Научная статья на тему 'TARIXIY JARAYONLARNI O ‘RGANISHDA FORMATSIYAVIY YONDASHUVNING О ‘RNI'

TARIXIY JARAYONLARNI O ‘RGANISHDA FORMATSIYAVIY YONDASHUVNING О ‘RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

997
71
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar / ibtidoiy jamiyat / quldorlik jamiyati / feodal jamiyat / kapialistik jamiyat / kommunizm / sivilizatsiyaviy yondashuv / Annallar maktabi / lokal sivilizatsiya / socio-economic formations / primitive society / slave society / feudal society / capitalist society / communism / civilizational approach / School of Annals / local civilization

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ixtiyor Suyindikovich Joldasov

Maqolada tarixiy jarayonlarni tushunishda formatsiyaviy yondashuv va uning o„ziga xos jihatlari xususida, shuningdek, tarix fanida sivilizatsiyaviy yondashuvi afzalliklari borasida ilmiy vahv tahliliy ma‟lumotlar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article provides scientific and analytical information about the formational approach to understanding historical processes and its specific aspects, as well as the advantages of the civilizational approach in the science of history

Текст научной работы на тему «TARIXIY JARAYONLARNI O ‘RGANISHDA FORMATSIYAVIY YONDASHUVNING О ‘RNI»

TARIXIY JARAYONLARNI O 'RGANISHDA FORMATSIYAVIY

YONDASHUVNING O 'RNI

Ixtiyor Suyindikovich Joldasov

Chirchiq pedagogika universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada tarixiy jarayonlarni tushunishda formatsiyaviy yondashuv va uning o'ziga xos jihatlari xususida, shuningdek, tarix fanida sivilizatsiyaviy yondashuvi afzalliklari borasida ilmiy vahv tahliliy ma'lumotlar berilgan

Kalit so'zlar: ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, ibtidoiy jamiyat, quldorlik jamiyati, feodal jamiyat, kapialistik jamiyat, kommunizm, sivilizatsiyaviy yondashuv, Annallar maktabi, lokal sivilizatsiya,

ABSTRACT

The article provides scientific and analytical information about the formational approach to understanding historical processes and its specific aspects, as well as the advantages of the civilizational approach in the science of history.

Keywords: socio-economic formations, primitive society, slave society, feudal society, capitalist society, communism, civilizational approach, School of Annals, local civilization,

KIRISH

Sovet tizimi parchalangandan so'ng sobiq ittifoqdosh respublikalar paydo boidi. Lekin boshqa tomondan, marksistik metodologiya monopoliyasiga chek qo'yish jahon tarixshunosligida katta mavqega egabo'lgan plyuralistik sivilizatsiya metodologiyasidan keng foydalanishga olib kelmadi. Shunga qaramasdan, MDH mamlakatlari ilmiy doirasida astasckinlik bilan bo„lsa-da, sivilizatsiyaviy yondashuviga o'tilmoqda, bu yondashuv tarixni harakatga keltiruvchi obyektiv va subyektiv omillarni yaxlit holatda o'rganadi. Shuningdek, bu yondashuv formatsiyaviy yondashuvga qarama-qarshi qo'yilmasdan, bir-birini to'ldirish sifatida namoyon bo'lmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Tarix fanida formatsiyaviy yondashuvga sivilizatsiyaviy yonilashuv qarshi turadi. Tarixiy jarayonga sivilizatsiyaviy yondashuvi XVIII asrda vujudga kelgan bo„lsa-da, faqat XIX asr

July, 2022

238

oxiri - XX usrlarda u to'liq shakllandi. Bu metodologiyaning yorqin tarafdorlui'I M. Veber, A. Toynbi, O. Shpengler va "Annallar" jumali atroliila to'plangan tarixchilar (F. Brodel, J. Le Goff va b.) edi. Rossiyu tarix fanida uning tarafdorlari N.Ya.Danilevskiy, K.N.Leontev, I.A.Sorokinlar bo„Igan.[1]

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ushbu konsepsiya tarafdorlari tarixiy jarayonlaming asosini sivilizalsiya tashkil etadi, degan g'oyani ilgari surishgan. "Sivilizatsiya" ntiimasi lotincha "civil" so'zidan olingan bo'lib, shaharlik, fuqarolik davlatchilik degan ma'noni anglatadi. Dastlab "sivilizatsiya" ataimisi varvarlik va yovvoyilik bosqichidan keyin kelgan jamiyatning rivojlanish bosqichini bildirgan. Sivilizatsiyaning asosiy belgilari sifatida shaharlar, yozuv, jamiyat ijtimoiy qatlami, davlalchilik vujudga kelishi ko'rsatilgan.XIX asrda "sivilizatsiya" atamasi umuman kapitalizmni tasniflashtln qo'llanilgan, ammo "sivilizatsiya" haqidagi tasavvurlar hukmron bo'lmagan. Xususan, tarixiy o'zgarib turish haqidagi nazariya va g'oyalar tarafdori boigan rossiyalik olim N.Ya.Danilevskiy lokal xarakterdagi bir-biri bilan doimiy kurashda bo'lgan lar "madaniy-tarixiy tip"lari to'g'risidagi g'oyani ilgari suradi.

Keng ma'noda esa "sivilizatsiya" atamasi jamiyat madaniyatiiiing yuqori rivojlanish bosqichini bildirgan. Jamiyat to'g'risida juda ko'p ma'lumotlar to'plandi, bu esa paradoks holatni vujudga keltirdi: biz qanchalik ko'p bilsak, shuncha ijtimoiy fanlardagi mavjud an'anaviy usullar bilan tarixiy rivojlanish nazariyasiniyaratish, ya'ni to'plangan ma'lumotlami umumiylashtirish qiyinlashadi. [1]Tarixiy jarayonning nazariy konsepsiyasini yaratishga uringan dastlabki tadqiqotchilardan biri K.Marks edi. K.Marks konsepsiyasining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat: insonni mehnat yaratgan; jamiyat hayotining asosini moddiy ishlab chiqarish tashkil etadi, shuning uchun ham jamiyat bir tekisda rivojlanadi. Rossiyada K.Marks ta'limoti XIX asr oxiri - XX asr boshlarida V.I.Lenin tomonidan rivojlantirildi. Formatsiyaviy yondashuv sovet tarix fanida marksizm-leninizm hukmronligi sharoitida ustun darajaga erishdi. U ma'lum bir rivojlanish bosqichi bo'lgan jamiyat turi - "ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya" kategoriyasidan kelib chiqqan. Mazkur ta'limotga ko'ra moddiy ishlab chiqarish jamiyat rivojlanishidagi asosiy omil hisoblanadi. Ishlab chiqarish usuli ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish unosabatlarini o'z ichiga oladi. Jamiyatning moddiy hayoti birlamchi, ijtimoiy fikr esa ikkilamchidir. [2]

Jamiyat rivojlanishining ichki manbalari inson va tabiat o'rtasida hamda jamiyat o'zining ichida paydo bo'ladigan ziddiyatlami hal qilishdan iboratdir. Jamiyatning ma'lum bir

July, 2022

239

tarixiy turi - formatsiya - jamiyat rivojlanishining ma'lum bir taraqqiyot bosqichini tashkil etadi. [3] Marksistik nazariya tarafdorlari formatsiya jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olishini e'tirof etadi. Har bir formatsiyaning asosida ma'lum ishlab chiqarish usuli yotadi. Formatsiyaning iqtisodiy asosini tashkil qiluvchi ishlab chiqarish munosabatlari tizimiga siyosiy, g'oyaviy ustqurma mos keladi.

Shunday qilib, marksistik nazariyada quyidagi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar ajratilgan: ibtidoiy jamiyat, quldorlik jamiyati, feudal jamiyati, kapitalistik jamiyat, kommunistik jamiyat.Mazkur nazariyaga ko'ra, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalaming almashinuvi yangi ishlab chiqarish kuchlari va eski ishlab chiqarish munosabatlari o'rtasidagi antagonizmdan kelib chiqadi. Bir formatsiyadanboshqasiga o'tish ziddiyatlami hal qiluvchi ijtimoiy inqilob orqali amalga oshiriladi. Ushbu ta'limot tarafdorlari tarixning asosiy yaratuvchisi xalq ominasi hisoblanib, ulaming roli inqilob davrida, sotsialistik va kommunistik jamiyat faol ko'rinadi, deb hisoblashgan.Ulaming fikriga ko'ra, markscha-lenincha ta'limot insoniyat tarixining yagonaligi va ko'p xilliligini tushunish uchun kalit hisoblanadi. Formatsiyalaming navbatma-navbat almashinuvi insoniyat taraqqiotining asosiy yo'nalishini tashkil etadi. [4] Bir ijtiomiy-iqtisodiy formatsiyadan ikkinchisiga o'tish ijtimoiy inqiloblar orqali ro'y beradi. Yangi formatsiyaning vujudga kelishi hayotning barcha sohalarida to'ntarish qilayotgan hukmron sinf g'alabasi bilan belgilanadi. Marksistik nazariyada inqilob va sinfiy kurashlarga alohida o'rin beriladi.Tarixning asosiy harakatlantiruvchi kuchi sinfiy kurash hisoblangan.Marks fikricha, inqiloblar "tarix lokomotivi"dir. Bu ta'limotda asosiy o'rinlardan birini kapitalistik formatsiyaning bir bosqichi bo'lgan imperializm haqidagi ta'limot tashkil etadi. XIX-XX asrda kapitalistik ishlab chiqarish usuli yangi bir xususiyatlar kasb etdi: ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish sohasida - ishlab chiqarish yuqori darajaga ega bo'ldi, natijada kapitalistik monopoliyalar vujudga keldi. Lenin la'rifiga ko'ra, bu bilan "hukmronlik munosabatlari va u bilan bog'liq bo'lgan zo'ravonliklar", siyosiy ustqurmada burjuaziya demokratiyasidan reaksiyaga olib keldi. Lenin kapitalizm yangi bosqichga -imperialistik bosqichga kirdi, deb xulosa qiladi.Hozirgi vaqtda tadqiqotchilar lenincha imperializm nazariyasini to'lig'icha inkor etmoqda. V.I. Lenin 200 ta xorijiy ishlarni o'rganish asosida kapitalizm taraqqiyotidagi asosiy yo'nalishlami ko'rsatib bera olgan. Ammo, sotsialistik revolutsiya nazariyasini yaratish maqsadi bo'lganligi uchun ham yuqoriroq darajaga erisha olmagan. V.I.Lenin "Imperializm kapitalizmning yuqori bosqichi" (1915) asarida XX asmi "to'qnashuvlar va fojialar asri" deb ta'riflagan. [5]Bu asrda ikkita jahon urushi, qator lokal urushlar, inqilob va

July, 2022

240

inqirozlar, iiuistamlaka imperiyalari barbod bo'ldi, yangi davlatlar vujudga keldi.

Formatsiyaviy yondashuvga asoslangan tarixning materialistic konsepsiyasi sovet tarixshunosligida hukmron xarakterga ega bo'ldi.Ushbu konsepsiyaning kuchli tomoni shundaki, ma'lum bir omillarga asoslanib, tarixiy rivojlanishning butun bir modelini yaratgan. Unga ko'ra, insoniyat tarixi haqqoniy, qonuniyatli jarayon sifatida namoyon bo'lgan. Mazkur jarayonning harakatlantiruvchi kuchlari, asosiy bosqichlari va unga ta'sir ko'rsatuvchi omillar aniq belgilab berilgan. Ammo formatsiyaviy yondashuv ma'lum bir kamchiliklarga ega,shuning uchun xorijiy va Vatan tarixshunosligida tanqid ostiga olinadi.

Birinchidan, bu yondashuv tarixiy rivojlanishni bir chiziqli deb e'tirof etadi. Yevropaning rivojlanish yo'lini umumlashtirish asosida bu nazariyani yaratgan K. Marksning o'zi ham ba'zi mamlakatlar ta formatsiya tizimiga sig'masligini e'tirof etgan. Shuning uchun ham bu mamlakatlami u "ishlab chiqarishning osiyocha tipiga" kiritgan.Ya'ni bu yondashuv tarixiy rivojlanishning ko'p variantli ekanligini tushuntirishda ma'lum bir qiyinchiliklar tug'diradi.

Ikkinchidan, bu yondashuvda har qanday tarixiy voqelikni ishlab chiqarish usuli, iqtisodiy munosabatlar tizimiga bog'lab qo'yish xosdir. Tarixning asosiy subyekti bo'lgan insonga ikkinchi darajali o'rin berilgan. Insonga tarixiy rivojlanishni harakatga keltirgan mexanizmning bir kichik bo'lakchasi sifatida qaralgan. Ya'ni tarixiy jarayonlaming shaxsiy mohiyatining va ma'naviy omilning ahamiyati tushirib ko'rsatiladi.

Uchinchidan, bu yondashuvda tarixiy jarayonda ziddiyatli munosabatlar, shuningdek, zo'ravonlikning roli oshirib ko'rsatiladi. Bu metodologiyada tarixiy jarayon sinfiy kurash prizmasi orqali o'rganiladi. Shuning uchun ham iqtisodiy jarayonlar bilan birga siyosiy jarayonlarni o'rganishga katta ahamiyat beriladi. Mazkur yondashuvga qarshi bo'lgan!ar ijtimoiy ziddiyatlar ijtimoiy hayotning zarur atributi sanalsa-da, ammo asosiy rol o'ynamaydi, degan fikr tarafdori bo'lgan. Bu esa o'z navbatida tarixda siyosiy munosabatlaming o'rni masalasini qayta ko'rib chiqishga olib keladi. Ular muhim bo'lsada, ma'naviy omil hal qiluvchi ahamiyatga egadir.

REFERENCES

1. Sanobar Shadmanova. Tarix tadqiqotlarining metodologiyasi va zamonaviy usullari. Darslik - Т.: "Barkamolfayz media", 2018,

XULOSA

216 b.

July, 2022

2. Дюби Ж. Развитие исторических исследований во Франции // Одиссей. Человек в истории. -М ., 1991. - С. 53-55.

3. Шпенглер О. Закат Европы. - M: Наука, 1993 .-592 с.

4. Шадманова С. Узбекистон шахарларидаги трансформация жараёнлари(1917 -1941 й.). - Тошкент

5. Toshev S. (2020). TARIX FANINI O'QITISHNDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR. Science and Education, 1(Special Issue), 6

6. JI Suyundikovich. (2020). TARIXNI O'QITISH METODIKASI RIVOJLANISHI TARIXIDAN. Fan va ta'lim, 1 (5), 195.

July, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.