Научная статья на тему 'TARIXIYMADANIY YONDASHUV VOSITASIDA BO’LAJAK HARBIY PEDAGOGLARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH'

TARIXIYMADANIY YONDASHUV VOSITASIDA BO’LAJAK HARBIY PEDAGOGLARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
13
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
harbiy-pedagogik

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Furqat Mavlonov

Respublika Qurolli Kuchlari tizimida harbiy xizmatchilar kasbiy madaniyatini oshirish yo‘lida mavjud manbalarni o‘rganish va dastlabki tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish mazkur jarayonga madaniy-tarixiy yondashuvni qaror toptirish samarali ekanligini ko‘rsatdi. Madaniy-tarixiy va integrativ yondashuv keng qamrovli harbiy faoliyatni tadqiq etishda harbiy xizmatchilarning shaxs ontogenezini o‘rganish, shuningdek, harbiy-pedagogik jarayonning tashkiliy, g‘oyaviy va uslubiy asoslarni ishlab chiqishni taqozo etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARIXIYMADANIY YONDASHUV VOSITASIDA BO’LAJAK HARBIY PEDAGOGLARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

TARIXIY- MADANIY YONDASHUV VOSITASIDA BO'LAJAK HARBIY

PEDAGOGLARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH

Furqat Mavlonov

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti "Pedagogika va umumiy psixologiya"

kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10014184

Respublika Qurolli Kuchlari tizimida harbiy xizmatchilar kasbiy madaniyatini oshirish yo'lida mavjud manbalarni o'rganish va dastlabki tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish mazkur jarayonga madaniy-tarixiy yondashuvni qaror toptirish samarali ekanligini ko'rsatdi. Madaniy-tarixiy va integrativ yondashuv keng qamrovli harbiy faoliyatni tadqiq etishda harbiy xizmatchilarning shaxs ontogenezini o'rganish, shuningdek, harbiy-pedagogik jarayonning tashkiliy, g'oyaviy va uslubiy asoslarni ishlab chiqishni taqozo etadi.

Harbiy xizmatchilarning kasbiy madaniyatini oshirish, umuman, Respublika Qurolli Kuchlari tizimini takomillashtirishda ommaviy axborot vositalarining ham roli katta. Shu sababli ommaviy axborot vositalari sahifalarida Qurolli Kuchlar tizimida erishilayotgan yutuqlar, sohada hal etilishi zarur bo'lgan masalalar, shu jumladan, harbiy xizmatchilar faoliyatlarini keng yoritish lozim. Zero, jamoatchilikning o'z faoliyatlariga nisbatan befarq emasligini anglash harbiy xizmatchilarni ijodiy izlanishga, yurishilgan yutuqlarni boyitishga rag'batlantiradi.

Madaniy-tarixiy yondashuvga tayangan holda me'yoriy hujjatlarni o'rganish, maxsus harbiy va harbiy-pedagogik adabiyotlarning tahlili harbiy faoliyatni tashkil etishda quyidagi jihatlarning ustuvor o'rin tutishini ko'rsatdi:

- har bir harbiy xizmatchining o'ziga xos individual sifatlarga egaligi;

- shaxsiy tarkibning muayyan xizmat vazifalarni bajarishga mas'ulligi;

- harbiy xizmat maqsad va vazifalarining harbiy xizmatchiga beriladigan buyruq mazmuni aks etishi;

- xizmat vazifalarini bajarishda zarur axborotlar bilan ta'minlanish, yetarli darajada nazariy bilim va amaliy malakaga ega bo'lish;

- kommunikatsiya vositalaridan samarali, maqsadga muvofiq va o'rinli foydalana olish.

Madaniy tarbiyaning ijtimoiy-hissiy jihatlari (vatanparvarlik, atrofdagilarga ijobiy

munosabat, o'rtoqlik tuyg'ulariga ega bo'lish) kuchli ta'sirga ega. Harbiy xizmatchilarni harbiy faoliyatga tayyorlash va qayta tayyorlash ijtimoiy maqsad, vazifalar hamda harbiy xizmatchi shaxsiga qo'yiladigan talablarga qat'iy amal qilish talab etiladi.

Ijtimoiy so'rovlar, hujjatlarni o'rganish, nazariy-qiyosiy tahlil, suhbat, intervyu va pedagogik kuzatish metodlari yordamida harbiy tizimda harbiy xizmatchilar kasbiy madaniyatini ta'minlashga bir qator omillar samarali ta'sir ko'rsatishi aniqlandi. Ular quyidagilardan iborat:

- harbiy jamoaning ma'naviy-ruhiy holati;

- harbiy mehnatga to'lanadigan haq;

- mehnat shart-sharoitlari;

- harbiy jamoaning boshqaruv usuli;

- harbiy xizmat pog'onasida o'sish shart-sharoiti;

- harbiy tizim doirasida ijtimoiy ta'minlanganlik.

Mazmuniga ko'ra, harbiy faoliyat o'zida quyidagi xususiyatlarni aks ettiradi:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

1. G'oyaviylik harbiy xizmatchilar kasbiy faoliyatining yo'naltirilganligi bo'lib, harbiy faoliyat mazmunini belgilab beradi. Harbiy faoliyat mazmunini shakllantirishda milliy istiqlol g'oyasi va mafkurasi tamoyillari metodologik asos bo'lib xizmat qiladi.

2. Ma'naviy-ma'rifiy g'oyalar harbiy faoliyat asosini tashkil etadi. Vatan himoyasiga tayyorlik, vatanparvarlik hissiga egalik, xizmat burchlarini sidqidildan ado etish, g'oyaviy, ma'naviy-axloqiy hamda ruhiy-irodaviy sifatlarni o'zlashtira olish kabi jihatlar harbiy xizmatchilar faoliyatining ma'naviy asoslarini tashkil etadi. Harbiy xizmatchilarning tafakkur, dunyoqarash hamda umumiy madaniyatlari harbiy faoliyatning samarasi va ijobiy natijasini kafolatlaydi. Ma'naviy-axloqiy sifatlar va kasbiy bilimlarga egalik harbiy xizmatchilar hayoti va faoliyatida yetakchi o'rin tutuvchi qadriyatlarni belgilab beradi, shuningdek, ijtimoiy burchni bajarish, harbiy xizmatga nisbatan ijobiy munosabatni tarkib toptiradi. Eng muhimi, harbiy xizmatchilar harbiy faoliyatning ijtimoiy-milliy ahamiyatini to'g'ri anglaydilar va ularda kelajakka ishonch yuzaga keladi.

3. Kasbiy xususiyat muhim fenomen hisoblanib, harbiy xizmatchilarning mavjud talablarga rioya etishlari hamda o'z xizmat vazifalarini bajarishlarida namoyon bo'ladi. Harbiy xizmatchilarning kasbiy faoliyatga nisbatan yondashuvlari ularning shaxsiy munosabatlarinigina emas, balki harbiy jamoaning umumiy munosabatlarini ham ifodalaydi. Harbiylik faoliyatining kasbiy xususiyatlari jamiyat a'zolarida harbiy xizmat, harbiy burch va Respublika Qurolli Kuchlar tizimiga nisbatan munosabatlarining shakllanishiga ta'sir ko'rsatadi.

4. Huquqiy-me'yoriy jihat kasbiy faoliyatning ma'lum huquqiy me'yorlar harbiy xizmatchilarning huquqiy manfaatlarini himoya qiladi, bu esa o'z navbatida faoliyatni samarali tashkil etishga ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, harbiy xizmatchilarning boshqaruv, hamkasblar bilan munosabatni tashkil etish hamda harbiy texnika va qurol-yaroqlardan foydalanishga mas'uliyatli yondashish, javobgarlikni his etishga yordam beradi.

5. Ruhiy-pedagogik jihat harbiy xizmatchilarning umumiy tayyorgarliklari - ma'naviy-axloqiy sifatlarga egaliklari, huquqiy savodxonlik va kasbiy tayyorgarlik darajasi, umuman olganda, armiya shaxsiy tarkibining jangovar shayligi bilan bog'liq. Har bir harbiy xizmatchining dunyoqarashi, g'oyaviy e'tiqodi, vatanparvarlik tuyg'usiga egaligi va o'z kasbiga sodiqligi harbiy jamoalar faoliyatini belgilashda ham alohida ahamiyat kasb etadi. Harbiy xizmatchilarning ruhiy kamoloti harbiy sirni saqlash, xizmat ma'lumotlarining maxfiyligini anglashda yanada yaqqol aks etadi.

Harbiy xizmatchilarning harbiy-kasbiy talabnomasini tuzishda harbiylik faoliyatining mazmunigina emas, balki ularning harbiy xizmatni tashkil etishdan ko'zlangan maqsadlari, zimmalariga yuklangan vazifalar va ularni bajarishga qo'yiluvchi talablar inobatga olinishi zarur.

Harbiy kadrlar bo'lgan harbiy xizmatchilarni kasbiy nuqtai nazardan tayyorlash va qayta tayyorlashda ularning gnostik, pertseptiv hamda ijtimoiy-kommunikativ malaka, shuningdek, kasbiy madaniyat ko'nikmalari va mahoratiga egaliklariga alohida e'tibor qaratish lozim. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish jarayonida harbiy xizmatchilarning shaxsi va imkoniyatlarini o'rganish, shuningdek, kasbiy faoliyatlarini bevosita kuzatish asosida ishlab chiqilgan va ularning kasbiy madaniyatini oshirishga xizmat qiluvchi amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishda harbiy xizmatchilarning gnostik, pertseptiv hamda ijtimoiy-kommunikativ malaka, shuningdek, kasbiy faoliyat ko'nikmalari va mahoratiga ega bo'lishlarini ta'minlovchi jihatlarning inobatga olinishiga e'tibor qaratildi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE

TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"

_October 19-20, 2023_

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022 - 2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida» 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli farmoni.

2. Mavlonov F.F. Harbiy xizmatchilarning vatanparvarlik kompetensiyalarini rivojlantirisnda sharq mutafakkirlarining o'rni. //Science and innovation, international scientific journal, Volume 1, ISSUE 6, 2022. ISSN 2181-3337.

3. Mavlonov F.F. Technologies for the development of professional culture in the formation of patriotic competences of military servants // International Journal of Pedagogics, Volume 2, Issue 12, 2022. P. 57-66.

4. Mavlonov F.F. Harbiy xizmatchilarning kasbiy madaniyatini rivojlantirishning ilmiy-nazariy pedagogik asoslari. //Xalq ta'limi - Toshkent, 2022. № 5. -B. 35-40.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.