Научная статья на тему 'TARVUZNING ZAMBURUG‘ KASALLIKLARI VA ULARGA QARSHI SAMARALI KURASH USULLARI'

TARVUZNING ZAMBURUG‘ KASALLIKLARI VA ULARGA QARSHI SAMARALI KURASH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
8
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarvuz / fuzarioz so‘lish / Fusarium oxysporum Schl. f. niveum Wr. Antraknoz kasalligi / Colletotrichum lagenarium Ellis et Halsted / zamburug‘larining tarqalishi / zarari / qarshi kurash usullari. / watermelon / fusarium wilt / Fusarium oxysporum Schl. f. niveum Wr. Anthracnose disease / Colletotrichum lagenarium Ellis et Halsted / spread of fungi / damage / control methods

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Rasulova M. B.

Ushbu maqolada tarvuzning kasallik qo‘zg‘atuvchi patogen Tarvuzning fuzarioz so‘lishi (fuzarioz vilt)ni Fusarium oxysporum Schl. f. niveum Wr. Antraknoz kasalligi Colletotrichum lagenarium Ellis et Halsted zamburug‘larining tarqalishi, zarari va ularga qarshi samarali kurash usullari haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FUNGAL DISEASES OF WATERMELON AND EFFECTIVE METHODS OF CONTROL

In this article, the disease-causing pathogen of watermelon Fusarium wilt of watermelon (fusarium wilt) is caused by Fusarium oxysporum Schl. f. niveum Wr. Anthracnose disease Colletotrichum lagenarium Ellis .et Halsted fungi distribution, damage and effective methods of combating them are given.

Текст научной работы на тему «TARVUZNING ZAMBURUG‘ KASALLIKLARI VA ULARGA QARSHI SAMARALI KURASH USULLARI»

UDK 582.28: 616.992: 632.4

Rasulova M. B.

"O'simliklar karantini va himoyasi" kafedrasi assistenti Andijon qishloq xo 'jaligi va agrotexnologiyalar instituti

TARVUZNING ZAMBURUG' KASALLIKLARI VA ULARGA QARSHI

SAMARALI KURASH USULLARI

Annotatsiya: Ushbu maqolada tarvuzning kasallik qo'zg'atuvchi patogen Tarvuzning fuzarioz so 'lishi (fuzarioz vilt)ni Fusarium oxysporum Schl. f. niveum Wr. Antraknoz kasalligi Colletotrichum lagenarium Ellis et Halsted zamburug'larining tarqalishi, zarari va ularga qarshi samarali kurash usullari haqida ma 'lumotlar berilgan.

Kalit so 'zlar: tarvuz, fuzarioz so 'lish, Fusarium oxysporum Schl. f. niveum Wr. Antraknoz kasalligi, Colletotrichum lagenarium Ellis et Halsted, zamburug'larining tarqalishi, zarari, qarshi kurash usullari.

Rasulova M. B.

Assistant of the Department of "Quarantine and Plant Protection " Andijan Institute of Agriculture and Agrotechnology.Annotation.

FUNGAL DISEASES OF WATERMELON AND EFFECTIVE METHODS OF CONTROL

In this article, the disease-causing pathogen of watermelon Fusarium wilt of watermelon (fusarium wilt) is caused by Fusarium oxysporum Schl. f. niveum Wr. Anthracnose disease Colletotrichum lagenarium Ellis .et Halstedfungi distribution, damage and effective methods of combating them are given.

Key words: watermelon, fusarium wilt, Fusarium oxysporum Schl. f. niveum Wr. Anthracnose disease, Colletotrichum lagenarium Ellis et Halsted, spread of fungi, damage, control methods

Kirish. Poliz ekinlaridan O'zbekiston sharoitida yuqori hosil olish, kasallik va zararkunandalarni yo'qotish, mavjud imkoniyatlardan to'g'ri foydalanish hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu sohani serdaromad, kam xarajatli sohaga aylantirish, ekish xarajatlarini kamaytirish, yuksak agrotexnikadan foydalanish, saqlashning kam harajatli yangi usullarini yaratish bilan bir qatorda havfli kasalliklarga qarshi samarali pestitsidlarni kam normalarida qo'llash, iqtisodiy zarar keltirishini hisobga olgan holda uyg'unlashgan himoyadan foydalanishga katta e'tibor berish zarur.

O'simliklarning zamburug'lar qo'zg'atadigan kasalliklari hosil sifati va miqdoriga salbiy ta'sir ko'rsatib qolmasdan, balki ularni ko'p hollarda butunlay nobud qilishi mumkin. Shu sababli fitopatogen mikroorganizmlarga qarshi samarali kurash choralarini ishlab chiqish fan va ishlab chiqarishning doimo diqqat markazida turadi.

Tadqiqotning maqsadi - Andijon viloyati xududlarida yetishtirilayotgan poliz ekinlarining patogen zamburug'larini tur tarkibini o'rganish, patogen zamburug'larning mavsumiy rivojlanish qonuniyatlari va tarqalishini taxlil qilish, qarshi kurash tizimini takomillashtirish va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot ob'ekti va uslubiyati. Poliz ekinlarida tarqalgan patogen zamburug'lar va ularning xo'jayin o'simliklari.

Tadqiqot predmeti. Poliz ekinlari zamburug' kasalliklarini qo'zg'atuvchi mikroorganizmlar va ularga qarshi qo'llaniladigan biologik hamda kimyoviy vositalar.

Tadqiqotlar poliz ekinlari ekilgan dalalardan kasallangan o'simlik namunalari olinib tuproq patogenlari bilan kasallanish darajasi aniqlanib, nam kamerada kasallikni qaysi zamburug' keltirib chiqarishi aniqlandi. Kuzatish vaqtida kasalliklarni tarqalishini aniqlash uchun dala sharoitida diogonal bo'yicha (kanvert shakliida) 10 ta namuna olindi, har bir namunada 10 tadan o'simlik hisobga olindi. Kasallikni zararini aniqlash uchun sog'lom va kasallangan o'simliklarni poyasini, bargini soni, bo'yi o'rganilib, mevalar pishish davrida hosilni og'irligi aniqlandi. Zamburug'larning turini aniqlashda quyidagi aniqlagichlardan foydalanildi A.A.Yachevskiy [1917], N.A.Naumov [1937], N.M.Pidoplichko [1953, 1977]. M.A.Litvinov [1967].

Doimiy kuzatish (statsionar) va tajriba olib borilgan joylarda o'simlik o'sish davri davomida muntazam kuzatishlar har o'n kundan keyin amalga oshirildi. Xo'jaliklardagi tabiiy va ekologik sharoitga bog'liq ravishda kuzatish uchun joylar, hisobdagi o'simliklar soni yoki dalachalar aniqlandi. Bunda kasallikning tarqalish darajasi, o'simliklarning turi, agrotexnik tadbirlarning sifati har bir ekin dalasi uchun alohida belgilandi. Kasallikning tarqalish darajasi quyidagi ko'rsatkichlar bo'yicha hisoblab chiqildi.

Poliz ekinlarning zamburug'lar keltirib chiqaradigan kasalliklarni ma'lum bir maydondagi kasallanish miqdorini foizdagi ifodasi kasallikning tarqalishi deyiladi va u quyidagi formula asosida topiladi: 100 . n

P = ----------------- , bunda

N

R - kasallikning tarqalishini % dagi ifodasi ; N - hisobi olingan o'simliklarning umumiy soni ; N - namunadagi kasal o'simliklar soni ;

Kasallikning xo'jalik bo'yicha tarqalishini o'rtacha ko'rsatkichi quyidagi formula yordamida aniqlanadi : ( S . P)

Py = ------------- bunda

S

Py - kasallikning xo'jalik bo'yicha tarqalishini o'rtacha ko'rsatkichini % dagi ifodasi;

S. P - kuzatuv o'tqazilgan dalaning maydoni har bir dalada tarqalgan kasallikning % dagi ko'rsatkichlarini ko'paytmasining yig'indisi; S - kuzatuv o'tkazilgan dalaning umumiy maydoni.

O'simlikning kasallanish darajasi - butun o'simliklarning yoki uning ayrim a'zolarining zararlangan yuzasining miqdorini hisoblash asosida aniqlandi. Zararlangan yuza miqdori foizda yoki ballda, maxsus tabaqalanish shkalasidan foydalanildi. Bu shkalalar ichida eng ko'p ishlatilgani to'rt balli shkaladir:

Ball O'simlikning yuzasini zararlanish darajasi, %

0 0

1 10

2 11-25

3 26-50

4 50 dan yuqori

Kasallikning rivojlanishi yoki kasallik indeksi - foizda ifodalanib, quyidagi formula bilan topiladi:

R = (a x b) x 100 NK;

Bunda: (ab) - kasallangan o'simliklar miqdori (a) ning kasallanish ballga bog'liq summasi;

N - nazorat qilingan o'simliklarning umumiy miqdori (sog'lom va kasallangan); K - hisobdagi eng yuqori ball.

Kasallik indeksi ma'lum joydagi kasallikning o'rtacha rivojlanish darajasini ko'rsatadi.

Kasallik tufayli hosil miqdorining kamayishini hisobga olish - foizda hisoblanib quyidagi formuladan foydalanildi:

U = (A - a) ■ 100 ■ A

Bunda:

U - hosil miqdorini kamayishi; A - sog'lom o'simlik hosili; a - kasallangan o'simlik hosili.

Fitopatologik tadqiqotlar o'tkazishda ekin maydonining umumiy holati ko'rib chiqildi. Umumiy maydon uchta maydonchalarga bo'linib, kasallanmagan, kuchsiz va kuchli kasallangan dalalarga ajratildi. Bunda kasallikning dala bo'ylab teng tarqalishi yoki ayrim maydonlarda tarqalishi hisobga olindi. Ilmiy ishni bajarishda poliz ekinlari dalalaridan yig'ilgan gerbariy namunalari manba bo'lib xizmat qildi. Namunalarni yig'ish marshrut asosida o'simliklarning butun vegetatsiya davrida amalga oshirildi. Kasallangan o'simlik namunalaridan qabul qilingan usullar asosida gerbariy namunalari tayyorlandi. Gerbariy namunalarini taxlil qilish laboratoriya sharoitida mikroskopik va biologik usullarda olib borildi. Mikromitsetlarning tur tarkibini aniqlashda mavjud aniqlagichlar (Pidoplichko, 1977-1978 va bosh.) va «O'zbekistana zamburug'lar florasi» (1983-1997) ma'lumotlaridan foydalanildi.

Olinlan natijalari. Bizning kuzatuvlarimiz 2024 yilda tarvuzda Andijon viloyatining Bo'ston tumanidagi "Sayyora favvorasi" MChJ klaster korxonasi dalalarida olib borildi.

Bo'ston tumanidagi "Sayyora favvorasi" MChJ klaster korxonasi xo'jaligining 8,4 gektar maydonida ekilgan tarvuz o'simliklarida un-shudring kasalligi barcha qismlarida qayd etildi. Kuzatilgan dalalarning barchasida ekinlarga oltingugurt bilan ikki marta ishlov berilgan va ularda un-shudring kasalligining tarqalishi (812%) va rivojlanishi (0-30%, o'rtacha 1-10%) xavfli darajaga yetmagan. Bodring, qovun va tarvuzda un shudring kasalligini Erysiphales tartibiga mansub Erysiphe cichoracearum DC. f. cucurbitacearum Pot., Sphaerotheca fuliginea Poll. f. cucurbitae Jacz. xaltali zamburug'lari qo'zg'atadi.

Tadqiqotlar davomida yig'ilgan gerbariy namunalari fitopatologik tahlil qilinganida, kasallik qo'zg'atuvchi zamburug'larning mikroskopik belgilariga asoslanib, xo'jalik dalasida tarvuzda un-shudring zamburug'i (konidiyalari 17-52x9-32 mkm, o'rtacha 31,6x21,0 mkm) 20% gacha zararlashi qayd etildi. Tarvuzda tarqalgan un-shudring kasalligining qo'zg'atuvchisi esa Sphaerotheca fuliginea Poll. f. cucumidis Jacz. tur va formalari ekanligi aniqlandi. Poliz ekinlarining un-shudring kasalligi kasalligi bevosita o'simlik navi va atrof muxit sharoitlariga bog'liq bo'lib, bunda yuqori agrotexnika, dexqonchilik madaniyatiga rioya etish muhim axamiyatga egadir. Un shudring kasalligi bilan bevosita kurashda qo'llash uchun O'zbekistonda ikkita preparat - tuyilgan oltingugurt (15-30 kg/ga me'yorida) va Bayleton 25% n. kuk. (0,3-0,5 kg/ga) ro'yxatga olingan. Ekinda un-shudring kasalligining birinchi belgilari paydo bo'lishi bilan o'simliklarni oltingugurt preparatlari bilan ishlov berish kasallikning rivojini sekinlashtiradi yoki butunlay to'xtatadi. Kasallik rivojlanishi yuqori bo'lgan xolatlarda Bayleton preparati bilan ishlov berish lozim. Agar keyinchalik kasallik rivojlanishini davom etsa, ishlov berishni takrorlash darkor; bir mavsumda tuyilgan oltingugurt bilan 5-7 marta, Bayleton bilan 3 martagacha ishlov berish tavsiya etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.

1. Пидопличко Н.М. Грибы паразиты културных растений. Определител в ЗТ.-Киев:, 1977-1978. - С. 79.

2. Камбарова, М. Х., Расулова, М. Б., & Муйдинова, М. (2019). Распространение микроорганизмов в почве. Академическая публицистика, (5), 115-117.

3. Расулова, М. Б., Нуралиев, Х. Х., & Камилов, Ш. Г. (2013). Грибковые болезни бахчевых культур, распространяемые через семена. science and world, 41.

4. Нуралиев, Х. Х., & Расулова, М. Б. (2020). Распространение болезни «Мучнистая роса» на бахчевых культурах и меры борьбы с ней. Актуальные проблемы современной науки, (6), 81-83.

5. Xolmurodov E.A, M.A.Zuparov, R.S.Sattarova, X.X.Nuraliyev. va boshqalar. Q/X. fitopatologiyasi Toshkent. 2014 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.