Научная статья на тему 'MANYOVR ISHLARIDA TORTUV HISOBLARINI BAJARISH UCHUN POYEZDNING NATUR VARAG‘I ASOSIDA VAGONLARNING HISOBIY PARAMETRLARINI ANIQLASH USULINI AVTOMATLASHTIRISH'

MANYOVR ISHLARIDA TORTUV HISOBLARINI BAJARISH UCHUN POYEZDNING NATUR VARAG‘I ASOSIDA VAGONLARNING HISOBIY PARAMETRLARINI ANIQLASH USULINI AVTOMATLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
358
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
manyovr ishlari / tortuv hisoblari / natur varag‘i / vagonning hisobiy parametrlari / vagonning texnik tavsiflari.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Nazirjan Aripov, Shinpolat Suyunbayev

Manyovr ishlarida tortuv hisoblarini bajarish orqali lokomotivlar tomonidan sarflanadigan yoqilg‘i va yarim reyslarni bajarishga sarflanadigan vaqt miqdori hisoblanadi. Ushbu miqdorni to‘g‘ri aniqlash uchun vagonlarning hisobiy parametrlarini to‘g‘ri tanlash talab etiladi. Ushbu maqola manyovr ishlarida tortuv hisoblarini bajarish uchun poyezdning natur varag‘i asosida vagonlarning hisobiy parametrlarini aniqlash usulini avtomatlashtirish natijalari bayon etilgan. Poyezdning natur varag‘i asosida vagonlarning hisobiy parametrlarini aniqlashga doir dasturiy ta’minot ishlab chiqilganligi, undan foydalanish tartibi va uning ishonchliligi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MANYOVR ISHLARIDA TORTUV HISOBLARINI BAJARISH UCHUN POYEZDNING NATUR VARAG‘I ASOSIDA VAGONLARNING HISOBIY PARAMETRLARINI ANIQLASH USULINI AVTOMATLASHTIRISH»

Ж

TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

Ташкентский гссударстмнчый транспортный университет

"Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте" АВРИИТТ-2021 ^Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)

MANYOVR ISHLARIDA TORTUV HISOBLARINI BAJARISH

UCHUN POYEZDNING NATUR VARAG'I ASOSIDA VAGONLARNING HISOBIY PARAMETRLARINI ANIQLASH USULINI AVTOMATLASHTIRISH

Nazirjan ARIPOV,

Texnika fanlari doktori, professor, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent, O'zbekiston E-mail: aripov1110@gmail.com

Shinpolat SUYUNBAYEV, Texnika fanlari nomzodi, dotsent, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent, O'zbekiston

E-mail: shinbolat_84@mail.ru DOI: https://doi.org/10.47689/978-9943-7818-0-1-DD93-98

Annotatsiya: Manyovr ishlarida tortuv hisoblarini bajarish orqali lokomotivlar tomonidan sarflanadigan yoqilg'i va yarim reyslarni bajarishga sarflanadigan vaqt miqdori hisoblanadi. Ushbu miqdorni to'g'ri aniqlash uchun vagonlarning hisobiy parametrlarini to'g'ri tanlash talab etiladi. Ushbu maqola manyovr ishlarida tortuv hisoblarini bajarish uchun poyezdning natur varag'i asosida vagonlarning hisobiy parametrlarini aniqlash usulini avtomatlashtirish natijalari bayon etilgan. Poyezdning natur varag'i asosida vagonlarning hisobiy parametrlarini aniqlashga doir dasturiy ta'minot ishlab chiqilganligi, undan foydalanish tartibi va uning ishonchliligi yoritilgan.

Kalit so'zlar: manyovr ishlari, tortuv hisoblari, natur varag'i, vagonning hisobiy parametrlari, vagonning texnik tavsiflari.

Keyingi yillarda temir yo'l transportida, jumladan, uning texnikasi va ishlatilishida, iqtisodiyotida katta o'zgarishlar sodir bo'ldi. Temir yo'llarni elektrlashtirish, avtomatika va telemexanikani keng qo'llash, ishlarni kompleks mexanizatsiyalash, hisoblash texnikasi va mikroprotsessorlarni qo'llash asosida texnik qayta jihozlash bo'yicha katta ko'lamdagi ishlar olib borilmoqda. Ammo manyovr lokomotivlari parkini yangilash va ulardan samarali foydalanish bo'yicha ilmiy yechimlarni izlash yetarli darajada amalga oshirilmagan. Bular, o'z navbatida, manyovr lokomotivlari parkidan ularning xizmat muddatini uzaytirilgan holda foydalanish va manyovr ishlariga sarflanadigan xarajatlarning umumiy xarajatlar turi bo'yicha ikkinchi o'rinni (ish haqi xarajatlaridan keyin) egallashiga olib keldi.

Magistral va sanoat temir yo'l stansiyalarida manyovr ishlarini tashkil etish transport jarayonlarining tahlili natijasida quyidagilar aniqlangan:

- manyovr ishlaridagi yoqilg'i sarfini aniqlash usullaridan biri bir soatda qayta ishlangan vagonlar soniga asoslanadi. Ammo bir soatda turli xil vagonlarga xizmat ko'rsatgan manyovr lokomotivining yoqilg'i sarfi bir xil turdagi vagonlarga xizmat ko'rsatilgandagi sarfga nisbatan farq qiladi;

- temir yo'l stansiyalarida manyovr ishlarini bajarishga sarflanadigan yoqilg'i miqdorini me'yorlash tajriba o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi. Bu bir stansiyada o'tkazilgan tajriba orqali olingan natijalar bo'yicha belgilangan yoqilg'i me'yori boshqa

fr

TDSHKENT DAVLAT TRANSPORT UN IV ERSUCH

Ташкентский государственный транспортный университет

"Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте" АВРИИТТ-2021 I-Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)

stansiyaga to'g'ri kelmaydi va bu qo'shimcha yoqilg'i so'rash yoki ortiqcha yoqilg'ini o'zlashtirishga yo'l ochadi.

Temir yo'l stansiyalarida yoqilg'i sarfini minimallashtirilgan holda manyovr reyslarini optimal usullar bilan bajarish eng yaxshi samara berishi bir qancha yirik olimlar tomonidan isbotlangan [1-13]. Lekin poyezdning natur varag'i asosida vagonlarning hisobiy parametrlarini aniqlash usuli yetarlicha yoritilmagan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, ushbu tadqiqotning maqsadi magistral va sanoat temir yo'l stansiyalaridagi manyovr ishlarida tortuv hisoblarini bajarish uchun poyezdning natur varag'i asosida vagonlarning hisobiy parametrlarini to'g'ri aniqlash usulini avtomatlashtirishdan iborat.

Manyovr yarim reyslarini bajarishga sarflanadigan vaqt miqdorini tortish hisoblari orqali aniqlashda vagonlarning hisobiy parametrlarini to'g'ri tanlash talab etiladi [14]. Ma'lumki, yarim reys bajariladigan vagonlar haqidagi ma'lumot poyezdning natur varag'idan olinadi. Ammo ushbu natur varaqda vagonlarning raqami va ularga yuklangan yuk miqdori (netto) keltiriladi, ya'ni vagonlarning barcha hisobiy parametrlari ko'rsatilmaydi.

Tadqiqot jarayonida manyovr yarim reyslarini bajarish uchun poyezdning natur varag'i asosida vagonlarning hisobiy parametrlarini aniqlashga doir EHM uchun dastur ishlab chiqildi (1-rasm).

1-rasm. "Manyovr yarim reyslarini bajarish uchun poyezdning natur varag'i asosida vagonlarning hisobiy parametrlarini aniqlash" dasturining ishchi oynasi.

Ishlab chiqilgan dasturiy ta'minotdan foydalanish ketma-ketligini yoritamiz: dasturning 1-,3-ustunlariga poyezd natur varag'i asosida vagonning raqami va undagi yukning og'irligi (qn) haqidagi ma'lumotlar kiritiladi, 4-,6-ustunlarida dasturiy ta'minotga kiritilgan vagon raqami asosida uning o'qlar soni (Koq), og'irligi (qt) va

1fr

TDSHKENT DAVLAT TRÄN SPORT UNItfERSlTETI

Ташкентский гссуларственчый транспортный университет

"Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте" АВРИИТТ-2021 I-Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)

uzunligi (lv) vagonlarning texnik tavsiflari bazasidan aniqlanadi. Ushbu ma'lumotlar asosida har bir vagonning ikkita hisobiy parametrlari (7-8 ustunlar) aniqlanadi: 3-, 5-ustunlar ma'lumotlari asosida har bir vagonning umumiy og'irligi (qbr) 7-ustunda, 4-, 7-ustunlar ma'lumotlari asosida har bir vagonning o'qqa tushayotgan og'irligi (q0-q) 8-ustunda aniqlanadi.

Natijada, dasturga kiritilgan vagonlarning raqami va ularga yuklangan yuk miqdori (netto) asosida vagonlarning quyidagi hisobiy parametrlari aniqlanadi:

m - olib o'tiladigan vagonlarning umumiy soni, vag.;

Zqn - olib o'tiladigan vagonlardagi yukning umumiy (netto) og'irligi, t;

ZK0-q - olib o'tiladigan vagonlarning umumiy o'qlari soni, o'q;

I.qt - olib o'tiladigan vagonlarning umumiy (tara) og'irligi, t; - olib o'tiladigan vagonlarning umumiy uzunligi, m;

T,qbr - olib o'tiladigan vagonlarning umumiy (brutto) og'irligi, t;

^Qo'q - olib o'tiladigan vagonlardan o'qqa tushayotgan o'rtacha og'irlik, t.

Ishlab chiqilgan dasturning afzallik tomonlaridan yana biri unga kiritilayotgan vagonning raqami noto'g'ri kiritilishiga yo'l qo'yilmaydi, ya'ni vagon raqami tegishli qoida asosida tekshiriladi va u noto'g'ri kiritilganda "bunday raqam mavjud emas" yozuvi ishchi oynaga chiqariladi (2-rasm).

2-rasm. "Manyovr yarim reyslarini bajarish uchun poyezdning natur varag'i asosida vagonlarning hisobiy parametrlarini aniqlash" dasturiga vagon raqami to'g'ri kiritilmaganligining ko'rsatish fragmenti.

Tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan dastur orqali vagonning texnik tavsiflarini (o'qlar soni (Koq), og'irligi (qt) va uzunligi (lv)) olishning ishonchliligi tekshirildi. Bunda dastur orqali olingan vagonning texnik tavsiflari temir yo'l transportida foydalanilayotgan va "Tashishlarni tezkor boshqarishning avtomatlashtirilgan

ж

ТОЙНКЕЫТ ОАУ1_ДТ ТЙДЫЁРОЙТ иЫ1УЕЙЙ1Т£Т1

Ташкентский государственный транспортный университет

"Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте" АВРИИТТ-2021 I-Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)

^тГ'да и1апдап Winterm dasturi hamda onlayn tarzda doimiy ravishda yangilanib turiladigan https://vagon.by/number/ sayti orqali olingan ma'lumot asosida taqqoslandi (3-4-газт1аг).

3-rasm. Muayyan vagonning tavsifini temir уо'1 transportida foydalanilayotgan va "Tashishlarni tezkor boshqarishning avtomatlashtirilgan ^тГ^ и18пд8п Winterm dasturi orqali olish fragmenti.

х а

Форум Наши услуги О проекте

уадоп.Ьу/пишЬег/

Наименование типа грузового вагона

Дополнительная характеристика

й ■ *

Крытый 4-ссный с объемом кузова 120 куб м и более с уширенными дверными проемами бе5 тормозной площадки

Характеристики не содержит

Г рузо п о дъ ём н о сть 78 т

Масса тары вагона 24.0 т

Число осей 4

Длина вагона по осям сцепления автосцепок 14730 мм

Род вагона (2)

Учётный род вагона 20

Код типа грузового вагона 206

Проверить ещё один номер вагона

Номер- 25477852 :

4-rasm. Muayyan vagonning tavsifini temir уо'1 transportida foydalanilayotgan va onlayn tarzda doimiy ravishda yangilanib turadigan https://vagon.by/number/ sayti orqali olish fragmenti.

2-,4-rasmlarda ko'rsatilgan 25477852 raqamli vagonning texnik tavsiflari 3 ta holatda ham bir xil ma'lumotlami berdi va bu ishlab chiqilgan dastuming ishonchliligini ko'rsatdi.

Ж

TDSHKEIMT DAVLAT TRANSPORT UNItfERSlTETI

Ташкентский гссударстоенчый транспортный университет

"Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте" АВРИИТТ-2021 ^Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)

Tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishda qo'llash manyovr yarim reyslarini bajarishga sarflanadigan vaqt va yoqilg'i miqdorini vagonlarning hisobiy parametrlarini to'g'ri tanlash orqali aniqlash va manyovr lokomotivlari yoqilg'i sarfini me'yorlashning avtomatlashtirilgan ish joylarini yaratish imkoni beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. F. Jaehn, A. Otto, and K. Seifried, "Shunting operations at flat yards: retrieving freight railcars from storage tracks". OR Spectr., vol. 40. - PP. 367-393, 2018, doi: 10.1007/s00291-017-0495-x.

2. S.K. Khudayberganov, Sh.M. Suyunbayev, Sh.B. Jumayev. Results of application of the methods "Sologub" and Combinator sorting in the process of forming multi-group trains at the sorting station // Journal of Tashkent Institute of Railway Engineers, 15 (4). - PP. 62-72.

3. S.K. Khudayberganov, Sh.M. Suyunbayev, A.M. Bashirova, Sh.B. Jumayev. Results of application of the methods "Conditional group sorting" and "Combinatorial sorting" duringthe multi-group trains formation // Journal of Tashkent Institute of Railway Engineers, 16 (1). - PP. 89-95.

4. Dilmurod Butunov Baxodirovich, Sokijon Khudayberganov Kobiljonovich, Shinpolat Suyunbaev Mansuralievich. Modeling of unproductive losses in the operation of a sorting station / European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 2020, Volume 7, Issue 2, Pages 277-290, (https://ejmcm.com/article_2070.html).

5. Суюнбаев Ш.М., Саъдуллаев Б.А. Формирование многогруппных составов на двустороннем сортировочном устройстве / Universum: технические науки (электронный научный журнал). - Российская Федерация: ООО «МЦНО», 2020. - №9 (78). - С. 5-7.

6. Суюнбаев Ш.М., Жумаев Ш.Б., Ахмедова М.Д. Процесс расформирования и формирования многогруппного поезда на железных дорогах АО «Узбекистан темир йуллари» // Транспорт шёлкового пути. - 2020. - № 3. - С. 30-38.

7. Суюнбаев Ш.М., Жумаев Ш.Б., Буриев Ш.Х., Туропов А.А. Темир йул участкаларида ма^аллий вагонлар о^имини турли тоифадаги поездлар билан ташкил этиш усулларини техник-и^тисодий ба^олаш / Academic Research in Educational Sciences (ARES), Vol. 2, Issue 6 (2021), (Scientific Journal Impact Factor; №23). https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-6-492-508

8. Suyunbayev Sh.M., Khudayberganov S.K., Svetashev A.A., Jumayev Sh.B., Mikhayeva D.B., Olimov A.R. The method of determining minimum necessary number of sorting tracks depending on length of a group of wagons // Geintec-gestao magazine innovation and technologies, Volume-11, Issue 2, April 2021. - p. 19411960. https://doi.org/10.47059/revistageintec.v11i2.1810

9. Suyunbayev Sh.M., Jumayev Sh.B., Khusenov U.U., Nazirov N.N. The improvement decision method of decision on the choice of delivery of wagons to the defined station on the basis of information technologies // International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology (IJARSET) - 2021. -Vol. 8, №2. - pp. 16760-16770.

fr

TDSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITCTI

Ташкентский государственный транспортный университет

"Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте" АВРИИТТ-2021 ^Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)

10. Suyunbayev, Sh.M. and Butunov, D.B. (2019) "Development of classification of the reasons of losses in the work sorting stations" Journal of Tashkent Institute of Railway Engineers: Vol. 15: Iss. 2, Article 23. Available at: (https://uzjournals.edu.uz/tashiit/vol15/iss2/23).

11. Aripov N., Suyunbaev S., Azizov F., Bashirova A. Method for substantiating the spheres of application of shunting locomotives at sorting stations // E3S Web of Conferences, 2021, 264, 05048. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202126405048.

12. Sherzod Jumayev, Sakijan Khudayberganov, Oybek Achilov, Munira Allamuratova. Assessment criteria for optimization of parameters affecting to local wagon-flows at railway sites / E3S Web of Conferences, Vol.264, 05022 (2021). (Scopus) https://doi.org/10.1051/e3sconf/202126405022.

13. Суюнбаев Ш.М., Саъдуллаев Б.А. Выбор рационального варианта организации маневровой работы на станции // Материалы конференции «Приоритетные направления инновационной деятельности в промышленности». - Казань.: ООО «Конверт», 2020. - С. 183-186.

14. Методика тяговых расчетов для маневровой работы, Москва. 1988 г.

VEB-SAYTLARDA KIBER XAVFSIZLIKNI TA'MINLASH

CHORALARI

Olim MIRZAYEV,

PhD, O'zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining madaniyat muassasalari va havaskorlik san'atini rivojlantirish, raqamlashtirish axborot texnologiyalari va ta'lim muassasalari bo'yicha o'rinbosari G'ayrat MUHAMMADIYEV, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU "Axborot xavfsizligi" fakulteti

2-bosqich magistranti DOI: https://doi.org/10.47689/978-9943-7818-0-1-pp98-100

Annotatsiya: Veb-sahifalar gipermatnni uzatish protokoli (HTTP) va shifrlash (HTTP Secure) xavfsizlik mexanizmlaridan foydalanadi. Veb-saytning internet olamidagi roli muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun raqamli jinoyatlarning oldini olish uchun veb-saytlarning xavfsizligini ta'minlash talab qilinadi. Jinoyatchilar odamlar bilmagan har qanday vaziyatlarni nishonga olishadi. Ko'pchilikka ta'sir qiladigan muhim veb-saytlar bank, davlat, savdo va boshqa kabilar uchun xavfsizlik o'ta muhim. Samarali xavfsizlik dasturi xabardorlik, oldini olish, aniqlash, o'lchash kabilarxavfnikamaytirish uchun xizmat qiladi. Mukammalxavfsizlik degan narsa yo'q va qat'iyatlihujumchi mag'lub bo'lishiyoki deyarli chetlab o'tish yo'lini topishimumkin.

Xavfsizlik maqsadi maxfiylik, yaxlitlik va qulaylik asosida o'lchanadi.Veb-ilovalar tabiatan xavfsiz emas, chunki u noma'lum foydalanuvchilarga ega bo'lishga va serverga to'g'ridan to'g'ri kirish imkon beradi. Hatto xavfsizlik devoridan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.