Научная статья на тему 'TARIX DARSLARIDA OʼQUVCHIGA YONDASHISH TEXNOLOGIYALARI'

TARIX DARSLARIDA OʼQUVCHIGA YONDASHISH TEXNOLOGIYALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

345
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tarix o‟qitish metodikasi / oʼquvchiga yondoshish texnologiyalari / аvtoritar texnologiyalar / shaxsga yoʼnaltirilgan texnologiyalar / hamkorlik texnologiyasi / History teaching methods / student approach technologies / authoritarian technologies / person-centered technologies / collaborative technologies

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ixtiyar Suyundikovich Joldasov

Maqolada tarix darslari samaradorligini oshirish uchun o‟quvchiga yondashish usullari va texnologiyalari xorijiy va mahalliy manbalar asosida bayon etilgan. Tarix o‟qitish metodikasining rivojlanish tarixi va bugungi istiqbollari tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article describes the methods and technologies of the student approach to increase the effectiveness of history lessons based on foreign and local sources. The history of the development of history teaching methods and current prospects are analyzed

Текст научной работы на тему «TARIX DARSLARIDA OʼQUVCHIGA YONDASHISH TEXNOLOGIYALARI»

Volume 3 | Issue 4 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 _SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

TARIX DARSLARIDA O'QUVCHIGA YONDASHISH TEXNOLOGIYALARI

Ixtiyar Suyundikovich Joldasov

Chirchik davlat pedagogika instituti "Tarix" kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada tarix darslari samaradorligini oshirish uchun o'quvchiga yondashish usullari va texnologiyalari xorijiy va mahalliy manbalar asosida bayon etilgan. Tarix o'qitish metodikasining rivojlanish tarixi va bugungi istiqbollari tahlil qilingan

Kalit so'zlar: Tarix o'qitish metodikasi, o'quvchiga yondoshish texnologiyalari, avtoritar texnologiyalar, shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalar, hamkorlik texnologiyasi

The article describes the methods and technologies of the student approach to increase the effectiveness of history lessons based on foreign and local sources. The history of the development of history teaching methods and current prospects are analyzed

Keywords: History teaching methods, student approach technologies, authoritarian technologies, person-centered technologies, collaborative technologies

O'tmish va tarixiy xotira insoniyat tarixining barcha davrlarida e'tibor markazida bo'lib kelgan. Bu e'tibor natijasida ilmiy tadqiqotlar va izlanishlar orqali tarixiy hodisalar, shaxslar va jarayonlar bilan bog'liq ko'plab savollarga javob izlangan. Ushbu jarayon inson o'tmishda nima sodir bo'lganligini yozishni boshlashi bilan va tarixshunoslikni paydo bo'lishiga asos bo'lgan.

Tarix o'qitish deganda, tarixiy material vositasida o'quvchilarga bilim berish, ularni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash va kamol toptirish vazifalarini amalga oshirish zarur bo'lgan jarayon, o'qituvchi va o'quvchilarning aqliy (ichki) hamda o'quv harakatlari (tashqi) jarayoni tushuniladi.

Jamiyatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar o'quvchilarning turli sohalar bo'yicha bilim olishlariga, kasbiy ko'nikma va bilimlarini shakllantirishlariga, o'quv tarbiyaviy tadbirlar tizimiga ta'sir

ABSTRACT

KIRISH

April, 2022

Volume 3 | Issue 4 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 _SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

etmasdan qolmaydi. Ta'lim tiziminig barcha bo'g'inlarida nazariy bilimlar qatori amaliy ko'nikmalarni hosil etish dolzarb masaladir

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Tarix kursining mazmuni deganda, birinchi galda tarix dasturida belgilab berilgan tarixiy bilimlar ko'lami, o'quv materiali: uning asl mazmuni, o'quvchilarning tarixiy materiallarni o'zlashtirish olgan bilimlaridan foydalana bilish sohasidagi o'quv usullari, ko'nikma va malakalari sistemasi, shu jumladan, ularni ilmiy tadqiq qilish ishlarining eng oddiy shakllarini egallashlari ko'zda tutiladi. [1]

Tanqidiy fikrlash ta'limiy dastur yoki kundalik hayotning umumiy kontekstidan yiroqlashgan sharoitda o'rganilishi lozim bo'lgan hodisa ham emas. Braun (1989) ta'kidlaydiki, vazifa va real hayot maqsadlaridan ajratilgan o'quv ko'nikmalari ta'lim oluvchilarga ob'ektiv testlarni yaxshi topshirish imkoniyatini berishi mumkin, lekin ular bu ko'nikmalarni yangi vaziyatlarda qo'llay olmaydilar. Rixer ta'biri bo'yicha o'rganish va fikrlashning ta'rifi kognitiv psixologiya, falsafa va multmedia madaniyati ta'limi sohasidagi tadqiqotlar natijalariga asoslanadi. [2]

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tarixiy tafakkur ko'nikmalari tarixiy bilimlarni tadqiq qilish va uning mohiyatin tushunish asosida beshta kategoriyada jamlanadi.

• xronologik fikrlash

• tarixiy tushuncha

• tarixiy tahlil va talqin

• tarixiy tadqiqotlar

• tarixiy masalalar, tahlil va qarorlarni qabul qilish[3]

1) Avtoritar texnologiyalar, bunda pedagog o'quv-tarbiyaviy jarayonning yakka sub'ekti hisoblanadi, o'quvchi esa faqatgina «ob'ekt», biror-bir qismdek bo'ladi. Ular maktab hayotini qat'iy tashkil etilishi, o'quvchilarning tashabbusi va mustaqilligiga yo'l qo'ymaslik, talab va majburlash qo'llanilishi bilan ajralib turadi.

2) Didaktotsentrik texnologiyalar ham bola shaxsiga e'tiborsizlik yuqori

darajasi bilan ajralib turadi, ularda ham o'qituvchi va o'quvchi o'rtasida

sub'ekt-ob'ektli munosabatlarlar hukm suradi, o'qitish ta'limdan ustun qo'yiladi va shaxsni shakllantirish eng asosiy omillari didaktik vositalar hisoblanadi.

3) Shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalar butun maktab,o'rta maxsus ta'lim tizimi markaziga bola shaxsini, uning rivojlanishi uchun qulay, kelishmovchilik-larsiz va xavfssiz

April, 2022

746

Volume 3 I Issue 4 I 2022 Cite-Factor: 0,89 I SIS: 1,12 _SJIF: 5,7 I UIF: 6,1

sharoitlarni ta'minlash, uning tabiiy imkoniyatlarini amalga oshirishni qo'yadi. Bu texnologiyada bola shaxsi faqatgina ob'ekt emas, balki muhim sub'ekt hamdir: u biror-bir noaniq maqsadga erishish vositasi emas, balki ta'lim tizimi maqsadi hisoblanadi (avtoritar va didaktotsentrik texnologiyalarida bo'lganidek). Bunday texnologiyalarni yana antrotsentrik deb ham ataydilar.Shunday qilib, shaxsga-yo'naltirilgan texnologiyalar antrotsentrikligi, insonparvarligi va psixoterapevtik yo'nalganligi bilan ifodalanadi va bolaning har tomonlama, erkin va ijodiy rivojllanishi maqsad qilib oladi.

Shaxsga-yo'naltirilgan texnologiyalar doirasida insonparvarlik shaxsiy texnologiyalar, hamkorlik texnologiyalari va erkin tarbiyalash texnologiyalari mustaqil yo'nalganligi bilan ajralib turadi.

4) Insonparvarlik-shaxsiy texnologiyalar birinchi navbatda o'zining insonparvarlik mohiyati, shaxsni qo'llashga psixoterapevtik yo'nalganligi, unga yordam ko'rsatishi bilan ajralib turadi. Ular bolaga har tomonlama hurmat va muhabbatni, majburlashni rad etib uning ijodiy qudratiga ishonchni targ'ib qiladi.

5) Hamkorlik texnologiyasi, o'qituvchi va bola o'rtasidagi ob'ekt-sub'ektiv munosabatlarda demokratiklik, tenglikni, hamkorlikni amalga oshiradi. O'qituvchi va o'quvchi birgalikda maqsad, mazmunni ishlab chiqadilar, hamkorlik va birgalikda ijod holatida bo'lib baho beradilar.

6) Erkin tarbiya texnologiyalar bolaning hayotiy faoliyati doirasida ko'pmi

ozmi tanlashi va mustaqilligi erkinligi berishga e'tiborni qaratadi. Tanlovni

amalga oshirib bola natijalarga tashqi ta'sir ostida emas, balki ichki tuyg'ulari orqali boradi, u sub'ekt nuqtai nazarini eng yaxshi uslub bilan amalga oshiradi.

Tanqidiy fikrlashning faol metodlari. Tanqidiy fikrlashni o'stirishga xizmat qiladigan metodlar «Demokratik ta'lim uchun» konsortsiumi tomonidan amalga oshiriladigan «Tanqidiy fikrlash uchun o'qish va yozish» loyihasi doirasida ishlab chiqilgan.Tanqidiy fikrlashning faol metodlarini ishlab chiqishda quyidagi asoslardan kelib chiqadilar: Tanqidiy fikrlash nima? Fikrlash — o'qish, yozish, so'zlash va eshitishga o'xshash jarayon. U faol, muvofiqlashtiruvchi shunday jarayonki, o'zida biror haqiqat to'g'risidagi fikrlarni qamrab oladi. Fikrlash kontekstdan tashqarida hosil qilinadigan ko'nikma emas. [4]

XULOSA

O'tmishimizni hozirgi kunga etkazishda foydalanadigan eng muhim elementlardan biri bu tarixiy muhit. Tarixiy muhitda

binolar, yo'llar, qasrlar, tarixiy voqealar va tarixiy ob'yektlar

April, 2022

Volume 3 | Issue 4 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 _SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

bo'lgan ochiq joylar kabi ko'plab elementlar mavjud. Bundan tashqari, xotiralar, xatlar, xaritalar, gazetalar, rejalar, otkritkalar, shtamplar, tangalar, rasmlar, kitoblar va tarixiy narsalar tarixni o'qitishga hissa qo'shadigan elementlardir. Tarix darslarida tarixiy muhit va narsalardan unumli foydalanish orqali tarix darslarini yanada aniqroq va samaraliroq qilish mumkin.Tarix darslarida tarixni hozirgi kunga yetkazish va bu darslarni yanada tushunarli va qiziqarli qilishning usullaridan biri bu dars mazmuniga materiallar tayyorlash va tegishli o'quv texnologiyalaridan foydalanishdir.

REFERENCES

1. Toshev S. (2020). TARIX FANINI O'QITISHNDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR. Science and Education, 1(Special Issue), 6

2. JI Suyundikovich. (2020). TARIXNI O'QITISH METODIKASI RIVOJLANISHI TARIXIDAN. Fan va ta'lim, 1 (5), 195.

3. Ahmadjanov D.B. (2020). Ozbekistonda ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimining rivojlanishdagi xususiyatlari. Toshkent davalt pedagogika universiteti ilmiy axborotlari. 8. 104-109

4. G'afforov Ya.X. Valus-is the history of the nation. International Journal of Academic and Applied Research (IJAAR) 2021. 62-64p.

5. Shohsanam Sulaymonova.(2021). ШАРОФ РАШИДОВНИНГ СИЁСИЙ ЗАКОСИ ВА РАХБАРЛИК ФАОЛИЯТИ. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES.2(2).829-834

6. Shohsanam Sulaymonova.(2021). SHAROF RASHIDOVNING O'ZBEKISTON TA'LIM, FAN, MADANIYATI TARAQQIYOTIDAGI HIZMATLARI. Sohibqiron yulduzi. 1. 74-78

7. Shohsanam Sulaymonova.(2021). SHAROF RASHIDOV'S HONORABLE SERVICES TO THE UZBEK PEOPLE. International Journal on Integrated Education.4(6).126-128

© ©

April, 20221 Multidisciplinary Scientific Journal1

©

®

©

©

748

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.