Научная статья на тему 'TARIXIY DEVORIY ASARLAR'

TARIXIY DEVORIY ASARLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
152
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
DEVORIY ASARLAR / DEVORIY RASSOMCHILIK / MONUMENTAL HAYKALTAROSHLIK / MINIATYURA

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Aliqulov A.M.

Mazkur maqolada tarixiy devoriy asarlar, qadimgi devoriy rassomchilik, devoriy rassomlik namunalari, devoriy rassomlik va monumental haykaltaroshlikning xususiyati, mazmuni, miniatyura va devoriy rassomlik san’atida nodir asarlar haqida batafsil bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORICAL MURAL WORKS

This article describes in detail the features, contents of historical mural works, ancient mural painting, mural painting samples, mural painting and monumental sculpture, and rare works in miniature and mural painting.

Текст научной работы на тему «TARIXIY DEVORIY ASARLAR»

Aliqulov A.M.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti

"Mahobatli rangtasviri" kafedrasiprofessori

TARIXIY DEVORIY ASARLAR

Annotatsiya: Mazkur maqolada tarixiy devoriy asarlar, qadimgi devoriy rassomchilik, devoriy rassomlik namunalari, devoriy rassomlik va monumental haykaltaroshlikning xususiyati, mazmuni, miniatyura va devoriy rassomlik san 'atida nodir asarlar haqida batafsil bayon etilgan.

Kalit so'zlar: devoriy asarlar, devoriy rassomchilik, monumental haykaltaroshlik, miniatyura.

Aliqulov A.M. professor

department of "Monumental Painting"

Kamoliddin Behzod National Institute of Art and Design

HISTORICAL MURAL WORKS

Annotation: this article describes in detail the features, contents of historical mural works, ancient mural painting, mural painting samples, mural painting and monumental sculpture, and rare works in miniature and mural painting.

Keywords: wall works, wall painting, monumental sculpture, miniature.

Kirish: Devoriy asarlar - bezak san'ati sohasi, bevosita bino devori, shifti, ustuni suvog'i ustidan yoki ularga mustahkamlangan mato, qog'oz va

boshqalarga bo'yoqlar yordamida ishlanadigan tasvir yoki naqsh. Me'morlik bilan bog'liq va ko'pincha sof bezak xususiyatiga ega bo'lgan barcha mahobatli rassomlik asarlarini (mozaika, namoyon bundan mustasno) o'z ichiga oladi.

Devoriy asarlarda syujetli (tarixiy, maishiy, batal janrlarida), manzarali va boshqa mavzularda asar yaratishda freska, tempera, yelim rassomligi, mum rassomligi, moy-bo'yoq rassomligi va boshqalardan foydalaniladi. Eng qadimgi Devoriy asarlar namunalari (g'or va qoyalarga ishlangan rasmlar) so'nggi paleolit davrida yuzaga kelgan.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya:

Qadimgi va o'rta asrlarda Devoriy asarlarning nodir namunalari yaratildi. 7-8-asrlarda Markaziy Osiyo (Varaxsha, Panjakent va boshqalar) dagi ibodatxonalar, saroylar tasvirlar bilan bezatilgan bo'lsa, o'rta asrlarda musulmon mamlakatlarida naqshli mujassamotlar keng tarqalgan. Qadimgi Misr devoriy rasmlari, Xitoy (Dunxuan) va Hindiston (Ajanta)da g'or-qoyalarga ishlangan tasvirlar ajralib turgan.

Yevropada esa ma'lum diniy tartiblarga moyil ko'tarinki ruhdagi Devoriy asarlar namunalari Vizantiya, Gruziya, Bolqon, qadimgi Rusda rassomlik san'atining muhim turiga aylandi. Uyg'onish davrida Italiyada (Jotto, Mazachcho, Leonardo da Vinchi, Rafael, Mikelanjelo va boshqalar) grajdanlik ruhidagi chuqur realistik Devoriy rassomlik asarlari yaratildi. Roman uslubi, gotika, barokko uslublaridagi binolarda sof bezak xususiyatiga ega bo'lgan

Devoriy rassomlik namunalari yuzaga kelgan, 17—18-asrlarda devoriy rasmlar o'rnini vitrajlar, gobelenlar, oynalar va boshqalar egallay boshladi. 19 -asrda devoriy rasmlarga qiziqish kuchaydi. O'zbekistonda afisha san'ati azaldan ma'lum. Surxondaryo (Xolchayon, miloddan avvalgi 1-asr, Tuproqqal'a, 3-asr, Bolaliktepa qal'asi, 5—6-asrlar), Buxoro yaqinidagi (Varaxsha saroylari, 7-asr) va Afrosiyob (7-asr) devor rasmlari namunalari jihatidan qimmatlidir.

Syujetli rasmlarda o'sha davrning hayotiy manzaralari, hayvonlar obrazlari, ziyofatlar, sayohatlar, qabullar, podshohlarning qahramonliklari aks ettirilgan. Tarixiy qo'lyozmalardan ma'lum bo'lishicha, islom hukmronligi davrida naqshli haykallar bilan bir qatorda mavzuga oid devoriy suratlar namunalari ham bo'lgan (masalan, Samarqanddagi Amir Temurning Dilkusho saroyi devorlari qahramonona jangovar lavhalar va tasvirlar bilan bezatilgan).

Natijalar:

19-asr oxiri 20-asr boshlarida yevropacha uslubda qurilgan binolar (Toshkentdagi Polovtsev uyi — hozirgi O'zbekistan amaliy san'at muzeyi, Samarqanddagi Kalantarov uyi — hozirgi O'zbekiston xalqlari madaniyati va san'ati muzeyi bo'limi va boshqalar) Devoriy rassomlik asarlari bilan bezatilgan. 20-asr o'rtalaridan Devoriy rassomlik yangi mazmun bilan boyidi, binolarni bezashda keng qo'llanila boshlandi.

Dastlabki yirik Devoriy rassomlik namunalari Ch. Ahmarovning Navoiy teatri foyelariga Navoiy dostonlari asosida ishlagan rasmlari bo'ldi. 1950— 60 yillarda Devoriy rassomlik beqiyos darajada o'sdi (A. Gan, V. Sosedov va

ayniqsa, Ch. Ahmarov samarali mehnat qildilar), takomillashdi, ajoyib devoriy rasmlar yaratildi.

O'zbekistan Fanto Akademiyasi Sha^shunoslik instituti, Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi, «Bahoo» kontsert zali, «Alisheг Navoiy» metra bekati, «KinocM^ uyi», Temuriy^ taгixi davlat muzeyi va boshqa jamoat binolariga ishlangan Devoriy rassomlik namunalari badiiy jihatdan qimmatlidir. O'zbekistonda Devoriy rassomlikning keyingi taraqqiyotiga rassomlardan B. Jalolov, T. Soipov, T. Boltaboev va boshqalar, naqqoshlardan A. Ilhomov, K. Karimov va boshqalaT munosib hissa qo'shmoqda.

Ilk feodalizm davridan bizgacha yetib kelgan tasviriy san'at asaгlaгining parchalari shu davrda rassomlik va haykaltaroshlik ijtimoiy hayotning ajralmas qismi bo'lganligini ko'гsatadi. Bu davráa tasviгiy san'at diniy va dunyoviy binolaming bezatilishida keng ishlatilgan.

Muhokama:

Ilk o'гta asг san'ati o'z taгaqqiyotida so'nggi qadimiy an'analami yangi bosqichga ko'taгdi. Ulaг o'z mazmuni, mohiyati, kasbiy mahorati jihatidan jahon san'ati tarixida noyob yodgoгliklaгni yaratdilar Aytish joizki, eftalitlaг va Turk xoqonligi davrida bir qancha mahalliy maktablar shakllangan. Bu xususiyat monumental rangtasvirda yaqqol sezilib, bu davr yodgorliklarini keng tadqiq etish Bolaliktepa, Varaxsha, Panjikent, Afrosiyob va boshqa rasmlarning badiiy yechimida o'z ifodasini topgan. Bu davr san'atini Ыг qancha maktab fanlaгiga bo'lish mumkin.

O'гta asг o'zbek me'moгlik san'ati o'zining gullagan davrini boshidan kechridi. Yangi, chin ma'nodagi aгistokratik me'moriik — hashamatli va go'zal bino^ quгish san'at uslubi vujudga keldi, rivojlandi. Devoгiy гassomchilik, amaliy dekorativ san'at sohasida qator yangi an'ana^ shakllandi. Jumladan, me'moгlikda biгinchi bor vujudga kelgan yiгik va murakkab me'moгlik majmualaгi shahaгsozlikda muhim o'rinni egallay boshladi. An'anaviy me'moгlik shakl va uslublaгi qayta quгib chiqildi. Ayniqsa, me'moriik yodgorliklarini rangli koshinlar bilan boyishi katta badiiy-estetik ahamiyat kasb etdi.

Xulosa:

Xulosa o'rnida shuni aytish joiki, devoriy rassomlik va monumental haykaltaroshlikning xususiyati, mazmuni ham shu me'moriik bilan bog'liq holda o'zgarib bordi. Endilikda antik mavzular kamayib suvoriylar jasoratini kuylovchi romantik kompozitsiya va muhim tarixiy voqea va hodisalar bilan bog'liq mavzu^ monumental san'atda keng o'rin egallay boshlagan.

Temrn- va temuriy^ davrida tasviriy va amaliy bezak san'ati o'zining haqiqiy gullash davrini boshidan kechirdi. Miniatyura va devoriy rassomlik san'atida nodiï asaгlaг yaratildi. Haykaltaroshlik esa asosan bo'rtma tasviï tarzida mavjud bo'ldi.

"Экономика и социум" №6(97)-1 2G22

www.iupr.ru

19

Adabiyotlar ro'yxati:

1.N.Normatov. «Ranglar yurtiga yo'l». -T.: «Noshir» nashr, 2013.

2.Xudayberganov R.A. «Tasviriy san'atda rang». - T.: TDSI bosmoxonasi, 2004.

3.Xudayberganov R.A. «Rangshunoslik asoslari». - T.: G'.G'ulom. nashr. 2006.

4. Xudayberganov R.A. «Kompozitsiya». - T.: TDSI bosmoxonasi. 2004.

5.Xudayberganov R.A. «Kompozitsiya». - T.: «Sharq», 2007.

6.Gul E. Vitraj: Rivojlanish muammolari. «San'at», 1999. 3-son.

"Экономика и социум" №6(97)-1 2022

www.iupr.ru

20

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.