlarga uyg'unlashtirish zarur.

Kadrlar masalasiga ham alohida e'tibor qaratish lozim. Bojxona institutida o'qitish jarayoni zamon talabiga javob bermasligi qayd etilib, uning faoliyatini tubdan takomillashtirish, shuningdek, xodimlarni xalqaro andozalar asosida qayta tayyorlash muhim. Xalqaro bojxona tashkiloti bilan erishilgan kelishuvga muvofiq kadrlar salohiyatini oshirish borasidagi ishlarni jadallashtirish lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi 2017-yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli farmoni. // «Xalq so'zi» 2017 yil 8 fevraldagi 28 (6722)-soni.

2. Adam Smith. An Jnquiry into the Nature and Causes of the Wealth of Nations. Aselected Fdition. Edited with an Jntroduction and Njtes by Kathrun Sutherland. -Oxford University Press. 1998. 618 pp.

3. Mamatov M. Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning nazariy asoslari. Iqtisodiyot va ta'lim. 2011 yil, 4-son, 38-b.

4. Ломакин В.К. Мировая экономика. Практикум: учеб. пособие для студентов вузов, обучающихся по экономическим спесиалностям и направлениям / В.К. Ломакин. - М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2007

5. Багиев Г.Л., Моисеева Н.К., Никифорова С.В. Международный маркетинг. - СПб.: Питер,2001

6. Alimov A., Hamedov I. O'zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari. - T.: O'AJBNT Markazi, 2008, - 491 bet.

7. Jalolov J., Axmedov I., Nematov I., Akramov T. Tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari. O'quv qo'llanma. - T.: TDIU, 2011 - 198 b.

8. Nazarova G. G., Mahmudov N. N. "Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar" T. TDIU 2006

9. https://www. stat.uz

10. https://www.iqtisodiyot.tsue.uz

11. https://www. facebook. com/investinsamarkand

12. https: //twitter. com/saminvest

13. https://yashil-iqtisodiyot taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/44

14. https: //www. gazeta. uz/uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.