Научная статья на тему 'TARMOQ TEXNOLOGIYALARI KURSINI O‘QITISHNI TAKOMILLASHTIRISH'

TARMOQ TEXNOLOGIYALARI KURSINI O‘QITISHNI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

102
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ilhom Doʻstnazarovich Gʻaniyev

Tarmoq texnologiyalaridan foydalanish diqqatni jamlashning o„ziga xos psixologik jihatlarini rivojlantirish, barqarorlik, e‟tiborlilik darajasi, e‟tiborni taqsimlash va qaytadan fikrni jamlashga yordam beradi. Bundan tashqari, ta‟lim berayotgan va ta‟lim oluvchi o„rtasida mustahkam aloqa o„rnatiladi. O„quv muassasasining veb saytlari, shuningdek pedagoglarning shaxsiy veb sahifalari, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish uchun yangi yo„nalishni ochishga imkoniyat yaratadi. Talabalar fanlardan amaliy va laboratoriya ishlar bajarishda sohaga oid axborotlarni olish, qayta ishlash va uzatishda ijodiy va kommunikativ yondashish sust holatda uchraydi. Bunday vaziyatda tarmoq texnologiyasidan foydalanib, dars jarayonida nazariy bilimlarni qo„llash mexanizmini chuqur va ko„rgazmali o„rganish imkonini beradi. Jumladan, tarmoq texnologiyalari asosida talabalar o„quv xonasidagi texnik qurilmalarni o„z o„rnida qo„llay olishi, ular o„qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishlarida mavjud tarmoq texnologiyasi imkoniyatlaridan foydalana olishlari imkoniyatini ko„rsatadi. Tarmoq texnologiyasi asosida ishlaydigan kompyuter sinflarida quyidagi tarmoq xizmatlaridan foydalanib, o„quv jarayonini tashkil etish mumkin: fayl-server, proksi-server, boshqaruv xizmatlari va boshqalar. Bu tarmoq xizmatlaridan foydalanib o„qitishni tahlil qiladigan bo„lsak, fayl-serverli tarmoqning o„quv jarayonida bir qator imkoniyatlari mavjud bo„lib, talabalar mijoz kompyuterlar orqali ajratilgan serverdagi ma‟lumotlar bazasidan foydalanishi mumkin. O„qituvchi server kompyuterdan tarmoq dasturiy ta‟minoti orqali mijoz kompyuter bilan aloqani o„rnatish imkoniyatlaridan foydalanadi [1]. Dars jarayonida tarmoq va axborot texnologiyalarini qo„llash yordamida diqqatni bir ob‟yektdan boshqasiga qayta ulash qobiliyatini rivojlantirish mumkin. Rossiyalik pedagog olim G.M.Kodjaspirov fikricha, o„quv dasturlaridan foydalanish va ularni tahlil qilishda psixologik, pedagogik, metodik va tashkiliy jihatlarni unutmaslik lozim. Ushbu jihatlar jarayonlarni butunligicha tashkil etish va o„qitishning samaradorligi, o„quv dasturlarini tashkil etishga talablar, ta‟lim oluvchilarning motivatsiyasini ham hisobga oladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARMOQ TEXNOLOGIYALARI KURSINI O‘QITISHNI TAKOMILLASHTIRISH»

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligi

g

TARMOQ TEXNOLOGIYALARI KURSINI O'QITISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Ilhom Do'stnazarovich G'aniyev

Chirchiq davlat pedagogika universiteti, katta o'qituvchisi

Tarmoq texnologiyalaridan foydalanish diqqatni jamlashning o'ziga xos psixologik jihatlarini rivojlantirish, barqarorlik, e'tiborlilik darajasi, e'tiborni taqsimlash va qaytadan fikrni jamlashga yordam beradi. Bundan tashqari, ta'lim berayotgan va ta'lim oluvchi o'rtasida mustahkam aloqa o'rnatiladi. O'quv muassasasining veb saytlari, shuningdek pedagoglarning shaxsiy veb sahifalari, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish uchun yangi yo'nalishni ochishga imkoniyat yaratadi. Talabalar fanlardan amaliy va laboratoriya ishlar bajarishda sohaga oid axborotlarni olish, qayta ishlash va uzatishda ijodiy va kommunikativ yondashish sust holatda uchraydi. Bunday vaziyatda tarmoq texnologiyasidan foydalanib, dars jarayonida nazariy bilimlarni qo'llash mexanizmini chuqur va ko'rgazmali o'rganish imkonini beradi. Jumladan, tarmoq texnologiyalari asosida talabalar o'quv xonasidagi texnik qurilmalarni o'z o'rnida qo'llay olishi, ular o'qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishlarida mavjud tarmoq texnologiyasi imkoniyatlaridan foydalana olishlari imkoniyatini ko'rsatadi. Tarmoq texnologiyasi asosida ishlaydigan kompyuter sinflarida quyidagi tarmoq xizmatlaridan foydalanib, o'quv jarayonini tashkil etish mumkin: fayl-server, proksi-server, boshqaruv xizmatlari va boshqalar. Bu tarmoq xizmatlaridan foydalanib o'qitishni tahlil qiladigan bo'lsak, fayl-serverli tarmoqning o'quv jarayonida bir qator imkoniyatlari mavjud bo'lib, talabalar mijoz kompyuterlar orqali ajratilgan serverdagi ma'lumotlar bazasidan foydalanishi mumkin. O'qituvchi server kompyuterdan tarmoq dasturiy ta'minoti orqali mijoz kompyuter bilan aloqani o'rnatish imkoniyatlaridan foydalanadi [1]. Dars jarayonida tarmoq va axborot texnologiyalarini qo'llash yordamida diqqatni bir ob'yektdan boshqasiga qayta ulash qobiliyatini rivojlantirish mumkin. Rossiyalik pedagog olim G.M.Kodjaspirov fikricha, o'quv dasturlaridan foydalanish va ularni tahlil qilishda psixologik, pedagogik, metodik va tashkiliy jihatlarni unutmaslik lozim. Ushbu jihatlar jarayonlarni butunligicha tashkil etish va o'qitishning samaradorligi, o'quv dasturlarini tashkil etishga talablar, ta'lim oluvchilarning motivatsiyasini ham hisobga oladi [1].

Buyuk mutafakkir pedagog K.D.Ushinskiy ta'lim

https://cspi.uz/

oluvchilarning e'tiborini rivojlantirishga sabab bo'ladigan,

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies^n^heEduçationMproçes^

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

ta'limda muvaffaqiyatga erishishda yordam beradigan bu omil juda ham muhim ekanligini qayd etgan. K.D.Ushinskiy tomonidan o'qitishda texnik vositalardan foydalanish psixologik xususiyatlarni rivojlantirishga yordam berishi quyidagicha tavsiflangan.

1. Diqqatlilik. O'qitishning texnik vositalarida qo'llaniladigan yorug', rangli obrazlar qandaydir aniq ob'yekt haqida talabalar e'tiborini jamlashi mumkin.

2. Barqarorlik. Texnik vositalar sababi bilan qiziqish talabalarning qo'yilgan vazifadan chalg'imasliklariga imkon beradi.

3. E'tiborlilik darajasi. Yetarli darajada talabalar qamrab oladigan axborot miqdori, tarmoq texnologiyasidan foydalanish yordamida ortishi mumkin, bu uning tarqalish dinamikasi va xilma-xilligiga asoslangan.

4. E'tiborning taqsimlanishi. Odatda talabalar uchun bir vaqtning o'zida bir qancha ob'yektlarga e'tiborni qaratish va ularni to'liq qabul qilish murakkab hisoblanadi, lekin tarmoq texnologiyalaridan foydalanish ushbu xususiyatlarni sezilarli rivojlantirishi mumkin. Bu holatda kompyuter sinflarida boshqaruv tizimlaridan foydalangan holda o'quv jarayonini samarali tashkil etish va kompyuter qurilmalaridan foydalanishda o'qituvchiga katta imkoniyat yaratib berishi mumkin. O'qituvchi mavzuga oid o'quv materiallarni talabalarga bosh kompyuter orqali uzatishi mumkin va uni o'rgatishda boshqaruvchi tizimlarning texnik va dasturiy vositalaridan foydalanadi. Texnik va dasturiy vositalar yordamida qisqa vaqt ichida talabalarga amaliy tushunchalar berish, shu bilan birga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash orqali darsni sifatli tashkil etish mumkin.

5. O'tkazilish xususiyati. Dars jarayonida tarmoq va axborot texnologiyalarini qo'llash yordamida diqqatni bir ob'yektdan boshqasiga qayta ulash qobiliyatini rivojlantirish mumkin [2].

Mavzuning dolzarbligi shundaki, bizning mamlakatimizda ijtimoiy tarmoqlardan ta'lim maqsadlarida foydalanish amaliyoti keng tarqalgan emas. Ijtimoiy tarmoqlar bo'sh vaqt o'tkazish, do'stlar bilan suhbatlashish va ta'limga oid bo'lmagan sahifalarni ko'rish uchun vosita sifatida qaraladi. Ammo o'qituvchining ta'lim faoliyatida ijtimoiy tarmoqlardan ta'lim jarayoni muammolarini hal qilish uchun foydalanish mumkin.

REFERENCES

1. Kodjaspirova G.M., Petrov K.V, Texnicheskiye sredstva obucheniya i metodika ix ispolzovaniya. - M.: «Akademiya», 2001.-S. 256).

https://cspi.uz/

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

39

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process

g

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligi

g

2. Ushinskiy K.D. Izbrannie pedagogicheskiye sochineniya. V 2-x tomax. - Md.: «Pedagogika», 1974. Tom 1. -S. 339-341)

3. Amirov D.M. Atadjanov A.YU. va boshqalar. Axborotkommunikatsiya texnologiyalari izohli lug'ati. BMTTDning O'zbekistondagi vakolatxonasi, 2010 y.

4. Ganiev I.D. Basic Requirements For Educational Electronic Resource / Creativity and Intellect in Higher Education: International Scientific-Practical Conference, 138139. Retrieved from.

5. Ganiev I.D. (2023). Classification of educational electronic resource and electronic resource. "online - conferences" platform, 135-137.

6. Ганиев И. Д. Тенденции преподавания курса сетевых технологий // Образование и инновационные исследования (2023 год №7). 383-387.

7. Ганиев И.Д. "blended learning" и "flipped classroom" в совершенствовании методической системы обучения сетевым технологиям // Мугаллим х,эм узликсиз билимлендириу. (4/2 2023) 340-343.

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.