TÛfiHKENÏ DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
Ташкентский государственный транспортный университет
"Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте" АВРИИТТ-2021 I-Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)
TASHKILOT XODIMLARINING TIBBIY KO'RIKDAN O'TISH MUDDATINI NAZORAT QILUVCHI DASTUR YARATISH
AHAMIYATI
Davron MATVALIYEV,
magistratura talabasi, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent, O'zbekiston
Shoyatbek XAKIMOV, assistent, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent, O'zbekiston DOI: https://doi.org/10.47689/978-9943-7818-0-1-pp202-208
Annotatsiya: Ushbu maqolada tashkilot xodimlarining tibbiy ko'rikdan o'tish muddatlarini nazorat qilish jarayonini optimallashtirish uchun ko'rilayotgan chora-tadbirlar yoritilgan. Shuningdek, ushbu maqola ikki qismdan iborat bo'lib, uning birinchi qismida tizim ish jarayonini qayd etib borish uchun muhim bo'lgan ma'lumotlar bazasi tushunchalari, ularni boshqarish tizimi tushunchasi hamda ma'lumotlar bazasini shakllantirish jarayonlari keltirilgan. Shu bilan birgalikda, ikki qism dasturiy ta'minot yaratish ishlari va ularga qo'yiladigan talablarni turli metodlar yordamida tashkil etishni nazarda tutadi.
Kalit so'zlar. Ma'lumotlar bazasi, veb-texnologiya, tibbiy ko'rik, tashkilot strukturasi, October CMS.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-mart kuni "Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta muhim tashabbus" ining uchinchisida "Aholi va yoshlar o'rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish" ning muhimligiga e'tibor qaratildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga ko'ra Oliy ta'lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish bo'yicha eng muhim vazifalar etib 2017—2021-yillarda oliy ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va modernizatsiyalash, ularni zamonaviy o'quv-ilmiy laboratoriyalar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash kompleks chora-tadbirlari belgilansin, deb ta'kidlangan [1].
Keyingi paytlarda axborot resurslari davlatlarning o'zaro bir-biriga qarshi turishlari, geopolitik maqsadlari uchun bir maydon sifatida ham faol qo'llanila boshlandi. Bu hol ,ayniqsa, zamonaviy axborot texnologiyalariga ega bo'lgan rivojlangan mamlakatlarga xos bo'lib, bunday zamonaviy texnologiyalariga ega bo'lishlari ularning bu sohada sezilarli darajadagi ilg'orliklarini ta'minlaydi.
Axborot-kommunikatsiya tizimlarida ma'lumotlar almashinuvini samarali amalga oshirishni tashkil etish bugungi rivojlangan jamiyatda katta ahamiyat kasb etadi. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanib borishi jamiyat faoliyatining keng sohasida turli axborot xizmatlarining vujudga kelishiga olib keldi. Ayniqsa, bank va boshqa to'lov tizimlarida, davlat va jamiyat manfaatlari bilan bog'liq muhim ma'lumotlarni almashish hamda tahlil qilishda, tez va ishonchli ma'lumot almashinuvi talab etiladigan tizimlarda tabiiy ravishda axborot muhofazasi masalalari dolzarbdir. Haqiqatan ham, har qanday ma'lumot u yoki bu ma'noda axborot-kommunikatsiya
Ж
TDSHKEIMT DAVLAT TRiNSPORT UNItf ERSlTE Л
Ташкентский гссударстмнчый транспортный университет
"Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте" АВРИИТТ-2021 ^Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)
tizimi foydalanuvchilarining manfaati bilan bog'liq. Axborot muhofazasini ta'minlash: huquqiy-me'yoriy hujjatlar, texnik vositalar va kriptografik algoritmlar hamda protokollar negizida yaratilgan dasturiy, apparat-dasturiy va apparat-texnik vositalarni birgalikda qo'llash bilan samarali amalga oshiriladi.
Kompyuterlar va kompyuter tizimlari - axborotlar tizimining muhim bo'g'imidir. Internet tarmoqlari jamiyat faoliyatining barcha sohalarini qamrab olib, axborotlarni tez va sifatli almashinuvini ta'minlash jarayonlari texnologiyalarining rivojlanishida ijobiy manba bo'lib kelmoqda. Yuqorida keltirilgan asosli mulohazalardan kelib chiqib, har qanday tashkilotlar xodimlar vazifalarini avtomatlashtirish, bu sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda qulay imkoniyatlar yaratish, har bir sohada rivojlanish, tezkorlik va ish sifatini oshirishga xizmat qiladi. Shu jumladan, tashkilotlardagi xodimlar bo'limi vazifalarini ham asta-sekin elektron tizimga o'tkazish uchun ba'zi takliflar ishlab chiqildi.
Barchaga ma'lumki, hozirda ko'pgina tashkilotlarda xodimlar o'z lavozimidan kelib chiqib, olti oyda, bir yilda yoki ikki yilda bir marta majburiy tibbiy ko'rikdan o'tishlari shart. Ba'zi xodimlar oxirgi marta qachon tibbiy ko'rikdan o'tganlarini eslay olmaydilar. Shundan so'ng xodimlar bo'limi inspektori doimiy ravishda har bir xodim tibbiy anketasini qarab chiqishi, tibbiy ko'rikdan o'tgan xodimlarning anketalarini saralab olishi va ular bilan aloqaga chiqib, tibbiy ko'rikdan o'tishlari lozimligi haqida ogohlantirishi kerak bo'ladi. Bu esa o'z navbatida, xodimlar bo'limi ish jarayonini og'irlashtiradi.
Shu sababli aynan mana shu jarayonlarni yengillashtirish uchun yuqoridagi vazifani avtomatik ravishda bajaruvchi dasturni ishlab chiqishga kirishildi. Ish jarayonlari uch bosqichda amalga oshirilayotgan bo'lib, ular quyidagilardan iborat:
- ish jarayoni yuzasida tahlillarni amalga oshirish;
- korxonada xodimlarning ishlash jarayonida bajarayotgan vazifasi uning salomatligiga ta'sir darajasini inobatga olgan holda barcha xodimlar to'g'risida ma'lumotlar bazasini shakllashtirish;
- xodimlar bo'limi inspektori xodimlar tibbiy ko'rikdan o'tish vaqtlarini avtomatik ravshda ko'rsatib turuvchi dasturiy ta'minotning foydalanuvchi qismini ishlab chiqish.
Birinchi bosqich. Yuqorida aytilganidek, xodimlar korxonada turli lavozimlarda va turli mehnat sharoitlarida ishlashlariga to'g'ri keladi, bu esa o'z navbatida tibbiy ko'rikdan o'tish vaqtlari va muddatlari ishchilar o'rtasida turlicha bo'lishini taqazo etadi. Bu jarayonni nazorat etish xodimlar bo'limi inspektoriga quyidagi vazifalarni yuklaydi:
- har bir xodimning so'nggi marta qachon tibbiy ko'rikdan o'tganini tahlil qilish;
- xodimlarning qaysi lavozimda ishlashi va bu lavozimda ishlovchi xodimlarni tibbiy ko'rikdan o'tish grafigi bo'yicha saralash;
- xodimlarni tibbiy ko'rikdan o'tishining so'nggi muddatini belgilash;
- har bir xodimni tibbiy ko'rikdan o'tish kerakligi haqida ogohlantirish.
Ikkinchi bosqich: Dasturiy ta'minotni foydalanuvchilarning ko'pligi va ixtiyoriy
qurilmadan ixtiyoriy joyda turib ishlata olish imkoniyatlarini yaratishga bo'lgan ehtiyojlardan kelib chiqib, veb-platforma tizimi sifatida varianti tanlab olindi. Chunki veb-platformadan foydalanish uchun dasturni har bir qurilmaga o'rnatish shart emas, shunchaki serverga o'rnatish va veb-brauzer orqali ixtiyoriy qurilmada foydalanish imkoni mavjud [2].
fr
TOfiHKEhIT DAVLAT TftAN SPORT UNIVERSITETI
Ташкентский государственный транспортный университет
"Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте" АВРИИТТ-2021 I-Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)
IScience
throuyk ti*\e а*«/ срлсе
Dasturning administrator qismi xodimlar bo'limi inspektorlari uchun yaratilgan bo'lib, tizimga maxsus login va parol orqali kiriladi (1-rasm).
1-rasm. Xodimlar bo'limi inspektorining tizimga kirishi.
Tizimga kirilgach, "Xodimlar bo'limi" menyusi tanlanadi. Ushbu sahifada xodimlar, bo'limlar va lavozim ma'lumotlarini shakllantirish imkoniyatlari yaratilgan. Xodimlar bo'limi inspektori ushbu sahifani tanlagach, birinchi bo'lib yangi bo'limlarini ma'lumotlar bazasiga kiritishi talab etiladi. Buning uchun inspektor "Xodimlar" ichki menyusini tanlaydi va "Yangi xodim" tugmachasini bosadi , quyida oyna orqali kiritadi (2-rasm).
2-rasm. Tashkilot bo'limlari sahifasi.
Tashkilotda mavjud bo'limlarni bir-biriga bog'liqlik strukturasi, ya'ni qaysi bo'lim qaysi bo'limga bo'ysunadi yoki qaysi bo'limlarni boshqaradi kabi strukturani shakllantirish "Strukturani sozlash" tugmachasini bosish orqali yangi sahifaga o'tish hamda ushbu sahifada juda ham oson usulda: bo'limning ustiga sichqonchaning chap tugmasini bosish va boshqaruvchi bo'lim ostiga olib kelib, sichqonchani qo'yib yuborish orqali amalga oshiriladi (2-rasm). Xodimlar bo'limi inspektori bo'limlar strukturasini shakllantirib bo'lgach, tashkilotda mavjud lavozimlar ma'lumotlarini kiritishi lozim. Buning uchun inspektor "lavozimlar" ichki menyusini tanlaydi va "yangi lavozim" tugmachasini bosadi, natijada quyidagi oyna hosil bo'ladi (3-rasm).
TDSHKENT DAVLAT TRÄN SPORT UNItf ERSlTETI
Ташкентский гссуларственчый транспортный университет
"Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте" АВРИИТТ-2021 I-Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)
3-rasm. Yangi lavozim kiritish oynasi.
Lavozimlar sahifasida lavozimlarni kiritish, o'zgartirish, saralash, qidirish, o'chirish imkoniyatlari yaratilgan.
Yuqoridagi ma'lumotlar to'liq kiritib bo'lingach, tashkilotdagi xodimlar haqidagi ma'lumotlarni kiritish talab etiladi. Yangi xodim ma'lumotlarini kiritish uchun xodimlar sahifasida "Yangi xodim" tugmasi bosiladi va quyidagi oyna hosil bo'ladi (4-rasm).
4-rasm. Xodim ma'lumotlarini kiritish oynasi.
Xodimlar haqidagi boshlang'ich ma'lumotlar quyidagilarni tashkil etadi:
• familiyasi, ismi, sharifi;
• tug'ilgan sanasi;
• pasport ma'lumotlari;
• tibbiy ko'rikdan o'tgan sanasi;
• keyingi tibbiy ko'rik sanasi;
• ishlayotgan bo'limi;
• lavozimi.
Barcha ma'lumotlar klaviatura orqali kiritiladi, lekin bo'lim va lavozimlar tanlov orqali kiritiladi. Bundan tashqari ushbu sahifada "Excelga eksport qilish" va "Exceldan import qilish" funksiyalari yaratilgan bo'lib, birdaniga bir nechta xodim ma'lumotlarini Microsoft Excel dasturiga alohida yaxlit fayl sifatida yuborish yoki Microsoft Excel dasturida mavjud ma'lumotlarni birdaniga tizimga import qilish imkoniyatiga ega.[3] Xodimlar ma'lumotlari to'liq shakllantirilgach , xodimlar sahifasi quyidagi ko'rinishga keladi (5-rasm).
TOfiHKEhIT DAVLAT TRAW SPORT UNIVERSITETI
Ташкентский государственный транспортный университет
"Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте" АВРИИТТ-2021 I-Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)
е-0
5-rasm. Yaratilgan veb-platformaning foydalanuvchi qismi.
Tizim shundan so'ng xodimlarni tibbiy ko'rik muddatlaridan kelib chiqib, avtomatik ravishda vaqt bo'yicha statuslarni ranglar orqali shakllantiradi. Bunda yashil rang -tibbiy ko'rikdan o'tish muddatiga hali ancha vaqt bor ekanligini, sariq rang - tibbiy ko'rikdan o'tish muddatiga bir oydan kamroq vaqt qolganligini, qizil rang - xodim tibbiy ko'rikdan o'tishga kech qolganligini, to'q qizil rang - tibbiy ko'rikdan o'tish muddati bir yildan ko'proq muddatga o'tib ketganligini bildiradi.
Uchinchi bosqich. Dasturning foydalanuvchi qismi veb-sayt ko'rinishida yaratilgan bo'lib, ixtiyoriy xodim foydalanishi mumkin.[4] Tizimda faqatgina xodimlarning tibbiy ko'rik muddatlari emas, balki xodimlar bo'limining asosiy vazifalari, strukturasi, ishchi xodimlari (bo'lim boshlig'i, inspektorlar) haqida ma'lumotlar berilgan.
Foydalanuvchi qismi 3 ta muhim sahifadan iborat. Bular: asosiy sahifa, xodimlar sahifasi va aloqa sahifasi.
Asosiy sahifada xodimlar ish tavsifi, xodimlar bo'yicha mutaxassis vazifalari, xodimlar bo'limi inspektorlarining vazifalari keltirib o'tilgan (6-rasm).
XODIMLAR BO'LIMI
Tashkilotdagi xodimlarning marketingi
Xodimlar bo'limining ish tavsifi. Kadrlar bo'yicha mulaxassisning vazifalari. Kadrlar bo'yicha inspektorning vazifalari
6-rasm. Asosiy sahifa.
TDSHKENT DAVLAT TRÄN SPORT UN1VERSITETI
Ташкентский гссуларственчый транспортный университет
"Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте" АВРИИТТ-2021 I-Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)
Shuningdek, asosiy sahifada yuqoridagilardan tashqari tashkilotdagi xodimlar soni bo'yicha umumiy statistikalar, xodimlar bo'limi inspektorlari ma'lumotlari rasmlari bilan birgalikda keltirib o'tilgan.[5]
Ikkinchi xodimlar sahifasida tashkilot xodimlarining umumiy ro'yxati va tibbiy ko'rik holati haqidagi ma'lumotlar keltirilgan bo'lib, ixtiyoriy xodim ushbu sahifa orqali o'zining yoki qo'lostidagi xodimlarining tibbiy ko'rikdan o'tish muddatlarini ko'rib, nazorat qilish imkoniyatiga ega. (7-rasm)
7-rasm. Xodimlar sahifasi.
Bundan tashqari , ushbu sahifada qidiruv va saralash tizimlari mavjud bo'lib, bu kerakli xodim ma'lumotlarinini qidirib topishda va bir xil statusli xodimlarni saralab olishda keng imkoniyatlarni yaratadi (7-rasm).
Uchinchi sahifa "Biz bilan aloqa" sahifasi bo'lib, ushbu sahifada foydalanuvchilar xodimlar bo'limiga ixtiyoriy murojaatlarini yuborishlari mumkin bo'ladi.
Veb-platformaning ostki qismida bir nechta muhim saytlarning veb-adreslari ssilkalari[6] keltirilgan bo'lib, foydalanuvchilar ushbu ssilkalar orqali gov.uz, kadr.edu.uz, lex.uz, edu.uz, mintrans.uz kabi muhim saytlarga o'tish imkoniyatiga egadirlar.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, axborot texnologiyalarining har qanday hayot faoliyat jarayonlarga kirib kelishi bu inson mehnatidagi unumdorlikni oshiribgina qolmay, balki uning salomatligi va sog'lom mehnat sharoitlarida ishlashiga o'z hissasini qo'shadi. Tashkilot xodimlarining doimiy tibbiy ko'rikdan o'tish muddatlarini avtomatik ravishda nazorat qilishni ta'minlovchi veb-platforma tashkilotlarda xodimlar bo'limi inspektorlari va xodimlar ishlarini osonlashtirishga, o'zaro aloqani ta'minlashga, vaqtni tejashga va ish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi № PQ-2909-sonli "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori.
2. Guliamova M.K., & Aliev R.M. (2021). Database Concept, Relevance and Expert Systems. Scientific and Educational Areas Under Modern Challenges, 2021, - PP. 125-127. Cheboksari: SCC "Interaktiv plus".
3. Tokhirov E., Aliev R. Improving the braking distance of the train before level crossing // InterConf. - 2020.
TOfiHKEhlï DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
Ташкентский государственный транспортный университет
"Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте" АВРИИТТ-2021 ^Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)
4. Gulamov J., Shukurov F., Shokhidayeva Sh. Automated information system for inventory accounting of a car depot warehouse // JournalNX-2021.
5. Nurmukhamedov T., Shukurov F., Khakimov Sh. Information technologies for forecasting car depot inventory using correlation analysis // JournalNX-2021.
6. R. Aliev Analysis of controlling the state of track sections on lines with speed and high-speed train traffic German International Journal of Modern Science № 14, 2021. - PP. 57-58.
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MARKAZI UCHUN ELEKTRON BUYURTMALAR QABUL QILISH TIZIMINI ISHLAB CHIQISHNING AHAMIYATI
Muxamadaziz RASULMUXAMEDOV,
f.-m.f.n., dotsent, Toshkent Davlat transport universiteti Transportda axborot tizimlari va texnologiyalari kafedra mudiri E-mail: [email protected]
Eldor ABDULLAYEV, Toshkent davlat transport universiteti
Baxtiyor QO'CHQOROV, Toshkent davlat transport universiteti DOI: https://doi.org/10.47689/978-9943-7818-0-1-DD208-216
Annotatsiya: Ushbu maqolada xizmat ko'rsatish sohasi bilan bog'liq bo'lgan universitet bo'limining ish jarayonlarini optimallashtirish uchun ko'rilayotgan chora-tadbirlar yoritilgan. Shuningdek, ushbu maqola ikki qismdan iborat bo'lib, uning birinchi qismida tizim ish jarayonini qayd etib borish uchun muhim bo'lgan ma'lumotlar bazasi tushunchalari, ularni boshqarish tizimi tushunchasi hamda ma'lumotlar bazasini shakllantirish jarayonlari keltirilgan. Shu bilan birgalikda ikki qism dasturiy ta'minot yaratish ishlari va ularga qo'yiladigan talablarni turli metodlar yordamida tashkil etishni nazarda tutadi.
Kalit so'zlar: Ma'lumotlar bazasi, ma'lumotlar bazasini tashkil etish turlari, dasturiy ta'minot, dasturiy ta'minot qurish strukturalari, FIFO, LIFO metodlari, Axborot texnologiyalari markazi.
I. KIRISH
2017—2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarga muvofiq hamda iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish va telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish orqali respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshirish maqsadida [1] keyingi vaqtda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo'yicha izchil chora-