Научная статья на тему 'TARIXIY SHAHARLARNI TIKLASHDA MAHALLA MARKAZLARINING ZAMONAVIY SHAKLLANISHINI TAKOMILLASHTIRISH USULLARI'

TARIXIY SHAHARLARNI TIKLASHDA MAHALLA MARKAZLARINING ZAMONAVIY SHAKLLANISHINI TAKOMILLASHTIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

268
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mahalla / shaharsozlik / Samarqnd / markaz / arxitektura

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Farrux Muysinovich Madiyev

Mahalla markazining tadiqiqotida keltirilgan yaxlit umumlashgan ilmiy modelining asosi bo„lib xizmat qildi. Uni ishlab chiqarish mahalla markazlarini shakllantirishning qadimiy man‟aviy an‟analarini o„rganish va rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Samarqand shahrining tarixiy qismidagi mavjud ko„p yillik tarixga ega, milliy an‟analar asosidagi tarixiy mahalla markazlari va umumshahar muhitining yuqotilishi, qayta tiklash va qurish sohasida nuqsonlar mavjudligi tezkorlik bilan bu sohaga professional yondoshishni talab qiladi. Ilk qadam sifatisha keltirilgan model asosida mahalla markazlarini tajriba sifatida qurish, keyin esa O„zbekiston zaminida ko„p asrlar davomida shakllangan, milliy an‟analarni jadal rivojlantirishga xizmat qiladigan zamonaviy mahalla markazlarini yaratish ustida ishni davom ettirish, amaliyotga tadbiq etish orqali erishish mumkin

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARIXIY SHAHARLARNI TIKLASHDA MAHALLA MARKAZLARINING ZAMONAVIY SHAKLLANISHINI TAKOMILLASHTIRISH USULLARI»

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

TARIXIY SHAHARLARNI TIKLASHDA MAHALLA MARKAZLARINING ZAMONAVIY SHAKLLANISHINI TAKOMILLASHTIRISH USULLARI

Farrux Muysinovich Madiyev

Samarqand davlat arxitektura - qurilish universiteti katta o'qituvchisi

dj fmfarruh@gmail. com

Mahalla markazining tadiqiqotida keltirilgan yaxlit umumlashgan ilmiy modelining asosi bo'lib xizmat qildi. Uni ishlab chiqarish mahalla markazlarini shakllantirishning qadimiy man'aviy an'analarini o'rganish va rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Samarqand shahrining tarixiy qismidagi mavjud ko'p yillik tarixga ega, milliy an'analar asosidagi tarixiy mahalla markazlari va umumshahar muhitining yuqotilishi, qayta tiklash va qurish sohasida nuqsonlar mavjudligi tezkorlik bilan bu sohaga professional yondoshishni talab qiladi. Ilk qadam sifatisha keltirilgan model asosida mahalla markazlarini tajriba sifatida qurish, keyin esa O'zbekiston zaminida ko'p asrlar davomida shakllangan, milliy an'analarni jadal rivojlantirishga xizmat qiladigan zamonaviy mahalla markazlarini yaratish ustida ishni davom ettirish, amaliyotga tadbiq etish orqali erishish mumkin.

Kalit so'zlar: mahalla, shaharsozlik, Samarqnd, markaz, arxitektura.

Shaharlarning shaharsozlik tizimida mahalla markazlarining rivojlanish yo'llari, ularning kompozitsion-muxit sifatlari va boshqa arxitektura xususiyatlarini tadqiq qilish shunday xulosaga olib keladiki, o'rganilayotgan ob'ektlar Sharq arxitekturasida faqatgina noyob ob'ektlar bo'lib qolmay, ular zamonaviy shaharsozlik amaliyotida ham katta ahamiyat kasb etadi.

Taassufki, xozirga vaqtda tarixan shakllangan shaharsozlik tarkibida «qimmatli qadriyat» tamoyili anchagina yo'qotilgan. Boshqacha qilib aytganda, mahalla markazlari rivojlanishining tarixan shakllangan tizimi ko'p joylarda buzilgan. Kupincha rejada ob'ektlar joylashishida anik bir tizim muammosi uchraydi. Bu narsa turar-joy binolarini qurish jarayonida shahar muhit-rejalashtirish tuzilishidagi deformatsiya bilan tushuntiriladi. Machitlarning bir qismi yo'qolib ketganligi uchun bunday o'zgarishlarning ko'lami bundan ham katta bo'lgan degan taxminni beradi. Irrigatsion tizimlarning yo'qotilishi tarixiy xududlarda suv

ANNOTATSIYA

KIRISH

zaxiralarining kamayishi oqibatda obodonlashtirish tizimiga putur

November, 2022

yetishiga olib kelgan. Bir so'z bilan aytganda, bino - vayrona, foydalanish uchun yaroqsiz joyga aylanib qolgan [8].

Hozirgi vaqtda markaz tarkibida faqatgina ba'zi binolarigina saqlanib qolgan mahalla markazlari saqlanib qolgan. Ular nafaqat me'morchilik yodgorliklari ko'rinishida emas, balki mahalla a'zolari to'planadigan va dam oladigan markaz sifatida ham yetib kelgan. Mahalla markazlari bugungi kunda choyxona va boshqa umumiy-maishiy va ma'muriy-xo'jalik muassasalariga aylangan.

Samarqand shahri Chiroqchi ko'chasidagi Yomini mahalla markazi. Machit binosi yarim vayrona holatida. Uning butunlay vayronaga aylanishini oldini olish uchun zudlik bilan qayta tiklash ishlarini amalga oshirish kerak. Ansamblning yog'ochdan yasalgan qismidan foydalanilmaydi. Uning yonidan rejasiz ravishda mahalla klubi binosi kurilgan. Machit devorlari katta yoriqlarga ega va sharsimon gumbazni zurg'a tutib turibdi. Gumbazning holati qoniqarsiz, mustahkamlashga muhtoj. Umuman olganda majmua texnik avriya xolatida. Hovuz ko'milib ketgan, minora saqlanib kolmagan. Dastlabki xolatining yo'qotilish darajasi 70 %.

Samarqand shahri So'zangaron ko'chasidagi Ibroxim Xuja (XIX asr oxiri) machiti. Majmua kurilganidan buyon 1945 yilda bir marta ta'mirlash amalga oshirilgan. Maxalla oqsoqollarning ta'kidlashicha, ta'mirlashgacha machitda novvoyxona joylashgan, natijada markaziy ustun deyarli kuyib ketgan. Machitning janubi-garbiy burchagiga xujra taqalib turadi. Dastlabki xolatini deyarli yuqotib bo'lgan. Kirish yo'lida ravoqlargina saqlanib qolgan. Taxorataxona buzilib ketgan, u machitdan biroz chetda joylashgan bo'lib, gumbaz bilan yopilgan, ichida suv tuldirilgan hovuz bulgan. Hovuz atrofiga ibodatga kelganlar joylashishgan va nomoz oldidan tahorat olishgan. So'zangaron kuchasining narigi tomonida hovuz va choyxona bor. Hovuz machit kurilishi vaqti bilan bir vaktda bunyod etilgan. Xozirga vaqtda u chiqindilar bilan to'lgan. Dastlabki xolatining yuqotilish darajasi 60% [6].

Mahalla ansambllarining yomon saqlanganligi va o'zboshimchalik bilan rekonstruksiya kilinishiga misollar shunchalik ko'pki, ularni bir bo'limga sig'dirib bo'lmaydi. Foydalanish va ishlatilishga yaroqli bo'lganlarini sanab o'tish ancha oson tuyuladi. Lekin ular ham ta'mir talab holatda. Bularning barchasi saqlanib qolgan me'morchilik majmualarining soni va jismoniy xolatining yomonlashish tendensiya si tug'risida uylashga majbur qiladi. Lekin dastlabki sifatlarining yuqotilishiga qaramasdan tarixan shakllangan mahalla markazlari barchaning e'tiborini tortadi.

Barcha mahalla markazlarining ahvolini yomon deb bo'lmaydi. Samarqandning Registon maydoni yaqinidagi, Qo'shhovuz mahallasi markazlarini aloxida ta'kidlab utish mumkin. Bunday ob'ektlarning kattagina qismi funksional extiyojlarni kondiradi,

November, 2022

419

badiiy-estetik jihatlariga keladigan bo'lsak, ular xali yetarli darajada emas. Shunday ob'ektlarga misol tariqasida Go'ri Amir mahalla markazini keltirish mumkin. Majmua kuyidagilar o'z tarkibiga olgan: mahalla raisi, xotin-qizlar qo'mitasi xonalari, choyxona va xo'jalik-maishiy xonalari. Hovlida uncha katta bo'lmagan suv g'avzasi bor, natijada foydalanilayotgan xududda yaxshigina mikroiqlim xosil bo'lgan. Majmuaning funksional tarkibiy qismidagi asosiy element ulug' vatan urushi qatnashchilari ramzi tushirilgan fasad va halok bo'lganlarning nomlari tushirilgan memorial taxtadir. Majmuaning bu elementi o'sib kelayotgan avlodni o'z xalqining o'tmishiga xurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan.

Xalq arxitekturasida uzviylik jihatlarining yo'qligi, shu bilan bir vaqtda muloqotlar va madaniy-maishiy hayotning an'anaviy usullariga intilish, shaharda o'zboshimchalik bilan qurilgan binolari ham yaqqol ko'rsatib turadi.

Loyixa tashkilotlari tomonidan loyixalashtirilgan kundalik ob'ektlar -jamoatchilik markazlari bugungi kunda savdo tashkilotlari sifatida faoliyat yuritmoqda. Ularning ko'pchiligida binolar nomenklaturasiga an'anaviy mahalla markazlari elementlari - choyxonalar, oqsoqollar xonasi, xotin-qizlar qumitasi xonasi, ba'zida novvoyxonalar, boshqa xizmat ko'rsatish shohobchalari paydo bo'ldi. Ularning hammasi ham to'liq ishlatilmasada, qaysidir ma'noda ular mahalla axolisining hayotida ma'lum rol o'ynaydi. Bunday ob'ektlar ko'p jihatdan aholii talablariga mos keladi.

Jamoat maishiy-xizmat ko'rsatishning mavjud tizimida zamoaviy mahalla markazlari ko'p qavatli binolar orasida tuliq kuch bilan ishlamayapti va ular kuchidan to'liq foydalanilmayapti. Amalda bunday ob'ektlar nafaqat xizmat ko'rsatishning kerakli darajasini ko'rsata olmaydi, balki qurilish va foydalanishda qimmatlashishga olib keladi, natijada O'zbekistonning turli shaharlarida ulardan voz kechilmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bunday markazlarning shahar ichida joylashtirilish masalalari xam e'tirozlarga sabab buladi. Bu axoliga xizmat kursatish bilan boglik kator sharoitlarga boglik. Markazlar tizimsiz va tarkok joylashgan. Avvaliga ularni turarjoylar geometrik markazida joylashtirish rejalashtirilgan, keyinchalik ularni magistrallarga yakinlashtira boshlashgan; ba'zida ikki kvartalning xizmat kursatish markazlari magistralning ikki tomoniga, bir-biriga yakin joylashtirilgan, bunday xolatda ikkala kvartalning chegarasiga bitta katta markaz kurish maksadga muvofikrok bular edi.

Yangi qurilishlarni amalga oshirishda mahalla markazlarining qurilishini loyixalashtirishga xanuzgacha rasmiyatchilik yuzasidan yondoshib kelinmokda. Markaz

November, 2022

42G

kompozitsiyasi muammosi mustaqil vazifa sifatida qo'yilmokda va bizga o'tgan asrlardan buyon deyarli o'zgarishsiz utib kelayotgan an'anaviy binolaг qurilishi yordamida yechib kelinmokda. Natija bir qarashda kutilmagandek, estetik vazifalarning xal qilinishi kompozitsion binolarning bir xilligiga olib keladi. Bu biz uchun odatiy bo'lib qolgan zamonaviy binolarga dekorativ panjaralar va tasviriy san'atning boshqa usullari bilan koplanishi kuгinishida, ya'ni kadimiy naгsalaгga namoyishkorona qarshi qo'yish yoki hatto yangi naгsada kadimiy an'anala^a taqlid qilishda namoyon buladi. Bularning xammasi kerakli samaradan holi emas, lekin shahar muhitining organik yechimi masalasi shoshmashosharlik bilan topilgan milliy qatlamlar ostiga niqoblanadi yoki qadimiylikka tegish istagi yo'qligini ko'rsatadi.

Mahalla markazlarining zamonaviy shakllanish yo'llari ustida o'tkazilgan tadqiqotlar natijasida shu narea ma'lum bo'ldiki, ularning ko'pchiligi talabga javob bermaydi. Avvalo bu talablar arxitektura-shaharsozlik va funksional xususiyatlar bo'lib, ular xududlar va maxalliy ijtimoiy-maishiy sharoitlarda inobatga olinmagan, bu narsa natijada o'zboshimchalik bilan binolar qurib olishga olib keladi. Bu qirilishlarda arxitektura merosining degradatsiyasi kuzatiladi va ular kuyidagilardan iborat:

1. Tarixdan yuzaga kelgan mahalla markazlarida - yodgorlikning hayotiy muhitdan ajralib qolishi (bunda undan faqatgina xo'jalik-maishiy maqsadlarda foydalanish); majmuaning na arxitekturaviy-badiiy, na makondagi strukturasiga mos kelmaydigan holda tartibsiz foydalanish;

2. Zamonaviy qurilish va loyihalash amaliyotida - milliy me'morchilik an'analaridan butunlay voz kechish; amtektura meгosidan notug'гi foydalanish, qadimiy arxitektura usullaridan nusxa olish; namunali loyihalarda xalq me'morchiligiga xos detallaгdan foydalanish.

Shunday qilib, mavjud mahalla markazlarini rekonstruksiya qilish va yangilarini kurish sohasida yuzaga kelgan vaziyat loyihalashning zamonaviy usullarini ishlab chiqishni taqazo kiladi, tadqiqot davomida aniqlangan tarixiy merosning arxitektura-kompozitsion, shahareozlik va funksional an'analarini inobatga olishi va rivoshlantirish shart.

Hozirgi zamon amaliyotida mahallalar markazlarini shakllantirishni o'гganishda xar hil todagi salbiy tendensiyalaг va shahareozlik aгxitektuгasi talablaridan chekinish motodologik qoidalarga rioya qilinmaslikdan dalolat beradi. Buning oldini olish maqsadida ham rekonstruksiya ishlarini, ham loyihalash jarayonini butunlay shakllantirish lozim. Vaziyatni tokomillashtirishning yangi takliflari esa mahalla markazlarining shaharsozlik arxitekturasida modellashtirish strukturasining yangi

November, 2022

421

yo'llarini izlash bilan bog'liq. Buning ayni muddaosi esa zamonaviy informatsion tizimlar va loyihalashning kompyuterlashgan metodlari va vositalaridan foydalanish deb hisoblaymiz.

Oldimizda o'tmish malakasi hamda regeneratsiya yechimlari va shaharsozlik loyihalarini uzida mujassam etgan yagona umumlashgan nazariya modeli yaratish vazifasi turibdi. Ushbu vazifa yechimi ostida mahalla markazlari arxitekturaviy-rejaviy rivojlanish konsepsiyasi yotadi.

Bunda arxitekturaviy-rejaviy tizim va mahalla markazlari asosiy komponentlari aniqlanishi kerak. Ya'ni kompozitsiya, xajmiy fazoviy o'lchamlar, funksional zonalashtirish kabilar kiradi.

NATIJALAR

Mahalla markazlarining tarixiy va zamonaviy rivojlanish amaliyoti ularning qurilishi va regeneratsiyasi borasida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari quyidagi masalalar yechimini izlashda qo„l keladi:

• milliy an'analar va tashkil topgan landshaft tizimini inobatga olgan holda kompozitsiyaning arxitekturaviy-rejaviy ichimi.

• an'anaviy xizmat kursatish qulayliklarnidan foydalanib mahalla markazlarini joylashtirish.

• mahalla markazlaridan boshlang'ich funksiyalari va yangi madaniy, ma'rifiy, sog'lomlashtirish tadbirlarini o'tkazishda foydalanish.

Ushbu prinsiplarni tanlash shaharsozlik munosabatlarida murakkab tizim yaratishda aholiga qulayliklar yaratish, tejamkor foydalanish, mahallar markazi arxitekturaviy qiyofasini yaxshilash, atrofidagi muhit va madaniy-maishiy xizmat strukturasini shakllantirish hamda xududni obodonlashtrish tadbirlarini olib borish bilan belgilanadi.

Mahalla markazlarini oqilona tashkil etish usullarini topish uchun avvalambor ularning yuqotilgan kamchiliklarini tiklagan holda kelajak avlodga yetkazish kerak. Bularning barchasi ilmiy tadqiqot usullarida o„z aksini topadi.

Ammo, tarixiy mahalla markazlarini yuqotilgan ahamiyatga molik jihatlarini tiklangan tarixiy qismlarini qo'riqlash haqida gap ketganda regeneratsiya qilishda yuqorida keltirilgan prinsiplar, o'zgartirishlar va qo'shimcha alohida izlanishlarsiz amalga oshmaydi.

Bizga ma'lumki, tarixiy obidalarni asrash, ayniqsa xayotiy jarayondagi ma'lum ajralmas qismlarini jamiyat strukturasidan chikmagan holda, saqlanayotgan ob'ektni xayotiy tizimga bog'lash bilan amalga oshiriladi. Xar qanday insonni jamoaviy qadr-qimmatga ega

November, 2022

422

bo'lgan madaniy obidalarning vayronaga aylanishi befarq qoldirmaydi. O'z qiymatini yuqotgan madaniy ob'ekt uchun vayronaga aylanish odatiy hol. Aksincha madaniy ob'ektning boshlang'ich funksiyalari va jamiyat ehtiyojlariga mos kelmaydigan holda nourin faol foydalanish bundan xam achinarli ahvoldir. Bundan quyidagi shartlar kelib chiqadi:

• zamonaviy talablar boshlang'ich kompozitsion-fazoviy, rejaviy, konstruktiv va arxitekturaviy badiy tuzilishiga ta'sir qilmasligi lozim.

• yangi funksional belgilar mahalla markazini zamonaviy muhitga qo'shilishiga, madaniy-estetik qimmatga mos kelishi kerak. U mahalliy aholi turmushi va madaniyati, hamda ijtimoiy hayot tizimi bilan bog'liq bo'lishi kerak [12].

Ko'rinib turganidek, ushbu holatda madaniy obidalardan oqilona foydalanish muammosi birinchi urinda turadi. Faol ilmiy izlanish natijasida ob'ektning mohiyati keng ommaga namoyon bo'lishi kerak.

Ilmiy tadqiqot jarayonida shaharsozlik holati mahalla markazlarining jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda joylashishi o'rganiladi. Bunday turdagi talablar rekonstruksiya qilinayotgan ob'ektning shaharsozlikdagi o'rnini o'rganishda asos bulib xizmat qiladi.

Jamiyat ehtiyojlarini bilish, aholining rekonstruksiya tarkibiy qismlariga munosabatini aniqlash lozim. Izlanish ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqich ikki guruhdan tashkil topgan.

• ijtimoiy buyurtma asosida rekonstruksiya maqsadlarini aniqlash. Ya'ni, mahalla markazlari an'anaviy funksiyalarini tadbiq etish, ularning birlamchi madaniy-marifiy jihatlarini qayta tiklash. Ijtimoiy ehtiyoj birinchi bosqichda -jismoniy parametrlar (maydon, hajm, o'rinlar soni va maishiy xizmat); ikkinchi bosqichda - estetik xususiyatlar majmuasi (kompozitsiya, butunlik, yahlitlik va h.z.) orqali aniqlanadi.

• mahalla markazlarining eng oqilona rejaviy tizimi vazifalarning ko'payishi, rejaviy o'lchamli, ta'sir doirasi, xizmat kursatayotgan mahallalar soni, ularning aholi foydalanishi va h.z.larning rivojlanishi bilan aniqlanadi.

Ikkinchi bosqich - galdagi vazifalardan kelib chiqqan holda eskiz va broshyuralar tayyorlash. Eskizlarda hosil bo'lgan muammolarni aks etishdan tashqari hom taklif chizmalar va fotosur'atlar tashkil topishi mumkin. Ushbu eskizlar orasidan tanlanganlari asosida tulasincha rekonstruksiya loyihasi ustida ishlash boshlanadi.

Bundan mahalla markazlari arxitekturasining qoniqarli funksional jihatlari aniqlandi. Bular: ma'muriy-boshqaruv, ma'daniy-ma'rifiy, savdo-sotiq va ho'jalik, sport va sog'lomlashtirish, dam olish va bo'sh vaqtlarni mazmunli o'tkazish. Natijalarini o'rganishda va ularni

November, 2022

423

tizimlashtirilganda funksional vazifalarga qarab xonalarning tuzilishi belgilandi (Jadval-1).

Jadval - 1.

№T/r Mahalla markazining yangi funksional vazifalari Xonalar tizilmasi

11. Ma'muriy-boshqaruv Oqsoqollar maslahati, xotin-qizlar maslahati, yangi massivlarda shirkatlarni qo'shish mumkin

12. Ma'daniy-ma'rifiy Barcha milliy-an'anaviy vazifalar (madrasa, tahoratxona, xonaqo, minova va boshq.), diniy-ma'rifiy turdagi kutubxona, xunarmandchilik markazlari, yoshlar markazi, ko'rgazmali zal, namoz o'qish xonasi, tarixiy ahamiyatdagi xonalar.

33. Savdo-sotiq va ho'jalik Kunlik ehtiyojlar uchun kichik turdagi savdo do'kon, Matbuot uyushmasi rastasi, choyxona, nonvoyxona, somsaxona, maishiy xizmatlar (sartaroshxona, kundalaik ehtiyojlar va kiyim-kechaklarni ta'mirlash ustoxonasi), mahalla xo'jalik mollari va jamoat anjomlari saqlash omborxonasi.

44. Sport va sog'lomlashtirish Sog'lomlashtirish ishlari olib borish uchun yopiq sport xonasi, sport maydonchasi, tibbiyot bo'limi

55. Dam olish vaqtlarni mazmunli o'tkazish. Hovlili muhit (shiypon, ayvon va boshqa turdagi soya-salqinlik beruvchi kichik arxitektura bo'laklari)

Shaharning tarixiy qismida joylashgan mahalla markazlarida yashovchi aholining bo'sh vaqtlarini o'tkazish joylari ko'p emas - kinoteatr, kafe-restoranlar ularga yaqin joylashmagan. Bizning mahalla markazi yechimida bo'sh vaqtni maroqli o'tkazishga butunlay boshqa turdagi fikr diniy ma'rifiy hayotga qaytishga, kent turdagi dam olishga, sport va badiiy tugaraklar, san'at va diniy ishlar bilan shug'ullanishga imkon yaratadi. Bunda aholining barcha qatlamlari, yosh-u qarilar ehtiyojlari inobatga olinadi [10].

Shubhasizki, mahalla markazining ko'p turdagi funksionalligi uning chegarasini asosiy funksiyalariga ajratgan holda zonalashtirishga to'g'ri keladi. Aholiga teng nisbatda xizmat ko'rsatish uchun ilmiy tadqikot natijalaridan aniqlangan funksiyalar: ma'daniy-ma'rifiy, diniy, ma'muriy-boshqaruv, savdo-sotiq va ho'jalik, ayniqsa aholi ko'p

November, 2022

foydalanadigan bo'limlaгga piyodalaг yo'laklarini joylashtiгishga asoslangan holda zonalashtiгish kerak. An'anaviy o'zbek shahrining xajmiy-fazoviy strukturasi yechimini topish shahar xajmiy muhiti, mahalla markazi xajmiy muhiti, hovlili xajmiy muhit va obodonlashtirishning asosiy elementlari bilan yakunlanadi .

Mahalla ma^azini zonala^a ajгatishda namayon bo'lgan funksional hududla^a ajгatish muhim o'rin egallaydi. Bu boгada avvalambor inshootning boshlang'ich funksional vazifalarini inobatga olish lozim, sababi, taklif qilinayotgan funksiyalaming inshootning umumiy "sig'imiga" mos kelishi va mahalla ma^azidagi boshqa element^ bilan uyg'unlashuvini inobatga olish kerak.

Mahalla markazlarining qarovsiz qolishi ulardagi inshootlar holatining yomonlashishi va buzilishiga olib keldi. Bu esa nafaqat arxitekturaviy-badiy jihatlarning yuqolishiga, balki tarixan tashkil topgan majmua xajmiy-fazoviy muhitining qisqarishiga olib keldi. Shuning uchun, regeneratsiya ishlarini yuqotilgan muhitni qayta tiklanishga qaratish kerak.

Bu holatda xar Ыг tashkilot muhiti sig'imi uning jismoniy parametriariga bog'liq. Ular mahalla ma^azining xizmat kuгsatish doiгasi, aholi soni va mahalliy demografik hususiyatla^a bog'liq holda tanlanadi.

Taгixan tashkil topgan mahalla ma^azlari an'anaviy yashash muhitida qulay mikroiqlim yaratishning asosiy komponenti sifatida xizmat qiladi. Bu rol bir vaqtning o'zida mahalla ma^azlarini tashkil qiluvchi asosiy faktorlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun mahalla markazlari regeneratsiya jarayonida mikroiqlim yaratishning eski an'anaviy usullari qo'llaniladi. Tarixiy mahalla ma^azlarining mikгoiqlim ko'гsatkichlaгining nisbatan yuqori bo'lishiga qaгamay, ularning ichida qizib ketishga qarshi usuldan foydalanilganda bundanda yaxshi natijalarga erishildi. Usulning mohiyati shundaki, qulay arxitekturaviy iqlimni yaratuvchi vositalarning ishlatilish samaгadoгligiga nisbatan mahalla ma^azlari muhiti o'lchamlaгining to'g'ri pгopoгsional (kengayish yoki qisqaгish) bog'liqligida [7].

Boshqacha aytganda, agar mahalla markazi hovlili muhitning ochiqliligi kengaysa, qulay muhitni yaratuvchi vositalarning samaradorligi oshadi. Bunga qo'yidagi^ kiradi:

• mahalla ma^azlari hovlisida shaxtasimon hususiyatga ega bo'lgan xona oynasining minimal proyomi, be^ va yarim be^ usullaг qo'llaniladi;

• ochiq va yarim ochiq xonalami qo'llash - ayvon, shiypon, yashil xona;

• sayalar hosil qilish - dollon va shiypon;

• ko'kalamzoriashtirish va obodonlashtirish usullarin qo'llash: ariqlaráa suv oqimini ta'minlash, gul va bo'ta^ ekish; hovuzlar va atrofida chuqur tomir yoyadigan daraxtlar (chinor,

November, 2022

425

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

qayrag'och, tut) utqazish; suv purkagichli sug'orish gulxonalar va boshq.;

• tuproqning zahdagi qatlamidan foydalanib mahalla markazi binolari yoki hovlisini gruntning pastki qismida joylashtirish.

Tarixan shakllangan mahalla markazlari regeneratsiyasida arxitekturaviy-badiy va dekorativ qadr-qimmatlarning tiklanishiga katta ahamiyat beriladi. Ushbu holatda badiy bezaklarning konstruksiya bilan bog'liqligini izlanishdan sal yiroqlashib, boshqaruvchi bo'lakni mahalla markazini estetik markazi sifatida qarash kerak.

Mahalla markazlarining funksional va strukturaviy takomillashuvining muammoli tarafi shaharsozlik yechimi bilan bog'liq.

Keltirilgan ma'lumotlar shuni kursatadiki, zamonaviy mahalla markaziga qo'yiladigan talablarni to'la qondirilishi uning tarixiy qurilishlarda boshlangan ierarxik strukturasining bosqichma-bosqich rivojlanishida amalga oshadi. Bunday strukturaning tuzilishi shahar hududining mahalla-tumanga rejelashtirilishi bilan bog'liq.

Shaharsozlikda madaniy-ma'rifiy va savdo-maishiy xizmat sohalarini tashkillashtirish mahalla markazlari arxitekturasi xajmiy-fazoviy strukturasining takomillashuvini belgilab beradi. Bundan mahalla markazining katta-kichikligi va joylashuvi mahalla xizmat turlari, aholi ehtiyoji va shaharsozlik talablari qarab belgilanadi. Xar bir ob'ekt mahalla markazining markazga intilishi fokusi hisoblanadi. Mahalla markaziniing xarakteri shaharning shaharsozlik tizimida va yangi dahalar hududida funksional foydalangan holda joylashtirilishi bilan belgilanadi.

Mahalla markazining funksionallashtirish shaklini tanlash, qo'yidagi vazifalardan kelib chiqadi: aholiga maksimal yaqinlashish; uning ijtimoiy ahamiyati o'sishiga intilish lozim. Bunga erishish uchun taklif qilinayotgan ob'ektlarni joylashtirishning ierarxik strukturasidan foydalanib, aholining barcha madaniy-maishiy ehtiyojlarini inobatga olgan holda xizmat kursatish xajmini oshirish kerak

Zamonaviy ijtimoiy-maishiy xizmat talablari va tadqiqot olib borilgan shaharning shaharsozlik asoslari uning tarkibida qo'yidagi muassasalarning paydo bo'lishiga olib keladi:

• ma'muriy-boshqaruv, o'zida mahalla jamaot tashkilotlari mujassamlashtirgan;

• madaniy-ma'rifiy, o'zida diniy maktablar, yoshlar markazi, bu yerda ommabop va badiy marosimlar uchun muhit yaratiladi va

[3].

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

tarbiyaviy ahamiyatga ega uncha katta bo'lmagan memorial xudud;

November, 2022

• savdo-sotiq va xo'jalik, o'zida savdo-sotiq xizmatlarining yangi turlaridan foydalanib, katta bo'lmagan savdo bloklari (minimarket);

• sport va sog'lomlashtirish, aholining barcha qatlamlarini qamrab oluvchi xar hil sport turlari bilan shug'ullanish uchun xona va maydonchalarni o'zida aks etish;

• dam olish vaqtlarni mazmunli o'tkazish, bunga asosan mahalla markazining jamoat yulaklari muhiti, qulay sharoit muhitida an'anaviy-mazmunli faol va sokin dam olishni tashkillashtirish.

Ko'rsatilgan xar bir muassasa uchun mahalla markazlari rekonstruksiyasi uchun taklif qilingan xizmat kursatish tarkiblari nomenklaturasini singdirish mumkin.

Zamonaviy mahalla markazining sanab o'tilgan muassasalari bu ob'ektlarning ko'p qirrali funksional tashkilotining yo'qotuvchisi - zamonaviy shahar qurilishlarining jamoat muhiti bug'ini hisoblanadi.

Zamonaviy bosqichda madaniyat va milliy qadriyatlar rivojlanishiga talablarning ortishi mahalla markazlarini arxitekturaviy xarakteri, arxitekturaviy shaharsozlikda sifatli maishiy xizmat masalasining yechimi bilan bog'liqligi, ularning an'anaviy turlari qidirishga yo'naltiradi. Bunga avvalambor: mahalla markazi mikroiqlim muxitini shakllantiruvchi prinsiplar; arxitekturaviy-kompozitsion muhit tashkillashtirishning usullari kiradi.

Shunday qilib, tadqiqot olib borilayotgan ob'ektlarning fazoviy-kompozitsion qiyofasi va mikroiqlim muhit yaratish miliiy-an'anaviy qadriyatlar va mos proporsiyayalarni aniqlash bilan bog'lanadi.

Mahalla markazlarining arxitekturaviy-fazoviy kompozitsiya va mikroiqlimni shakllantirishga qo'yiladigan asosiy talablar, tarixiy mahalla markazlarining rekonstruksiyasi uchun taklif, quyosh nuridan saqlanishni tizimlashtirish usuli natijasi hisoblandi. Shuning

November, 2022

427

uchun yopiq muhitdagi mahalla markazlarini shaharning quyosh nuri ko'p tushadigan qismida joylashtirish tavsiya qilinadi. Bunda mahalla markazlari ko'cha yoki maydondan mustaqil ravishda qo'shiladi; yarim yopiq muhitli mahalla markazlari zichlik va issiqlik darajasini inobatga olgan holda ko'chalarning kesishmasida joylashtiriladi; ochiq muhitli mahalla markazlari imoratlarning zich joylashgan hollarda qo'llaniladi. Bunday hollarda mahalla markazi ko'chaning kengayishida yoki boshlanishida joylashtiriladi [9].

Bunday nuqtai nazarda elementlardan samarali foydalanish va quyosh nuridan himoyalanish mahalla markazlarining ochiq muhiti hajmiga to'g'ri proporsional bog'liq. Boshqacha qilib aytganda, mahalla markazlarida ochiq muhitning kengayishi mikroiqlim tashkillashtirish vositalarining samaradorligini oshirsa, ochiq muhitni qisqartirish esa, aksincha bu vositalarning samaradorligini kamaytiradi.

Mahalla markazini strukturasini shakllantirishning navbatdagi talabi uning arxitekturaviy kompozitsiyasini muvofiqlashtirish hisoblanadi. Bu bevosita ob'ektning xajmiy-rejaviy muhitining shakllanishi bilan bog'liq.

Mahalla markazining xajmiy-rejaviy yechimi ilmiy tadqiqotda aniqlangan arxitekturaviy-rejaviy (yopiq, yarim ochiq va ochiq) turlarning fazoviy-kompozitsion sifatlarini "oddiy" va "murakkab" - tarixiy an'analarning davomi sifati fazoviy kompozitsiya prinsiplaridan foydalanishni taqazo etadi. Buning xar biri u yoki bu turdagi mahalla markazlarining talablariga javob berishiga qarab foydalaniladi. "Oddiy" prinsip o'zida jamoat piyodalar yulaklarini aks ettiruvchi asosiy yagona rejaviy muhit atrofida inshootlarni guruhlashtarishni mujassamlashtiradi. Bunday prinsip asosida yopiq yoki yarimochiq mahalla markazlari tashkil qilinishi mumkin. "Murakkab" prinsip ochiq turdagi mahalla markazlari uchun ikki yoki undan ortiq muhitda inshootlarni guruhlashtiradi va xar biriga alohida jamoat piyodalar yulaklari tashkillashtiriladi. Bunday hollarda jamoat piyodalar yulaklarini ko'pincha ko'kalamzorlashtirish elementlari va suvli dekorotiv uskunalar bilan o'zaro bog'lanadi. Bunda arxitekturaviy-kompozitsion yechim bu elementlarning kursatishga xizmat qilishi kerak. Turar-joy maskanlari muhitidan foydalanish prinsiplari ham arxitekturaviy kompozitsiya masalalari yechimiga kiradi [10].

Mahalla markazi arxitekturaviy-kompozitsion yechimida jamoat piyodalar yulaklari maydonlariga mo'ljallangan ob'ektlarda dekorativ yopmalardan foydalanish muhim omil hisoblanadi. Bu ushbu muhitning inson ixtiyoriga topshirilganidan dalolat beradi. Piyodalar yulaklari turi - o'z o'rnida bir axborot. U kompozitsiya fonida asosiy o'rin: ko'chaning kompozitsion o'qini yoki maydonning fokus nuqtasini belgilaydi. Uning yordamida biz mahalla markazida bosh inshootining alohida ahamiyatini, uning

November, 2022

428

salobati yoki aksincha, ikkinchi darajaliligini aniqlash mumkin. Tarixiy malakalar shuni kursatdiki yopmalar sifatida an'anaviy terish usullaridan foydalangan holda pishgan g'ishtdan foydalanish ekologik nuqtai nazardan maqsadga muvofiq hisoblanadi. Mahalla markazi hovli muhitida mikroklimitini tashkillashtirish talablariga jovob beradigan bunday usullar, ular orasidagi choklarni saqlash, namlikning yaxshi filtratsiyasini va yerni yumshatishni ta'minlaydi.

Zamonaviy mahalla markazi arxitekturaviy-kompozitsion yechimi qayta yaratishning ikki yo'lida boradi: birinchidan, mahalla markazining tarixan hosil bo'dgan xajmiy-fazoviy karkaslari; ikkinchidan, an'anaviy arxitekturaviy-badiy tashkillashtirish.

Mahalla markazlari arxitekturasining tarixan hosil bo'lgan ko'plab arxitekturaviy elementlari shu qadar o'zlarining yorqin va xayotga zavq bag'ishlovchi jihatlarini namoyon etadiki, zamonaviy qurilish amaliyotida qayta ishlangan holda foydalanish muvofaqqiyat keltiradi. Qadimiy arxitekturaviy-obraz va konstruksiyalardan foydalanib, yopmalardan foydalanishda, gumbaz sifat, qatlamlar, berk devorlarning ketma-ketligida, yog'och materiallarning (ustun, eshik, ship) faol qo'llanishida yaqqol namoyon bo'ladi. Bunda konstruksiya va dekorlarning o'zaro bog'liqligini inobatga olish kerak:

a) dekoratsiya va badiy uslublar yordamida konstruksiyani namoyon etish;

b) konstruktiv yechim yordamida dekoratsiyani namoyon etish;

v) badiy-estetik rejada konstruksiya-dekor, dekor-konstruksiya o'zaro bir-birini to'ldirishi [34].

Samarqand shaharida mahalla markazlari arxitekturasini loyihalash metodologiyasini takomillashtirishga yangicha yondoshish, ob'ektlarning iqtisodiy faktorlari yechimiga bog'liq bo'lgan muammolarning qanchalik to'g'ri aniqlanishi bilan bog'liq. Shu mazmunda aytib o'tish lozimki, qo'yidagilar shaharsozlik metadalogiyasini takomillashtirish vositasi bo'lishi kerak:

• mahalla markazi qurish uchun maydon tanlash;

• xududda tashkil topgan landshaftdan samarali foydalanish;

• mahalla markazlarini jipslashtirish va ko'paytirish nuqtai nazaridan ko'proq maqul yechimni tanlash.

Tanlangan maydon talab qilinayotgan mikroiqlim yaratishga imkon beruvchi, xududning yetarlicha aeratsiyasi, inshootlarni quyosh nuridan saqlash qulayliklari bo'lgan xududda joylashishi kerak. Odatda mahalla markazlari uchun baland relefli jolar tanlanadi. Agar bunday joylar bo'lmasa, ularni sun'iy yo'l bilan yaratish talab qilinadi. Bu bir yo'la mahalla markazini umumiy qurilishda dominantligini belgilaydi. Mahalla markazini

November, 2022

429

ko'kalamzorlashgan va suv havzalari mavjud yerlarda joylashtirish nafaqat mikroiqlimni yaxshilashga xizmat qiladi, shuningdek kichik mahalla markazlari va butun shaharsozlik muhitida arxitekturaviy-fazoviy kompozitsiyaning asosiy vositasi hisoblanadi [26].

Yuqorida keltirilgan markaz inshootlarini jipslashtirish va ko'paytirishga yangicha yondoshishlar qo'shimcha qayta loyihaviy izlanishlarsiz shaharsozlik masalalarinining yuqori darajadagi yechimiga olib keladi. Bu tarixiy mahalla markazlari inshootlarni jipslashtirish bilan bevosita bog'liq funksional tashkillashtirishning eng maqbul shakllari, shaharsozlik yechimining an'anaviy uslublariga taqaladi.

Taklif qilinayotgan birinchi variant o'zgartirishlarsiz an'anaviy markazlarda qo'llanishi mumkin, boisi u markaz inshootlarining jipslashtirilishiga taqaladi. Bu yerda xar bir xizmat elementi o'zaro izolyatsiyalashgan tashkilotlar toifasiga kura, alohida inshoot sifatida joylashtiriladi. Bunday holat mahalla markazini bosqichma-bosqich ierarxik shakllantirishda ob'ektlarni mikroansabl toifasiga qo'shishi mumkin. U o'zida kundalik xizmat elementlarini mujassamlashtirishi mumkin.

Taklif qilinayotgan ikkinchi va uchinchi variantlar yordamida mahalla markazining funksional xajmi masalasini o'zaro o'zviy holda yechish mumkin. Bu yerda mahalla markazi yirikligi hisobiga xajmini kengaytirishning ulkan imkoniyatlari, ijtimoiy-jamoat va maishiy sohaning shakl va talablariga javob beradigan, hosil bo'lgan an'anaviy xizmat kursatish elementlaridan foydalanish yuzaga keladi. Taklif qilinayotgan variantda ba'zi idoralarning qo'shilish va aralashishi hisobiga jipslashtirish mumkin. Bunda, birinchi holatda inshootlar hosil bo'lgan bir jamoaviy maydon atrofida ko'paytirib ko'chirilishi, ikkinchi holatda bir necha jamoaviy maydon atrofida ko'paytirib ko'chirilishi nazarda tutiladi.

Taklif qilinayotgan chizmada mahalla markazi inshootlarining xam zaruriy, xam imkon qadar jipslashtirish prinsipi masalasi kurib chiqiladi (Rasm - 2). Bu chizma yuqorida keltirilgan barcha varianlar uchun yagona xarekterdagi inshootlarni belgilaydi. Taklif qilinayotgan prinsiplar shahar hududidan oqilona foydalanish, uning asosida tezkorlikni oshirish, eng muhimi mahalla markazi xizmat kursatish xajmini oshiriadi, bu o'z navbatida mahalla markazi ijtimoy-iqtisodiy samaradorligini oshiradi, demak, ilmiy izlanish maqsadining yechimini topadi.

Mahalla markazlari rekonstruksiyasi va yangi loyixalari uchun ilmiy tadqiqot natijasida taklif qilinayotgan prinsip va tavsiyalar chizma va jadvallar kurinishidagi taklif va tavsiyalar yagona umumlashgan nazariy modelda jamlangan. Model zamonaviy mahalla markazini arxitekturaviy-rejaviy va funksional tashkillashtirish barcha turlarini chetlab o'tmaydi. Jamiyat rivojida ulami tashkillashtirishning yangi shakllaгi vujudga keladi. Ammo, barcha an'anaviy ijtimoiy, maishiy xizmat kursatish bilan bog'liq faktorlar hayot muhitining barcha o'zgarishlariga qaramasdan shakllantirishning asosi bo'lib xizmat qilishi kerak. Bulaming baгchasi ko'p asгlaг davomida O'zbekiston zaminida jamlangan va mahalla markazlari aгxitektuгasini shakllantirishda asosiy arxitekturaviy-funksional milliy qadriyatlar hisoblangan.

XULOSA

1. Jamoat markazlari o'zida qadimga davrlar boshlanuvchi o'ziga xos milliy shaharsozlik shakllanishi va O'zbekistonning Samarqand kabi tarixiy shaharlari mahalla markazlaridan to'liq va yorqin qiyofani mujassam etadi.

2. Mahalla markazlari "turar-joy - mahalla - shahar" tizimining o'zbek shaharsozligi tashkil topishida ijtimoiy-iqtisodiy an'analarini aks ettirkvchi boshlang'ich jamoat bo'g'iniga aylandi.

3. Umumshahar jamoat munosabatlari tizimi, iqtisodiy xayot va estetik qarashlar mahalla markazlarida, ayniqsa inshootlar tarkibida, ularning mutanosibligida, ansambl elementlarining badiiy yechimida kuzatiladi.

4. XIX asrga kelib ko'pasrlik taraqqiyot zamirida mahalla markazlari tarkibidagi chambarchas bog'liq inshootlar: machitlar (keng ayvonli, nomoz o'qishga mo'ljallangan bosh inshoot), choyxona (dam olish va choyxurlik bilan davom etuvchi yig'in joyi), minora (odamlarni ibodatga undaydigan azon o'qish joyi), xonaqo (din vakillarining istiqomat joyi va musofirlar uchun tunaydigan joy), tahoratxona (nomozga tayyorgarli ko'rish joyi), maktab (ta'lim muassasasi), xujra (dars xonalari, bir vaqtning o'zida yordamga muxtoj talabalarning yashash joyi), xovuz (ichimlik suvini saqlashga mo'ljallangan sun'iy suv ombori, shuningdek, mikroiqlimni nazorat qilishga xizmat qiladi),

November, 2022

431

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

ko'kalamzorlar (ansamblga badiy kompozitsiya ulashuvchi va qulay bioiqlim va estetik muhit yaratuvchi vosita)

5. Turli hil shaharsozlik talablariga mos keluvchi mahalla markazlarining uch turi shakllandi:

• yopiq mahalla markazlari, shaharda turar-joylarning zich joylashuvida, ko'chaning yo'l yoqasida joylashadi, binolar yaxlit rejaviy muhitda markazi xovli atrofida guruhli joylashib, jamoat yo'lakchalarini hosil qiladi.

• yarim yopiq mahalla markazlari, shahar turar-joylarning o'rtacha zichligida, maydon ko'rinishida ko'chalarning kesishuvida joylashadi, bunda markaziy bino ko'cha atrofidagi yarim ochiq rejaviy muhitda jamoat yo'lakchalarini hosil qilgan holda guruhlashadi.

• ochiq mahalla markazlari, turar-joylar zich bo'lmagan xududlarda, erkin muhitga ega joylarda na ko'chaning, na maydonning joylashuvidan qatiy nazar, markaziy binoga yondosh, tasodifiy shakldagi jamoat yo'lakchalari bilan birlashadi.

6. Xar bir inshoot kompozitsiyada o'zining ma'lum bir vazifasini bajaradi. Kompozitsiya markazi - murakkab xajmiy va dekorotiv yechimga ega machit binosi. Maydon muhiti xovuz, minora va qayrag'ochlar bilan kuchaytiriladi. Ikkinchi darajali inshootlar - choyxona, xujralar, tolarlar (tok). Kompozitsiya shahar muhiti bilan yahlit mutanosib uyg'unlikda joylashadi.

7. Mahalla markazlari sohasida zamonaviy milliy shaharsozlikda ikki muammo hosil bo'ladi: birinchidan, tarixiy shahar muhitida mahalla markazlarining regeneratsiyasi; ikkinchidan, yangi turar-joylar qurilishida kichik jamoat markazlarining yaratilishi. Ikala holatda ham yangi ijtimoiy-jamoviy tashkil topish, qayta tarkib topgan an'naviy jamoaviy hayot mahalla markazlari tarkibidagi inshootlarning qo'yidagi sinflashtirishni talab qiladi:

• kichich, yoki mikromarkazlar, tarkibida - mahalla qo'mitasi, xotin-qizlar qo'mitasi, nuroniylar qo'mitasi, xo'jalik binolari, yoshlar markazi, matbuot uyushmasi, choyxona novvoyxona va somsaxonasi bilan, sport va sog'lomlashtirish zonasi (sport maydonchalari), dam olish va xrdiq chiqarish uchun jamoat yo'lakchalari va ko'kalamzorlar;

• katta, yoki makromarkazlar, tarkibida - mahalla qo'mitasi, xotin-qizlar qo'mitasi, nuroniylar qo'mitasi, uy-joy mulkdorlari shirkati, pochta va aloqa xizmati, yoshlar markazi, uncha katta bo'lmagan memorial qism, ko'rgazma zali va uquv zaliga ega kutubxona, matbuot uyushmasi, choyxona novvoyxona va somsaxonasi bilan, oziq ovqat va ko'ndalik ehtiyojlar do'koni, maishiy xizmat

kursatish, xg'jalik binolari, tibbiy xizbat ko'rsatish bo'limi, sport

November, 2022

zali, sport maydonchasi, dam olish va xrdiq chiqarish uchun jamoat yo'lakchalari va ko'kalamzorlar.

8. Hosil bo'lgan turar-joylarda tarixiy mahalla markazlarning regeneratsiyasi inshootlar vazifasini qayta yo'naltirishni, ularning restavratsiyasini, yangi ehtiyojlarga moslashtirishni, alohida markazlar va ularning inshootlari tarkibini sinflashtirishidan kelib chiqqan holda kerakli qo'shimchalar kiritishni taqazo yetadi.

9. Zamonaviy mahalla markazlari qurilishida va layihalanishining metodologik asosini takomillashtirishda qo'yidagi faktorlarga asoslangan talablar yuzaga keladi: funksional, inshootlarning nomenklaturasidan talabga javob beradiganlarini tanlash va markaz xududini yangi talablar asosida turkumlash; ijtimoiy, mahalla markazini funksionallashtirishning an'anaviy tamoyillari javob beruvchi, madaniy-mayishiy xizmat ko'rsatishni jadal sur'atna o'zlashtiruvchi; arxitekturaviy-shaharsozl ik, fazoviy-kompozitsion, xaj miy-rej aviy, badiiy-arxitekturaviy yechimlarni, an'anaviy markazlarda qulay mikroiqlim va landshaft muhitini tashkillashtirish usullari, o'rab turgan shaharsozlik muhiti bilan uyg'unlashtirish; iqtisodiy, mahalla markazi inshootlarining jipslashtirilishi va ko'paytirilishi nuqtai nazaridan maqsadga muvofig'ini tanlash va imkon qadar maydon xududidan samarali foydalanish (obodonlashtirish).

10. Keltirilgan talablar asosida takomillashtirilgan mahalla markazi faqatgina uning atrofidagi shaharsozlik muhitini regeneratsiya qilish orqaligina mukammal arxitekturaviy xususiyatga erishadi. Regeneratsiya qo'yidagi yechimlarni o'z ichiga oladi:

• shaharning tarixiy qismini yod elementlardan holi qilish;

• inshootlarning yuqotilgan fazoviy-kompozitsion va arxitekturaviy-rejaviy sifatlarin tiklash;

• rekonstruksiya qilish, texnik modernizatsiya, ba'zida inshootning eskirgan qismlarini yangilash.

Keltirilgan takliflar mahalla markazining tadiqiqotda keltirilgan yaxlit umumlashgan ilmiy modelining asosi bo'lib xizmat qildi. Uni ishlab chiqarish mahalla markazlarini shakllantirishning qadimiy man'aviy an'analarini o'rganish va rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Samarqand shahrining tarixiy qismidagi mavjud ko'p yillik tarixga ega, milliy an'analar asosidagi tarixiy mahalla markazlari va umumshahar muhitining yuqotilishi, qayta tiklash va qurish sohasida nuqsonlar mavjudligi tezkorlik bilan bu sohaga professional yondoshishni talab qiladi. Ilk qadam sifatisha keltirilgan model asosida mahalla markazlarini tajriba sifatida qurish, keyin esa O'zbekiston zaminida ko'p asrlar davomida shakllangan, milliy an'analarni jadal rivojlantirishga

November, 2022

433

xizmat qiladigan zamonaviy mahalla markazlarini yaratish ustida ishni davom ettirish.

REFERENCES

1. Madiev, Farrukh Muysinovich; Khaydarov, Shokhbozjon Zuhriddinovich; ,SHAKHRISABZ CITY-ARCHITECTURAL HISTORICAL RESPONSIBILITIES,Zbior artykulow naukowych recenzowanych.,6,28,58-61,2020,Wydawca: Sp. z o.o. «Diamond trading tour» Adres wydawcy i redakcji: 00-728.

2. Ф.М.Мадиев., Н.Саидова; ,4р-45 «Самарканд айланма йули» автомобил йулининг 10-33-км кисмида автомобилларнинг оралик масофаларини тадкик килиш.,"Меъморчилик ва курилиш муаммолари (илмий техник журнали),",4,1,109-111,2020,

3. Madiev, FM; /'Measures for the development of higher education in the

Republic of Uzbekistan today,......,"Modern scientific solution of current problems""

international scientific-practical conference."" Rostov-on-Don,

Russia",140142,,,2020,

4. Мадиев, ФМ; Саидова, Н; /'Landscaping is a priority for

development,....../'Scientific research results in pandemic conditions (COVID-19)

Proceedings of International Multidisciplinary Conference, Part-3, Shawnee, USA",1,,"3,139-142",2020,

5. Madiev, Farrukh; Rahmonkulov, Sodiq; Standardization of traffic,Scientific research results in pandemic conditions (COVID-19),1,03,135-139,2020,

6. Madiev, FM; Sh, N; ,Improving traffic in Samarkand,VI International scientific-practical conference «GLOBAL SCIENCE AND INN0VATI0NS,,,71-73,2019,

7. Мадиев, Фаррух; Худайбердиев, Аберъкул; /'Реставрация бу мардикорлик эмас, бу илм",Science and Education,2,4,157-162,2021,000 «Open science»

8. Madiev, Farrukh Muysinovich; Khaydarov, Shokhbozjon Zuhriddinovich; ,SHAKHRISABZ CITY-ARCHITECTURAL HISTORICAL RESPONSIBILITIES,"FM Madiev, & SZ Khaydarov (Muh.), Zbior artykulow naukowych recenzowanych. da",6,,58-61,2020,

9. Madiev, FM; Xudayberdiev, A; /'Restoration is not labor, it is science."",Science and Education,2,4,157-162,2021,

10. Navruza, Saidova; ,PRINCIPLES OF THE MODERN FORMATION OF NEIGHBORHOOD CENTERS IN THE RESTORATION OF THE CITY OF SAMARKAND (SAMARQAND SHAHRINI TIKLASHDA MAHALLA MARKAZLARINING ZAMONAVIY SHAKLLANISHINI TAMOYILLARI),Новости образования: исследование в XXI веке,1,4,709-721,2022,

11. Мадиев Фаррух Муйсинович, А. Худойбердиев, И.Ш. Давлатов; ,Микрорайон худуди ва ахрлисининг хдсоби

November, 2022

434

(Узбекистан Республикаси мисолида),«и7асаёет1а» илмий-услубий журнал,3,1,177-187,2020,tadqiqot.uz

12. Madiev, Farrukh Muysinovich; Khaydarov, Shokhbozjon Zuhriddinovich; ,SHAKHRISABZ CITY-ARCHITECTURAL HISTORICAL RESPONSIBILITIES,Zbior artykulow naukowych recenzowanych.,6,28,58-61,2020,Wydawca: Sp. z o.o. «Diamond trading tour» Adres wydawcy i redakcji: 00728 ...

13. Ф.М.Мадиев., Ю.И.Юлдошева, А. Худойбердиев; ,INTEGRATED TRANSPORT PLANNING AND IMPROVING THE RELIABILITY OF URBAN ROAD SYSTEM PERFORMANCE,Архитектура - курилиш фани ва давр республика илмий - амалий анжумани матераиллари.,1,1,222-223,2018,ТА^И

14. Ф.М.Мадиев., А. Худойбердиев; ,Ахоли пункти йулларида харакатини ташкил килиш,"Таълим, фан ва ишлаб чикариш интеграциясида интеллектуал салохиятли ёшлар - мамлакат тараккиётнинг мухим омили" мавзусидаги XIII республика илмий - амалий конфренцияси матераиллари",1,1,276-277,2016,

15. Ф.М.Мадиев., Ю.И.Юлдошева, А. Худойбердиев; ,Куча - йул харакат хавфсизлигини ташкил этиш,"Таълим, фан ва ишлаб чикариш интеграциясида интеллектуал салохиятли ёшлар - мамлакат тараккиётнинг мухим омили" мавзусидаги XIV республика илмий - амалий конфренцияси матераиллари", 1,2,2016-2017,2017,

16. Ф.М.Мадиев., Г.Б.Бобоев, А. Худойбердиев; ,Йуллар эстетикасининг ривожланиши,"Таълим, фан ва ишлаб чикариш интеграциясида интеллектуал салохиятли ёшлар - мамлакат тараккиётнинг мухим омили" мавзусидаги XIII республика илмий - амалий конфренцияси матераиллари",1,2,216-217,2017,

17. Ф.М.Мадиев., Г.Б.Бобоев, А. Худойбердиев.; ,Йул-транспорт ходисаларини тахлил килишнинг асосий вазифалари ва усуллари.,Архитектура - курилиш фани ва давр республика илмий - амалий анжумани матераиллари., 1, 1,224,2017,

18. Ф.М.Мадиев., А. Худойбердиев, И.Т. Абдиев.; ,Автомобил йулларида транспорт воситасининг харакат траекториясини тугирлаш учун тусиклар лойихалаш ва урнатиш,Шахар курилиши ва хужалигининг долзарб масалалариша багишланган II республика илмий - техник анжуми туплами,1,1,162-163,2017,

19. Ф.М.Мадиев., А. Худойбердиев, магистр К.У.Сабуров; ,Шахар кучаларида автомобил йулларини ёритиш,Шахар курилиши ва хужалигининг долзарб масалалариша багишланган II республика илмий - техник анжуми туплами,1,1,168,2017,

20. Ф.М.Мадиев., М. Хайдаволов, С.У. Рахмонкулов.; ,Узбекистонда XX аср мобайнида урбанизациялашув жараёни,Шахар курилиши ва хужалигининг долзарб масалалариша багишланган II республика илмий -

техник анжуми туплами,1,1,76-77,2017,

21. Ф.М.Мадиев., А.А.Бердикулов, Д.Улашов.; ^утканинг коронги даврида автомобилларнинг харакатланиш

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

November, 2022

шароитлари,"Таълим, фан ва ишлаб чикариш интеграциясида интеллектуал салохиятли ёшлар - мамлакат тараккиётнинг мухим омили" мавзусидаги XIII республика илмий - амалий конфренцияси матераиллари",1,6,244-247,2018,

22. Ф.М.Мадиев., А.А.Бердикулов, Р.Шабоева.; ,Самарканд шахрининг кучалари тирбандлигини хал этишдаги муоммоларини бартараф этиш.,"Иктисодиётни либераллаштириш шароитида инвестицион-курилиш ва инновацион жараёнларни ташкил килиш ва бошкаришнинг долзарб муаммолари", 1,1,249-252,2019,

23. Ф.М.Мадиев.,Н.Саидова, М.Хайдаволов.; ,Шахарни режалашда курилиш худудини танлаш,Иктисодиётни либераллаштириш шароитида инвестицион-курилиш ва инновацион жараёнларни ташкил килиш ва бошкаришнинг долзарб муаммолари, 1,1,252-255,2019,

24. Ф.М.Мадиев.,Н.Саидова, А.А.Бердикулов, Г.У.Сулаймонова.; Urbanization procedure in uzbekistan for xx centшy,,Tаълим, фан ва ишлаб чикариш интеграциясида иннавацион техналогияларни куллаш - мамлакат тараккиётининг мухим омили" мавзусидаги XVI республика илмий - техник конфренцияси матераиллари",1,1,181-183,2019,

25. Ф.М.Мадиев., Н.Саидова, Ш.Хайдаров; ,Самарканд шахрида транспортлар харакатини такомиллаштириш^ Международная научно-практическая конференция «GLOBAL SCIENCE AND INNOVATIONS 2019: CENTRAL ASIA,1,13,71-73,2019,

26. Ф.М.Мадиев., С.У.Рахмонкулов; ,Standardization of traffic,"Scientific research results in pandemic conditions (COVID-19) Proceedings of International Multidisciplinary Conference, Part-3,Shawnee, USA",1,1,135-139,2020,

27. Ф.М.Мадиев., Н.Саидова.; ,Landscaping is a priority for development,"Scientific research results in pandemic conditions (COVID-19) Proceedings of International Multidisciplinary Conference, Part-3,Shawnee, USA",1,3,139-142,2020,

28. Ф.М.Мадиев., М.Ш.Аббосова, А.ОДодиров; ,Узбекистон Республикасида автомобил йулларининг ривожланитиш чора - тадбирлари,"Узбекистонда илм-фан ва таълим" мавзусидаги илмий масофавий онлайн конференцияси материаллари,",2,8,420-423,2020,

29. Ф.М.Мадиев.,М.Ш.Аббосова, А.ОДодиров; ,Аклий транспорт тизими,"Узбекистонда илм-фан ва таълим" мавзусидаги илмий масофавий онлайн конференцияси материаллари,",2,8,424-426,2020,

30. Ф.М.Мадиев., С.У.Рахмонкулов; ,Транспорт харакатларини меъёрлаштириш,Узбекистонда илмий-амалий тадкикотларда талабаларнинг урни" мавзусидаги Республика тармокли илмий масофавий онлайн конференцияси материаллари,,5,7-10,2020,

31. Ф.М.Мадиев.; ,Узбекистон Республикасида бугунги кунда олий таълим ривожланитиш чора -тадбирлари,"Современные научный решения актуальных

November, 2022

436

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

проблем" международная научно - практическая конфренция. г.Ростов-на Дону, Россия",,,140-142,2020,

32. Ф.М.Мадиев., А.Р.Рахимов, А. Худойбердиев; ,Шахар худудини инженерлик тайёрлаш,,,,,2018,

33. Ф.М.Мадиев., А. Худойбердиев, А.А.Бердикулов; ,Шахар худудини инженерлик тайёрлаш,,,,,2018,Мазкур услубий курсатма-Узбекистон Республикасида амалдаги давлат таълим ...

34. Ф.М.Мадиев., Т.А. Самандаров, А. Худойбердиев.; ,Шахар худудини мухандисона лойихалаш ва ободонлаштириш,,,,,2018,"Шахар худудини мухандисона лойихалаш ва ободонлаштириш"фанидан курс ...

35. Ф.М.Мадиев., Ф.З.Чорганбаев, Р.М.Ачилдиев; ,Шахар инженерлик иншоотлари,,,,,2020,Шахар инженерлик иншоотлари» фанидан курс лойихасини бажариш учун услубий .

36. Ф.М.Мадиев., А. ХудойбердиевА. Худойбердиев, Ш.З.Хайдаров; ,Шахар худудини мухандисона лойихалаш ва ободонлаштириш,,,,,2020,Шахар худудини мухандисона лойихалаш ва ободонлаштириш» фанидан курс ...

37. Ф.М.Мадиев., А. Худойбердиев, Н. Саидова; ,Шахар курилиши ва хужалиги" кафедраси укув амалиёти буйича дастур,,,,,2019,5340300 -"Шахар курилиши ва хужалиги" кафедраси 1-курс талабалари учун ...

38. Ф.М.Мадиев., Н.Саидова; ,4р-45 «Самарканд айланма йули» автомобил йулининг 10-33-км кисмида автомобилларнинг оралик масофаларини тадкик килиш.,"Меъморчилик ва курилиш муаммолари (илмий техник журнали),",4,1,109-111,2020.

November, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.